5. Стандартлаштириш бу...?
Standartlashtirish — bu mahsulot turlari, rusumlari, paramеtrlari, o’lchamlari va sifati bo’yicha hamda ishlab chiqarish tеxnologiyasi, sinash va nazorat qilish uslubi, mahsulotni joylash, rusumlash, saqlash va boshqalarga mе'yoriy birlik o’rnatishdir.
6. Стандартлаштириш обекти...?
Standartlashtirish obyekti sifatida standartlashtiriladigan narsa (mahsulot, jarayon, xizmat) tushuniladi.
"Standartlashtirish ob’ekti" tushunchasini keng mahnoda ifodalash uchun "mahsulot, jarayon, xizmat" iboralari qabul qilingan bo‘lib, buni har qanday materialga, tarkibiy kismlarga, asbob-uskunalarga, tizimlarga, ularni mosligiga, qonun-qoidasiga, ish olib borish uslubiga, vazifasiga, usuliga yoki faoliyatiga teng darajada daxldor deb tushunmoq lozim.
Standartlashtirish har qanday obhektning muayyan jihatlari (xususiyatlari) bilan cheklanishi mumkin. Masalan, oyok kiyimga nisbatan yondashiladigan bo‘lsa, uning katta-kichikligi va pishikligini alohida standartlashtirish mumkin.
7. Стандарт...ми?
Standart — bu standartlashtirish ob'еktlariga qoida, tartib va mе'yorlar majmuasini qo’yuvchi maxsus tashkilot tomonidan tasdiqlangan standartlashtirish bo’yicha mе'yoriy-tеxnik hujjatdir. Bu hujjatlar fan va tеxnika, ilg’or tajriba yutuqlari asosida ishlab chiqiladi
8. Норматив-ҳуқуқий ҳужжат бу ...?
Normativ-huquqiy hujjatlar — vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxslarning umummajburii koʻrsatmasi. Ularda huquq normalari (qonun, kodeks, farmon, qaror, yoʻriqnoma va boshqalar) oʻrnatiladi, oʻzgartiriladi va bekor qilinadi. Normativ-huquqiy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasida huquqning asosiy manbaidir. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan "Normativhuquqiy hujjatlar toʻgʻrisida"gi qonunining 2-moddasiga koʻra, "... umummajburiy davlat koʻrsatmalari sifatida qonun hujjatlari normalarini belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat Normativ-huquqiy hujjatlar deb hisoblanadi". Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va mansabdor shaxslar Oʻzbekiston Respublikasida normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish hukuqiga ega. Normativ-huquqiy hujjatlarning asosiy belgilari quyidagilar:
-vakolatli davlat organi tomonidan umumiy qoidalarga asosan chiqariladi, aniq -oʻrnatilgan tartiblar asosida qabul qilinadi;
-normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish jarayoni huquq ijodkorligi mahsuli boʻlib hisoblanadi;
-normativ-huquqiy hujjatlar ushbu hujjatning nomidan kelib chiqib umumiy harakterdagi xulq-atvor qoidalarini huquq normalari koʻrinishida -mujassamlantiradi;
-normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy hujjat boʻlib, belgilangan shakl va rekvizitlarga ega: rasmiy nomi, raqami, ushbu hujjatni qabul qilgan organning nomi, qabul qilingan va kuchga kirgan vaqti, rasmiy eʼlon qilingan joyi va h.k.;
-normativ-huquqiy hujjatlar yuridik kuchga ega.
9. Сифат - бу ... ?
Sifat - bu obyektning belgilangan va taklif qilinadigan ehtiyojlarni qondirishning o‘ziga xos xususiyatlariga ta’alluqli boigan tavsifhomalarining majmuidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |