7-mavzu. Kichik biznes va tadbirkorliksub’ektlarida ishlab chiqarishxarajatlari va mahsulot tannarxi tahlili



Download 149 Kb.
bet2/11
Sana30.06.2022
Hajmi149 Kb.
#719072
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7 mavzu Kichik biznes va tadbirkorlik sub`ektlarida ishlab chiqarish

Xarajatlarning turkumlanishi


8.1.1-rasm.

Ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan korxonaning o’ziga tegishli resurslar sarfi (masalan, fermer xo’jaligida asosiy vositalar eskirishi, xo’jalikning o’zida ishlab chiqarilgan yem-xashak, organik o’g’itlar, asosiy podaga o’tkazilayotgan yosh chorva mollari va boshqalar) darxonaning ichki xarajatlarini,_tashqi mol yetkazib beruvchilar va boshqa sub’ektlardan sotib olingan resurslar uchun to’lovlar korxoananing tashqi xarajatlarini tashkil qiladi.


Qisqa muddatli davrada maxsulot hajmining o’sishiga nisbatan doimiy (G’S) va o’zgaruvchi (US) harajatlar farq qiladi.
Doimiy harajatlar maxsulot hajmining o’zgarishiga bog’liq bo’lmay, korxonaning ma’lum bir vaqt oralig’ida sarflashi qat’iy belgilab qo’yilgan o’zgarmas harajatlarini ifoda etadi. Bunga asosiy vositalarning amortizatsiyasi, boshqaruv xodimlarining ish xaqi, sug’urta to’lovlari, telefon uchun abonentlik to’lovi va ijara to’lovlarini misol qilib keltirish mumkin. Doimiy harajatlarining o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, maxsulot hajmining oshib borishi bilan bir birlik maxsulotga to’g’ri keluvchi o’rtacha doimiy harajatlar kamayib boradi.
O’zgaruvchi harajatlar miqdori maxsulot ishlab chiqarish hajining o’sishi yoki kamayishiga qarab o’zgarib turadi, ya’ni maxsulot hajmi o’zagrishiga mutanosib bo’ladi. O’zgaruvchan harajatlar tarkibiga ishchilarning ish xaqi va unga nisbatan ajratmalar, xom-ashyo, yonilg’i-moylash materiallari, yoqilg’i va energiya, transport harajatlari va boshqa vositalar farqi kiradi. Uzgaruvchan harajatlarining o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, maxsulot hajmining oshib borishi bir birlik maxsulotga to’g’ri keluvchi o’rtacha o’zgaruvchi harajatlarning o’zgarishiga unchalik ta’sir ko’rsatmaydi.
Doimiy va o’zgaruvchi harajatlar yig’indisi korxonaning umumiy harajatlarini (TS=G’S+US) tashkil qiladi. Bundan tashqari maxsulot ishlab chiqarishning (Q) bir birligiga sarflangan o’rtacha umumy harajatlar tushunchasi ham mavjud. Umumiy harajatlar summasini maxsulot ishlab chiqarish hajmiga bo’lish orqali topish mumkin.
Ishlab chiqarishning dastlabki bosqichida, hali moddiy resurslar va asosiy vositalar to’la bandlik darajasiga erishmagan davrda, urtacha domimiy harajatlar qiymati yuqori bo’ladi va ishlab chiqarish hajmining oshib borishi bilan u kamayib borish xususiyatiga ega. O’rtacha o’zgaruvchi harajatlar ishlab chiqarish hajmi optimal chegaraga yetguncha kamayib boradi, ammo undan keyin ishlab chiqarishga jalb etilgan ortiqcha resurslar samarasiz bo’lishi tufayli, o’rtacha o’zgaruvchi harajatlar ortib boradi.
Keyingi har bir qo’shimcha maxsulot birligini ishlab chiqarishga sarflanadigan harajatlar chegaraviy harajatlar deb yuritiladi. Uni umumiy harajatlar summasining o’sgan qismini mahsulot hajmining o’sgan qismiga bo’lish orqali topish mumkin. CHegaraviy harajatlar ishlab chiqarilayotgan har bir qo’shimcha mahsulot birligi korxonaga qanchaga tushishini ko’rsatadi. Bir birlik mahsulot ishlab chiqarishga ketadigan moddiy, mehnat va byushqa harajatlar sarfi optimallashib borgan sari chegaraviy harajatlar kamayib boradi. Ammo, korxonaning ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish imkoniyatlari to’liq bandlikka erishgach, keyingi birlik mahsulotni ishlab chiqarish harajatlari borgan sari qimmatlashib boradi.
Natijada yuzaga keladigan harajatlar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish harajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizom"ga muvofiq quyidagicha turkumlanadi:
1. Mahsulot ishlab chiqarish tavnarxshshhosil qiluvchi harajatlar:
- ishlab chiqarishning moddiy harajatlari;
- ishlab chiqarishhususiyatigaega
- ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan
- asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;
- ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa harajatlar.
2. Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq asosiy faoliyatidan olingan foydani aniqlashda hisobga olinadigan davr harajatlari:
- mahsulotni sotish harajatlari;
- boshqaruv harajatlari;
- boshqa operatsion harajatlar.
3. Korxonaning umumxo’jalik faoliyatidan olingan foydasini aniqlashda hisobga olinadigan moliyaviy faoliyat bo’yicha harajatlar:
- foizlar bo’yicha to’lovlar;
- mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga (lizingga) olish to’lovlari;
- xorijiy valyuta bilan operatsiya bo’yicha salbiy kurs tafovutlari;
- qimmatli qog’ozlarga qo’yilgan mablag’larni qayta baholash;
- moliyaviy faoliyatga oid boshqa harajatlar.
4. Korxonaning odatdagi faoliyatiga mos kelmaydigan, bir necha yillar davomida takrorlanib turmaydigan va kichik tadbirkorlik korxonasi boshlig’ining (mulk egasining) qabul qilgan boshqaruv qarorlariga bog’liq bo’lmagan holda vujudga keladigan voqealar va hodisalar (suv toshqini, yong’in, jala, do’l kabi tabiiy ofatlar va mamlakat qonunchiligida o’zgarish) natijasida ko’rilgan favqulodda zararlar.



Download 149 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish