MAVZU: OILA ILMIY AMALIY MARKAZI FAOLYATINI ORGANISH VA AHAMYATINI YORITISH
Reja:
1. Oila imliy amaliy markazi
2. Oila jamiyat va davlat himoyasi
3. Oilaviy huquqiy munosabatlarning subekti
Boy ilmiy-madaniy merosimiz, qadimiy urf-odat hamda anʼanalarimizdan ayonki, har qanday zamon va makonda ham oila biz uchun muqaddas qadriyat sanalgan. Binobarin, tarbiyaviy, maʼnaviy-maʼrifiy, ruhiy-axloqiy, iqtisodiy-huquqiy munosabatlarga asoslangan ijtimoiy birlik hisoblanmish oila qanchalik mustahkam boʻlsa, jamiyat ham shunchalik barqaror taraqqiy etishini ajdodlarimiz juda yaxshi anglashgan.
Shu bois ota-bobolarimiz oilaga juda katta eʼtibor bilan qarashgan. Buyuk allomalarimiz Mahmud Koshgʻariy, Ahmad Yugnakiy, Kaykovusdan tortib Beruniy, Ibn Sino, Forobiy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulugʻbek va boshqalargacha oʻz asarlarida oilaviy masalalar, xususan, oila aʼzolari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar, bola tarbiyasida ota-ona, bobo-buvining oʻrni, komil va vatanparvar shaxsni yetishtirishda bu muhim ijtimoiy institutning roliga alohida yondashib, ibratli hikoyatlar, rivoyatlar, farzandlarga maktublar, hikmatli soʻzlar, sheʼriy satrlar orqali pand-nasihatlar, hayotiy xulosalar yozib qoldirganlar. Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Choʻlpon, Munavvarqori Abdurashidxonov kabi maʼrifatparvarlarimiz ham odob-axloqi goʻzal, jismonan va maʼnan yetuk avlodni tarbiyalashning yagona yoʻli — barqaror oila qurish ekanini, oilani mustahkamlamasdan davlat va jamiyat taraqqiyotiga erishib boʻlmasligini taʼkidlashgan.
Bugungi shiddat bilan oʻzgarib borayotgan globallashuv davriga kelib ham Oʻzbekiston oʻz istiqboli va kelajagini oilani rivojlantirish, uni eʼzozlashda, deb bilayotgani yuqoridagi anʼanaviy qadriyatlarimizni yanada boyitgan holda zamonaviy, namunali va farovon oilani barpo etish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylanganida ham yaqqol namoyon boʻlmoqda.
Prezidentimizning joriy yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan milliy hamda maʼnaviy qadriyatlarimiz asosida ushbu sohada yillar davomida toʻplanib qolgan, eʼtibordan chetda qolib kelgan muammolar yechimi yuzasidan tegishli davlat organlari hamda jamoat tashkilotlari oldiga eng muhim va dolzarb vazifalar qoʻyildi. Mazkur Farmonga binoan, Vazirlar Mahkamasi huzurida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi oila instituti sohasida yagona davlat siyosatini yurituvchi tizim sifatida tashkil etildi. Markazning asosiy vazifasi davlat va jamoat tashkilotlari, parlament, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini Oʻzbekiston oilalarini mustahkamlash gʻoyasi atrofida birlashtirish, bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirib borish, mamlakatda faqat sogʻlom oila — sogʻlom jamiyat ustuni boʻla olishini aholi ongiga singdirish, ilmiy-innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish orqali oila institutini mustahkamlash etib belgilangani mamlakatimizda bu borada mutlaqo yangi bosqichdagi saʼy-harakatlar boshlanganidan dalolat beradi.
Oʻz navbatida, umuminsoniy va milliy oilaviy qadriyatlarni tahlil qilish asosida zamonaviy, namunali oila mezonlarini belgilash hamda “Oila jamiyat va davlat himoyasida” konstitutsiyaviy prinsipini keng targʻib etish va jamiyatga singdirish masalalariga kompleks yondashish faoliyatimizda ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.
Xususan, oilani mustahkamlash va rivojlantirish, oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni yaxshilash, jamiyatda eng ibratli oilaviy anʼanalarni saqlab qolish hamda targʻibot qilish masalalari boʻyicha hududlarda qator fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borilayotir. Misol uchun, zamonaviy muvaffaqiyatli oila mezonlari qanday boʻlishi kerak, degan mavzuda respublikamizning turli viloyatlarida 800 dan ortiq oilalarda ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazilib, yakuniy natijalar boʻyicha zamonaviy oilaning modeli ishlab chiqildi. Tadqiqot oʻtkazilgan oilalar vakillarining fikrlariga koʻra, oiladagi sogʻlom va barqaror, osoyishta psixologik muhit; yuksak maʼnaviy-axloqiy tarbiya; yetarli darajadagi iqtisodiy va maishiy sharoitlar; oila aʼzolarining taʼlim yoʻnalishida oliy maʼlumotlilik darajasi; sihat-salomatlikka alohida eʼtibor qaratish zamonaviy namunali oilaning asosiy mezonlari qatoriga kiradi.
Shu oʻrinda har qancha achchiq boʻlmasin, ochiq aytish kerak, tadqiqotlarimizning koʻrsatishicha, keyingi paytlarda xalqimizga xos boʻlmagan ayrim illatlar — oilaviy ajrashishlar, turli nizoli vaziyatlar, ishsizlik, oiladagi nosogʻlom muhit, maʼnaviy tushkunlik, ehtiyojmandlik, jinoyatga qoʻl urish holatlari kabi omillar notinch, noqobil, kemtik oilalar va qator ijtimoiy-maʼnaviy muammolarni paydo qilmoqda. Ayniqsa, ajrashishlar sonining kamaymayotgani kishida jiddiy tashvish uygʻotadi. Respublikamizning uchta viloyatida olib borgan tadqiqotlarimizdan maʼlum boʻldiki, oilalar barbod boʻlishiga quyidagi omillar asosiy sabab boʻlmoqda:
Psixologik omil — oiladagi ogʻir psixologik muhit, oʻzaro tushunishning yoʻqligi, oiladagi doimiy nizolar, ota-onalarning yosh er-xotin hayotiga aralashishlari, yosh er-xotinlarni begonalashtirib qoʻyish, bir-biriga befarqlik;
Ijtimoiy omil — ichkilikbozlik, farzandsizlik, er yoki xotinning salomatligi yaxshi emasligi;
Maʼnaviy-axloqiy omil — er-xotindan birining uzoq vaqt davomidagi nikohdan tashqari aloqalari;
Iqtisodiy omil — turarjoy sharoitlarining qoniqarli emasligi, moddiy yetishmovchilik, ishsizlik, erning oilani taʼminlamasligi, mehnat migranti sifatida chet elga ketgan er-xotindan birining oilasi bilan aloqasi uzilgani, qarzlarni uzolmaslik.
Eʼtirof etish lozim, hozirgi kunga qadar 11800 dan ortiq nizoli oilalarning ishi sudga yetib bormasdan, FHDYO organi va sudga ajrashish uchun ariza bergan 3100 dan ziyod oilalarni esa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yarashtirishga erishildi. Umuman, buzilib ketish arafasida turgan 14645 ta oila saqlab qolindi.
Olib borilgan tadqiqotlarimiz xulosalariga tayanib, ajrashishlarning oldini olish, oilalarni mustahkamlashga qaratilgan qator takliflar ishlab chiqdik. Bizningcha, eng avvalo, mahalla fuqarolar yigʻinlari huzuridagi Yarashtirish komissiyalari va “Ota-onalar universiteti” tuzilmalari uchun malakali kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish zarur. Oila qurayotgan fuqarolarni tegishli qonunchilik asosida er-xotinning huquq va majburiyatlari, xususan, nikoh shartnomasini tuzish tartiblari, shart-sharoitlari, oqibatlari yuzasidan huquqiy savodxonligini oshirish lozim. Bu borada keng qamrovli targʻibot ishlarini yuritish, tegishli uslubiy qoʻllanmalar yaratish, metodik tavsiyalar ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Umumtaʼlim maktablaridan tortib, oliy oʻquv yurtlarining dasturlarigacha oila saboqlarini oʻrgatuvchi dars mashgʻulotlarini kiritish foydadan xoli boʻlmaydi.
Joylardagi oʻrganishlarimiz shuni koʻrsatmoqdaki, bugun oila atalmish muqaddas dargoh ostonasidan xatlayotgan koʻpchilik yoshlarimiz, afsuski, mustaqil hayotga na iqtisodiy, na maʼnaviy, na huquqiy, na ruhiy va na diniy-maʼrifiy tomondan tayyor. Bu muammoga yechim izlab Toshkent viloyatining Parkent tumanida FHDYO organiga nikohdan oʻtishga ariza bergan boʻlgʻusi kelin-kuyovlar uchun maxsus oʻquv-kursi tashkil etib, bir oy mobaynida ularning bilim va koʻnikmalarini oshirishga harakat qildik. 15 juftlikka oʻz kasbining mohir ustasi boʻlgan mutaxassislar tomonidan interaktiv, innovatsion usullarda mashgʻulotlar oʻtildi. Parkent tumanida izchil davom ettirilayotgan bu oʻquv-kursi yoshlarga nihoyatda maʼqul kelgani bois ushbu tajribani butun respublikamiz boʻylab ommalashtirmoqdamiz. Yaqin kunlar ichida esa markazimizning Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikdagi loyihasi — Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida “Boʻlgʻusi kelin-kuyovlar innovatsion maktabi” faoliyat boshlayapti.
Bundan tashqari, mutaxassislarimiz tomonidan Namangan viloyatida oila masalalariga yangicha innovatsion yondashuv joriy etilmoqda. Buning uchun avval oilaga koʻrsatiladigan xizmatlar Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi qator muassasalar bilan hamkorlikda kompleks oʻrganib chiqildi. Oilalar bilan ishlash boʻyicha treninglar tashkil etish orqali soha mutaxassislariga mukammal bilim va koʻnikmalar berildi. Oʻz navbatida, “Oila” markazining mutaxassislari davlat hamda nodavlat tashkilotlariga oilaga xizmat koʻrsatishni taʼminlab beruvchi mutaxassis sifatida yaqinlashtirilmoqda. Natijada murakkab sharoitda qolgan, muammoli oilalar davlat xizmatidan bahramand boʻlyapti. Ayni vaqtga qadar Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi oilalar holati toʻliq ilmiy-amaliy tahlil qilinib, 84 tasini nochor holatdan chiqarish boʻyicha har biri uchun alohida “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqildi va ushbu hujjatlar hayotga joriy etilayotir.
Markazimiz boʻyicha 10000 dan ortiq notinch oilalar aniqlanib, barcha hududiy boʻlinmalarimizda maʼlumotlar bazasi shakllantirildi hamda ular bilan individual ish olib borilyapti. Shu bilan birga, 4343 ta oʻta nochor oilaning asosiy muammolarini hal etish boʻyicha tumanlardagi sektorlar, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda amaliy yordam berish choralari ishlab chiqildi. Oilaning ichki munosabatlari, shaxslararo munosabatlar, boy madaniy tarixiy meros va anʼanaviy oilaviy qadriyatlarni saqlashda muammolari boʻlgan 3819 ta oila bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa yoʻlga qoʻyildi. 1,5 milliondan ortiq namunali oilalar boʻyicha maʼlumotlar bazasi shakllantirildi.
Albatta, oilalar bilan ishlashda soha mutaxassislaridan yuqori bilim hamda koʻnikma, oʻziga xos tajriba talab etiladi. Shuni eʼtiborga olib, markazimizning viloyat boshqarmalari qoshida tashkil qilingan kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha maxsus oʻquv-kurslarida, birinchi navbatda, markaz hamda hududiy boʻlinmalari xodimlari uchun oʻquv-kurslari tashkil etilib, mashgʻulotlarni oʻtaganlarga maxsus sertifikatlar berildi. Hozirgi kunda esa butun respublika boʻylab mahalla fuqarolar yigʻinlarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassislari oʻquvlari izchil davom ettirilmoqda.
Oila instituti sohasida markazimiz bir qator davlat va nodavlat, xalqaro tashkilotlar bilan ham oʻzaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlamoqda. Ayni paytga qadar 20 dan ortiq tashkilotlar bilan Memorandum imzolanib, faol hamkorlik oʻrnatildi.
Shu oʻrinda alohida taʼkidlash joiz, joriy yilning 27 iyun kuni Prezidentimiz qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasi va uni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlangani ham yurtimizda oilalar farovonligi uchun davlat hamda jamiyat astoydil qaygʻurayotganining hayotiy ifodasi boʻldi.
Ushbu Konsepsiyani amalga oshirishdan koʻzlangan asosiy maqsad mamlakatimizdagi har bir oilaning huquq va manfaatlarini toʻliq roʻyobga chiqarish, ular uchun munosib turmush sharoitini yaratish, oilaviy munosabatlar muvozanatini taʼminlash, oila farovonligini oshirish, muxtasar aytganda, oila institutini har tomonlama qoʻllab-quvvatlagan holda, davlatimizning izchil va barqaror taraqqiyotiga erishishdir. Niyatimiz, har bir oila maʼnaviy sogʻlom, baxtli va xotirjam hayot kechirsin. Oila bagʻrida ulgʻayayotgan farzandlar komil inson sifatida voyaga yetib, davlatimizning kuchiga kuch, qudratiga qudrat qoʻshaversin. Zero, oila jamiyatning asosiy boʻgʻini ekan, uning mustahkam boʻlishi, farovonligi davlatimiz va jamiyatimiz ravnaqiga xizmat qilishi, shubhasizdir.
Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tomonidan o‘z-o‘zini boshqarish organlari huzuridagi yarashtirish komissiyalari faoliyati tahliliga bag‘ishlangan taqdimot anjumani o‘tkazildi. Anjumanda ma'lum qilinishicha, o‘tkazilgan o‘rganishlar xulosasiga ko‘ra, yarashtiruv komissiyalarining faoliyati talabga javob bermaydi.
Oilalardagi nizolarni hal qilish bilan shug‘ullanuvchi yarashtirish komissiyalarining faoliyat samaradorligini baholash maqsadida «Oila» markazi mutaxassislari tomonidan aholi zich joylashgan Andijon viloyatining uchta tumanida hamda Farg‘ona viloyatining uchta tumanida ijtimoiy so‘rovlar, monitoring o‘tkazildi. Monitoring xulosalariga ko‘ra, yarashtiruv komissiyalari faoliyatida bir qator kamchiliklar mavjud.
«Oila» markazi mutaxassisi Inobat Karimovaning so‘zlariga ko‘ra, yarashtiruv komissiyalari faoliyati jamoatchilik asosida bo‘lgani uning samaradorligiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Yarashtirish jarayonlarini o‘tkazish uchun hech qanday reglament belgilanmagan. Komissiya tegishli tayyorgarligi bo‘lmagan keng doiradagi shaxslarni jamoatchilik asosida yarashtirish jarayonlariga jalb etmoqda. Oilaviy nizoni o‘rganish yoki yarashtirish jarayonida komissiya a'zolarining oila bilan ishlash etika qoidalari aniq belgilanmagan.
«O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, komissiyalar ishida ishtirok etayotganlarning 68,7 foizi yarashtirish komissiyasida ishlash uchun hech qanday tayyorgarlikdan o‘tmagan. 61,9 foizi maxsus metodik qo‘llanmalarga ega emas. Komissiya a'zolarining 20 foizi oilalarni yarashtirish bo‘yicha kerakli bilim va ko‘nikmalarga ega emas. A'zolarning 23 foizi komissiyaning yarashtirish jarayonlarida faol ishtirok etmaydi, 2,2 foizi umuman qatnashmaydi. Komissiya ishida faol qatnashmaganlarning 33,3 foizi vaqti yo‘qligini ro‘kach qilgan», ─ deyiladi monitoring xulosasida.
Yarashtirish komissiyasi a'zolari komissiya faoliyati haqidagi Nizom normalari haqida yetarlicha tushunchaga ega emas. Komissiya a'zolari o‘rtasida vazifalar aniq taqsimlanmagan. Komissiyaning yarashtirish jarayoni natijalarining tizimli monitoringi yo‘lga qo‘yilmagan», ─ deydi Inobat Karimova.
Ma'lum qilinishicha, komissiyalar faoliyatini yaxshilash, muvofiqlashtirish maqsadida «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tomonidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqilgan. Xususan, yarashtirish komissiyasi haqidagi Nizomni qayta ko‘rib chiqish hamda «Mediatsiya to‘g‘risida»gi qonunga bog‘lagan holda takomillashtirish, «Oilani saqlab qolishga yoki mojaro va nizolar yechimiga yo‘naltirilgan mediatsiya» bo‘yicha metodik qo‘llanma ishlab chiqish, «Oila» markazi maxsus o‘quv kursi bazasida yarashtirish komissiyasi a'zolarining yangicha yondashuv asosida malaka oshirishini tashkil etish taklif qilinmoqda.
Oilaviy huquqiy munosabatlarning subekti bo’lib er-hotin, ota-ona, bolalar, vasiylar va homiylar, boshqa qarindosh urug’larhamda oila qonunchiligi soxasida u yoki bu munosabatlarni hal etishda ishtirok etuvchi yuridik shaxslar, fuqorolar uyishmasi, muassasalar, o’rganlar, ijtimoiy birlashmalar hisoblanadi.
Oila a’zolariga yoki oilaning sobiq a’zolarida tegishli, qonun bilan himoya qilinadigan axloqiy va moddiy qadiryatlar yuzasida oila huquqi subektlari qabul qiladigan harakat va qarorlar oilaviy huquqiy munosabatlarning obektlari bo’lishi mumkin;
Bir-biriga nisabatan uyzaga kelgan muommolarni hal qilish jarayonida oilaviy huquqiy munosabatlarning subektlariga ega bo’lgan huquq va majburiyatlarning yig’indisi huquqiy subektlardir.
Ma’lumki ibtidoiy jamoa tzumidan boshlab nikoh munosabatlari mavjud. Ilk davrda odamlar bilar-bilmas er-hotin, farzand tuyg’ularini his qilib, bir-birlari orasida burchlarini ham bajarar edilar. Avvalo, bu munisabatlar “guruh nikoh”, keyinchalik “juft nikoh”deb ataladi. Jamiyatda inson ongi rivoj topgan sari nikoh munosabatlarida ham o’zgarishlar yuzaga keldi. Jamiyatdagi urug’chilik davri-onalik davridan patriarxat-otalik davriga o’ta boshladi
Do'stlaringiz bilan baham: |