Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.
Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.
a)O’quvchilar bilan salomlashish.
b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.
s)O’quvchilar davomatini aniqlash.
A)I asrda. B)II asrda. S)III asrda. D)IV asrda.
A)II asrdan. B)III asrdan. S)IV asrdan. D)V asrdan.
A)Autodafe. B)Inkvizitsiya. S)Indulgensiya. D)Yeretik.
A)5. B)6. S)7. D)8.
___________________________________________________________________________________

Uyga vazifa berish:
Uyga vazifa o’tilgan mavzularni o’qib, shu mavzular asosida test topshiriqlari tayyorlab kelish beriladi.
_______________________ 7-sinf. Jahon tarixi.
Mavzu: Fransiyada markazlashgan davlatning tashkil topishi.
Darsning maqsadlari:
1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga Fransiyada markazlashgan davlatning tashkil topishi haqida ma’lumot va tushuncha berish.
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars turi: Aralash.
Darsda qo’llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.
Darsda foydalaniladigan jihozlar: Xarita, darslik, bo’r.
D A R S N I N G B O R I S H I:
I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:
a)O’quvchilar bilan salomlashish.
b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.
s)O’quvchilar davomatini aniqlash.
II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:
Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:
1.4-salib ynrishlarining borishi haqida gapirib bering.
2.Lotin imperiyasi qay tariqa yuzaga keldi?
3.So'nggi salib yurishlari qachon bo'lib o‘tdi?
III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:
Salibchilar Suriya cho'lida musulmonlar bilan jang qilayotganida Fransiya og‘ir davrlarni boshdan kechirayotgan edi.
Avvalgi G'arbiy Frank qirolligi bir-biridan mustaqil katta-kichik o'nlab knyazliklarga bo'linib ketadi. Knyazliklar merosga qoldirilganida yana bo‘linar, sulolaviy nikohlar natijasida qo‘ldan-qo‘lga o'tardi. Qirolning shaxsiy yer-mulklari (domeni) shimolda Parijdan — janubda Orleanga qadar joylashgan edi. Normandiya, Burgundiya, Bretan, Akvitaniya gersoglarining har biri qirolga nisbatan ko'proq hudud va aholiga ega edilar. Anju, Tuluza, Blua graflari ham kuch-qudrat bobida qiroldan kam bo'lishmagan. Qirol domenida esa unga bo'ysunmagan feodallar mustahkam qal’alar qurib joylashib olgan edilar.
Qirol Lyudovik VI (1108-1137) o‘z domenida tartib o'rnatishga harakat qila boshlaydi. U Burj va Sans shaharlarini o‘z yer-mulkiga qo'shib oladi. Qirol o'zboshimcha baronlar qal’alarini buzib, ularni bo'ysundiradi. Lyudovik VI ning omadi yurishib o‘g‘lini Akvitaniya gersogining yagona merosxo'riga uylantirishga muvaffaq bo'ladi.
Fransiyada X-XI asrlarda qishloq xo‘jaligining, hunarmandchilik va savdoning o'sishi boshlanadi. XII asrdan boshlab yangi o'zlashtirilgan yerlarda dehqonlar qaramligi bekor qilinib, soliqlarning bir qismi pul bilan to'lanadigan bo'ladi. Natijada, dehqonlar yetishtirgan mahsulotlarining ma’lum qismini bozorga sotish uchun chiqara boshlaydi.
IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:
Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:
1.Qaysi tadbir dehqonning yerga munosabatini ijobiy tomonga o'zgartiradi?
2.Fransiyadagi viloyatlar orasida mehnat taqsimoti haqida gapirib bering.
3.Qirol hokimiyatining kuchayishiga sabab bo'luvchi omillarni aytib bering.
V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari:
Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.
VI bosqich: Uyga vazifa berish:
Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.
_______________________ 7-sinf. Jahon tarixi.
Mavzu: General shtatlar. Toifaviy monarxiyaning vujudga kelishi.
Darsning maqsadlari:
1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga general shtatlar va toifaviy monarxiyaning vujudga kelishi haqida ma’lumot va tushuncha berish.
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars turi: Aralash.
Darsda qo’llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.
Darsda foydalaniladigan jihozlar: Xarita, darslik, bo’r.
№
|
Dars taqsimoti
|
Daqiqa
|
1
|
Darsni tashkil qilish jarayoni
|
2 daqiqa
|
2
|
O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni
|
20 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni
|
8 daqiqa
|
5
|
Darsga yakun yasash, baholash metodlari
|
3 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa berish
|
2 daqiqa
|
|
Jami:
|
45 daqiqa
|
D A R S N I N G B O R I S H I:
I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:
a)O’quvchilar bilan salomlashish.
b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.
s)O’quvchilar davomatini aniqlash.
