7-sinf adabiyot (3-chorak)
1.Quyidagi bayt kimning qalamiga mansub va unda qanday san’at qo`llangan? “Sen husn ila boysan,senga chun farz durur haj, Qil Tengri uchun Ka’bai ko`nglimni ziyorat” A.Navoiy, tazod B.Lutfiy , tanosub C.Nodira ,tashbeh D.Lutfiy,mubolag`a 2.Tirikchiligi “chashmi so`zan”,ya’ni igna teshigidan o`tkazilayotgan ip kabi qiyin o`tgan shoir kim? A.Muqimiy B.Maxmur C.Zavqiy D.Turdi Farog`iy 3.Raviy bilan tugallangan qofiya qanday nomlanadi? A.Muqayyad qofiya B.Mutlaq qofiya C.Husni matla’ D.Mumtoz qofiya 4.46 pastkash boyni butun Farg`ona vodiysiga sharmanda qilgan shoir kim? A.Muqimiy B.Furqat C.Zavqiy D.Avaz O`tar 6.Ba’zi she’rlarida Firog`iy taxallusini qo`llagan shoir kim? A.Zavqiy B.Maxtumquli C.T.Farog`iy D.A.O`tar 7.”Mehrobdan chayon” romanida Anvarning ismini kim qo`ygan edi? A.Otasi B.Solih maxdum C.Opasi Nodira D.Onasi 8.”Binafsha” she’rida qanday ruhiy holat ifodasi bo`rtib turadi? A.Isyon B.Go`zallikka oshiqlik C.Tanbeh berish D.dardkashlik 9.”Adolat yaxshi ” she’rida berilgan to`g`ri fikrlar juftligini belgilang. Kimga nima yaxshi? 1)qullarga 2) shohga 3)dushmanga 4)Omonlik deganga 5)bekka a)siyosat b)Adolat c)diyonat d)saxo e)himoyat A.1-e,2-d,3-b,4-a,5-c B.1-d,2-b,3-e,4-c,5-a C.1-b, 2-c, 3-a, 4-d, 5-e D.1-e, 2-b, 3-a, 4-c, 5-d 10.Maxtumqulining “Namasan?” she’ri nima haqida? A.Olloh haqida B.Sevgan yori haqida C.Vatan haqida D.Do`sti haqida 11.Qaysi qatorda ohangdoshlikni hosil qiluvchi unli yoki undosh bo`lgan tirgak tovushning nomlanishi berilgan? A.Raviy B.radif C.Qofiya D.Turoq 12.”…xasta og`zing kam ochib, ibrat ko`zing ochgil, Ajabkim,qo`l yaqoda yurgudek turfa zamon bo`ldi”. Misra boshida tushirilgan taxallusni toping. A.Muqimiy B.Furqat C.Zavqiy D.Hamza 13.Uvaysiy g`azalidagi “Vujudim dardga to`ldi, emdi darmonimni sog`indim” misrasidan anglashilgan ma’noni belgilang. A.Dard-kasallik, darmon-dori B.Dard-sog`inch, darmon-diydor C.Dard-musofirlik, darmon-Vatanga qaytish D.Dard-zulm, darmon-qasos 14.Uvaysiy g`azallardan tashqari yana qaysi janrda shuhrat qozongan? A.Ruboiy B.Muxammas C.Tuyuq D.Chiston 15.A.Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanida Anvarga homiylik qilgan sarmunshiyning nomi qaysi qatorda berilgan? A.Muhammad Rajabbek poygachi B.Abdurahmon domla C.Kalonshoh mirzo D.Sultonali 16.”Qahatchilik”, “Veksel” she’rlarining muallifi kim? 17.”Anor” chistonidagi “nishon”, “makon”, “qon” qofiyadosh so`zlaridagi raviyni aniqlang. 18.Lug`z qanday janr? 19.”Ta’rifi kalish”,”Otim”, “Fonus” hajviyalari muallifi kim? 20.”Chobukxez” so`zining ma’nosi qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |