89. Fillips egri chizigʻining mohiyatini ochib bering. Ishsizlik va inflyatsiya ko’rsatkichlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik ingliz iqtisodchisi A.V.Fillips tomonidan aniqlangan va Fillips egri chizig’i (4 -chizma) deb ataladi.
Ishsizlik u Fillips egri chizig’i ishsizlik va inflyatsiya darajalari o’rtasidagi teskari bog’lig’likni xarakterlaydi.
Mamlakat iqtisodiyotining xususiyatiga ko’ra, shuningdek, inflyatsiyaning qaysi turi mavjudligiga qarab Fillips egri chizig’idagi inflyatsiya va ishsizlik darajalarining kombinatsiyasi farq qilishi mumkin. Bunday tanlov kutilayotgan inflyatsiyaning sur’atiga bog’liq. Kutilayotgan inflyatsiya darajasi qanchalik yuqori bo’lsa ishsizlikning har qanday darajasida (sur’ati past bo’lgan inflyatsiya darajasiga nisbatan) haqiqiy inflyatsiya darajasi yuqori bo’ladi. Ishsizlik darajasi va inflyatsiya sur’atining maqbul miqdorlari quyidagi formula ko’rinishida tasvirlanishi mumkin: α - Fillips egri chizig’ining og’ish burchagini belgilovchi empirik koeffitsent; ε - tashqi narx shoki ( taklif inflyatsiyasi). Hukumat Fillips egri chizig’iga asoslanib, qisqa davr uchun, iqtisodiy siyosat maqsadlaridan kelib chiqib ishsizlik va inflyatsiya darajalarining istalgan kombinatsiyasini tanlashi mumkin.
90. AD—AS modeli: mohiyati, makroiqtisodiy muvozanati va omillari. Xar qanday bozorda vaziyat talab va taklif o`rtasidagi nisbatga boglik bo`lib, ular xajmlarining o`zgarishi baxolarning o`zgarishini keltirib chikaradi. Baxolarning o`zgarishi esa talab va taklif xajmlariga ta`sir ko`rsatadi. Bunday o`zaro bogliklik umumlashtirilgan xolda ko`rib chikiladigan milliy bozorga xam ta`luklidir
Aloxida tovarlar va xizmatlar bozoridagi bunday bogliklik talab va taklif modeli yordamida tadkik kilinishini yaxshi bilamiz. Ammo makroko`lamda milliy ishlab chikarish xajmining o`zgarishi bilan birga baxolar umumiy darajasining o`zgarishi o`rtasida bogliklikni tadkik kilish, nima uchun milliy ishlab chikarish xajmi ayrim davrlarda barkaror o`sishi, ba`zi davrlarda esa pasayib ketishni izoxlab berish uchun bu modellardan foydalanib bo`lmaydi.
Bu vazifani bajarish uchun yalpi talab - yalpi taklif (AD-AS aggregate demand- aggregate supply) modelidan foydalanamiz.
Bu modelda yalpi taklif, baxolarning umumiy darajasi kabi agregat ko`rsatkichlaridan foydalaniladi.
Makroiktisodiyotda AD-AS modeli ishlab chikarish xajmlari va baxolar darajalarining tebranishlarini xamda ular o`zgarishining okibatlarini o`rganish uchun bazaviy model bo`lib xisoblanadi. AD-AS modeli yordamida davlat iktisodiy siyosatining turli variantlari tasvirlab berilishi mumkin.
YAlpi talab – uy xo`jaliklari, korxonalar, xukumat va chet ellik xaridorlarning baxolarning ma`lum darajasida iktisodiyotda ishlab chikarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarning umumiy xajmiga bo`lgan talabidir.
YOki boshkacha kilib aytganda yalpi talab iktisodiyotda ishlab chikarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarni sotib olishga kilingan umumiy xarajatlar yigindisidir. Formula ko`rinishida yalpi talabni kuyidagicha tasvirlash mumkin:
AD = S + I + G + Xn.
Ma`lumki, aloxida olingan tovarlar bozorida talab egri chizigining surilishiga asosan daromad samarasi va o`rinbosar tovarlar sabab bo`ladi. Ayrim tovarlarning baxosi pasayganda, iste`molchilarning pul daromadlari ko`prok maxsulot sotib olish imkonini beradi (daromad samarasi). SHuningdek, baxo pasayganda iste`molchi ushbu tovarni ko`prok boshka sotib oladi, chunki u boshka tovarlarga nisbatan arzonrok bo`ladi (o`rnini bosadigan tovarlar).
AD-AS modeli umumiy makroiktisodiy muvozanat modeli bo`lib milliy bozorni kiska va uzok muddatga taxlil kilish imkonini beradi. AD-AS modeli iktisodiy tebranishlarni taxlil kilish va baxolash uchun asos yaratadi.
Yalpi talab – uy xo`jaliklari, korxonalar, xukumat va chet ellik xaridorlarning baxolarning ma`lum darajasida iktisodiyotda ishlab chikarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarning umumiy xajmiga bo`lgan talabidir.
Baxolar darajasi va talab kilingan milliy maxsulot xajmi o`rtasidagi bogliklikni ifoda etuvchi chizik yalpi talab egri chizigi deb ataladi AD egri chizigi traektoriyasini pulning mikdoriy nazariyasi tenglamasi bilan xamda baxo omillari bo`lgan foiz stavkasi samarasi, boylik samarasi va import xaridlari samarasi bilan izoxlash mumkin. Baxodan boshka omillar ta`sirida AD egri chizigi o`ngga yoki chapga siljiydi.
AS egri chizigi keyns, oralik va klassik kesmalarni o`z ichiga oladi. Uzok muddatli davrlarda AS egri chizigi vertikal, kiska muddatga esa gorizantal bo`ladi. SHuning uchun AD dagi o`zgarishlar ishlab chikarish xajmi, bandlik xamda baxolar darajasiga bu kesmalarda turlicha ta`sir ko`rsatadi. YAlpi talab va yalpi taklif xajmlari o`zaro mos kelgan, ya`ni AD va AS egri chiziklari kesishgan nukta makroiktisodiy muvozanat nuktasi, unga mos keluvchi baxolar darajasi baxolarning muvozanatli darajasi deb aytiladi.
AS egri chizigi ishlab chikarishga jalb kilingan resurslar xajmi ko`payishi xamda chngi texnologiyalarning kiritilishi xisobiga o`ngga siljiydi. Bu xolat iktisodiy o`sish deb ataladi. AS egri chizigining chapga siljishi stagflyatsiyadan dalolat beradi.