78. Hayvonlar ekologiyasini o‘rganishda erishilgan yutuqlar



Download 19,92 Kb.
bet1/5
Sana25.01.2023
Hajmi19,92 Kb.
#902431
  1   2   3   4   5
Bog'liq
niluuuu bio


78. Hayvonlar ekologiyasini o‘rganishda erishilgan yutuqlar.
Yunon ensiklopedist olimi Aristotel (eramizgacha 384-322 yillar) o’ziga ma’lum bo’lgan hayvonlarni quruqlik, suv, suvda va quruqda yashovchilar, hayot kechirish tarziga binoan yakka holda, jamoa bo’lib, o’troq, ko’chmanchi, daydib yuruvchi, kunduzgi, tungi hayvonlar guruhlariga bo’lgan. Oziqlanish usuliga qarab, hayvonlarni go’shtxo’r, o’txo’r, hammaxo’rlarga, harakatlanish usuliga binoan, yuruvchilar, suzuvchilar, uchuvchilar, sudraluvchilar, chirmashuvchilar kabilarga ajratgan. Antik davrda qo’lga kiritilgan ilmiy yutuqlar shu holda uzoq vaqtgacha (o’rta asrlargacha) o’zgarishsiz, e’tibordan chetda qolib keldi, chunki dinning fanga, ayniqsa, tabiatshunoslik fanlariga salbiy ta’siri juda kuchli edi. Faqatgina uyg’onish davriga kelib (XV-XVI asr) dunyo bo’yicha amalga oshirilgan mashhur sayohatlar boshqa bir qator tabiatshunoslik fanlari singari biologiya va uning bir tarmog’i hisoblangan ekologiyaning shakllanishi va rivojlanishiga turtki bo’ldi. Masalan, Djon Rey (1628-1705) va Karl Linney (1707- 1778) tomonidan ilmiy sistematika faniga asos solindi. Shunday davrda morfologiya, fiziologiya kabi fanlar ham shakllana boshlandi. L.Byuffonning (1707-1788) 13 tomlik “Tabiat tarixi” asarida organizm va uni o’rab turuvchi muhit orasida bog’lanish mavjudligiga katta e’tibor berilgan. Rus naturalist olimlari P.S.Pallas (1741-1811), I.I.Lepyoxin (1740-1802), S.P.Krasheninnikov (1711-1755) va boshqalarning Sibir, Uzoq Sharq, Ural, Kavkaz, Qozog’iston, O’rta Osiyo kabi hududlarga qilgan sayohatlarida to’plagan juda katta materiallar va ekologik kuzatishlar tufayli fauna va flora haqida qimmatli ilmiy yangiliklar qo’lga kiritildi

79.Populyatsiyalar tarkibi,Tur polimorfizmi. Biologik irqlar.


Ingliz tilida odatda “population” deganda maʼlum bir joyda istiqomat qiluvchi insonlar soni, yaʼni aholi tushuniladi. Populyatsiyalar tarkibi


Tur polimorfizmi. Ma’lum bir yirik hududni egallovchi populyatsiya (kenja tur, geografik populyatsiya) ning tarkibi odatda bir xil bo’lmaydi (polimorf), ya’ni u har xil yoshdagi guruhlar (generasiyalar)dan, mavsumiy bosqichlardan, erkak va urg’ochi jinslardan va har xil funksiyalarni bajaruvchi shakllardan iborat bo’ladi. Bundan tashqari, populyatsiya oziqlanishi, ko’payishi va boshqa bir qator biologik xususiyatlari bilan farq qiluvchi biologik irqlardan ham tashkil topishi mumkin. Populyatsiya tarkibidagi ayrim guruhlar o’zaro almashinishi mumkin, lekin ularning hammasi ham biologik jihatdan turlicha hisoblanadi, ya’ni ularning mustaqilligini, ba’zan alohida yashashga layoqatliligini ta’minlovchi morfo-fiziologik va ekologik xususiyatlarga ma’lum darajada ega bo’ladi. Shunday bo’lsa ham populyatsiyadagi turli guruhlar bir-biri bilan juda yaqin bo’ladiki, bu ularning nafaqat kelib chiqishining umumiyligini, balki yana bir qator o’zaro moslashish xususiyatlari bilan ham yaqin bo’lishini bildiradi. Biologik irqlar deb turning oziqlanish xarakteri bilan farq qiluvchi ma’lum bir guruh individlari yig’indisi tushuniladi, ya’ni ushbu guruh o’ziga xos oziqasining manbaiga ega bo’ladi. Biologik irq turning boshqa guruhlari bilan bir arealda (hududda) yashashi mumkin, lekin asosiy guruhdan farqli ravishda alohida ko’payish vaqtiga ham ega bo’ladi, ya’ni biologik sikli bilan ajralib turadi. Ekologik-fiziologik jihatdan asosiy turdan ancha uzoqlashgan biologik irq guruhi morfologik jihatdan asosiy turdan deyarli farq qilmaydi, shunga binoan, biologik irqni asosiy tur nomi bilan atashadi. Aslida esa biologik irq asosiy turni tashkil etuvchi guruh bilan chatishmaydi. Shunga binoan, bunday irqni “biologik tur” deb hisoblash mumkin. Masalan, Shermes va Agelges shiralarida yoki Anopheles maculipennis chivinida shunday irqlar mavjud
.


  1. Download 19,92 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish