7-sinf adabiyot (2-chorak)
1.“Oq kema”asaridagi hayotda kamdan kam uchraydigan baxtli odam kim? A.Mo`min chol B.O`rozqul C.Bekey D.Seydahmad 2.Barmoq vaznining qanday turlari bor? A.sodda vazn,qo`shma vazn B.juft vazn,takroriy vazn C.aruz vazni,erin vazn D.oq she’r,mansur she’r 3.Qaysi javobda turoqqa to`g`ri ta’rif berilgan? A.she’rning har bir satr yo`li B.misralarning oxirida takrorlanuvchi bir xil so`z C.Ohangdosh so`zlar D.misralardagi bo`g`inlarning muayyan guruhlarga bo`linishi 4.Xalq dostonlarida qahramonning harakati tezlashgan holatlar necha bo`g`inli barmoq vaznida kuylnad A.o`n bir hijoli vaznda B.to`qqiz bo`g`inli vaznda C.sakkiz bo`g`inli vaznda D.yetti hijoli vaznda 5.Xorazmda doston aytuvchilar kim deyiladi? A.xalfa B.baxshi C.shoir D.oqin 6.Mumtoz adabiyotda aqlga sig`maydigan darajadagi mubolag`a qanday ataladi? A.litota B.tafrit C.g`uluv D.ig`roq 7. “Mehr va Suhal”hikoyasida Jobir dengizda kemalar ko`ringanidan qanday xabar topadi? A.diydabonlar orqali B.o`zi kuzatib yotardi C.o`rgatilgan qushlari D.kemadagi josuslar orqali 8. “Go`ro`g`li” turkumidagi dostonlar soni nechta? A.100dan ortiq B.150ta C.40ta D.90ta 9. “Ravshan”dostonining nasriy qismida ko`proq qaysi she’riy san’atdan foydalanilgan? A.saj B.mubolag`a C.ko`chim D.tashbeh 10.Qaysi yozuvchi quyidagi fikrlarni aytgan? “Ona tilim!U haqda nihoyatda ko`p gapirilgan.Lekin uning sirli mo`jizasini tasvirlab bo`lmaydi”. A.M.Osim B.A.Avloniy C.Ch.Aytmatov D.Shuhrat 11.Obraz tushunchasi qanday ma’nolarda ishlatiladi? A.uch ma’noda:keng,tor,ko`chma B.ikki ma’noda:ijobiyva salbiy C.ikki ma’noda:yaxshi va yomon D.ikki ma’noda:keng va tor 12. “Shohni derlar sipoh birlan shoh,Shoh emasdur yo`q ersa anda sipoh” misralari kimga nisbatan aytilgan? A.Navdar B.No`mon C.Suhayl D.Jobir 13.Qaysi asarda nomi “quyosh”,”jabr qiluvchi” ma’nolarini anglatuvchi obrazlar mavjud? A.A.Navoiy “Mehr va Suhayl” B.”Kuntug`mish” dostoni C.Yusuf Xos Hojib “Qutadg`u bilig” D.Gulxaniy “Zarbulmasal”
14.Qaysi doston qahramoni “Qush uchmagan cho`llardan … qistab o`tib boradi”? A.”Ravshan “ ,Ravshan B.”Kuntug`mish”, Kuntug`mish C.”Mehr va Suhayl”, Navdar D.”Ravshan” , Hasanxon 15.Qaysi javobda aka-uka kallarning qobiliyatlari to`g`ri ko`rsatilgan? 1)Aynoq 2)Jaynoq 3)Ersak 4)Tersak a)mergan b)masxaraboz c)polvon d)sinchi A.1-a,2-c,3-d,4-b B.1-b,2-d,3-c,4-b C.1-c,2-b,3-a,4-d D.1-d,2-a,3-b,4-c 16.Laqabi Bol bo`lgan obrazning nomini yozing. 17.”Oq kema” asarida qaysi o`simlik quyoshni hammadan yayrab qarshi oladi? 18.Ravshanga xosiyatli uzukni kim bergan edi? 19.Ovga ishqibozligi tufayli tuzoqqa tushgan obraz nomi? 20.”Oq kema ” asaridagi bolaning sevimli toshlarining nomi?
Do'stlaringiz bilan baham: |