Bog'liq Mavzu tokarlik keskichlari,ularning turlari va geometriyasi
7-laboratoriya ishi
MAVZU:TOKARLIK KESKICHLARI,ULARNING TURLARI VA GEOMETRIYASI
Metall kesuvchi asbobning barcha turlari, shu jumladan tokarlik
keskichlari, quyidagi ikki qismdan iborat:
1) asbobning korpusi yoki dastasi;
2) kesuvchi qismi.
Kesuvchi qismi bir yoki bir necha konstruktiv alohida kesuvchi element (tish)lardan tashkil topgan. Har bir kesuvchi element oldin- gi yuza, orqa yuzalar va yordamchi yuzalami o‘z ichiga oladi. Oldingi va orqa yuzalar o'zaro kesishib bosh va yordamchi kesuvchi qirralami hosil qiladi. Bosh va yordamchi kesuvchi qirralaming kesishgan nuq- tasi asbob kesuvchi qismining uchi deb ataladi. Kesuvchi qirralar va ulaiga yondoshgan oldingi va orqa yuzalarning kontaktlanuvchi qism- lari tig'lami hosil qiladi. Tig‘ (bosh, yordamchi)lar zagotovka metalining qarshiligini yengib, unga botib kiradi va nisbiy ishchi harakat davomida oldindagi metall qatlamining bir qismini kesib ajratadi hamdaqirindiga aylantiradi. Barcha kesuvchi asboblarda tig'ning ko‘ndalangkesimi pona shakliga ega.
Tokarlik keskichining kesuvchi qismi quyidagi konstruktiv elementlaiga ega (2.2-rasm):
1-2—bosh (asosiy) kesuvchi qirra;
1-3—yordamchi kesuvchi qirra;
1-2-5-4-31—old yuza;
1-2- 6-7-1—asosiy orqa yuza;
1-3-8-7-1—yordamchi orqa yuza;
1-keskichning uchi (cho ‘qqisi);
lj - kesuvchi qismi uzunligi;
12-korpusi (dastasi) uzunligi.
Tokarlik keskichi kesuvchi elementlari.
Bosh (asosiy) tig‘ asosiy kesuvchi qirra 1-2 va unga yondoshgan
oldingi yuzaning 1-2-9-10-1 konturi bo‘yicha chegaralangan kontaktlanuvchi maydonchasi va orqa yuzadagi 1 -2 -1 1 -1 2 - 1 konturi bo‘yichachegaralangan kontaktlanuvchi maydonchani o‘z ichiga oladi. Bosh(asosiy) tig‘ qo'yilma (припуск) qatlamini kesish bilan bog‘langanasosiy ishni bajaradi. Uzunligi bo'yicha bosh tig’ yordamchi tig‘lardankattaroq bo‘ladi.
Vs — surish vektori;
Vs'—surish vektorining
x o'qidagi proyeksiyasi;
1'— 2'— asosiy tig 1-2 ning
xy tekisligidagi proyeksiyasi;
Г-3' —yordamchi tig‘ 1-3 ning xy tekisligidagi proyeksiyasi. Keskich kesuvchi qismining geometrik parametrlari. Asbobning kesuvchi elementlari (tishlari)ni tashkil etuvchi oldingi va
orqa yuzalar, bosh (asosiy) va yordamchi kesuvchi qirralarning vaziyati asbob korpusiga nisbatan geometrik parametrlar deb ataluv- chi burchakli kattaliklarsistemasi orqali ifodalanadi. Geometrik parametrlarning miqdoriy qiymatlari asbobning ishchi chizmalarida ko‘rsatiladiki, ular bo‘yicha, birinchidan berilgan shaklga ega bo'lgan kesuvchi elementlar tayyorlanadi va ikkinchidan,
barcha burchak- laming tayyorlanish aniqligi universal yoki maxsus nazorat -o'lchov asboblari va priborlari yordamida tekshiriladi. Turli kesuvchi asboblarning kesuvchi elementlariga xos bo‘lgan
geometrik parametrlarni o'tuvchi tokarlik keskichi misolida ko‘rish mumkin.Keskichning kesuvchi qismini x, y, z o‘qlariga ega bo‘lgan to‘g‘ri burchaklikoordinatalar sistemasiga “bog‘laymiz” (2.3-rasm). Quyidagi shartlar qabulqilinadi:
1) yo'nilayotgan zagotovkaning aylanish o‘qi x o‘qiga parallel;
2) keskich stanok orqa babkasi markazi bo‘yicha (yoki keskich zagotovkaning aylanish o‘qi balandligida) o'rnatilgan;
3) bo'ylama yo'nalishda asosiy kesuvchi qirraning zagotovkaga botirilib kirishi uchun surish harakati (uning tezligi Vs) x o‘qi bo'yicha yo'nalgan;
4) surish harakati vektorining ta’sir etish nuqtasi sifatida keskichning uchi olingan.
Г-2' bosh (asosiy) kesuvchi qirra 1-2 ning xy (gorizontal) tekisligidagi proyeksiyasi bo‘lib, bu chiziq surish tezligi vektorining proyeksiyasi Vs bilan ф burchagini tashkil etadi;
1-3' yordamchi kesuvchi qirra 1-3 ning xy (gorizontal) tekisligidagiproyeksiyasi bo‘lib, bu chiziq surish tezligi vektorining proyeksiyasi F bilan ф, burchagini tashkil etadi. cp va cp, burchaklari plandagi burchaklar deb ataladi.
Shunday qilib, plandagi bosh burchak ф deb, gorizontal koordi- nata tekisligida o‘lchanadigan shu tekislikdagi surish harakati vektorining proyeksiyasi F bilan bosh (asosiy) kesuvchi qirra proyeksiyasi orasidagi burchakka aytiladi.