qamrab olish). Shu bilan birga talabga asoslangan turizm chegarasini belgilashdan
voz kechish maqsadga muvofiq bo‘lardi. SIKTA doirasida
ikki yondoshuvni
qo‘shish qo‘shimcha guruh belgilarini kiritish tufayli mumkin bo‘ldi. Ya’ni turistik
harajatlar ustun yo‘nalishlariga e’tibor qaratildi. Turizmda takliflar xususiyatlari
bilan bir qatorda, SIKTA turistik harajatlar ulushiga to‘g‘ri keladigan ruyxatlarga
tashrif buyuruvchilar xohishi va talabini qo‘shib aks ettirdi. Tanlangan belgilar
muvaffaqiyatli ravishda bir-birlarini to‘ldiradi va turizm sohasini chuqurroq idrok
etish imkonini berdi. SIKTA 17 bo‘lim, 18 bo‘limchalar, 43 guruhlar, 66 klass va
121 klass bo‘laklarini o‘zida mujassamlashtirgan. Rekratsion xo‘jalikning o‘xshash
tarkibi sobiq sovet ilmiy adabiyotlarida o‘tgan asrning 70-80 yillaridayoq ishlab
chiqilgandi. Tadqiqotchilar ketma-ket amalga
oshiriladigan texnologik
operatsiyalar doirasida rekratsion tarmoqda mavjud faktlardan kelib chiqishdi.
Unga kiritiladigan xo‘jalik birligi aholi dam olishini tashkil qilishda faol ishtirok
etadi. Ammo uning rekratsion faoliyat bilan bog‘liqlik darajasi turlicha.
Bir muassasa o‘z rekratsion xizmatini ko‘rsatishga ixtisoslashadi – bu ularning
ishida bosh, ko‘pincha yagona yo‘nalishdir. Sayyohlik va
ekskursiya byurolari,
otellar, motellar, restoranlar, kafelar tashrif buyuruvchilarga bevosita xizmat
ko‘rsatishdan 100 % ga yaqin daromad oladilar. Ular dam olish sohasidan
tashqarida faoliyat yurita olishmaydi va iqtisodiyotning rekratsion sektori uchun
tarkib yaratish ahamiyatga ega.
Boshqa guruhlar hayotiy ta’minlash korxonalari tashkil qiladilar. Ular turizm
ob’ekti ham, uning natijasi ham emas. Ularning xizmatidan mijozlr
ham mahalliy
aholi ham foydalanishadi. Shunga qaramasdan savdo tarmoqlari, kommunal –
xizmat ko‘rsatish transport, aloqa mavjudligi aholi dam olishini tashkil etishning
zarur shartlari hisoblanadi.
Turistizm industriyasi – bu o‘xshash mehmonxonalar
va boshqa joylashtirish
vositalari, transport tarmoqlari, ko‘ngil ochar ob’ektlar, ishbilarmonlik,
sog‘lomlashtirish, sport va boshqalarga mo‘ljallangan tashkilotlar, shuningdek
ekskursion xizmatlar va gid – tarjimonlar xizmati ko‘rsatish majmuasidir.
Turistik talabni to‘liq va har tomonlama qondirish turizm industriyasi barcha
ob’ekt va tashkilotlari, hamma
xildagi vositlarni, ishlarni muvofiqlashtirilishini
taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: