34-36 mavzular
1. Boyaziddan yengilib, o’z yer va mulklaridan mahrum bo’lgan Kichik Osiyo mamlakatlarining hukmdorlari Amir Temurdan madad istab, uning qayerdagi o’rdagohiga borib, qaror topadilar?
A) Chorbog’ S) Qorabog’
B) Ko’kbog’ D) Tozabog’
2. Amir Temur Boyazid bilan bo’lajak to’qnashuvda qaysi shaharlarning harbiy kemalaridan foydalanishga harakat qiladi?
A) Bordo va Marsel S) Trapezund va Konstantinopol
B) Genuya va Venetsiya D) B, C
3. Amir Temur qachon Konstantinopol noibi Ioann VII Paleolog nomiga xat yo’llagan?
A) 1402 yil 15-may S) 1404 yil 27-noyabr
B) 1403 yil 15-iyun D) 1405 yil 18-fevral
4. Kimlar Boyazidga qarshi kurashda Amir Temurga xizmat qilish, hatto unga odamlar va har qaysisi 20 tadan 40 tagacha harbiy kemalar bilan yordan berish majburiyatini o’z zimmalariga oladilar?
A) Fransiya va Angliya qirollari S) Misr va Dehli sultonlari
B) Genuya va Venetsiya hokimlari D) Konstantinopol noibi va Genuyaning Peradagi hokimi
5. Fransiya qiroli Karl VI qachon Amir Temurga javob maktubini yo’llagan?
A) 1402 yil 15-may S) 1404 yil 27-noyabr
B) 1403 yil 15-iyun D) 1405 yil 18-fevral
6. Kim G’arbda katolik dinining homiysi sifatida shuhrat qozondi?
A) Jahongir S) Mironshoh
B) Umarshayx D) Shohruh
7. Kastiliya bu?
A) Fransiya S) Angliya
B) Ispaniya D) Italiya
8. Amir Temur Muhammadqozini qayerga elchi qilib yuboradi?
A) Fransiya S) Angliya
B) Ispaniya D) Italiya
9. Ispaniya qiroli Genrix III qachon Amir Temur huzuriga ikkinchi marta maxsus elchilarni yuboradi?
A) 1402 yil S) 1404-yil
B) 1403 yil D) 1405-yil
10. Klavixo boshliq elchilar qachon Ispaniyadan Samarqandga jo’nab ketgan?
A) 1403 yil 21-may S) 1405 yil 18-mart
B) 1404 yil 21-noyabr D) 1406 yil 18-avgust
11. Klavixo boshliq Ispaniya elchilari qachon Samarqandda bo’ladilar?
A) 1404 yilning yanvar-martida S) 1404 yilning avgust-oktabrida
B) 1404 yilning fevral-aprelida D) 1404 yilning sentabr-noyabrida
12. Klavixo boshliq Ispaniya elchilari qachon Samarqanddan jo’natib yubordi?
A) 1403 yil 21-may S) 1405 yil 18-mart
B) 1404 yil 21-noyabr D) 1406 yil 18-avgust
13. Klavixo qachon Ispaniyaga qaytib boradi?
A) 1405 yil yanvar S) 1406 yil mart
B) 1405 yil avgust D)1406 yil noyabr
14. "Buyuk Temur tarixi" asarining muallifi?
A) Vyatkin S) Volter
B) Karamzin D) Klavixo
15. "Temur qarorgohi" asarining muallifi?
A) Vyatkin S) Volter
B) Karamzin D) Klavixo
16. "Samarqandga sayohat kundaligi" asarining muallifi?
A) Vyatkin S) Volter
B) Karamzin D) Klavixo
17. Amir Temur 1405-yil 18-fevral kuni Xitoy tomon yurish vaqtida qaysi shaharda vafot etadi?
A) Sig’noq S) O’tror
B) Turkiston D) Sayram
18. Amir Temur vafoti oldidan taxt vorisi etib kimni tayinlagan edi?
A) Ulug’bek S) Boysung’ur
B) Ibrohim Sulton D) Pirmuhammad
19. Kim 1405-yilning 18-mart kuni Samarqandni egallab, o’zini Movarounnahrning oliy hukmdori deb e'lon qiladi?
A) Sulton Husayn Mirzo S) Sulton Muhammad
B) Xalil Sulton Mirzo D) Abulqosim Bobur
20. Xalil Sulton Mirzo kimning o’g’li?
A) Jahongir S) Mironshoh
B) Umarshayx D) Shoxrux
21. Xalil Sultonga qarshi birinchi bo’lib kimlar isyon ko’taradilar?
A) Amir Xudoydot va Shayx Nuriddin S) Amir Husayn va Amir Yasovuriy
B) Umarshayx Mirzo va Abu Bakr Mirzo D) Amir Qazog’on va Amir Berdibek
22. Xalil Sultonga qarshi birinchi bo’lib qayerlarning hokimlari isyon ko’taradilar?
A) O’ratepa va Shohruxiya S) Kesh va Nasaf
B) Turkiston va Farg’ona D) Xo’jand va Jizzax
23. Pirmuhammad Amudaryodan kechib o’tib, Xalil Sultonga qarshi qayerga tomon askar tortadi?
A) Kalif S) Nasaf
B) Xuzor D) Termiz
24. Amir Temur vafotidan so’ng Xurosonda kim hokimi mutlaq bo’lib oladi?
A) Jahongir S) Mironshoh
B) Umarshayx D) Shoxrux
25. Amir Temur vafotidan so’ng Balx, G’azna va Qandahorda kim hokimi mutlaq bo’lib oladi?
A) Ulug’bek S) Boysung’ur
B) Ibrohim Sulton D) Pirmuhammad
26. Amir Temur vafotidan so’ng G’arbiy Eron va Ozarbayjonda kimlar hokimi mutlaq bo’lib oladilar?
A) Amir Xudoydot va Shayx Nuriddin S) Amir Husayn va Amir Yasovuriy
B) Umarshayx Mirzo va Abu Bakr Mirzo D) Amir Qazog’on va Amir Berdibek
27. Amir Temur vafotidan so’ng Sirdaryodan shimolda joylashgan viloyatlar: Turkiston, Sabron, O’tror, Sayram kimning tasarrufida qoladi?
A) Berdibek S) Ilyosxo’ja
B) Idiku D) To’xtamish
28. Amir Temur vafotidan so’ng O’ratepa va Farg’onani kim egallab oladi?
A) Xudoydod Husayniy S) Amirak Ahmad
B) Shayx Nuriddin D) Muhammad Jahongir
29. Amir Temur vafotidan so’ng Xorazmni kim bosib oladi?
A) Berdibek S) Ilyosxo’ja
B) Idiku D) To’xtamish
30. Umarshayx Mirzo va Abu Bakr Mirzolar kimning o’g’illari?
A) Jahongir S) Mironshoh
B) Umarshayx D) Shohrux
31. Pirmuhammad qachon vaziri Pir Ali Toz boshliq fitnachilar qo’lida halok bo’ladi?
A) 1407 yil 22-fevral S) 1409 yil 25-aprel
B) 1408 yil 22-aprel D) 1410 yil 20-aprel
32. Qachon Qoraqo’yunli turkmanlarning qabila boshlig’i Qora Yusuf bilan bo’lgan jangda Mironshoh halok bo’ldi?
A) 1407 yil 22-fevral S) 1409 yil 25-aprel
B) 1408 yil 22-aprel D) 1410 yil 20-aprel
33. 1409-yil bahorida kim Samarqand tomonga askar tortadi?
A) Xudoydod Husayniy S) Amirak Ahmad
B) Shayx Nuriddin D) Muhammad Jahongir
34. 1409-yil bahorida Amir Xudoydod qaysi shaharlarni osongina qo’lga kiritib, Samarqand tomonga askar tortadi?
A) O’ratepa va Shohruxiya S) Kesh va Nasaf
B) Turkiston va Farg’ona D) Xo’jand va Jizzax
35. 1409-yil bahorida kim Sheroz yaqinida Zarafshon daryosi bo’yida sodir bo’lgan jangda Xalil Sulton qo’shinini mag’lubiyatga uchratadi?
A) Xudoydod Husayniy S) Amirak Ahmad
B) Shayx Nuriddin D) Muhammad Jahongir
36. Qachon Shohrux Amudaryodan o’tib, Samarqand sari yurish qiladi?
A) 1407 yil 22-fevral S) 1409 yil 25-aprel
B) 1408 yil 22-aprel D) 1410 yil 20-aprel
37. 1409 yilda Shohrux kimni Movarounnahr va Turkistonga hokim qilib tayinlaydi?
A) Ulug’bek S) Boysung’ur
B) Ibrohim Sulton D) Pirmuhammad
38. Kim 1394 yilning 22-martida tavallud topgan?
A) Ulug’bek S) Boysung’ur
B) Ibrohim Sulton D) Pirmuhammad
39. Mirzo Ulug’bek qaysi shaharda tavallud topgan?
A) Valensiya S) Sevilya
B) Sultoniya D) Isfahon
40. Ulug’bekning hokimiyati chegaralari dastavval faqat viloyatlar bilangina cheklanardi?
A) Samarqand, Buxoro, Nasaf S) Termiz, Shahrisabz, Xuzor
B) Obivard, Niso, Mashhad D) Balx, G’azna, Qandahor
41. Shohrux tomonidan Farg’onadan to O'zgangacha kimning ixtiyoriga berilgan edi?
A) Xudoydod Husayniy S) Amirak Ahmad
B) Shayx Nuriddin D) Muhammad Jahongir
42. Shohrux tomonidan Hisori Shodmon kimning ixtiyoriga berilgan edi?
A) Xudoydod Husayniy S) Amirak Ahmad
B) Shayx Nuriddin D) Muhammad Jahongir
43. Kim Muhammad Jahongir, Yangi va Sayram viloyatlarining hokimi Amir Abdulholiq hamda hamda oq o’rdalik xonzodalardan Chingiz o’g’lonlar bilan ittifoq tuzib, temuriylarga qarshi isyon ko’taradi?
A) Xudoydod Husayniy S) Amirak Ahmad
B) Shayx Nuriddin D) Muhammad Jahongir
44. Shayx Nuriddin qachon Muhammad Jahongir, Yangi va Sayram viloyatlarining hokimi Amir Abdulholiq hamda oq o’rdalik xonzodalardan Chingiz o’g’lonlar bilan ittifoq tuzib, temuriylarga qarshi isyon ko’taradi?
A) 1409 yil S) 1411 yil
B) 1410 yil D) 1412 yil
45. Qachon Samarqand yaqinida Qizilravot mavzeyida isyonkor iltifoqchilar bilan Mirzo Ulug’bek qo’shinlari o’rtasida jang bo’ladi?
A) 1407 yil 22 fevral S) 1409 yil 25 aprel
B) 1408 yil 22 aprel D) 1410 yil 20 aprel
46. Qizilravot mavzeyida bo’lgan jangda Ulug’bek mag’lubiyatga uchrab, qayerga tomon chekinadi?
A) Kalif S) Nasaf
B) Xuzor D) Termiz
47. Ulug’bek qachon Farg’ona va Qoshg’arni egallaydi?
A) 1413 yil S) 1415 yil
B) 1414 yil D) 1416 yil
48. Qachon Shohruh tomonidan Xorazm Oltin o’rda xonlari tasarrufidan qaytarib olingan?
A) 1413 yil S) 1415 yil
B) 1414 yil D) 1416 yil
49. Qachon Ulug’bek Mo’g’uliston ustiga yurish boshlaydi?
A) 1425 yil S) 1429 yil
B) 1427 yil D) 1431 yil
50. 1425 yilda qayerda sodir bo’lgan to’qnashuvda Ulug’bek Mo’g’ullar ustidan g’alaba qozonadi?
A) Jizzax yaqinida S) Issiqko'1 yaqinida
B) Tarnob yaqinida D) Qatvon yaqinida
51. Ulug’bek ikki bo’lak nefrit toshini qayerdan o’lja qilib olib kelgan?
A) Mesopotamiya S) Movarounnahr
B) Xuroson D) Mo’g’uliston
52. Mo’g’ulistonda bo’lgan urushda Ulug’bek qozongan g’alabaning nishoni tarzida Jizzax yaqinida Ilono’tti darasi ichida qachon Ulug’bek tomonidan qoya toshga o’ziga xos "zafarnoma" yozdirilgan?
A) Hijriy 825 yilda (1425) S) Hijriy 827 yilda (1427)
B) Hijriy 826 yilda (1426) D) Hijriy 828 yilda (1428)
53. Shohrux qachon olamdan o’tadi?
A) 1447 yil 12-mart S) 1451 yil 19-avgust
B) 1449 yil 27-oktabr D) 1453 yil 29-may
54. Shohrux kimning isyonini bostirish vaqtida olamdan o’tadi?
A) Sulton Husayn Mirzo S) Sulton Muhammad
B) Xalil Sulton Mirzo D) Abulqosim Bobur
55. Shohrux qayerda olamdan o’tadi?
A) Marv S) Hirot
B) Ray D) Balx
56. Shohrux vafotidan so’ng taxtga Ulug’bek o’tirishi kerak edi. Ammo taxtni kim egallaydi?
A) Abdulaziz S) Alouddavla
B) Abdullatif D) Abdulloh
57. Alouddavla kimning o’g’li?
A) Ulug’bek S) Boysung’ur
B) Ibrohim Sulton D) Pirmuhammad
58. 1448-yilning bahorida Ulug’bek va Abdullatifning 90 ming kishilik birlashgan qo’shini qayerda bo’lgan jangda Alouddavla qo’shinini tor-mor keltirishadi?
A) Jizzax yaqinida S) Issiqko'1 yaqinida
B) Tarnob yaqinida D) Qatvon yaqinida
59. Ixtiyoriddin qal'asi qayerda joylashgan?
A) Marv S) Hirot
B) Ray D) Balx
60. Abdullatif Hirotda necha kun hokimlik qiladi?
A) 15 kun S) 50 kun
B) 30 kun D) 100 kun
61. Ulug’bek farmoni bilan Abdullatif qaysi shaharga noib qilib tayinlangan?
A) Marv S) Hirot
B) Ray D) Balx
62. Ulug’bekning o’g'li Abdullatif Balxda qanday solig’ni bekor qiladi?
A) "Targ’u" S) "Tamg’a"
B) "Xiroj" D) "Zakot"
63. Ulug’bekning kichik o’g’li?
A) Abdulaziz S) Alouddavla
B) Abdullatif D) Abdulloh
64. Abdullatif Amudaryodan kechib o’tib, qaysi shaharlarni osongina zabt etadi?
A) Samarqand, Buxoro, Nasaf S) Termiz, Shahrisabz, Xuzor
B) Obivard, Niso, Mashhad D) Balx, G’azna, Qandahor
65. 1449-yil oktabrda qayerda Ulug’bek va Abdullatif qo’shinlari o’rtasida qattiq jang bo’ladi?
A) Damashq qishlog’i yaqinida S) Bag’dod qishlog'i yaqinida
B) Sheroz qishlog’i yaqinida D) Qohira qishlog’i yaqinida
66. Kim Samarqand shahar darvozalarini berkittirib Ulug’bekni ichkariga kirishga qo’ymaydi?
A) Shamsiddin Muhammad Miskin S) Fazlulloh Abullays Samarqandiy
B) Xoja Ubaydulloh Ahror D) Mironshoh Qavchin
67. Kimning qarshiligiga qaramasdan, Abdullatif jaholatparast ulamolarning yashirin fatvosini chiqartirib, otasining o’ldirilishini uyushtiradi?
A) Shamsiddin Muhammad Miskin S) Fazlulloh Abullays Samarqandiy
B) Xoja Ubaydulloh Ahror D) Mironshoh Qavchin
68. Mirzo Ulug’bek qachon 55 yoshida Samarqand yaqinida fojiali vafot etdi?
A) 1447 yil 2-mart S) 1451 yil 19-avgust
B) 1449 yil 27-oktabr D) 1453 yil 29-may
69. Mirzo Ulug’bek Movarounnahrni nech yil idora qildi?
A) 35 yil B) 40 yil S) 45 yil D) 50 yil
70. Kim mamlakat fuqarolari tomonidan “Padarkush” (“ota qotili”) deb la`natlangan?
A) Abdulaziz S) Alouddavla
B) Abdullatif D) Abdulloh
71. Abdullatifning kallasi tanasidan judo qilinib, Registon maydonidagi qaysi madrasa peshtoqiga osib qo’yildi?
A) Sherdor madrasasi S) Ulug’bek madrasasi
B) Tillakori madrasasi D) Mir arab madrasasi
Do'stlaringiz bilan baham: |