II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:
Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:
1.Qaysi tadbir dehqonning yerga munosabatini ijobiy tomonga o'zgartiradi?
2.Fransiyadagi viloyatlar orasida mehnat taqsimoti haqida gapirib bering.
3.Qirol hokimiyatining kuchayishiga sabab bo'luvchi omillarni aytib bering.
III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:
Fransiyani markazlashtirishni davom ettirgan Filipp IV (1285-1314) o‘z qirolligining boshlarida Shampan grafligi, Lion viloyati va shahrini qirol domeniga qo'shib oladi. Uning keyingi harakatlari mamlakatning shimoli-g‘arbidagi yirik savdo-hunarmandchilik shaharlarini birlashtirgan Flandriyani egallashga qaratiladi.
Filipp IV Yevropa hukmdorlaridan birinchi bo'lib katta yer-mulklarga egalik qilayotgan cherkovdan soliq talab qiladi. Rim papasi Bonifatsiy VIII (1294-1303) ruhoniylarga Fransiya qiroliga soliq to'lashni man etishdan tashqari, Filipp IV dan Flandriyaga qarshi urushni to‘xtatishini talab qiladi. Fransiya qirolining Papa xohish-irodasiga bо‘ysunmaganligiga javoban Bonifatsiy VIII Filipp IV ni cherkovdan xoliligini tantanali e’lon qilish uchun tayyorgarlikka kirishadi.
General shtatlar. Bunga javoban Fransiya qiroli 1302- yilda uch toifa vakillari: ruhoniylar, dvoryanlar va shaharliklarni chaqirib, ularga papa bilan mojaroni muhokama qilishni taklif etadi. General shtatlar papani Fransiyaning ichki ishlariga aralashishini qoralaydi.
Keng jamoatchilik ko'magiga tayangan Filipp IV papaga qarshi harakatni boshlaydi. Qirolga anafema (la’nat) e’lon qilish tayinlangan kun arafasida Italiyaning shimolidagi Anani shahrida joylashgan papa saroyiga Filippning bir guruh askarlari bostirib kiradi. Ular esankirab qolgan papaga qamoqqa olingani va sud oldida javob berishi uchun Fransiyaga jo'natilishini ma’lum qiladi.
IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:
Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:
1.Nima sababdan Filipp IV Rim Papasi bilan ixtilofga borib qoladi?
2.Fransiyani birlashtirishda qirol kimlarga tayangan?
3.General shtatlar nima va u qanday maqsadda chaqiriladi?
V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari:
Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.
VI bosqich: Uyga vazifa berish:
Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.
_______________________ 7-sinf. Jahon tarixi.
Mavzu: Yuz yillik urushning boshlanishi va uning dastlabki davri. Jakeriya.
Darsning maqsadlari:
1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga yuz yillik urushning boshlanishi va uning dastlabki davri haqida ma’lumot va tushuncha berish.
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars turi: Aralash.
Darsda qo’llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.
Darsda foydalaniladigan jihozlar: Xarita, darslik, bo’r.
№
|
Dars taqsimoti
|
Daqiqa
|
1
|
Darsni tashkil qilish jarayoni
|
2 daqiqa
|
2
|
O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni
|
20 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni
|
8 daqiqa
|
5
|
Darsga yakun yasash, baholash metodlari
|
3 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa berish
|
2 daqiqa
|
|
Jami:
|
45 daqiqa
|
D A R S N I N G B O R I S H I:
I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:
a)O’quvchilar bilan salomlashish.
b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.
s)O’quvchilar davomatini aniqlash.
II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:
Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:
1.Nima sababdan Filipp IV Rim Papasi bilan ixtilofga borib qoladi?
2.Fransiyani birlashtirishda qirol kimlarga tayangan?
3.General shtatlar nima va u qanday maqsadda chaqiriladi?
III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:
Angliya va Fransiya o'rtasida ХIV asrning 30-yillarda boshlangan urushlar (1337-1453) tanaffuslar bilan yuz yildan ortiq davom etib, tarixda “yuz yillik urush” nomini olgan. Filipp IV ning o'limidan so‘ng taxtga da’vogar erkak zurriyot qolmaydi. X asrdan buyon davom etayotgan Kapetinglar vorisi deb Valualar oilasi tan olinadi. Ammo inglizlar qiroli Eduard III, Filipp IV ning qizidan nabirasi, o'zini har qanday valualardan taxtga haqliroq deb e’lon qiladi.
Ingliz qiroli talabini rad etish uchun fransuz huquqshunoslari Xlodvig davridagi “ Sali haqiqati”dan yerning meros bo'yicha ayol kishiga o'tishi mumkin emasligi haqidagi qonunni topishadi. Huquqshunoslar bu qonunga ko‘ra, qirollik ham yer-mulk ekanligi, demak Filipp IV ning qizi o‘z o‘g‘li Eduard III ga Fransiya taxtiga o'tirish huquqini berishi mumkin emasligi haqida qaror chiqarishadi.
Vorislik haqidagi bahs qurol yordamida yechila boshlanadi. Fransiya qiroli 1337-yilda inglizlarning mamlakatning janubi-g'arbidagi Akvitaniya yerlarini o‘z tasarrufiga olganini e’lon qiladi. Bunga javoban Eduard III Fransiyaga qarshi urush boshlaydi.
Urushning borishi. Angliya va Fransiya urushi tez orada umumyevropa mojarosiga aylanadi. Shotlandiya va Kastiliya Fransiyani, Portugaliya esa Angliyani qo'llaydi.
Yevropaning barcha hududlaridan ritsarlar kelib yo inglizlar, yo fransuzlar xizmatiga o‘ta boshlaydilar. Inglizlar 1340-yilda Fransiya dengiz flotini yengib, qumqlikda hujumga o'tadilar.
IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:
Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:
1.Yuz yillik urush va uning bosqichlari haqida so'zlab bering.
2.Yuz yillik urushning sabablarini ko'rsating.
3.Fransiya qo'shinlarining urushning birinchi bosqichidagi mag'lubiyati sabablari nimada edi?
V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari:
Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.
VI bosqich: Uyga vazifa berish:
Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.
_______________________ 7-sinf. Jahon tarixi.
Mavzu: Urushning keyingi davrlari. Fransiyani markazlashtirishning yakunlari.
Darsning maqsadlari:
1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga Fransiyani markazlashtirishning yakunlari haqida ma’lumot berish.
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars turi: Aralash.
Darsda qo’llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.
Darsda foydalaniladigan jihozlar: Xarita, darslik, bo’r.
№
|
Dars taqsimoti
|
Daqiqa
|
1
|
Darsni tashkil qilish jarayoni
|
2 daqiqa
|
2
|
O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni
|
20 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni
|
8 daqiqa
|
5
|
Darsga yakun yasash, baholash metodlari
|
3 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa berish
|
2 daqiqa
|
|
Jami:
|
45 daqiqa
|
D A R S N I N G B O R I S H I:
I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:
a)O’quvchilar bilan salomlashish.
b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.
s)O’quvchilar davomatini aniqlash.
II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:
Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:
1.Yuz yillik urush va uning bosqichlari haqida so'zlab bering.
2.Yuz yillik urushning sabablarini ko'rsating.
3.Fransiya qo'shinlarining urushning birinchi bosqichidagi mag'lubiyati sabablari nimada edi?
III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:
Angliya Fransiyaga 1360-yilda taklif etgan tinchlik sulhi bo'yicha mamlakat hududlarining 1/3 qismi inglizlarga o'tadi. Fransiya qiroli Karl V harbiy islohotlar o'tkazib, kuchli to‘pchilar qo'shini va flot tuzishga kirishadi. Yagona qo'mondonlik joriy etilib, uning vakolatlari kengaytiriladi. Ushbu lavozimga tayinlangan Dyugeklan yirik janglarga kirmasdan kichik janglar orqali deyarli barcha hududlarini inglizlardan ozod qiladi. Lekin urushdagi g'alabalar uzoqqa cho‘zilmaydi.
Qirol saroyidagi kelishmovchiliklardan foydalangan inglizlar 1415-yilning kuzida Normandiyaga qo‘shin tushiradi. Azenkur jangida yana fransuzlar qo'shini tor-mor etiladi. Mamlakatning yarmi Angliya qo'liga o‘tib, cherkov va ruhoniylar ingliz qirolini tan olishdi. Burgundiya gersogi ham inglizlar tomoniga o'tadi. Uning ko'magida inglizlar Parijni egallaydi.
1420-yilda tuzilgan sulh shartnomasiga ko‘ra, Angliya qiroli birlashgan Angliya va Fransiyaning qiroli bo'lishi ko'rsatiladi. Fransiya qirolining o‘g‘li hokimiyatdan mahrum etiladi. Yuz yillik urushning xususiyati o‘zgarib, ingliz qo‘shinlariga qarshi oddiy xalq ko'tariladi.
Orlean qizi. Ingliz qo'shinlari Orleanga hal qiluvchi hujumga tayyorgarlik ko'rayotgan bir paytda Karl huzuriga 16 yoshli oddiy dehqon qizi Janna d’Ark kelib, uni fransuzlar g'alabasi muqarrar ekanligiga ishontiradi. Jannaga ritsarlar bo'linmasi berilib, Orleanni ozod qilish uchun yollangan qo'shin tarkibiga kiritiladi.