7-mavzu. Kichik biznes va tadbirkorliksub’ektlarida ishlab chiqarishxarajatlari va mahsulot tannarxi tahlili


"Texnologik matssadlar uchun ishlatilgan yotsilgi va energiya"



Download 149 Kb.
bet6/11
Sana30.06.2022
Hajmi149 Kb.
#719072
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7 mavzu Kichik biznes va tadbirkorlik sub`ektlarida ishlab chiqarish

"Texnologik matssadlar uchun ishlatilgan yotsilgi va energiya" moddasida texnologik maqsadlarga, energiyaning barcha turlarini ishlab chiqarishga, binolarni isitishga sarflanadigan yonilg’ining chetdan sotib olinadigan barcha turlari, korxonaning texnologik, transport va boshqa ishlab chiqarish va xo’jalik ehtiyojlariga sarflanadigan barcha turdagi xarid qilinadigan energiya aks ettiriladi.
"Ishlab chiqarishga tegishli mehnatga haq to’lash harajatlari"ga korxonada qabul qilingan mehnatga haq to’lash shakllari va usullariga muvofiq qo’llaniladigan tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqib hisoblangan:
- ishlab chiqarish xususiyatidagi amalda bajarilgan ish uchun hisoblangan ish haqi, shu jumladan, bajarilgan ishni hisobga olish bo’yicha dastlabki hujjatlarda nazarda tutilgan rag’batlantiruvchi tusdagi to’lovlar;
- kasb mahorati va murabbiylik uchun tarif stavkalariga va okladlarga ustamalar;
- ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog’liq bo’lgan kompensatsiya tusidagi to’lovlar, shu jumladan, tungi smenada. Ishdan tashqari vaqtda, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlarda ishlaganlik uchun tarif stavkalari va okladlarga ustamalar va qo’shimcha haq;
- ko’p smenali rejimda ishlaganlik, kasblarni birga qo’shib olib borganlik va xizmat ko’rsatish zonalarini kengaytirganlik uchun ustamalar;
- hukumat tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar ro’yxati bo’yicha og’ir, zararli, alohida zararli mehnat va tabiiy-iqlim sharoitlarida
ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan, ushbu sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ustamalar;
- qo’rilishda, rekonstruktsiya qilishda va mukammal ta’mirlashda bevosita band bo’lgan, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda vaxta usuli bilan ishlarni bajarishgan xodimlar uchun ishning ko’chma va qatnov xususiyati uchun ustama;
- mehnatga haq to’lashning rayonlar bo’yicha tartibga solinishiga, shu jumladan, rayon koeffitsentlari va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq cho’l, suvsiz va yuqori tog’ joylarida ishlaganlik uchun koeffitsentlar bilan belgilagan to’lovlar;
- amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq navbatdagi (har yilgi) va qo’shimcha ta’tillar, navbatdagi (har yilgi) foydalanilmagan va qo’shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalar, o’smirlarning imtiyozli soatlari, bolani ovqatlantirish uchun onalar ishidagi tanaffuslar, shuningdek, tibbiy ko’riklardan o’tish bilan bog’liq vaqt uchun haq to’lash;
- majburiy ta’tilda bo’lgan xodimlarga, asosiy ish haqini qisman saqlab qolgan holda haq to’lash;
- davlat vazifalarini bajarganlik uchun (harbiy yig’inlar, favqulodda vaziyatlar bo’yicha yig’inlar va boshqalar) mehnat haqi to’lash;
- korxona shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga ular tomonidan fuqarolik-xuquqiy tusdagi tuzilgan shartnomalar bo’yicha ishlar bajarilganligi uchun haq to’lash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob-kitob korxonaning o’zi tomonidan amalga oshirilsa pudrat shartnomasi ham shu jumlaga kiradi;
- belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi xodimlar mehnatiga haq to’lash fondiga kiritiladigakts to’lovlarning boshqa turlari.
"Ishlab chitsarishga tegishli ijtimoiy sugurtaga ajratmalar" moddasida qonun hujjatlari bilan belgilangan me’yorlar bo’yicha mehnatga haq to’lash fondiga ijtimoiy tusdagi majburiy ajratmalar, nodavlat pensiya
jamg’armalariga, ixtiyoriy tibbiy sug’urtaga va ixtiyoriy sug’urtaning boshqa turlariga ajratmalar aks ettiriladi.
"Asosiy vositalar amortizatsiyasi"ga asosiy ishlab chiqarish fondlari va nomoddiy aktivlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan me’yorlar bo’yicha dastlabki (tiklash) qiymatidan kelib chiqib hisoblangan amortizatsiya ajratmalar summasi (lizing bo’yicha va qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan jadallashtirilgan amortizatsiya ham) kiradi.
Asosiy vositalarni amortizatsiyasi” saqlash va ishlatishga hamda korxonaning o’zi tomonidan amalga oshirilgan joriy, oraliq va mukammal ta’mirlashga tegishli;
- asosiy vositalarga xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning ish haqi;
- ularning ish haqidan ijtimoiy ajratmalar qilish;
- yonilg’i-moylash materiallariga qilingan harajatlar;
- asosiy vositalarni barcha turdagi ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish harajatlari;
- ta’mirlashda ishtirok etgan ishchi va mutaxassislar ish haqi va ish haqidan ijtimoiy ajratmalar;
- asosiy vositalarni ta’minlashga sarflangan extiyot qismlar, qurilish materiallari va boshqa materiallar, ta’mirlash va undan so’ng sinab ko’rish chog’ida sarflangan yonilg’i-moylash materiallari qiymati tannarxni hisoblashning tegishli moddalarida (xom-ashyo va asosiy materiallar, sotib olingan butlovchi qismlar va yarim fabrikatlar, texnologik maqsadlar uchun ishlatilgan yoqilg’i va energiya, ishlab chiqarishga tegishli mehnatga haq to’lash harajatlari, ishlab chiqarishga tegishli ijtimoiy sug’urta ajratmalar) hisobga olinadi.

Download 149 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish