7-Mavzu. Ta’lim muasasasasi menejmenti. Korreksion pedagogika asoslari reja



Download 111 Kb.
bet8/15
Sana15.12.2022
Hajmi111 Kb.
#886528
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
7-Mavzu. Ta’lim muasasasasi menejmenti. Korreksion pedagogika as

Yordamga muhtoj bolalar tavsifi
Bola shaxsining tarkib topishi hayotining birinchi kunlaridanoq boshlanadi. Bola har kuni ko‘rgan va eshitganlari asosida borliqqa va tevarak-atrofdagi kishilarga o‘z munosabatini bildiradi. Kattalarning xatti-harakatlari, ishlariga, sodir bo‘layotgan voqealarga bolaning beradigan bahosi, kishilarga bo‘lgan munosabati – bularning hammasi bola ma’naviy qiyofasining shakllanishiga ta’sir etadi.
Bolaning xoh ona qornida, xoh tug‘ilganidan keyin rivojlanib borishi uchun zarur bo‘lgan ma’lum shart-sharoitlarning buzilishi turli xil anomaliyalarga, ya’ni jismoniy yoki ruhiy nuqsonlar, kamchiliklarga olib kelishi mumkin.
Korreksion pedagogika fanida anomal bolalarning turli xil toifalari ustida ish olib boriladi:

  1. Eshitish kamchiliklariga ega bo‘lgan bolalar (tug‘ilishidan kar, soqov, zaif eshituvchi, keyinchalik zaif eshituvchi bo‘lib qolgan bolalar);

  2. Ko‘rish qobiliyati zaif (ko‘r, zaif ko‘ruvchi bolalar);

  3. Harakat-tayanch a’zolarida kamchiliklari bo‘lgan bolalar;

  4. Og‘ir nutqiy nuqsonlari bor bolalar;

  5. Mujassam, aralash nuqsonli (kar-ko‘r-soqov, ko‘r va aqlan zaif bolalar);

  6. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar;

  7. Oligofren bolalar.

Anomal bolalar maxsus yordamga muhtoj bolalar. Ular maxsus ta’lim-tarbiya muassasalarida tarbiyalanishi yoki o‘qitilishi kerak yoki sog‘lom tengdoshlari orasida ular uchun integratsiyalashgan ta’lim-tarbiya tashkil etilishi zarur. Bolaning umumiy rivojlanishiga, shaxs sifatida shakllanishiga har tomonlama kuchli ta’sir etgan nuqsonlargina uni maxsus yordamga muhtoj, anomal bola deb hisoblashga asos bo‘lishi mumkin. Masalan, bolaning faqat chap qulog‘i eshitsa-yu, bu nuqson uning har tomonlama rivojlanishiga ta’sir etmaydigan, u umumiy maktab dasturini sog‘lom tengdoshlari qatori o‘zlashtiradigan bo‘lsa, u anomal bola kategoriyasiga kirmaydi. Katta yoshdagi kishilarda ma’lum sabablarga ko‘ra paydo bo‘lgan nuqsonlar ham ularning umumiy rivojlanishiga ta’sir etmasa, bu kishini anomal deb hisoblash mumkin emas.
Anomal bolalarning ruhiy va jismoniy rivojlanishida kuzatiladigan og‘ir, keskin o‘zgarishlar bola shaxsining tarkib topishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun bunday bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish uchun maxsus sharoit yaratilishi kerak, ya’ni ular maxsus bog‘cha va maktablarda, yoki sog‘lom tengdoshlari orasida maxsus darsliklar asosida tarbiyalanishi zarur, ular maxsus yordamga muhtoj bolalardir.
Har qanday anomal rivojlanish markaziy yoki pereferik nerv sistemasidagi organik yoki funksional o‘zgarishlarga aloqador bo‘lishi mumkin.
Bola rivojlanishidagi kamchiliklar, noqulay muhit, noto‘g‘ri tarbiya, ta’lim natijasida ham paydo bo‘lishi mumkin. Masalan, noqulay oilaviy sharoit, pedagogik qarovsizlik, o‘qituvchining bolaga noto‘g‘ri munosabati va boshqa ko‘pgina sabablar bola rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, uning dastur materiallarini yaxshi o‘zlashtira olmasligiga, ulgurmovchi o‘quvchilar orasiga kirib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shunday bo‘lsada, biz bunday bolalarni anomal bolalar kategoriyasiga kiritmaymiz, chunki uning rivojlanishidagi kamchiliklar organizmdagi qanday bo‘lmasin, biror organik yoki funksional patalogik o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lmay, balki boshqa sabablardan kelib chiqqan.
Tarbiyachi va o‘qituvchilar bunday bolalarni anomal bolalardan farqlay oladigan bo‘lishlari kerak.
Kelib chiqish sabablariga ko‘ra har qanday anomal rivojlanish tug‘ma yoki orttirilgan bo‘lishi mumkin.
Tug‘ma anomaliyalar ko‘p jihatdan homilador onaning sog‘ligi va yashash sharoitiga bog‘liq. Ona qornidagi homilaning rivojlanishiga infeksiya, intoksikatsiya, shikastlanish va boshqa omillar ta’sir etishi mumkin. Onaning homiladorlik davrida turli xil kasalliklar bilan og‘rishi, o‘zboshimchalik bilan turli dori-darmonlarni bilar-bilmas iste’mol qilishi bolaning anomal bo‘lib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Tug‘ma anomaliyalar genetik, ya’ni irsiy omillar ta’siriga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Masalan, eshitish va ko‘rish analizatorlari faoliyatining buzilishi, aqliy zaiflikning nasldan bolaga o‘tishi ham kuzatiladi.
Ota-onalarning alkogolizmi, nashavandlik, taksokomaniyalari ham bolaning anomal bo‘lib tug‘ilishiga olib kelishi mumkin.
Turmushda orttirilgan anomaliyalar bola organizmiga tug‘ilish vaqtida va undan keyingi davrlarda zararli omillar ta’sir etishi natijasida vujudga keladi. Tug‘ruq vaqtida miya shikastlanishi, bolaning tug‘ruq yo‘llaridan uzoq o‘tishi, vakuum-ekstraktor yoki ombur solinishi, bolaning kindigi o‘ralib, bo‘g‘ilib qolishi (asfiksiya) va boshqalar ba’zan anomal rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Bolaning juda yoshligida 3 yoshigacha turli kasalliklar bilan og‘rishi, masalan meningit, meningoensefalit, otit, markaziy nerv sistemasining shikastlanishi va boshqa shu singari dardlarni boshidan kechirishi ham anomal rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Mamlakatimizda bolalar anomaliyasini oldini olish yuzasidan ko‘pgina choralar ko‘rilmoqda. O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi, Sog‘lom avlod uchun jamg‘armasi, Ma’naviyat-ma’rifat markazi, Oila markazi, Aholini davolash profilaktikasi, Ekosan jamg‘armalari tomonidan olib borilayotgan ishlarning barchasi shu sohada anchagina yutuqlarga erishishga yordam bermoqdalar.

Download 111 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish