75. Resurslar, tovarlar, xizmatlar va daromadlarning doiraviy aylanishi modelida moliya bozorining oʻrnini izohlab bering. Qoloq iqtisodiyotda davlatning doiraviy aylanishda ahamiyati, mavqei juda katta bo`lib, unga ancha narsa bog’liq bo`ladi. U orqali O`tadigan oqimlar nisbatan juda katta bo`ladi. Hukumat uy xo`jaliklari bilan soliq hamda transfert to`lovlari orqali bog’langan. Aholi o`z daromadlarining bir qismini davlatga ajratadi, bu soliq hisoblanadi. Hukumat o`z navbatida davlat byudjetidan aholiga xilma-xil ijtimoiy yordamlar ko`rsatadi (nafaqa, stipendiya, posobiya). Bularni transfert to`lovlari deyiladi. Sof soliqlar deganda, butun soliqlardan davlatning aholiga qaytariladigan transfert to`lovlarini ayirib, qolgan qoldiqqa aytiladi.
Hukumat moliya bozorlari bilan davlat qarzi orqali bog’langan. Agar byudjet defitsitli bo`lsa, Hukumat aholidan, firmalardan moliya bozori orqali qarz oladi. Agar byudjet ijobiy sal’doga ega bo`lsa, hukumat aholiga, korxonalarga, moliya bozori orqali o`z qarzlarini qaytaradi. SHuning uchun oqim ikki tomonlama xarakterga ega. Hayotda ikkala tomondan ham oqib turadi.
Hukumat mahsulot bozorlari bilan davlat xaridlari orqali bog’langan. Hukumat o`z oldiga qo`yilgan vazifalarni bajarish uchun unga moddiy resurslar kerak. Bularni u byudjet hisobidan mahsulot bozoridan xarid qiladi. Hukumat firmalar bilan dotatsiya yoki subsidiya orqali bog’langan bo`ladi. qoloq iqtisodiyotda hukumat bilan firmalar o`rtasidagi oqim kattaligi bilan farq qiladi.
Hukumat davlat sektoriga ega bo`lganligi uchun, u resurslar bozori bilan ham aloqa qilib turadi.
Aholining iste`mol bozorida pulini ishlatmaydigan qismi - bu,
a) sof soliqlar, ular davlat ixtiyoriga kelib tushadi va
b) moliya bozoriga ishlatiladigan jamg’armalardir. Bular mahsulot va daromadlar doiraviy oborotidan «oqib ketuvchi» (utechka) deyiladi. «Utechka» va iste`molga ketadigan xarajatlar milliy daromadga barobar bo`ladi.
76. Resurslar, tovarlar, xizmatlar va daromadlarning doiraviy aylanishi modeli va tashqi iqtisodiy sektor. CHet el sektori ham iqtisodiy tizim bilan uch usul bilan bog’langan:
a) tovar va xizmatlar importi;
b) tovar va xizmatlar eksporti;
v) har xil xalqaro moliyaviy operatsiyalar (qarz olish va qarz berish, real va moliyaviy aktivlarni oldi – sotdisi).
Bu tenglik shuni ko`rsatadiki «in`ektsiya» ning butun summasi «utechka» ning umumiy summasiga teng. Aylanma oqimlar modelining asosiy xulosasi quyidagicha: real pullik oqimlar, uy xo`jaliklarining, firmalarning, davlatning va qolgan dunyo ishlab chiqarishning ichki tizimga bog’liq bo`lgan hissasining umumiy hajmining xarajatlarini umumiy hajmiga tengligi asosida amalga oshiriladi. Agar yalpi talabni xarakterlaydigan umumiy xarajatlar kamaysa, unda bandlik va ishlab chiqarishning umumiy hajmi tushadi, bu esa umumiy daromadni ham kamaytiradi, o`z navbatida yalpi talabni kamaytiradi. SHuning uchun makroiqtisodiy siyosatning bosh masalasi yalpi talabning muvozanatini saqlashdir.
Bu masalani hal qilishda makroiqtisodiyot fanining turli xil yo`nalish vakillarining fikrlari har xil. Keyns yo`nalishi vakillari umumiy xarajatlarni davlatning xarajatlari, soliqlari va pul taklifini muvozanatga solish orqali muvozanatni tiklashni to`g’ri deb hisoblaydilar. Monitaristlar esa faqat pul massasini o`zgartirish - bu iqtisodiy muvozanatga keltirishning eng qulay vositasi deb hisoblaydilar.
Neoklassik yo`nalish vakillari makroiqtisodiy boshqarishni asta – sekinlik bilan, maosh va narxlarning tendentsiyasini o`zgartirish bilan olib borishini taklif qilishadi. Neoklassik modelda narxlar va maoshlar bozor kon’yukturasiga qarab o`zgaradi. Neoklassiklar iloji boricha «in`ektsiya» va «utechka» larni minumimga keltirish tarafdorlaridirlar.