7-sinf adabiyot (4-chorak)
1.“Dahshat” hikoyasida “… tiriklar qabristoni” deb ta’riflangan joy qayer? A.Qabriston B.olimbek dodxohning uyi C.Asqar ponsodning uyi D.Masjid yaqinidagi uy 2.Qaysi qatorda A. Qahhorning qissalari berilgan? A.”Sarob”, “Qo`shchinor chiroqlari” B.”O`tmishdan ertaklar” C.”Bemor”, “Dahshat” D.”Tobutdan tovush”, “Ayajonlarim” 3.Mirtemirning “Onaginam” she’rida lirik qahramon onasiga qilolmagan xizmatini eliga qay yo`l bilan baxshida etmoqchi bo`ladi? A.Boyligi B.Mehnati C.Ijodi D.Muhabbati 4.Qaysi javobda Ernest Seton-Tompson asarlarining yetakchi mavzusi berilgan? A.Milliy g`urur B.Tabiat C.Muhabbat D.Urush va tinchlik 5.Ernest Seton- Tompson tabiatni qaysi soha(lar) vakili bo`lib tasvirlaydi? A. Rassom B.Yozuvchi C.Olim D.Barcha javob to`g`ri 6.”Otning o`limi itning bayrami” maqoli qanday janrdagi asar uchun epigraf qilib olingan? A.Hikoya B.Qissa C.Roman D.Doston 7.She’riy san’atning qaysi turi arabcha “shaxslantirish” ma’nosini anglatadi? A.Tajnis B.Tadrij C.Tashxis D.Tashbih 8.Bir adabiy turga mansub asarlar qaysi javobda berilmagan? A. O`.Hoshimovning ”Urushning so`nggi qurboni”, T.Murodning ”Yulduzlar mangu yonadi” asari B.R.Thokurning ”Nur va soyalar”, M.Shayxzodaning “Mirzo Ulug`bek” asari C.O.Yoqubovning ”Tengdoshlar” , N.Dumbadzening “Hellados” asari D.E.Vohidovning ”O`zbegim” , A.Oripovning ”Ozbekiston” qasidasi 9.A.Qahhorning “O`g`ri” hikoyasidagi o`g`rilar kimlar? 1)ellikboshi 2)Qobil bobo 3)amin 4)pristav A)1,2,3 B)1,3,4 C)1,2,4 D)2,3,4 10.Mirtemir “Shudring” she’rida “Kechasi onam tag`in yig`labdi-da ,chamasi” misralari orqali Ona so`zi orqali kimni nazarda tutgan? A.O`z onasini B.Ona tabiat C.Ona yurt D.Ona tili 11.E.S.Tompsonning “Yovvoyi yo`rg`a ” asarini kim o`zbek tiliga tarjima qilgan? A.T.Murod B.Sh.Xolmirzayev C.O.Yoqubov D.Mirtemir 12.Tompson qaysi asari uchun “Elliot” oltin medaliga sazovor bo`lgan? A.”Mitti yovvoyilar” B.”Quvg`indilar taqdiri” C.”Yovvoyi hayvonlar” D.”Jonivorlar haqida hikoyalar” 13.Olimbek dodxoning eng kichik xotininig ismi? A.Nodirmohbegim B.Unsinoy C.Gulnor D.Xadichabegim 14.”Ular tongda ochib ketdi G`unchalarning labini” misralari qaysi she’rdan olingan? A.”Yulduzlar afsonasi” B.”Mirrix yulduziga” C.”Ko`krak ochdim shamollarga” D.”Yer va ter” 15.”Jamoling vasfini qildim chamanda, Qizordi gul uyottin anjumanda” Atoyining yuqoridagi baytida qanday san’at qo`llangan? A.Talmeh B.Irsoli masal C.Mubolag`a D.Tashxis
16.”O`g`ri” hikoyasida ellikboshi bu amalni egallash uchun mingboshiga qancha pora bergan edi?
17.Qabristondan qaytayotgan Unsinning yelkasiga nima minib oladi?
18. Mirtemirning “Qishlog`im”she’rida qanday yeguliklar va taomlar nomini tilga oladi?
19. “O`g`ri”hikoyasida kampir ho`kizni topish maqsadida azayimxonga nimalar olib boradi?
20.Shudring she’rida shoir shudringni nimalarga o`xshatadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |