Loyihani boshqarish muhim ahamiyatga ega jarayon hisoblanib, asosan loyiha boshqaruvchisi tomonidan amalga oshiriladi. Loyihani boshqarishda turli uslublar, qarashlar mavjud bo’lib, ulardan bajarilayotgan loyihaga mos ravishda eng samarali va muhimini ajratib olish loyiha boshqaruvchisidan yuqori malaka talab etadi. Loyihani boshqarish orqali loyiha rahbari yoki boshqaruvchisi loyiha bajarilish muddatlari yoki uni tashkil etgan vazifalarning har birini bajarilish muddatlarini bilib olishi mumkin. Vazifalar taqsimlanishi va uning muddatlari ma’lumo bo’lgach endilikda ushbu vazifalarni bajarishga ketadigan sarf xarajatlar tahlilini ham amalga oshirsa bo’ladi. Loyiha vazifalari bajarilish muddatini belgilashda 2 xil qarash: optimistik va pessimistik qarashlar bo’lishi mumkin. Optimistik qarashlar orqali belgilangan muddat loyiha aniq bajarilishiga nisbatan biroz kamroq muddatda belgilanishi mumkin. Pessimistik qarashda esa loyiha aniq bajarilish vaqtidan ko’proq muddatda belgilanadi. Bunda albatta yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolar, qo’shimcha nosozliklar ham inobatga olinadi. Loyiha bajarilishi muddati bo’yicha end optimal muddat bu optimistik va pessimistik qarashlarning o’rtachasi deb olinishi maqsadga muvofiq sanaladi.Loyiha boshqaruvi amaliyoti nafaqat vazifalar yuzasidan ma’lumotga ega bo’lish, balki vazifalar bajarilish davomida ular yuklatilgan xodimlardan talab qilishni amalga oshirish yoki yuzaga kelgan muammolarning qaysi bosqichda ko’rib chiqilishi lozimligi aniqlanishi mumkin. Yana bir muhim ahamiyati shundaki loyiha boshqaruvchisi tomonidan ish qanday ketayotganligini istalgan vaqtda monitoring qilish imkoniyatidir.
Bizness tizimi tahlilini olib borishda bir qator texnologiyalar va vositalar mavjud. Hozirgi kunda biznes tizimlari tahlilini olib borish usul va texnologiyalarining juda ko’p turlari mavjud lekin ular ichidan ko’proq ishlatiladigani quyidagilar:
Gantt chart
Affinity diagram
Process mapping
Flow charting
Fishbone diagram
Casual loop diagram
Statistical analysis
Checklists
Pareto charts
Histograms
Scatter diagrams va boshqalar
Affinity diagram – tizim elementlarining ishlash logikasi va bajaradigan vazifalarini bitta joyga jamlash va o’zaro bog’liqligini ko’rsatadi
Process mapping – aniq bir algoritm asosida bajarilishi lozim bo’lgan ketma-ketlik jarayoni
Flow charting – bajarilishi lozim bo’lgan jarayonlar algoritmi Fishbone diagram – muammoga ta’sir etuvchilar va ularning o’zaro
bog’liqligi
Casual loop diagram – jarayonlarning shartli ravishda bajarilishi va ularning ta’siri diagrammasi
Do'stlaringiz bilan baham: |