7-MAVZU. KORXONA (FIRMA)NING IQTISODIY XAVFSIZLIGINI TAHMINLASH
Reja:
Korxonaning iqtisodiy manfaatlari va faoliyati qoidalari.
Korxona xavfsizligiga tahdidlar.
Korxona iqtisodiy xavfsizligini tahminlash.
7.1. Korxonaning iqtisodiy manfaatlari va faoliyati qoidalari.
Innovatsion iqtisodiyotga o’tish sharoitida korxona yagona milliy iqtisodiyotning uzviy tarkibiy qismi va ayni paytda, iqtisodiy jihatdan alohidalashgan bo’g’ini hisoblanadi. Korxona o’z faoliyatini o’zini-o’zi boshqarish, o’z xarajatlarini o’zi qoplashi asosida foyda (daromad) olish maqsadida yuritadigan birlamchi xo’jalik subhektidir.
Korxonani boshqarish maqsadi xo’jalik faoliyatining asosiy manfaatlaridan kelib chiqadi. Bunda korxona o’z xodimlarining moddiy va intellektual darajasiga salbiy tahsir ko’rsatuvchi ichki va tashqi tahdidlarni bartaraf etish, rivojlanishning salbiy tendentsiyalariga barham berish, iqtisodiy xavfsizlikni tahminlashga harakat qiladi. Bu maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
xo’jalik subhektlarining davlat, nodavlat tashkilotlari, mamlakat ichidagi va xorijdagi hamkorlari hamda raqobatchilari bilan bo’ladigan o’zaro munosabatlarda qonun bilan belgilangan huquqlarini himoya qilish;
korxonaning moddiy va moliyaviy bazasini saqlash va ko’paytirish, mehnat jamoasi, tadbirkorning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan resurslardan samarali foydalanish;
mahsulot va ko’rsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirish, ichki va tashqi bozorlarda ularni sotish uchun qulay bozor konhyunkturasini yaratish;
xo’jalik tuzilmalari faoliyatining ichki va tashqi tashkiliy barqarorligi, iqtisodiy aloqalarning ishonchliligiga erishish va tasodifiy hamda noinsof, vijdonsiz hamkor va sheriklarga qaram bo’lib qolishdan saqlanish;
xo’jalik tuzilmalari faoliyatini to’liq, aniq axborotlar bilan tahminlash, ishlab chiqarish va tijorat sirlari hamda intellektual mulkka bo’lgan huquqni saqlash;
reklama axborotidan foydalanish samaradorligi va korxona nufuzini oshirish.
Ushbu manfaatlarni amalga oshirish uchun ularga xavf soladigan tahdidlarni aniqlash va ularni bartaraf etishga intilish korxona faoliyatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Innovatsion iqtisodiyotga o’tish sharoitida korxona yagona milliy iqtisodiyotning uzviy tarkibiy qismi va ayni paytda, iqtisodiy jihatdan alohida bo’g’ini hisoblanadi. Korxona o’z faoliyatini o’zini-o’zi boshqarish, o’z xarajatlarini o’zi qoplashi asosida foyda (daromad) olish maqsadida yuritadigan birlamchi xo’jalik subhektidir. Korxonalar ishlab chiqarish, savdo, tijorat-vositachilik, transport, sug’urta, bank, injiniring, moliyaviy investitsiya, ilmiy-tadqiqot, innovatsiya va turli xizmatlar ko’rsatish sohalarida faoliyat ko’rsatadi.
Korxona (firma) faoliyatining asosiy maqsadi foyda (daromad) olish hisoblanadi. SHuningdek, korxonaning manfaatlariga ishlab chiqarishni kengaytirish, personalning kasbiy mahoratini oshirish, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari asosida texnologiya va mehnatni tashkil yetishni takomillashtirish, ishlab chiqarilayotgan va taklif yetilayotgan mahsulotning istehmolchilari, mijozlari va insofli sherik, hamkorlarning sonini ko’paytirish ham kiradi.
Bozor munosabatlari sharoitida korxona, tashkilot va muassasalarning iqtisodiy jihatdan xo’jalik subhektlari sifatidagi muvaffaqiyati ularning iqtisodiy manfaatlari talablarini qanday bajarilishiga bog’liq bo’ladi. Korxonaning muhim iqtisodiy manfaatlariga istehmolchilar talablari va tadbirkorlik tavsifidagi ichki omillarga bog’liq holda vujudga keladigan noaniq kutilmagan vaziyatlarga moslashish qobiliyati kiradi.
Korxona o’zining foyda olish maqsadini amalgam oshirishi uchun muntazam ravishda mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish texnologiyasini takomillashtirishga, mahsulotlarning istehmol xususiyatlarini oshirishga, ularni sotish jarayonlariga ko’proq yehtiborni qaratishga majbur bo’ladi. SHuningdek, undan aylanma mablag’lar harakatini tezlashtirish, barcha turdagi zaxiralarni kamaytirish, reklama, hamkorlar bilan ikki tomonlama shartnomalar tuzish, kelishuv majburiyatlariga rioya yetish talab yetiladi. Mahsulotni sotish va xizmat ko’rsatish jarayonida korxonaning iqtisodiy manfaatlari ro’yobga chiqadi.
Iqtisodiy manfaatlar korxonaning barqaror, ishonchli, moliyaviy-iqtisodiy jihatdan samarali faoliyat yuritishi, personalning shaxsiy xavfsizligi va faolligini oshirish, yetarli darajada moddiy, informatsion intellektual salohiyatga yega bo’lishidan manfaatdorligidan ham yuzaga keladi. Iqtisodiy nazariya fanida xo’jalik subhektlari faoliyati to’g’risidagi bir qancha konsepsiyalar ilmiy jihatdan asoslangan. Ularda korxona iqtisodiy manfaatlarini ro’yobga chiqarish bilan bog’liq faoliyat, xatti-harakatlarning xususiyatlari yoritilgan.
Anhanaviy firma nazariyasi uning yagona iqtisodiy manfaati foydani maksimallashtirishga qaratilganini asoslaydi. Menejerial nazariyaga ko’ra firmaning faoliyatini uning yegalari yemas, balki menejerlari belgilab beradi. Ularning iqtisodiy manfaatlari ishlab chiqarish va mahsulotlar sotish hajmini hamda daromadni maksimallashtirish hisoblanadi. Firma qisqa muddatli davrda tovar sotish hajmini maksimallashtirishga, uzoq muddatli davrda yesa foydani maksimallashtirishga harakat qiladi.
Firma egalari kapitalni o’stirish, shaxsan boyishni xohlaydilar. Bunday xohish cheksiz bo’lib, menejerlar ish haqi, obro’-ehtibori, firmadagi o’z mavqeini o’stirishni istaydi. Ko’p maqsadlar konsepsiyasiga ko’ra firma bir necha maqsadni, yahni foyda, sotish hajmi, iqtisodiy o’sish va boshqalarni ko’zlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |