iqtisodiy manfaatlarga tahdidlar bo’yicha korxonaning zaif tomonlari, tahdidlarning salbiy tahsiri baholanadi;
iqtisodiy tahdidlarning salbiy tahsirini bartaraf etish bo’yicha shu vaqtgacha ko’rilgan chora-tadbirlarni xo’jalik subhektlarini boshqarish elementlarining faoliyati bilan bog’liq ravishda qayta ko’rib chiqish;
tahdidning salbiy tahsirini bartaraf etishda xo’jalik subhektini boshqarishning funktsional elementlarining rolini miqdor hamda sifat jihatdan tavsiflash va baholash;
iqtisodiy xavfsizlik darajasini integral baholashni shakllantirish;
xavfsizlik darajasini baholashning joriy natijalarini ilgarigi davrda olingan natijalar bilan solishtirish va taqqoslash;
iqtisodiy manfaatlarga tahdidlarni bartaraf etish yoki neytrallashtirish bo’yicha ko’rilgan chora-tadbirlarning yetarli darajada natijalar bermaganligi sabablarini aniqlash;
iqtisodiy xavfsizlikni tahminlashda xo’jalik subhektini boshqarishning funktsional elementlari faoliyatini yaxshilash bo’yicha qo’shimcha tavsiyalar tayyorlash.
Iqtisodiy xavfsizlikni tahminlash maqsadida xo’jalik subhektining moliyaviy barqarorligini tahlil qilishda quyidagi hisobot ko’rsatkichlaridan foydalaniladi:
korxonaning o’z mablag’lari bilan tahminlanish koeffitsenti, o’zining aylanma aktivlarining umumiy aktivlar summasiga nisbati;
joriy likvidlik ko’rsatkichi;
o’z kapitalining rentabelligi;
umumiy to’lovga qodirlik ko’rsatkichi, aktivlar bozor qiymatining xo’jalik subhektining barcha majburiyatlariga nisbati;
kapitallashtirish koeffitsienti, o’z kapitalini bozor qiymati qarz mablag’larining balans qiymatiga nisbati;
menejment koeffitsienti, sotishdan olingan pul tushumining joriy majburiyatlar miqdoriga nisbati.
Korxona xavfsizligini tahminlash uchun huquqiy, tashkiliy, texnik tavsifdagi chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqish lozim. Korxona xavfsizligini tahminlashning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat bo’ladi:
qonuniylik;
iqtisodiy maqsadga muvofiqlik va foydalilik
dasturli-maqsadli rejalashtirish, mustaqillik va mashuliyat
o’zaro hamkorlik va faoliyatlarni muvofiqlashtirish
ixtisoslashuv va professionalizm
ishni tashkil etish
talabchanlik va nazoratning ochiqligi.
Korxona iqtisodiy xavfsizligini tahminlashning yagona tizimidagi tamoyillar korxonalarning hayotiy muhim manfaatlarni himoya qilish va tadbirkorlik faoliyati vazifalarini muvaffaqiyatli hal yetish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish hamda amalga oshirishning muhim talablari ham hisoblanadi: