4. R.Reygan prezidentlik davri (1980 - 1988).“Reyganomika”.
1980 yil respublikachilar partiyasining g‘alabasi va prezident lavozimiga sobiq Koliforniya gubernatori va gollivud akteri Ronald Reyganni saylanishi, mamlakatning ichki va tashqi siyosatida ko‘proq konservatizm tomon burilishni anglataredi. Reygan ma’muriyati harajatlarni qisqartirish va muvozanati sahlangan budjetning monetaristik yo‘lini qattiq qo‘llik bilan olib bordi. Shuningdek, davlat tomonidan boshqaruv sohasi qisqartirildi, bu esa narxlarni nazorat qilishdan, tadbirkorlik faoliyati cheklovini olib tashlashda, atrof muxitni ximoya qilish to‘g‘risidagi belgilangan qonunlardan bosh tortishda o‘z ifodasini topdi. 1983 yil boshlab amerika iqtisodiyoti inqirz holatidan chiqdi va yangi texnologiya hamda ilmiy kashfiyotlar joriy etilishi asosida uning jadallik bilan rivojlanishi boshlandi. Ishsizlar soni 10 milliondan 7 million kishigacha kamaydi. Yuzdan ortiq ijtimoiy dasturlar shtatlar tasarrufiga o‘tkazildi va unifikatsiyalashtirildi. Ammo ijtimoiy siyosatning qisqartirish holati ro‘y bermadi. Ilgarigidek 30 milliondan ortiq amerikaliklar davlat tomonidan ko‘rsatiladigan yordamga muxtojedilar.
Reygan ma’muriyati kasaba uyushmalarga nisbatan qatiq qo‘llik siyosatini olib bordi. Namoyishlar qo‘pol ravishda bostirildi, kasaba uyushmalar tarqatib yuborildi, namoyish ishtirokchilari ishdan bo‘shatildi. O‘z navbatida bu kasaba uyushmalarga nisbatan jiddiy zarbaedi.
Reyganning tashqi siyosatida ikki davr yaqqol ko‘zga tashlanadi. 80- yillar birinchi yarmidaAQSH o‘z tashqi siyosatida vaziyatni keskinlashtirish tendensiyasini namoyish qilidi, SSSR va AQSH o‘rtasidagi qaramaqarshiliklar, ayniqsa 1979 yil Afg‘onistonga sovet qo‘shinlari kiritilishidan so‘ng va Polshada 1981 yil harbiy holat o‘rnatilishidan hamda SSSRning g‘arbiy hududlarida va Janubiy-Sharqiy Yevropadagi sotsialistik mamlakatlarida SS-20 raketalarining joylashtirilishidan so‘ng zo‘rayib ketdi. Bu davrda qurollanish poygasining yangi bosqichi koinotga ham ko‘chish xavfi tug‘ildi. AQSH G‘arbiy Yevropada qanotli raketa va o‘rta masofaga uchuvchi raketalarni o‘rnata boshladi. Faqat 80- yillarning ikinnchi yarmida boshi berk ko‘chadan chiqish yo‘lini kelishuvlar orqali izlash bosqichi boshlandi.
1986 yil Reykyavikdagi SSSR va AQSH davlat rahbarlarining uchrashuvidan so‘ng tub burilishga asos solindi. 1987 yil dekabrida Vashingtonda SSSR va AQSH o‘rtasida o‘rta va kichik masofaga uchuvchi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartonma imzolandi. Shundan so‘ng, 1991 yil Moskvada Dj. Bush ma’muriyati davrida ikkala tomonning strategik xujim qilish qurollarining tahminan o‘ch qismini qisqartirish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. Bunday siyosatni yuritilishi ikki buyuk davlat o‘rtasida keskinlashuvdan hamkorlik va tinchlik yo‘liga o‘tish davri boshlanganligidan dalolat berdi. Buning natijasida, 1988 yil fyevral oyida Afg‘onistondan sovet qo‘shinlari olib chiqib ketila boshlanishi, 1989 – 1991 yillar sobiq sotsialistik mamlakatlardagi demokratik inqiloblar yangi geosiyosiy vaziyatni yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi va “sovuq urush” siyosatiga barham berdi.
1988 yil prezident saylovida respublikachilar partiyasi g‘alaba qozondi. Reyganning siyosatini Dj. Bush davom ettirdi. U Reygan ma’muriyatida vitse-prezident lavozimini egallagan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |