matbuoti ayniqsa faollik ko‘rsatdi.
O‘sha paytdagi Rossiya moliya vaziri Ye.F. Kankrin aqlli odam bo‘lishiga
qaramay «Temir yo‘l zaruratsiz sayyohlarga chiqishga yo‘l ochadi, bu bilan
davrimizning beqaror ruhini ko‘paytiradi» degan bayonat bilan chiqdi.
Transport tizimining mustahkamlanishi turizmni kelajakda yanada kengaytirish
va chuqurlashtirishga imkon berdi. Harakatlanish tezligining o‘sishi bilan turistik
faoliyat kuchaydi. Transport mexanizatsiyasi insonning zamon va
makon ustidan
qozongan buyuk g‘alabasi bo‘ldi. Harakatlanish tezligining oshishi, dam olish
joylari olislik omili ta’sirini kamaytirdi va ularga transportda borish
imkoniyatlarini yaratdi.Yo‘lda toliqish kamaydi, safar esa qulay va yoqimli
tomoshaga aylandi.Turizmni o‘sishi uchun mexanizatsiyalashgan transportning
ixcham vashinamligi muhim ahamiyat kasb etdi. Temir yo‘lning tuproq yo‘llarga
nisbatanafzalligi ayniqsa yo‘lsizligi bilan tanilgan Rossiya bo‘ylab sayohatda
yaqqolnamoyon bo‘ldi. Hatto xorijiy elchilar Moskvadan Peterburggacha borish
uchun tuproq loy yo‘llarda, buzuq ko‘priklarda ikki oylab ushlanib qolishar, otlarni
almashtirish bekatlarida haftalab kutishardi.
Tuproq yo‘llardan farqli ravishda temir yo‘llar birinchi yo‘lovchilar
guvohlik
berishicha, ravon harakatlanishni ta’minlar, ortiqcha silkinishlar bo‘lmas, bemalol
o‘qish va yozib ketish imkonini berar edi. Yo‘lda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish
sifati ham sezilarli yaxshilandi. Avval boshda tomsiz usti ochiq bo‘lgan vagonlarda
uzoq safarga otlangan amerikalik didi baland yo‘lovchilar talabi bilan AQShda usti
yopilgan, ichi shinam va qulay o‘tirgichlarga ega vagonlarga aylantirilgan xalqaro
temir yo‘l kompaniyalari o‘rtasida mijoz uchun raqobatning kuchayishi XIX
asrning 70-yillariga kelib, uxlab ketadigan shinam kupelar, yo‘lda
ovqatlanishni
tashkil qilingan hashamatli birinchi klass vagonlar paydo bo‘lishiga olib keldi.
Endilikda uzoq safarga otlangan sayyoh uchun yo‘lni charchamasdan, hech
narsaga muhtoj bo‘lmasdan bosib o‘tishda qiyinchiliklar ortda qolmoqda. Turizmni
rivojlantirishda ko‘ndalang bo‘lib turgan masalalaridan biri –bu harakatlanish
xavfsizligidir. Relsli yo‘ldan xavfsiz harakatlanish uchun kurash birinchi paravoz
sinovidan oldin boshlangandan harakatlanish o‘ydim-chuqur ot-arava yo‘llarida
harakatlanishdan ancha xavfsizroq edi. Statistik ma’lumotlarning guvohlik
berishicha, temir yo‘l aloqalarining rivojlanishi bilan sayohat xavsizligi 15 martaga
ko‘paydi. Boshqacha aytganda, bir marta temir yo‘l falokatga yo‘liqish uchun
yo‘lovchi kurer poyezdida vagondan chiqmasdan 100 yul yurishi kerak. Ammo
texnik tizim xavfsizligiga eng ishonchli dalil yo‘lovchi tashish hajmining tez
sur’atlarda o‘sayotganidir. Agar 1825 yilda Angliyada Stokton-Darlington yo‘li
ochilishi bilan jahonda birinchi temiryo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yilib yukdan tashqari
paravoz 450 yo‘lovchini ham manzilga eltgan bo‘lsa, asr oxirida 1881 yilning
o‘zida temiryo‘l transporti xizmatidan 623 mln. kishi foydalangan.
Transprort inqilobi o‘zidan keyin sayyohlar soni o‘sishida istiqbollar ochishi
bilan bir qatorda muammolarni ham tug‘diradi. Ularni bartaraf etish turizmni
rivojlantirish yo‘lida muhim vazifa bo‘lib turibdi. Temir yo‘l transportiga
daromad
keltiruvchi soha sifatida sarmoya qo‘yish ko‘p o‘tmay ko‘pchilik kompaniyalar
o‘rtasida taqsimlab olindi. Bu esa yo‘lovchilarning harakatlanishiga, ayniqsa olis
aloqalarning murakkablashishiga olib keldi. Ular bir necha kompaniyalarning
yo‘llari bo‘ylab sayohatga chiqishlari uchun har bir uchastkaga alohida bilet
olishga majbur edilar. Yagona transport tizimiga ehtiyoj, shuningdek dam olish va
ko‘ngil xushliklar uchun qulay sharoitlarga talab oshishi o‘ziga bir qator
xizmatlarni qamrab olganb safarlarni uyushtirishga
ixtisoslashgan korxonalar
ochishni taqozo etdi. 1851 yilda Angiliyada birinchi sayohat byurosi «Tomas Kuk
va o‘g‘illari» ochildi, XIX asrning ikkinchi yarimidan boshlab jahonning juda ko‘p
mamlakatlarida (Rossiyada-1885 yilda) turistik firmalar paydo bo‘ldi.
XX asr dam olish va hordiq chiqarish sohasida tub burilish yasadi. Ommaviy
kommunikatsiyalar va texnika vositalarning rivojlanishi yangi jadal taraqqiyotga
yo‘l ochdi. Birinchi jahon urushidan keyin turizmga katolizator roli temiryo‘ldan
avtomobil transportiga o‘tdi. Bu vaqtga kelib temiryo‘l rag‘batlantiruvchi omil
ahamiyatini yo‘qotdi va xalqaro turizmni boshda tutib turuvchi sohaga aylandi.
Turistik kengliklar temiryo‘l magistrallariga qat’iy bog‘langan uncha katta
bo‘lmagan alohida uchastkalar bilan chegaralanib qoldi. Kelgusida uni
kengaytirish hudud ichkarisiga chuqurroq kirib boradigan harakatlanishning mobel
vositalarini topishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: