7-mavzu: didaktik nazariyalar va ta’lim paradigmalari reja



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana18.11.2022
Hajmi0,61 Mb.
#867746
  1   2   3
Bog'liq
7- Ditaktik nazariyalar va ta\'lim paradigmalari



7-MAVZU: DIDAKTIK NAZARIYALAR VA TA’LIM 
PARADIGMALARI 
 
REJA:
 
1.
Didaktika haqida tushuncha. 
2.
Didaktikaning predmeti va vazifalari. 
3.
Didaktikaning tashkil topishi va rivojlanishi. 
4.
Ta’lim paradigmalari xaqida tushuncha 
5. Ta’lim paradigmalari turlari
 
 
Tayanch ibora va atamalar
:
 tarbiya, jamoa, shaxs va jamiyat, 
O‘quvchilar jamoasi, 
ijtimoiy munosabatlar, umumiy faoliyat. 
Didaktika (grekcha didasko – o‘qitaman) ta‘lim va ma‘lumot haqidagi 
fandir.Insonning tarbiyasi rivojlanishi va shaxs sifatida shakllanishida ta‘lim va 
ma‘lumot muhim ahaiyatga ega. Ma‘lumot-bu 
egallagan
, tizimlashtirilgan bilim, 
ko°nikma va malakalar, hosil qilingan dunyoqarashlar majmui.Ta‘lim-o‘qituvchi 
rahbarligida o‘tkaziladigan, o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan 
qurollantirilgan, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stiradigan va dunyoqarashini tarkib 
toptiradigan jarayondir. Ta‘lim va ma‘lumot bir-biri bilan mustahkam bog‘liq. 
Ma‘lumot bu ta‘limning natijasi, ta‘lim esa ma‘lumot olishning asosiy yo‘lidir. 
Didaktika fani ta‘lim va ma‘lumotning muhim muammolarini o‘rganish bilan 
birga «kimni o‘qitish kerak», «nimaga o‘rgatish kerak», «qanday o‘qitish kerak» 
kabi 
savollarga 
ham 
javob 
bo‘ladi. 
Didaktika sohasida birinchi asar yaratgan olim XVII asrning chex pedagogi Yan 
Amos Komenskiy (1592-1670). O‘zining mashhur asari «Buyuk didaktika» (1632y 
yozilgan, 1975y o‘zbek tilga tarjima qilingan) sida o‘qitish va tarbiya jarayonlari, 
o‘qitishning yo‘llari va didaktik printsiplar maktabda ta‘lim-tarbiya ishlarini tashkil 
qilish 
kabi 
masalalarni 
ishlab 
chiqdi. 
Markaziy Osiyo allomalari merosida ham didaktika sohasida yaratilgan bir qancha 
asarlarda ta‘lim qoidalari, ta‘limni tashkil etish, unda o‘qituvchining roli kabi 
masalalar bayon etilgan Abu Ali ibn Sinoning (980-1037) «Tadbiri manozil», Abu 
Nasr Farobiyning «Ilmlarning kelib chiqishi to‘g‘risida», «Sharxlar», «Evklid 
kitobining muqaddimasiga sharxlar», «Hikmat asoslari» kabi bir qator asarlarida, 
Burhoniddin Marg‘iloniynng (1150-1187) «Ilmga kirishuvchi uchun birinchi asos» 
kabi 
asarlari 
shular 
jumlasidan. 
Didaktika quyidagi masalalar bilan: ta‘lim jarayonining mohiyati, ta‘limni 
muvaffaqiyatli olib borish shartlari, ta‘limning vazifasi va mazmuni, ta‘limni tashkil 


etish shakli va metodlari, o‘quvchilarning bilimini tekshirish va baholash kabi 
masalalar bilan «Ta‘lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida «Ta‘lim 
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustivor» deb e‘lon 
qilinganligi ta‘kidlanadi. Hozirgi davrda didaktlar vatanimiz va chet ellar 
pedagogikasi va psixologiyasi yutuqlariga tayanib o‘quvchilarning faolligini 
va 
mustaqilligini oshirish
, o‘quvchilarni bilimlarni mustaqil egallashga o‘rgatish, 
ularning bilish faoliyatlarini faollashtirish, darsni takomillashtirish, ta‘lim 
printsiplari va ta‘limning izchilligi va shu kabi muammolarda tadqiqot ishlari olib 
bormoqdalar.Didaktika ikkiga bo‘linadi:umumiy didaktika va xususiy didaktika. 
Umumiy didaktika maktablarda o‘rganiladigan barcha predmetlarga xos bo‘lgan 
uquv jarayonining umumiy qonuniyatlari tekshiriladi va belgilanadi.Xususiy 
didaktikada esa u yoki bu predmetni o‘rgatishga xos bo‘lgan didaktik qonuniyatlar 
tekshiriladi 
va 
belgilanadi. 
Didaktika pedagogika fanlari sirasiga kirgani uchun ham ta‘lim sohasini tadqiq 
etishda 
pedagogik 
ilmiy-tekshirish 
metodlaridan 
foydalaniladi. 
1.Kuzatish. 
2.Ilg‘or 
pedagogik 
tajribani 
o‘rganish 
va 
umumlashtirish. 
3.Didaktik 
eksprement. 
4.Hujjat va arxiv materiallarini tekshirish (dars planlari, sinf jurnallari va h.) va 
o‘quvchilar ishlari (insho, kontrol, grafik ishlar, o‘quv ustaxonasida bajarilgan 
ishlar). 
5.Suhbat 
va 
anketa. 
Mustaqil O‘zbekistonda didaktika rivojlanishining hozirgi etapi «Kadrlar tayyorlash 
milliy 
Dasturi» ta‘lim oldiga qo‘ygan muammolar bilan bog‘liq. 
Hozirgi davrda ham didaktikaning muhim vazifasi ta‘limning mazmunini bir asosiy 
masalaa barkamol shaxsni tarbiyalash masalasiga qaratish bo‘lib qoldi. Shuning 
bilan birga hozirgi va kelgusi didaktika faqatgina shu masalani bajarish bilangina 
cheklanib 
qolmaydi. 
Hozirgi kunda «Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi» va «Ta‘lim to‘g‘risida»dagi 
Qonun ta‘lim oldiga qo‘gan muhm vazifalarni yechish hozirgi zamon didaktikasi 
zimmasiga 
tushadi. 
Bular: 
1) boshlang‘ich ta‘lim didaktikasi oldiga o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish 
yangi pedagogik texnologiya joriy etishning ilmiy-pedagogik asoslarini ishlab 
chiqish 
zarur; 
2) boshlang‘ich ta‘lim standartlarini ishlab chiqishda fan bilan Bolaning bilim 
imkoniyatlari o‘rtasidagi birlikni o‘rganish sohasida keng tadqiqotlar olib borish; 
3) o‘quvchilarning bilish qobiliyatlarini o‘stirish, ilmiy dunyoqarash va erkin 
fikrlashga o‘rgatish, mustaqil bilim olish va mustaqillikka o‘rgatish bugungi kun 
vazifasi. Chunki boshlang‘ich ta‘limdayoq bo‘larga e‘tibor berilmasa o‘quvchining 


mustaqil, 
erkin 
va 
ijodiy 
fikrlashga 
o‘rgatib 
bo‘lmaydi. 
4) boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini «Kadrlar tayyorlash Milliy modeli» talablari 
asosida tayyorlash. Ularni yuqori professional qobiliyatga ega, 
bilimdon
, pedagogik 
mahoratli 
bo‘lishlariga 
erishish. 
Uzluksiz ta’lim kadrlarni tayyorlash tizimining asosi va kadrlar tayoyrlash milliy 
modelining tarkibiy kismlaridan biri deb, ta’kidlanadi kadrlar tayyorlash milliy 
dasturida. Uzluksiz ta’lim tizimi o‘kuv-tarbiya jarayonining hamma boskichlarini 
kamrab oladi hamda har tomonlama yetuk barkamol avlodni yetishtirish uchun 
shart-sharoitlar yaratadi. Shu sababli mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi asosida uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirishning asosiy tamoyillari 
(prinsiplari) belgilanadi. Bular ta’limning ustuvorligi, ta’limning demokratlashuvi, 
ta’limning insonparvarlashuvi, ta’limning 
ijtimoiylashuvi
, ta’limning milliy 
yo‘nalganligi, ta’lim va tarbiyaning uzviy boglikligi, iktidorli yoshlarni aniklash, 
yukori darajada bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish kabilar. Jamiyat talab 
kilayotgan uzluksiz ta’limga tegishli bu konun-koidalar o‘kitish, bilim berish, ya’ni 
ta’lim jarayoniga ham samarali ta’sir ko‘rsatadi. Pedagogikada ta’limning ilmiy-
nazariy, uslubiy asoslari aloxida, ya’ni didaktika kismida o‘rganiladi. Bu jarayonda 
ta’lim 
prinsiplariga 
ham 
aloxida 
to‘xtaladi. 
Ta’lim va ayrim o`quv predmetlari (jumladan, ona tilini o`qitish) maqsadining ta’lim 
tizimi hamda strukturasida egallagan muhim mavqeyi, ta’lim maqsadining ta’lim 
mazmuni, usuli, vositalari va pirovard natijasini belgilashda hal qiluvchi omil 
ekanligiga qaramay, mazkur muammo pedagogika, didaktikaga oid ilmiy 
adabiyotlarda kam o`rganilgan. Juda ko`p hollarda (jumladan, rus olimlaridan 
I.Y.Lerner, 
M.N.Skatkin, 
V.V.Kraevskogo, 
V.S.Lednev, 
T.A.Ilina, 
Y.A.Komenskiy, Y.K.Babanskiy, M.A.Danilov, M.M.Potashnik, N.F.Talizina, 
N.V.Savin, L.M.Fridman, o`zbek olimlaridan O.R.Roziqov, A.Q.G`ulomov, 
R.G`.Safarova, S.Y.Og`ayev, B.R.Adizov, M.Saidov va boshqalarning ishlarida) bu 
masalani o`rganish ta’lim mazmuni va usuli tadqiqiga qo`shib yuborilgan. 
Pedagogika hamda didaktika bo`yicha darslik va qo`llanmalarda ham ta’lim maqsadi 
o`z-o`zidan tushunarli hodisa sifatida alohida tahlil etilmaydi. Vaholanki, ta’lim 
maqsadi ta’lim strukturasida markaziy o`rinlardan birini egallaydi. To`g`ri, didakt 
va metodistlarning ta’lim maqsadi tadqiqiga kamroq e`tibor qaratishi ta’lim 
maqsadining didaktlar ixtiyoridagi omil emasligi, odatda, u ijtimoiy buyurtma 
sifatida davlat va jamiyat tomonidan belgilanishi, tadqiqotchi va amaliyotchilarga 
go`yoki tashqaridan yuklatilishi bilan oqlanishi mumkindek ko`rinadi. Biroq mazkur 
masalani alohida olingan muayyan o`quv predmeti misolida tarixiy nuqtayi 
nazardan, shuningdek, ta’lim maqsadidagi tadrijiylik hamda inkishof jihatlardan 
o`rganish davlat va jamiyat taraqqiyoti ahamiyatidagi zarur masalalardandir. 
To`g`ri, davlat va jamiyat ta’lim maqsadini o`z taraqqiyoti davomida tug`ilgan 


ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun rasmiy ravishda belgilaydi. Biroq davlat va 
jamiyat ta’lim maqsadini ijtimoiy 
buyurtma sifatida belgilashda
, albatta, ta’lim 
peshvolari qanday chora-tadbirlarni ilgari surishlariga tayanadi. Shuning uchun 
ta’lim maqsadi muammosini har tomonlama o`rganish barcha davrlar uchun muhim 
ahamiyat 
kahhf 
etadi. 
Ta’lim maqsadi silsilasida ona tili ta’limi maqsadi alohida o`rinda turadi. Chunki 
maktab ta’limi ona tilini ta’lim oluvchiga o` r g a t m a y d i - ta’lim oluvchi ona 
tilini ta’lim dargohiga kelgunga qadar biladi va undan o`z kundalik amaliy 
ehtiyojlarini qondirish uchun bemalol foydalana oladi. Ana shu o`rinda bir necha 
haqli savollar tug`iladi: Nega zamonaviy ta’limning barcha tur, bo`g`in va 
bos`ichlari uchun ona tili ta’limi umumiy va zaruriy o`quv predmeti sifatida 
majburiy kiritilgan? Ona tili ta’limi nimaga xizmat qilishi kerak? Ilmiy grammatika, 
tilshunoslik ilmi asoslarini o`rganish uchunmi? Jamiyat a`zolarining barchasi 
tilshunos 
bo`lishi 
shartmi?! 
Tilshunoslik fani va tilshunos tilga mutlaqo ta`sir o`tkaza olmaydi−til tilshunos va 
grammatiklar amriga buysunmaydi. Bu azaldan ma`lum oddiy haqiqat. Jamiyatda 
hamma madaniyatli kishilarning tilshunos bo`lishi shart ham emas. Demak, 
ta’limning barcha tur, bo`g`in, bosqich va ko`rinishlarida ona tili ta’limining o`ziga 
xos 
maqsadi 
va 
zarurati 
mavjud, 
zarurat 
esa 
o`rganilishi 
lozim. 
Bundan tashqari o`zbek sovet pedagogikasida uzoq muddat davomida 
"O`zbekistonda ona tili ta’limi faqat Oktabr revolyutsiyasidan keyin amalga 
oshirildi" degan g`ayriilmiy o`ydirma, o`zbek xalqi, uning uzoq tarixi va 
qadriyatlariga nisbatan noto`g`ri fikr hukmron edi. Buning sabablarini Prezidentimiz 
"bizning tariximizni boshqalar yozsa, boshqacha yozadi" degan xulosalarida va bu 
bo`limga peshlavha sifatida keltirilgan iqtibosda ochib bergan edilar. Zero, 
O`zbekiston Prezidenti ta`kidlaganidek, "qachongacha biz tariximizni birovlarning 
nuqtayi nazari, qarichi bilan baholaymiz?".
1
Bu so`zlar yog`dusida ona tilimiz − 
milliy o`zbek tilini o`qitish tarixiga nazar tashlash, bu til ta’limida o`qitish 
maqsadining tadrijiy taraqqiyotini o`rganish muhim ilmiy-ma’naviy ahamiyat kasb 
etishi tabiiy, albatta. Mana shuning uchun ushbu o`quv qo`llanma ona tili va 
adabiyot o`quv predmetining bo`lajak o`qituvchilarini ona (o`zbek) tilini 
o`qitishning turli davrlarda maqsadi, bugungi ta’lim maqsadining uzoq ildizlari bilan 
tanishtirishni ko`zlab tuzildi. Unda ta’lim tili sifatida ona (o`zbek) tilida ta’lim tarixi, 
ta’lim maqsadining tarixiy rivoji, milliy istiqlol sharofati bilan ta’lim maqsadining 
tubdan yangilanishi, bu maqsadni to`la voqelantirish uchun ona tili ta’limi nazariyasi 
va usuliyoti oldida turgan ayrim zarur vazifalar xususidagi mulohazalar ifodalangan. 
Shuningdek, 
unda: 
−"O`zbekistonda ona tili ta’limi faqat Oktabr revolyutsiyasidan keyingina yo`lga 
qo`yildi", 
degan 
fikrning 
noto`g`riligi; 


−"ona tilida ta’lim" va "ona tilini maxsus o`quv predmeti sifatida o`qitish" 
tushunchalari 
bir 
narsa 
emasligi; 
− ona tilida ta’lim jarayonida ona tili ham o`qitilishi, bunday holatda ona tili va 
ta’lim 
tili 
tushunchalari 
bir-biriga 
mos 
kelishi


ona tili ta’limining xat-savod o`rgatish, fikrni uqish va bayon qilish ko`nikmalarini 
shakllantirish kabi u m u m i y va uni maxsus - alohida o`quv predmeti sifatida 
ta’limini talab etuvchi x u s u s i y maqsadlari farqlanishi; 
−ona tilida ta’lim maqsadining tubdan o`zgarishi mazkur o`quv predmeti ta’limi 
mazmuni, usuli, vositalarining ham tubdan yangilanishini talab etishi kabi masalalar 
batafsil 
bayon 
etiladi. 
Qo`llanma ikki bo`limdan iborat bo`lib, birinchi bo`limi ta’lim maqsadi tushunchasi, 
uning ta’lim mazmuni va usullari bilan aloqadorligini sharhlashga, ikkinchi bo`limi 
esa ona tilida ta’lim va ona tili ta’limi tushunchalarini farqlash, ona (o`zbek) tilida 
ta’lim tarixi silsilasida ona tilini o`qitish maqsadidagi tadrijiy taraqqiyot masalalarini 
yoritishga 
bag`ishlanadi. 
Ta’lim jarayoni – bu mohiyatan ta’lim jarayoni ishtirokchilari –ta’lim oluvchi 
(o`quvchi, talaba, shogird, izdosh, payrav; tarixan – murid) va ta’lim beruvchi 
(o`qituvchi, muallim, murabbiy, ustoz: tarixan– pir, murshid)
1
orasidagi ta’lim 
maqsadi asosidagi faol munosabatidir; ta’lim bilan aloqador barcha munosabatlar, 
uning barcha qirralari ta’lim ishtirokchilarida – ustoz va o`quvchida kesishadi. Inson 
barcha ijtimoiy munosabatlarning markazi, kesishish nuqtasi bo`lganidek, 
ustoz~o`quvchi ham barcha turdagi didaktik munosabatlarning kesishish nuqtasidir. 
Shuning uchun biz yuqorida ta’lim maqsadi, 
uning mazmuni
, usuli, vositalari, 
ularning o`zaro aloqadorligi masalalarini ko`rib o`tyotganda har doim 
o`quvchi~ustoz munosabati masalalari bilan to`qnashdik. Chunonchi, ta’lim 
maqsadining o`zi, eng avvalo, KIMni, qanday shaxsni yetishtirish masalasini o`rtaga 
qo`yadi. Bu shaxs kim? U O`QUVCHIdir! Kim uni yetishtiradi, tarbiyalaydi? U esa 
USTOZdir! Ular o`zaro qanday munosabatda bo`lishi kerak? Biz bu haqda yuqorida 
(ta’lim usuli bilan bog`liq ravishda) ikki xil yondashish mavjudligini va bu 
yondashishlarning 
har 
biri 
o`ziga 
xos 
shaxsni 
– 
– 

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish