8.2.1-jadval. Mahsulot tannarxining bevosita va bilvosita harajatlari tarkibi.
Harajatmoddalari
|
Mahsulottannarxigaolib
borilishijihatidan
|
Bevosita
|
bilvosita (ustama)
|
Xomashyovaasosiymateriallar (qaytakirimqilinganchiqitlardantashqari)
|
+
|
|
Sotibolinganbutlovchiqismlarvayarimfabrikatlar
|
+
|
|
Ishlabchiqarishxarakteridagiishvaxizmatlar
|
|
+
|
Texnologikmaqsadlaruchunishlatilganyoqilg’ienergiya
|
+
|
|
Ishlabchiqarishgategishlimehnatgahaqto’lashharajatlari
|
+
|
|
Ishlabchiqarishgategishliijtimoiysug’urtagaajratmalar
|
+
|
|
Moddiyqiymatliklarkamomadivamahsulotlarningbuzilishidanko’rilganzararlar
|
+
|
|
Asosiyvositalaramortizatsiyasi
|
|
+
|
Ishlabchiqarishgaoidboshqaharajatlar
|
|
+
|
Mahsulot tannarxi bir turdagi mahsulotni bevosita va bilvosita ishlab chiqarish harajatlarini shu mahsulot miqdoriga bo’lish orqali topiladi:
MT = MX+IX+ST+A+BIX / M
Bu yerda:
MT - mahsulot tannarxi, so’m / dona, so’m / kg va boshqa;
MX - ishlab chiqarishning moddiy harajatlari, so’m;
IX - ishlab chiqarish xususiyatidagi mehnatga haq to’lash
harajatlari, so’m;
ST - ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urta
to’lovlari, so’m;
A - asosiy vositalar amortizatsiyasi, so’m;
BIX - boshqa ishlab chiqarish harajatlari, so’m;
M - mahsulot miqdori, tsentner, dona, kg, tonna va hakazo.
Korxonada rejadagi (biznes-rejada belgilangan) va haqiqiy (hisobot bo’yicha haqiqatda erishilgan) tannarx hisoblab borilishi mumkin. Bu rejalashtirilgan ishlab chiqarish harajatlarini haqiqatda erishilgan daraja bilan solishtirish, ortiqcha moddiy va mehnat resurslari sarflariga yo’l qo’yilgan yoki tejamga erishilganini aniqlash va kelgusida tegishli xulosalar chiqarishga imkon beradi.
Rejadagi tannarx korxonaning mavjud texnik, texnologik va kadrlar salohiyati doirasida mahsulot ishlab chiqarishga sarflanishi mumkin bo’lgan harajatlarning kutilayotgan maksimal darajasini aks ettiradi. Rejadagi tannarx moddiy resurslarni sarflash me’yorlari asosida xisoblanadi.
Haqiqiy tannarx korxonaning mahsulot ishlab chiqarish jarayonini xaqiqatda sarflangan bevosita ishlab chiqarish hg’arajatlarini tashkil topadi. Haqiqiy tannarx rejadagi tannarxdan farq qilishi mumkin. Agar u rejadagi tannarxdan yuqori bo’lsa, ishlab chiqarish samardorligining pasayishidan past bo’lsa, kapital, mehnat va moddiy resurslardan oqilona foydalanish natijalarini aks ettiradi. Mahsulot tannarxini hisoblashda faqat shu mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog’liq harajatlar hisobga olinadi. Mahsulotni sotish va ishlab chiqarishni boshqarish bilan bog’liq umumkorxona harajatlari mahsulot tannarxiga kiritilmay davr harajatlariga_hisobiga kiritiladi.
Mahsulot tannarxini aniqlashda hisoblash ob’ektlarini bilish muximdir. Unga qilingan harajatlarni alohida hisobga olish mumkin bo’lmaganligidan, umumiy ishlab chiqraish harajatlarini hisoblash ob’ektlari bo’yicha to’g’ri taqsimlash muximdir.
Mahsulot tannarxiga kiritiladigan ishalb iqarish harajatlari harajat elementlari va moddalari bo’yicha guruxlarga ajratiladi. Bunday guruxlash:
• rejalashtirilgan maxsulot ishlab chiqarishning moddiy va mehnat sarflariga extiyojni aniqlash;
• harajatlarni iqtisodiy mazmuniga ko’ra taqsimlash;
• umumiy ishlab chiqarish harajatlari miqdorida u yoki bu harajat elementlarining ulushini aniqlash imkonin beradi.
Masalan, buxgalteriya hisobida mahsulot ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi harajatlar iqtisodiy mazmuni va umumiylik xususiyatlariga ko’ra quyidagi elementlarga ajratiladi:
• ishlab chiqarishning moddiy harajatlari;
• ishlab chiqarishga tegishli mehnatga haq to’lash harajatlari;
• ishlab chiqarishga tegishli ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar;
• asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;
• ishlab chiqarishga oid boshqa harajatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |