7 mavzu: xalqaro turizm industriyasi reja


Transport tashish sektori



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana29.03.2022
Hajmi0,61 Mb.
#516320
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7 MAVZU

7.2. Transport tashish sektori
Turizm industriyasi doirasida mijozlarga xizmat ko‘rsatishda turli 
ko‘rinishdagi korxonalar roli bir xil emas. Tashish sayohatning o‘ziga xos 
harakterli xususiyatlaridan bo‘lib, unda transport eng muhim katta ahamiyatga ega. 
Turizm transport taraqqiyoti tarixi. 
XIX asrda transportda tub o‘zgarishlar 
zamonaviy turizm boshlanishiga asos soldi. G‘arbiy Yevropa va Shimoliy 
Amerikada sanoat inqilobi mexanizatsiyalashgan temir yo‘llar va suv transporti 
paydo bo‘lishi bilan nishonlanadi. 
1807 yilda Gudzon daryosi bo‘ylab birinchi g‘ildirakli paroxod «Klermont» 
suza boshladi, oradan 30 yil o‘tib London va Nyu-york o‘rtasida muntazam dengiz 
qatnovi ochildi. 1838 yilda «Greyt Vestern» paroxodi bortida 68 yo‘lovchi bilan 
Atlantika okeanini kesib o‘tdi.Transatlantik transport aloqasining muntazam 
kengayishi bilan sayohat qiluvchi shaxslar oqimi ko‘paydi. XIX asr oxirida AQSH 
da yiliga 80 ming kishigacha to‘nab ketishdi. Xuddi shu davrda birinchi qit’alararo 
guruh safarlaripaydo bo‘ldi. 1866 yilda ikki guruh Angliyalik 
sayyohlarningAQShga safari tashkil etildi. Kelgusi yilda esa «Kveyker Siti» 
paroxodi bortiga 60 kishini olib besh oylik 
sayohatiga yo‘l oldi. Ular orasida sayohat taasurotlarini «Xorijdagi ovsarlar» 
kitobida yozib qoldirgan Mark Tven ham bor edi. 
Ammo ishlab chiqarishdagi barcha o‘zgarishlarning cho‘qqisi bug‘ bilan 
ishlaydigan parovozli temir yo‘l transporti bo‘ldi. 1814 yilda Buyukbritaniyada 
J.Stefenson parovozni ixtiro qildi, 1825 yilda esa birinchi temir yo‘l qurildi. 
Gurkirab rivojlangan sanoat yuksalishi aloqa yo‘llari tarmoqlari qurilishini 
tezlashtirdi. Agar 1835 yilda dunyo bo‘yicha umumiy temir yo‘l uzunligi 2,5 ming 
kilometrni tashkil etgan bo‘lsa, 1900 yilga kelib u 250 martaga ko‘paydi va 617 
ming km.ga yetdi. Lekin transport bo‘yicha texnik yangiliklar joriy etilishi 
jamoatchilik tomonidan bir xilda qabul qilinmadi. Temir yo‘lga qarshi kompaniya 
ularni quruvchilarni jismoniy yo‘q qilish tahdidlari bilan kechdi. Bunda Angliya 


matbuoti ayniqsa faollik ko‘rsatdi. 
O‘sha paytdagi Rossiya moliya vaziri Ye.F. Kankrin aqlli odam bo‘lishiga 
qaramay «Temir yo‘l zaruratsiz sayyohlarga chiqishga yo‘l ochadi, bu bilan 
davrimizning beqaror ruhini ko‘paytiradi» degan bayonat bilan chiqdi. 
Transport tizimining mustahkamlanishi turizmni kelajakda yanada kengaytirish 
va chuqurlashtirishga imkon berdi. Harakatlanish tezligining o‘sishi bilan turistik 
faoliyat kuchaydi. Transport mexanizatsiyasi insonning zamon va makon ustidan 
qozongan buyuk g‘alabasi bo‘ldi. Harakatlanish tezligining oshishi, dam olish 
joylari olislik omili ta’sirini kamaytirdi va ularga transportda borish 
imkoniyatlarini yaratdi.Yo‘lda toliqish kamaydi, safar esa qulay va yoqimli 
tomoshaga aylandi.Turizmni o‘sishi uchun mexanizatsiyalashgan transportning 
ixcham vashinamligi muhim ahamiyat kasb etdi. Temir yo‘lning tuproq yo‘llarga 
nisbatanafzalligi ayniqsa yo‘lsizligi bilan tanilgan Rossiya bo‘ylab sayohatda 
yaqqolnamoyon bo‘ldi. Hatto xorijiy elchilar Moskvadan Peterburggacha borish 
uchun tuproq loy yo‘llarda, buzuq ko‘priklarda ikki oylab ushlanib qolishar, otlarni 
almashtirish bekatlarida haftalab kutishardi. 
Tuproq yo‘llardan farqli ravishda temir yo‘llar birinchi yo‘lovchilar guvohlik 
berishicha, ravon harakatlanishni ta’minlar, ortiqcha silkinishlar bo‘lmas, bemalol 
o‘qish va yozib ketish imkonini berar edi. Yo‘lda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish 
sifati ham sezilarli yaxshilandi. Avval boshda tomsiz usti ochiq bo‘lgan vagonlarda 
uzoq safarga otlangan amerikalik didi baland yo‘lovchilar talabi bilan AQShda usti 
yopilgan, ichi shinam va qulay o‘tirgichlarga ega vagonlarga aylantirilgan xalqaro 
temir yo‘l kompaniyalari o‘rtasida mijoz uchun raqobatning kuchayishi XIX 
asrning 70-yillariga kelib, uxlab ketadigan shinam kupelar, yo‘lda ovqatlanishni 
tashkil qilingan hashamatli birinchi klass vagonlar paydo bo‘lishiga olib keldi. 
Endilikda uzoq safarga otlangan sayyoh uchun yo‘lni charchamasdan, hech 
narsaga muhtoj bo‘lmasdan bosib o‘tishda qiyinchiliklar ortda qolmoqda. Turizmni 
rivojlantirishda ko‘ndalang bo‘lib turgan masalalaridan biri –bu harakatlanish 
xavfsizligidir. Relsli yo‘ldan xavfsiz harakatlanish uchun kurash birinchi paravoz 
sinovidan oldin boshlangandan harakatlanish o‘ydim-chuqur ot-arava yo‘llarida 


harakatlanishdan ancha xavfsizroq edi. Statistik ma’lumotlarning guvohlik 
berishicha, temir yo‘l aloqalarining rivojlanishi bilan sayohat xavsizligi 15 martaga 
ko‘paydi. Boshqacha aytganda, bir marta temir yo‘l falokatga yo‘liqish uchun 
yo‘lovchi kurer poyezdida vagondan chiqmasdan 100 yul yurishi kerak. Ammo 
texnik tizim xavfsizligiga eng ishonchli dalil yo‘lovchi tashish hajmining tez 
sur’atlarda o‘sayotganidir. Agar 1825 yilda Angliyada Stokton-Darlington yo‘li 
ochilishi bilan jahonda birinchi temiryo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yilib yukdan tashqari 
paravoz 450 yo‘lovchini ham manzilga eltgan bo‘lsa, asr oxirida 1881 yilning 
o‘zida temiryo‘l transporti xizmatidan 623 mln. kishi foydalangan. 
Transprort inqilobi o‘zidan keyin sayyohlar soni o‘sishida istiqbollar ochishi 
bilan bir qatorda muammolarni ham tug‘diradi. Ularni bartaraf etish turizmni 
rivojlantirish yo‘lida muhim vazifa bo‘lib turibdi. Temir yo‘l transportiga daromad 
keltiruvchi soha sifatida sarmoya qo‘yish ko‘p o‘tmay ko‘pchilik kompaniyalar 
o‘rtasida taqsimlab olindi. Bu esa yo‘lovchilarning harakatlanishiga, ayniqsa olis 
aloqalarning murakkablashishiga olib keldi. Ular bir necha kompaniyalarning 
yo‘llari bo‘ylab sayohatga chiqishlari uchun har bir uchastkaga alohida bilet 
olishga majbur edilar. Yagona transport tizimiga ehtiyoj, shuningdek dam olish va 
ko‘ngil xushliklar uchun qulay sharoitlarga talab oshishi o‘ziga bir qator 
xizmatlarni qamrab olganb safarlarni uyushtirishga ixtisoslashgan korxonalar 
ochishni taqozo etdi. 1851 yilda Angiliyada birinchi sayohat byurosi «Tomas Kuk 
va o‘g‘illari» ochildi, XIX asrning ikkinchi yarimidan boshlab jahonning juda ko‘p 
mamlakatlarida (Rossiyada-1885 yilda) turistik firmalar paydo bo‘ldi.
XX asr dam olish va hordiq chiqarish sohasida tub burilish yasadi. Ommaviy 
kommunikatsiyalar va texnika vositalarning rivojlanishi yangi jadal taraqqiyotga 
yo‘l ochdi. Birinchi jahon urushidan keyin turizmga katolizator roli temiryo‘ldan 
avtomobil transportiga o‘tdi. Bu vaqtga kelib temiryo‘l rag‘batlantiruvchi omil 
ahamiyatini yo‘qotdi va xalqaro turizmni boshda tutib turuvchi sohaga aylandi. 
Turistik kengliklar temiryo‘l magistrallariga qat’iy bog‘langan uncha katta 
bo‘lmagan alohida uchastkalar bilan chegaralanib qoldi. Kelgusida uni 
kengaytirish hudud ichkarisiga chuqurroq kirib boradigan harakatlanishning mobel 


vositalarini topishni talab qiladi. 

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish