IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
1. Leksikologiyada so’z qaysi tomondan o’rganiladi?
2. So’zning atash ma’nosi deganda nimani tushunasiz?
3. Morfologiya so’zning qaysi tomonini o’rganadi?
V. O’quvchilarni baholash va rag’batlantirish.
Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa.
57-mashq. Uyga vazifa. –lik, -zor,-iston, -la, -siz qo’shimchalari yordamida so’zlar yasang ular ishtirokida gaplar using.
Sana_________________ imzo ___________ O’IBDO’_______________________
Sana: 24 -sentabr 2018-yil
Sinf: 6
Fan: ona tili
Mavzu: Qo’shimchalar tasnifi
Dars maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga so’z tarkibi haqida ma’lumot berish va uning imlo qoidalarini tushuntirish. Nutqiy va lingvistik kompetensiya
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash,ona Vatanga muhabbat hissini kamol toptirish, insoniy fazilatlar, ijobiy xislatlarni tarbiyalash, o’quvchilar o’rtasida hamkorlik,o’zgalar fikrini tinglash, jamoada o’zini tutish ko’nikmasini shakllantirish, o’z o’zini rivojlantirish kompetensiyani rivojlantirish
Do'stlaringiz bilan baham: |