2-mavzu. Ilk o’rta asrlarda Xorazm Xioniylar, Kidariylar davlati. Zaiflashib borayotgan Qang’ davlatidan birinchi bo’lib qaysi davlat ajralib chiqadi? Javob: Xorazm.
Xorazmni qaysi sulolaga mansub Xorazmshoxlar idora qila boshlaydi? Javob: Afrig’iylar.
Xorazm davlatining poytaxti hozirgi qaysi shaxar harobasining o’rnida bo’lgan? Javob: Qoraqalpog’istonning Ellikqal’a tumadda joylashgan Tuproqqal’a shahar harobasida.
Afrig’iylar sulolasining asoschisi kim? Javob: Afrig’.
Afrig’iylar Xorazmda nechanchi asrlarda hukmronlik qilgan? Javob: IV–X asrlarda.
Xorazmning hukmronlik ramzlari nimalar? Javob: Burgut va lochin.
Milodiy nechanchi yilda Xorazmshox Afrig’ o’z qarorgohini Xorazmning qadimgi Kat shahriga ko’chiradi? Javob: 305-yilda.
Nechanchi yildan Xorazmning Afrig’iy shohlari kumush tangalar zarb etganlar? Javob: 305-yildan.
Afrig’iy shohlarining kumush tangalarning old tarafiga qanday surat, orqa tarafiga qanday surat tushurilgan edi? Javob: Old tomoniga shoh sur’ati, ora tomoniga suvoriy sur’ati.
Xorazmshoxlar unvonini dastlab qaysi sulola qabul qilgan? Javob: Siyovushlar.
Nechanchi asrda Xorazm hududida mayda hokimliklar mavjud bo’lgan? Javob: III asrda.
Qo’liga burgut qo’ndrilgan tojdor hukmdor tasviri qayerdan topilgan? Javob: Tuproqqal’adan.
Qo’lida Lochin tutgan tojdor kishi tasviri qayerdan topilgan? Javob: Anqa qal’adan.
Ilk o’rta asrlarda Xorazmda qaysi sohalar rivojlangan? Javob: Sug’orma dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilik, savdo-sotiq, ilm-fan, san’at hususan haykaltaroshlik rivojlangan?
Ilk o’rta asrlarda Xorazm qaysi mamlakatlar bilan diplomatik aloqalar olib borgan? Javob: Vizantiya va Turklar bilan.
O’rta Osiyoda Xioniylar qachondan qachongacha hukmronlik qilgan? Javob: IV asrning 70-yillaridan V asrning 2-yarmigacha.
Xioniylar qaysi qabilalar turkumiga mansub bo’lgan? Javob: Turkiy.
Xioniylar davlatining markazi qayer edi? Javob: Zarafshon vohasida.
Xioniylar dastlab Zarafshn vohasini egallab, janubga harakat qilishgan va ancha zaiflashib qolgan qaysi podsholiknin o’rnini egallashlan? Javob: Kushn podsholigini.
Xioniylar davlat qaysi hududlarni o’z ichiga olgan? Javob: Markazi Toxariston bo’lgan shimoliy Hindiston, Avg’oniston, Hurosonning bir qismi.
Xioniylar davlati necha yildan oshiqroq faoliyat yuritgan? Javob: 20 yildan ortiq.
Sharqdan Sirdaryo va Orol bo’ylari orqali Xorazm hamda Amudaryo havzasiga yana bir ko’chmanchi chorvador aholi – toxarlar qachon kirib kelgan? Javob: V asrning 20- yillarida
Xioniylar davlatining janubiy qismlarida kimlar o’z hukmronlihini o’rnatganlar? Javob: Kidariylar.