7-mavzu: ikkinchi jahon urushidan keying davrdan bugungi kunga qadar aqsh. Reja


Katta Jordj Bush prezidentlik davrida AQSH



Download 59,87 Kb.
bet6/8
Sana02.01.2022
Hajmi59,87 Kb.
#310251
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-Ma'ruza

5. Katta Jordj Bush prezidentlik davrida AQSH.

1988 yil AQSHda bulib utgan navbatdagi prezident saylovlarida respublikachilar partiyasi osongina g‘alabani qo‘lga kiritishga muvofak buldilar. Amaldagi prezident R.Reygan omma orasida katta obro‘ga ega edi, faqatgina AQSH konstitutsiyasimezonlari uning uchinchi muddatga saylanishimkonini bermasdi. Shuning uchun 1988 yilgi prezident saylovlarida Amerikaning urushdan keyingi davrdagi tarixida birinchi marta vitse-prezidentlikdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, prezidentlikka Katta J.Bush saylandi. U AQSHning 41 prezidenti edi. U AQSHningikkinchi jahon urushida qatnashgan oxirgi prezidenti edi. U o‘zining uzoq muddatli siyosiy faoliyatida katta tajriba ortirgan edi. Bush AQSHning BMTdagi vakili, Xitoydagi elchisi va MRB (SRU) direktori lavozimilarida ishlagan edi.

Bushning Oq uyga dastlab vitse-prezident, keyinchalik mamlakat rahbari sifatida kelishi Qo‘shma SHtatlar yuqori doiralarining siyosatiga katta ta’sir ko‘rsatgan dunyodagi ulkan voqealar davriga to‘g‘ri keldi. Uning rahbarlik davri “sovuq urush” siyosatining tugash, yadro urushi xavfining kamayish, SSSRva sotsialistik hamdo‘stlikning barham topishi, Germaniyaning qo‘shilishi, Isroilning arab mamlakatlari bilan ochiq muzokaralar olib borishining boshlanishi, hozirgi dunyo siyosiy xaritasidagi o‘zgarishlar bilan boglik edi.

J.Bush prezidentligi ichki siyosatining boshlanishi mamlakatda kredit tizimidagi inqirozning boshlanishi bilan bir davrga to‘g‘ri keldi. Bushma’muriyatining bir qator jamg‘arma muassasalarini tugatish va 1989 yilda moliyaviy institutlarni isloh qilish to‘g‘risida qabul qilingan qonunga tayanishga bo‘lgan urinishlari muvaffaqiyatsiz bo‘ldi.Federal depozitlarni sug‘urta qilish zarurati natijasida byudjet harajatlarining keskin oshishiga olib keldi. 1991 yilda boshlangan iqtisodiy pasayish keyinchalik byudjet tanqisligini oshishiga olib keldi va prezident Reyganning konservativ moliyaviy dasturini davom ettirish haqidagi saylovoldi va’dasidan voz kechishga majbur qildi. Katta J.Bush ma’muriyati tezda soliqlarni oshirish, ijtimoiy ehtiyojlarga ajratilgan mablag‘ va qisman harbiy harajatlarni kamaytirishga majbur bo‘ldi. Soliq siyosati tubdan qayta ko‘rib chiqildi, katta daromadli shaxslardan soliq olishdagi bir qator cheklashlar bekor qilindi. Shu bilan bir vaqtda kichik korxonalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ma’muriyat ixtiyoridagi soliq vositalari, eng avvalo, soliq imtiyozlarining egiluvchan tizimi kabi davlat tomonidan tartibga solish turi orqali erkin savdoni ta’minlash dasturi ishlab chiqila boshlandi. Prezident bu dasturni amalga oshirishga erisholmadi. U davlat harajatlarining yangi moddalarini joriy qilishning iloji yo‘qligi sababli qiyin vaziyatga tushib qoldi. Shundan keyin u homiylikni rag‘batlantirish va kengaytirish bo‘yicha katta ishlarni boshladi. Shu sababli uning ma’muriyati bir qator zarur bo‘lgan mablag‘larni homiy tashkilotlar va shaxslardan olib tabiatni muhofaza qilish va boshqa shu kabi sohalarga sarfladi.

Respublikachilarning tashqi siyosati ancha muvaffaqiyatliroq edi. Bush ma’muriyatining Amerika qitasidagi faoliyati AQSHda ma’qullandi va qo‘llab-quvvatlandi. 1989 yil dekabrda general M.A.Norchegi rejimini ag‘darish va saylangan hukumatni qo‘llab-quvvatlash maqsadida AQSH qo‘shinlari Panamaga kiritildi. G‘arbiy yarim shar mamlakatlarining iqtisodiy hamkorligi rivojlandi. 1990 yilda , “umumamerika tashabbusi”- qarzlarni o‘zaro hisoblash va kelishuv qatnashchilari o‘rtasida bojxona to‘lovlarini bekor qilish yo‘li bilan Amerika davlatlari iqtisodiyotiga sarmoya kiritish va savdoni kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar o‘zining amaliy bosqichiga o‘tdi. AQSH, Kanada, Meksika o‘rtasida erkin savdo munosabatlari to‘g‘risida Shimoliy Atlantik kelishuvini qabul qilish to‘g‘risidagi muzokaralar muvaffaqiyatli o‘tdi.

1991-yil 11 sentabrda AQSHning 41 prezidenti o‘zining “Yangi dunyo tartibi” mavzuidagi nutqini Amerika xalqi e’tiboriga havola qildi. Bu nutqida insoniyat kommunizm va u tug‘dirgan dahshatli xavf-yadro urushi tahdididan qutulgani, ana endi tom ma’nodagi “Yangi dunyo”ni barpo etish imkoniyati tug‘ulgani to‘g‘risida gapirdi. Bushning fikricha odamlar oxir oqibat demokratiya-eng ma’qul boshqaruv usuli ekanini tushunib etishdi.

AQSH hukumati 1990 yilda Kuvaytga hujum uyushtirgan Iroqqa qarshi g‘arb davlatlari kaolitsiyasini tuzdi va uning ustidan engil g‘alaba qozondi. SSSRning tugatilishi va MDHning tashkil topishi jahon siyosiy xarita­larini o‘zgartirib yubordi. AQSHda yangi sharoitda yagona “qudratli davlat” ekanliklarini uqtirish boshlandi. Bu okean ortida siyosat borasida istal­gan fikrni olg‘a surish kayfiyatini keltirib chiqardi. Bu tendensiya ko‘proq AQSHning Iroqqa qarshi davlatlar koalitsiyasida bosh harbiy kuch sifatida maydonga tushib, oz talofat bilan Fors ko‘rfazidagi 1991 yilgi jangda g‘olib chiqanligiga asoslanardi.Ma’lumki, Xitoyda 1989 yildagi talaba yoshlarning tinchlik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Ularga qarshi hukumat shafqatsizlik bilan choralar ko‘rdi, ko‘plab kishilar halok bo‘ldi, kamokxonalarga tashlandi. J.Bush hukumati Xitoy voqealariga aralashmadi. Inson huquqlarining buzilishga qarshi choralar ya`ni iqtisodiysanksiyalarni qo‘llamadi. O‘z navbatida bu J.Bush ma’muriyatiga nisbatan AQSHda keng jamoatchilikning noroziligiga sabab bo‘ldi.

1992 yil AQSHda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlarida respublika­chilar mag‘lubiyatga uchradi. Demokratlar respublikachilarning qiyinchilik­laridan ustalik bilan foydalana oldi va demokratlar partiyasi vakili Uilyam Jefferson Klinton Oq uy xo‘jayiniga aylandi.




Download 59,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish