3-mavzu. Eftallar davlati. O’rta Osiyoda Eftaliylar davlati faoliyat ko’rsatgan davr qaysi? Javob: V asrning 20-yillaridan VI arsning 70-yillarigacha.
Eftallar shohi Eftalon ba’zi manbaalarda nima deb atalgan? Javob: Vaxshunvar.
Yozma manbaalarda Eftaliylar yana qanday nomlar bilan yuritilgan? Javob: Eftallar, Eftalitlar, Xaytallar.
Eftallar davlati V asrning 2-yarmi va VI asrning boshlarida qaysi hududlarni o’z ichiga olgan? Javob: O’rta Osiyo, Afg’oniston, hozirgi Pokiston, shimoliy Hindiston, sharqiy Turkiston.
Eftallar nechanchi asr boshlarida o’rta Osiyo hududiga sharqdan kirib kelganlar? Javob: V asrning boshlarida.
Eftallar davlatining dastlabki poytaxti? Javob: Buxoro yaqinidagi Poykant va Varaxsha.
Eftallar qachon Xitoyga elchi yuborgan? Javob: 456-yilda.
Eftallarning tobora kuchayib borayotganindan xavfsiragan kimlar ularga qarshi yurish qilgan? Javob: Sosoniylar.
Eftallar va Sosoniylar qachon to’qnashgan? Javob: 484-yilda.
Sosoniylar shohi Perozning halokati qachon ro’y bergan? Javob: 484-yilda.
Eftallarga qaram bo’lb qolgan Sosoniylar ularga nima hisobida boj to’lagan? Javob: kumush.
Aysi davlatda mulklar hukumdor–Sho(shoh)ga tobe sulolalar tomonidan boshqarilgan? Javob: Eftallar davlatida.
Ilk o’rta asrlarda hashamatli binolar bo’lgan alohida alohida qo’rg’onlar qayerlarda yuzaga kelgan? Javob: Xorazm, Sug’d, Choch va Toxaristonda.
Ilk o’rta asrlarda hashamatli binolar bo’lgan alohida alohida qo’rg’onlar nechanchi asrda yuzaga kelgan? Javob: V asr oxiri VI asr boshlari.
Eftallar davlati Turk hoqonligi va Eron Sosoniylarining zarbasiga uchrab tamomila barbod bo’lgan yil qaysi? Javob: 563-567-yillar.
V asrda barpo etilgan eng yrik sug’orish tarmoqlari qaysilar? Javob: Zog’ariq (zovariq) va Bo’zsuv, Darg’om kanali.
Ilk o’rta asrlarda Toshkent vohasi janubiy Qozog’istonni suv bilan tamnlagan kanal qaysi? Javob: Zog’ariq (zovariq) va Bo’zsuv.
Ilk o’rta asrlarda Samarqand viloyati janubiy tumanlarining asosiy suv manbayi qaysi kanal edi? Javob: Darg’om.
Ilk o’rta asrlarda Eftallar qaysi mamlakatlar bilan bo’lgan xalqaro savdoda qatnashgan? Javob: Xitoy, Hindiston, Eron, Vizantiya.
Ilk o’rta asrlarda Ipak yo’li savdosida Sosoniy savdogarlari bilan raqobatda asosan kimlar vositachi bo’lgan? Javob: Sug’diylar.
Ichki va tashqi savdo munosabatlarida Eftallar dastavval Sosoniy hukmdorlarining qanday tangalaridan keng foydalanganlar? Javob: Kumush.
Ilk o’rta asrlarda qaysi mahalliy hokimlar tomonidan chiqarilgan chaqa tangalar mamlakatning ichki savdosida keng muomalada bo’lgan? Javob: Samarqand, Buxoro, Xorazm, Poykant, Vardona, Maxshab.
Ilk o’rta asrlarda o’rta Osiyo aholisining 1-qismi qaysi tilda so’zlashgan? Javob: Sug’d tilida.
Ilk o’rta asrlarda o’rta Osiyo aholisining 2-qismi qaysi tilda so’zlashgan? Javob: Turkiy tilda.
Ilk o’rta asrlarda o’rta Osiyoda xalqaro savdo tili qaysi til bo’lgan? Javob: Sug’d tili.
Ilk o’rta asrlarda sug’d tilidan o’rta Osiyoning qaysi hududlarida xalqaro savdo til sifatida foydalanilga? Javob: Yettisuv va Farg’ona.
Sug’d, Xorazm, Eftal yozuvlari qachon tarqalgan? Javob: V–VI asrlarda.
Eftallar alifbosi qaysi yozuv asosida shakllangan? Javob: Baqtriya yozuvi.
Eftallar alifbosi necha harfdan iborat? Javob: 25 harfdan.
Eftallar yozuvi qanday tartibda yoziladi? Javob: chapdan o’ngga tomon.
V arsda o’rta Osiyoda qaysi soha rivojlangan? Javob: Shishasozlik.
Ilk o’rta asrlarda o’rta Osiyo shishasi rangdorligi, yarqiroqligi va tiniqligi bilan qaysi davlat shishasidan ustun turgan? Javob: Vizantiya.
Ilk o’rta asrlarda qaysi davlat hukmdorlari o’z sarylarini bezatihda o’rta Osiyodan keltirilgan keltirilgan rangli shishadan foydalanganlar? Javob: Xitoy imperatorlari.
O’rta Osiyo aholisining madaniy ananalari qo’shni mamlakatar, xususan qaysi davlatlar tasviriy uslublari bilan uyg’unlashib ilk o’rta asrlar madaniyatining shakllanishida mustahkam poydevorga aylangan? Javob: Hindiston va Eron.
4-mavzu. Orta Osiyo xalqlari Turk hoqonligi davrida.