Aim.Uz
7-sinf adabiyot (1-chorak)
1.Qaysi adib A.Navoiy haqida jiddiy ilmiy tadqiqotlar yaratgan? A.G`.G`ulom B.H.H.Niyoziy C.M.Shayxzoda D.E.Vohidov
2.Millati va Vatani oldida qarzi borligini ta’kidlagan ijodkorni belgilang. A.Hamza B.G`.G`ulom C.R.Hamzatov D.S.Zunnunova
3. “Uch qiz afsonasi”, “Guldursan”, “Qora va oq aravacha haqida ertak”balladalari qaysi adib qalamiga mansub? A.A.Avloniy B.Shuhrat C.M.Osim D.A.Muxtor
4.Qaysi javobda R.Hamzatov she’riyatining yetakchi mavzusi berilgan? A.milliy g`urur B.muhabbat С.urush va tinchlik D.o`z millatini boshqalardan afzalligi tasdiqlash
5.Quyidagi obrazlar qaysi asar qahramonlari hisoblanadi? Sarsonboy ota,Madumar aka,Haydarali,Zebi,G`ofirjon. A. “Memor” B. “Qiyomat qarz” C. “Yulduzlar afsonasi” D. “Mardlik afsonasi”
6.R.Hamzatovning “Ona tilim”she’ri qaysi o`zbek shoirining shu mavzudagi she’riga mazmunan va ruhan yaqin? A.Rauf Parfi B.Cho`lpon C.Sh.Rahmon D.Muhammad Ali
7.O`zbek adabiyotida birinchi bo`lib,chet eldagi o`zbeklar hayoti aks ettirilgan asar qaysi javobda berilgan? A. “Jannat qidirganlar” B. “Mashrab” C. “Oltin zanglamas” D. “Guldursun”
8.Badiiy adabiyotning asosiy quroli nima? A.kitob B.so`z C.ohang D.ma’no
9.Shuhratning “Mardlik afsonasi” balladasi qaysi mard qahramonning shijoati haqida? A.To`maris B.Shiroq C.Spitamen D.Jaloliddin Manguberdi
10.Arab qizining fransuz bosqinchilariga qarshi kurashi qaysi asarda aks ettirilgan? A. “Jamila” B. “Ona va bola” C. “Raymonda” D. “Uch qiz afsonasi”
11.Sofoklning “Shoh Edip”asarini o`zbek tiliga o`girgan adib kim? A.A.Muxtor B.Sh.Xolmirzayev C.M.Osim D.Ch.Aytmatov
12.Mirmuhsinning “Me’mor”asarida Me’mor qaysi sulolaga xizmatga qilmaslikka ahd qildi? A.temuriyzodalarga B.shayboniylarga C.saljuqiylarga D.pahlaviylarga
13.Me’mor asari qahramonlari yo`l safarida qanday tabiiy falokatdan omon qolishadi? A.seldan B.zilziladan C.girdiboddan D.chaqmoqdan
14.Qaysi adib 1914-1915-yillarda “Yangi saodat”, “Uchrashuv”singari “milliy roman”lar yaratgan? A.Abdurauf Fitrat B.H.H.Niyoziy C.A.Qodiriy D.Umar Sayfiddin
15.Ijodkorning fikr,tuyg`u,hissiyot va kechinmalari singdirilgan manzara tasviri qanday nomlanadi? A.badiiy obraz B.mubolag`a C.ilmiy axborot D.peyzaj
16.Asqad Muxtorning qanday she’riy kitoblari bor? 17.A.Muxtor qanday qissalar yozgan? 18.O`zbek adabiyotida balladalar ko`pincha qanday yo`nalishlarda bitiladi? 19.A.Muxtor qanday dramatik asarlar yozgan? 20.”Alisherga alla aytib uxlatgan Sen- ona, Og`ushida Bobur kamolga yetgan Sen- ona” She’rning vazni qanday ekanligini yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |