7 mavzu: xalqaro turizm industriyasi reja


Transport va turizm taraqqiyotining hozirgi zamon bosqichi



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana29.03.2022
Hajmi0,61 Mb.
#516320
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7 MAVZU

Transport va turizm taraqqiyotining hozirgi zamon bosqichi. 
Sayohat 
industriyasi taraqqiyotini tezlashishiga havo transportida uning liberlashtirish bilan 
bog‘liq tub o‘zgarishlar yangicha to‘rtki berdi. Rivojlangan mamlakatlarda 
aviatashish bozori uzoq vaqt milliy avia kompaniyalar tomonidan monopollashtirib 
olingandi. Jumladan, Buyukbritaniyada «British Eyrveyz», Fransiyada «Er Frans», 
Sobiq SSSRda «Aeroflot» va boshqalar. Ular bozorni va xalqaro tashishdan 


tushadigan daromadlarni taqsimlab olish uchun o‘zaro bitim tuzishgandi. 
Shunday bitimlar masalan, «British Eyrveyz» va «Er Frans» o‘rtasida tuzilgan 
bo‘lib, eng gavjum Yevropa marshruti – London –Parij, Parij-London yo‘nalishiga 
xizmat ko‘rsatgan. Yo‘nalishdan olingan daromad aviakompaniyalar o‘rtasida 
bo‘lib olingan. Natijada narx masalalari, turistik talablar aviakompaniyalar uchun 
ikkinchi darajali bo‘lib qolgan, aviabozor taraqqiyoti rejalari, strategik marketinga 
zarurati chetga surib qo‘yiladi. 
Ichki yo‘nalishlarda havo aloqasi davlat tomonidan tartibga solingan. 
AQSH g‘arbda havo transportini davlat tomonidan tartibga solinishidan voz 
kechgan birinchi mamlakat bo‘ldi. Avia tashishlarni liberallashtirish turizmga 
to‘g‘ridan –to‘g‘ri ta’sir etdi. Birinchidan, havo marshrutlariga xizmat ko‘rsatishda 
cheklovlar olib tashlandi. Yuqori sof daromad aviatashish sohasini yanada 
jozibador qilib yubordi. Juda ko‘p aviakompaniyalarda parvozlarni qayta 
muvofiqlashtirish jarayonlari boshlandi. Ular o‘rtasida raqobat kurashining o‘tkir 
tus olishi aviatransport korxonalarini turizmga bo‘lgan munosabati strategiyasini 
o‘zgartirishga majbur etdi. Endilikda bu turistik xizmatlarni bozorga chiqarishda 
istiqbolli yo‘l hisoblanmoqda. Ikkinchidan, muntazam avia yo‘nalishlarda 
aviatariflarga katta chegirmalar 
kiritiladi. Bundan foydalangan turistik firmalar samolyotlarga biletlarni raqobatli 
narxlarda sotish va aviakompaniyaning mijozlarini ko‘paytirish imkoniga ega 
bo‘ladi. 
AQShda havo transportini liberallashtirish natijasida ichki va tashqi havo 
aloqalarida narxlarni arzonlashtirish mumkin bo‘ldi. Bu esa aviasayohatlarga 177 
talablarni ko‘paytirish imkonini berdi. Amerika aviakompaniyalarida yo‘lovchi 
oboroti aholi o‘sish soniga taqqoslanganda ikki martadan ziyodroqqa ko‘paydi. 
Narxlarning kamayishidagi yo‘lovchi-kilometr hisob-kitoblarida harajatlarni 
kamaytirish evaziga erishildi. Bu o‘z navbatida aviayo‘nalishlarning yuklanishi 
bilan bog‘liq edi. Ilgari biletlarga narx o‘rinlarni 60 % gacha band bo‘lishiga qarab 
belgilanadi. Bo‘sh qolgan 40 % o‘rin zarari yo‘lovchilar undirilishi uchun 
aviatariflarga qo‘shilardi. Bugun aviakompaniya yuklanish normasini 70-80 % dan 


yuqori bo‘lishiga harakat qilmoqda. Bu bilan narxni kamaytirish, ma’muriy 
harajatlarni tejash ko‘zda tutilmoqda. 
Aviayo‘nalishlar yuklanishining sezilarli ko‘payishi va bekor turishlarni 
qisqarishiga marshrut tizimini o‘zgartirish tufayli erishilayapti. To‘g‘ridan-to‘g‘ri 
reyslarga asoslangan eski tashish tizimi, «Gupchak va kegay» modeli bilan 
almashinadi. Aeroport hududiy transport tuguni (XAB) ga aylandi. 1980-yillar 
o‘rtalarida AQSH aviatransporti ana shu taraqqiyot modeliga o‘tdi. 
Bugungi kunda har bir yirik Amerika aviakompaniyasi o‘zining XABiga – ayni 
shunday tuguniga ega. Misol uchun, Chikago va Denverda «Yunayted Eyrlaynz» 
qo‘nib o‘tish manzillari joylashgan. Aviakompaniya «Ti-Vi-Ey»niki esa Sent 
Luisda, «Ameriken Eyrlaynz» esa Dallasda joylashgan. Bu joylarda ushbu 
aviakompaniyalar amalga oshiradigan juda ko‘p reyslar boshlanadi va yakunlanadi. 
Uzoq uchishlarda esa samolyotlar almashtiriladi. «Delta» Eyrlaynz 
aviakompaniyasi foydalanadigan tranzit transport tuguni Atlantada joylashgan. 
Yo‘nalishlarning Markaziy-radial tizimi albatta yo‘lovchilarga ham, yuk 
tashuvchilarga ham qulaylik tug‘diradi. Uchishlar soni ko‘payadi, mashina 
parkidan samaraliroq foydalaniladi: bekor turishlar qisqaradi, yuklanish o‘sadi. Bu 
qulayliklarning barchasi aeroportda tranzit yo‘lovchilarni kutish davomiyligi 
minimumga tushirilgandagina samara beradi. 
Qulayliklarga ega Markaziy – radial marshrutlar sxemasi vaqt o‘tishi bilan 
ko‘zda tutilmagan oqibatlarga ham olib keldi. U Amerika aviatashishlar bozorini 
kelgusida monopollashtirishda foydalanishdi. Ularning har biri o‘zining tranzit 
transport tuguniga ega. Ularga boshqa aviatashuvchilarning kirishi juda cheklangan 
va undan bozorga chiqishda to‘siq va raqobatchi o‘rnini zaiflashtirish uchun 
foydalaniladi. AQShda tartibga solish siyosati o‘zgargandan boshlab o‘tgan besh 
yil ichida «Pan Ameriken» va «Istern» kabi aviakompaniyalar bozordan siqib 
chiqarildi. Vaholanki ular bozorning katta segmentini nazoratda ushlab 
turishgandi. Moliviy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan kompaniyalar 
bankrotligi to‘g‘risidagi qonunga muvofiq ular endi o‘z terminallari va 
samolyotlarini sotishga majbur edi. Ularni «Ameriken Eyr-laynz», «Yunayted 


Eyrlaynz» va «Delta Eyrlaynz» kompaniyalari sotib oldilar. Bu uch kompaniya 
bugungi kunda AQSH ichki bozorining 60 % ni nazorat qilib turishibdi, ilgari bu 
ulush 30 % dan oshmasdi. 
Monopollashtirish jarayonlari aviatariflarning oshirilishi bilan kechdi. Havo 
transportini liberallashtirish ketidan narxlar kamayishi ro‘y berganda uchishga va 
sayohat qilishga otlangan shaxslar yutishgandi, lekin keyinchalik aviatariflar yana 
o‘sa boshladi. 
Monopollashtirishning kuchayishdan tashqari, marshrutlar markaziy-radial 
sxemasi yana shunga olib keldiki, ko‘pgina yirik shaharlar qo‘nib o‘tilmasligi 
sababli avia aloqasiz qoldi. Qo‘nib o‘tilmaslik esa ko‘pgina yo‘lovchilarni boshqa 
samaholyotlarda uchish uchun odamlar gavjum markaziy aeroportlarga kelishga 
majbur etdi. Ana shunday sharoitda aviakompaniya bozorga mutloqa yangi 
«ortiqchasiz uchish» konsepsiyasi bilan chiqdi. HABlardan voz kechib, u past 
narxlarda hududiy reyslarni bajara boshladi. Bu strategiya birinchi bo‘lib, 
«Sautvestern Eyrlaynz» aviakompaniyasi tomonidan amalga oshirildi. U Texas 
shtatini yaqin atrofdagi rayonlar bilan bog‘lovchi uzoq davom etmaydigan 
to‘g‘ridanto‘g‘ri marshrut ochdi. Ko‘p o‘tmay aviakompaniya o‘z faoliyatini butun 
mamlakat miqyosida keng yoydi. Mayda hududiy korxonadan qiymati 4 mlrd. 
Amerika dollari bo‘lgan konsernga aylandi. Bu Shimoliy-Amerika firmalari 
o‘rtasida daromad rasman qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir. 
«Sautvester Eyrlaynz», uning izidan boshqa avia kompaniyalar ham nafaqat 
marshrutlar sxemasini, balki mijozlarga xizmat ko‘rsatishning butun tizimini qayta 
ko‘rib chiqdilar. Ular biletlarni o‘tkazish taloniga almashtirdilar. Yo‘lovchilarni 
tinkani quritadigan registratsiya tashvishlaridan xolos etdilar. Harajatlarni 
qisqartirish maqsadida parvoz davomida ovqatlantirish va salqin ichimliklar taklif 
etishdan voz kechildi. Komission agentlarni tejash uchun biletlarni bevosita telefon 
orqali sotishga o‘tildi. Ular past narxlarda kamtarona xizmatlarni taqdim etadi. 
Chunki ularni ko‘p hollarda «Firmali emas» deb ataydilar. Bugungi kunda bunday 
tipdagi aviakompaniyalar AQSH ichki marshrutlarning yarimigacha xizmat 
ko‘rsatmoqda. 


Bozorda yangi o‘yinchilarning paydo bo‘lishi tariflar dinamikasida o‘z aksini 
topdi. Nofirma aviakompaniyalar AQShda ichki kiruvchilarni tashishda narxni 
tushirishga muvaffaq bo‘ladilar. Bu shubhasiz dam olish va ko‘ngil ochish 
maqsadida turizmni rivojlantirish uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Bu 
kategoriyadagi turistlar ishbilarmonlardan farqli ravishda avia tariflar o‘zgarishga 
juda sezgir. Ular uchun hashamdan ko‘ra, narx darajasi muhimroq. 
Nofirma aviakompaniyalar tomonidan kiritilgan innovatsiyalar, balki 
jahondagi boshqa mamlakatlardan o‘zlashtirib olingandi. «Yunayted Eyrlaynz» va 
«Lyuftganza» yo‘lovchi tashishning biletsiz tizimiga o‘tdi. «Singapur Eyrlaynz» 
Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur va Pinang yo‘lovchilarni qayd qilish 
(registratsiya) qilishni soddalashtirdi. Bu ish maxsus bo‘limga olib kelinadigan 
kredit kartochkalarini ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Qayta tartiblanish natijasida mustahkamlangan Shimoliy Amerika 
aviakompaniyalari jahonda havoda tashish bozori sarhadlaridan oshishiga intildi. 
1990 - yillar boshida ular uchish mashinalari eng yirik parklari bilan jihozlangan 
va xalqaro va ichki yo‘lovchi tashish hajmi bo‘yicha yetakchilik qilgandi. 
Tashqi bozorda o‘z aviakompaniyalari harakatiga hamkorlik qilgan AQSH 
«ochiq osmon» tashabbusi siyosati bilan chiqdi. Shimoliy Amerikani jahonning 
boshqa hududlari, eng avvalo Yevropa bilan bog‘lovchi xalqaro yo‘nalishlarida 
havoda tashishda qayta tartib o‘rnatish va aviaxizmatlarning Yevropa bozorini 
liberallashtirish ko‘zda tutilgandi. 
Yevropa aviakompaniyalari ta’sir doirasi cheklanib qolish xavfi ostida qoldi. 
Hatto AQSH aviakompaniyalarining kuhna dunyoda yo‘lovchi tashishda 10% 
ishtiroki ham Yevropa osmonlarini Amerika tomonidan monopollashtirib olish 
uchun yetarli edi. Shu bilan birga aviatransportni liberallashtirish ustunliklari 
yaqqol edi. 1992 yilda 12 ta Yevropa davlatlari transport vazirlari «Osmon 
ochishga», Birlashgan Yevropa ichki havoda tashishlarga yangi qoidalar joriy 
etishga va uning chegaralarida proteksionist to‘siqlarni saqlab qolishga qaror 
qildilar. EIda havo transportini qayta tartiblashdan maqsad quyidagilarga erishish 
edi: 



Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish