7 mavzu: xalqaro turizm industriyasi reja



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana29.03.2022
Hajmi0,61 Mb.
#516320
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7 MAVZU

Avtomobil 
ana shunday vositaga aylandi. 
Birinchi avtomobillar yuqori tezligi bilan ajralib turmasdi. Lekin o‘zining 
mobelligi bilan aholi yashaydigan har qanday manzilga yetib borish imkonini 
beradi. 
Bu esa turistik oqimlarni ma’lum manzilga yo‘naltirishga yo‘l ochdi. 
Avtomobillar temir yo‘lga qaraganda boshqa ustunliklarga ham ega edi. Ular 
erkin joylashtirishnigina ta’minlab qolmasdan, balki turistik safarlarni talabga 
qarab tashkil etishga ham yordam berardi. Sayohatga otlangan shaxs marshrutni, 
to‘xtash joyini va yo‘lda bo‘lish vaqtini o‘zi belgilardi. Asta-sekin avtomobil bosh 
harakatlanish vositasi sifatida uzoq va yaqin masofalarda temiryo‘l transportini 
siqib chiqara boshladi. Avtomobillar sonining ko‘payishi, ravon yo‘llar qurilishi 
bilan AQSH va Buyukbritaniyada temir yo‘llarda yo‘lovchilar tashish hajmi 
yarmiga kamaydi. Tobora ko‘proq odamlar shaxsiy avtomashinalarida shahar 
tashqarisida uikendlarga otlana boshlashdi. 
Avtomobil bilan bir qatorda boshqa yangi transport turi 
aviatsiya 
rivojlana 
boshladi. Uning sharofati bilan uzoq -500 km. dan ziyod masofaga turistik tashish 
mustahkam o‘rin egallaydi. 1930-yillar oxiriga kelib jahon avia kompaniyalari 
umumiy uzunligi 56,0 ming km.dan ko‘proq masofada xizmat ko‘rsata boshladilar. 
Yo‘lovchilar soni esa 23 mln. kishidan ortdi. 
Ikkinchi jahon urushi xalqaro turistik aloqalarni uzib qo‘ydi. Turizm moddiytexnik 
bazasiga sezilarli ziyon yetkazdi. Urushdan keyin turistik almashinishlarni 
undan oldingi darajasiga ko‘tarish va undan o‘zish, uzilib qolgan, izdan chiqqan 
tarmoqni tiklash uchun ko‘p yillar talab qilindi. Bu jarayonlarni tezlashtirish uchun 
bir qator omillar imkon berdi, ular orasida transprtdagi ilmiy-texnik o‘sish 
yutuqlarini amalga joriy etish katta ahamiyat kasb etdi. 
1950 – yillar o‘rtalarida fuqaro aviatsiyasi reaktiv texnika davriga qadam 
qo‘ydi. Sovet Ittifoqi yangi konstruksiyadagi uchish apparatlarini ekspluatatsiya 
qilishda yetakchi bo‘ldi. 1956 yilda 70 dan 100 o‘ringacha bo‘lgan, tezligi soatiga 
900 km. birinchi reaktiv yo‘lovchi samolyot Tu-104 havo yo‘llarida muntazam 
parvoz qila boshladi. Ko‘p o‘tmay reaktiv aviatsiya havo kengliklarini egallaydi. 


1964 yilda jahondagi aviaparkning 3/4 reaktiv dvigatelli laynerlar tashkil etdi. 
Ko‘p o‘rinli, yuqori tezlikka ega bo‘lgan mashinalardan foydalanish 
ekspluatatsion solishtirma harajatlarni (bir yo‘lovchi-kilometrga) sezilarli 
qisqartirishga olib keldi. Ta’riflar keskin kamaydi. Agar 50-yillar o‘rtalarida, 
Amerikadan Yevropaga uchish va orqaga qaytish qiymati 1 ming Amerika 
dollaridan ziyod bo‘lgan bo‘lsa, 60-yillar boshida bu 3,4 barobarga arzonlashdi. 
Havo transportidagi tub o‘zgarishlar, odamlarni tashishda pul va vaqtning 
tejalishini ta’minlanishi xalqaro turizmni gurkirab o‘sishiga sabab bo‘ldi. Olis 176 
manzillar sayohat qiluvchi keng doiradagi shaxslar uchun yaqin bo‘lib qoldi. 
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, avia sayohat tez 
sura’tlar bilan o‘sib borayapti . Uning yiliga o‘rtacha o‘sish darajasi 6% ni tashkil 
etayapti. Harakatdagi tarkibni, statsionar texnik-transport inshootlarini tinimsiz 
takomillashtirilib borilishi va oqilona ta’rif siyosati yuritilishi tufayli aviatsiya 
transport xizmati bozorida yetakchi o‘rinlarni egallaydi. 
U temir yo‘lni ikkinchi o‘ringa siqib chiqardi, ayni paytda avtomobil transporti 
taraqqiyotini susaytirdi va dengiz yo‘lovchi tashishiga katta zarar yetkazdi. Dengiz 
bo‘ylab sayohat qiluvchi shaxslar soni 21 dan 2% ga qisqardi. 
Havo transporti bilan o‘tkir raqobatda bo‘lgan temir yo‘l transporti 1000 
km.dan oshmagan masofaga safarlarni saqlab qoladi. Bo‘shab qolgan vagonlarning 
bekor turmasligi uchun mijozlarga xizmat ko‘rsatishning yangi shakllarini qidirib 
topish faolashdi. Turistik poyezdlar g‘oyasi shunday paydo bo‘ldi. Bu bir vaqtning 
o‘zida ham harakatlanish, ham joylashtirish, ovqatlanish, ko‘ngil ochish va h.k. lar 
vositasiga aylandi. Temir yo‘ldagi o‘xshash usullar suv transportida ham dengiz va 
daryo kemalarda sayohat qilish orqali keng tarqaldi. 

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish