V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari:
Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.
VI bosqich: Uyga vazifa berish:
Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.
_______________________ 7-sinf. Jahon tarixi.
Mavzu: O’rta asrlarda Yaponiya.
Darsning maqsadlari:
1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga Yaponiya davlati tarixi haqida ma’lumot berish.
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars turi: Aralash.
Darsda qo’llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.
Darsda foydalaniladigan jihozlar: Xarita, darslik, bo’r.
D A R S N I N G B O R I S H I:
I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:
a)O’quvchilar bilan salomlashish.
b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.
s)O’quvchilar davomatini aniqlash.
II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:
Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:
1.Mamlakat xo'jaligi yuksalishining sababi nimalardan iborat edi?
2.Xitoyni mo‘g‘ullarning istilo qilishi va Yuan sulolasining boshqaruvi qanday amalga oshirilgan?
3.Min sulolasining boshqaruvi qanday bo'lgan?
III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:
Ijtimoiy munosabatlar. Yaponiyada mulkchilik munosabatlari XI-XII asrlarda uzil-kesil shakllanadi. Bu paytga kelib yer egalari mulklari — syoenlar vujudga keladi. Bunday yerlar merosiy bo'lib, syoenlar barcha soliqlardan ozod etilgan. Zamindorlar o‘z yerlarini kambag'al dehqonlarga ijaraga berishgan. Yaponiyada yirik yer egalari ma’lum toifalarga bo'lingan. Ulardan eng nufuzlilari — xanke deb nomlangan. Ularning vassallari ryokalar bo'lgan. Harbiy bo'linmalar jangchilari esa — samuraylar deb nomlangan. Ularga xo'jayinlari harbiy xizmat evaziga yer-mulk berganlar. Yillar o‘tib Yaponiya samuraylarining bir qismi Yevropa ritsarlari kabi alohida toifa, mayda dvoryanlarga aylanadi. O‘z yerlariga ega bo'lmagan jangchilar harbiy o'ljalar hisobiga yoki o‘z senorlari hisobidan kun kechirganlar.
Mamlakatning siyosiy tuzumi. Yaponiyada boshqa mamlakatlardan farq qiladigan siyosiy tuzum shakllanadi. Mamlakatni XII asrdan mikado — imperator boshqargan. U mamlakatdagi barcha yerlarning egasi hisoblangan. Zodagonlar esa uning amaldorlari va noiblariga aylangan. Viloyat noiblarining mustaqil boshqarishga intilishi esa aksari holatlarda mamlakatni siyosiy tarqoqlikka olib kelgan.
Imperator hokimiyati zaiflana borib ko‘p o‘tmay real hokimiyat mamlakatdagi eng kuchli mulkdor, harbiy qo'mondon — syogun qo'liga o'tadi. Dastlab syogunlik XII asr oxiridan mahalliy mulkdorlardan biri Minamoto tomonidan o‘rnatilgan. U samuraylardan tuzilgan qo'shini bilan raqiblarini yengib, imperator poytaxti Kiotoni qo'lga kiritadi.
IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:
Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:
1.Yaponiyada XI-XII asrlarda yangi tuzum qanday shakllanib bordi?
2.Yaponiya boshqaruv tizimi boshqa Osiyo mamlakatlaridan nimalari bilan farq qilgan?
3.Syogun unvonining ma’nosini ayting.
V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari:
Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.
VI bosqich: Uyga vazifa berish:
Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.
_______________________ 7-sinf. Jahon tarixi.
Mavzu: O’rta asrlarda Koreya.
Darsning maqsadlari:
1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga Koreya davlati tarixi haqida ma’lumot berish.
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars turi: Aralash.
Darsda qo’llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.
Darsda foydalaniladigan jihozlar: Xarita, darslik, bo’r.
№
|
Dars taqsimoti
|
Daqiqa
|
1
|
Darsni tashkil qilish jarayoni
|
2 daqiqa
|
2
|
O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni
|
20 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni
|
8 daqiqa
|
5
|
Darsga yakun yasash, baholash metodlari
|
3 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa berish
|
2 daqiqa
|
|
Jami:
|
45 daqiqa
|
D A R S N I N G B O R I S H I:
I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:
a)O’quvchilar bilan salomlashish.
b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.
s)O’quvchilar davomatini aniqlash.
II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:
Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:
1.Yaponiyada XI-XII asrlarda yangi tuzum qanday shakllanib bordi?
2.Yaponiya boshqaruv tizimi boshqa Osiyo mamlakatlaridan nimalari bilan farq qilgan?
3.Syogun unvonining ma’nosini ayting.
III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:
“Tonggi tarovat” mamlakati. Choson (koreyschadan “Tonggi tarovat”) davlati ilk qadimgi koreys davlatidir. Mazkur davlatning asoschisi afsonaviy Tangun hisoblanadi.
Tangun Pxenyanda mil. avv. 2333-yilda Choson qirolligiga asos soladi va bu qirollik mil. avv. II asrgacha hukm suradi. Koreyslar Tangun davrini koreys xalqining tashkil topish davri deb hisoblashadi.
O'zaro kurashlar va xitoyliklar bilan bo'lgan janglar mil. avv. I asrda Qadimgi Chosonni uch qirollikka — Pekche, Silla va Koguryoga bo'linib ketishiga olib keldi.
Uch qirollik davri. Koguryo davlatining tashkil topgan davri haqida tarixchi olimlar yagona fikrga kela olishmagan. Lekin u IV-V asrlarda Koreya yarimorolining shimoliy qismi, qo'shni Lyaodun yarimorolini egallagan yirik davlat bo’lgan. Koguryo qirolligining qo'shini o'zining jangovarligi bilan ajralib turgan. Ular birin-ketin qo'shni hududlarni zabt etadi. Milodiy 313-yilda Koguryo xitoylarni batamom o‘z hududidan surib chiqaradi va har jihatdan rivojlangan qudratli davlatga aylanadi. Bu davrda dehqonchilik, metall quyish va unga ishlov berish, to'qimachilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq rivojlangan. Keyinchalik Koguryo o'rniga Parxe davlatiga asos solinadi. Parxe qirolligi IX asrning birinchi yarmida o'zining qudrat cho'qqisiga erishadi. Qirollik Yaponiya bilan elchilik aloqalarini o'rnatadi. X asrda ko‘chmanchi kidanlar zarbasidan so‘ng davlat parchalanib ketadi.
Koreya yarimorolning janubiy qismida III-IV asrlarda Pekche davlati vujudga keladi. Pekche qirolligi IV asrda markazlashgan davlatga aylanadi.
IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:
Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:
1.Qadimgi Choson qirolligi qaysi yillarda faoliyat ko'rsatgan?
2.Uch qirollik davri haqida nimalarni eslab qoldingiz?
3.Koryo qirolligiga kim tomonidan asos solingan?
V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari:
Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.
VI bosqich: Uyga vazifa berish:
Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.
_______________________ 7-sinf. Jahon tarixi.
Mavzu: Hindiston rivojlangan o’rta asrlarda.
Darsning maqsadlari:
1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga Hindiston davlati tarixi haqida ma’lumot berish.
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars turi: Aralash.
Darsda qo’llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.
Darsda foydalaniladigan jihozlar: Xarita, darslik, bo’r.
№
|
Dars taqsimoti
|
Daqiqa
|
1
|
Darsni tashkil qilish jarayoni
|
2 daqiqa
|
2
|
O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni
|
20 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni
|
8 daqiqa
|
5
|
Darsga yakun yasash, baholash metodlari
|
3 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa berish
|
2 daqiqa
|
|
Jami:
|
45 daqiqa
|
Do'stlaringiz bilan baham: |