Sanoat korxonalarida mahsulot tannarxini hisoblash moddalari
8.2.1-rasm.
Iqtisodiy hisob-kitoblarda mahsulot tannarxini rejalashtirish va hisoblashda harajatlarni hisoblash moddalari bo’yicha guruhlash qabul qilingan. Sanoat korxonalaridan maxsulot tannarxini hisoblash moddalari quyidagilardan tashkil topadi.
Maxsulotning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi harajat elementlari va hisoblashmoddalari orasida o’zaro bog’liqlik mavjud.
8.2.2-jadval. Maxsulot tannarxini xosil qiluvchi xarajat elementlari va hisoblash moddalarining o’zaro bog’liqligi
Hisoblashmoddalari
|
Ishlabchiqarish-ning
moddiyxara-jatlari
|
Ishlabchiqarishgategishlimehnatgahaqto’lashxarajatlari
|
Ishlabchiqarishgategishliijtimoiysug’urtagaajratmalar
|
Asosiyvositalaramortiza-tsiyasi
|
Boshqaishlabchiqarishxarajatlari
|
Xomashyovaasosiymateriallar (qaytakirimqilinganchiqitlardantashqari)
|
|
|
|
|
|
Sotibolinganbutlovchiqismlarvayarimfabrikatlar
|
|
N
|
|
|
|
Ishlabchiqarishxarakteridagiishvaxizmatlar
|
+
|
|
|
|
|
Texnologikmaqsadlaruchunishlatilganyoqilg’ivaenergiya
|
|
|
|
|
|
Ishlabchiqarishgategishlimehnatgahaqto’lashxarajatlari
|
|
|
|
|
|
Ishlab chiqarishga tegishliijtimoiysug’urtagaajratmalar
|
|
|
|
|
|
Asosiyvositalaramortizatsiyasi
|
|
|
|
+
|
|
Modtsiyqiymatliklarkamomadivamahsulotlarningbuzilishidanko’rilganzararlar
|
|
|
|
|
|
Ishlabchiqarishgaoidboshqaxarajatlar
|
|
|
|
|
+
|
"Xom-ashyo va asosiy materiallar" moddasida mahsulotning asosini tashkil etib, uning tarkibiga kiradigan yoki mahsulot tayyorlashda (ishlarni bajarishda, xizmatlar ko’rsatishda) zarur tarkibiy qism hisoblangan chetdan sotib olinadigan xom ashyo va materiallar, shuningdek, bir maromdagi texnologiya jarayonini ta’minlash, mahsulotlarni o’rash yoki boshqa ishlab chiqarish extiyojlariga sarflanadigan (asbob-uskunalar, binolar, inshootlar va boshqa asosiy vositalar sinovini o’tkazish, nazorat qilish, saqlash, tuzatish va ulardan foydalanish uchun ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan), xarid qilinadigan materiallar o’z aksini topadi.
Maxsulot tannarxiga kiritiladigan xom ashyo va materiallar xarajatlaridan qaytariladigan chiqitlar qiymati va idish, o’rash-joylash materiallari qiymati ularning amalda sotilishi, foydalanilishi yoki omborga kirim qilinishi narxi bo’yicha chiqarib tashlanadi.
"Sotib olingan butlovchi qismlar va yarimfabrikatlar" moddasida kelgusida korxonada montaj qilinadigan yoki qo’shimcha ishlov beriladigan butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar hisobga olinadi.
"Ishlab chiqarish harakteridagi ish va hizmatlar" moddasiga tashqi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, korxonaning ichki bo’linmalari tomonidan bajariladigan faoliyatning asosiy turiga tegishli bo’lmagan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan ishlar va xizmatlar kiradi.
Unga maxsulot tayyorlash bo’yicha ayrim operatsiyalarni bajarish, xom ashyo va materiallarga ishlov berish, iste’mol qilinayotgan ashyo va materiallar sifatini aniqlash uchun sinovlar o’tkazish, belgilangan texnologik jarayonlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish, asosiy ishlab chiqarish fondlarini tuzatish va boshqalar tegishli bo’ladi.
Korxona ichida tashqi sub’ektlarning transport xizmatlari (xom-ashyo, materiallar, instrumentlar, detallar, yuklarning boshqa turlarini ombordan tsexga keltirish va tayyor maxsulotni saqlash uchun omborga tashish) ham ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan xizmatlarga tegishli bo’ladi.
Korxonaning transporti va xodimlari tomonidan moddiy resurslarni yetkazish bilan bog’liq harajatlar (yuklash va tushirish ishlari ham shu jumlaga kiradi) ishlab chiqarish harajatlarining tegishli elementlariga kirishi kerak (mehnatga haq to’lash harajatlari, asosiy fondlari amortizatsiyasi, moddiy harajatlar va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |