7-mavzu: Buyrak. Ularning yoshga qarab o‘zgarishi. Siydik yo‘li, qovuq, siydik chiqarish kanali, ularning yoshga qarab o‘zgarishi


Gormonlarning umumiy xususiyatlari



Download 97,08 Kb.
bet16/65
Sana07.07.2022
Hajmi97,08 Kb.
#753728
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   65
Bog'liq
medik Ma’ruza 5000

Gormonlarning umumiy xususiyatlari
1. Gormonlar organizmning o‘sishini faollashtiradi va uning belgilariga ta sir qiladi.
2. Organizmdagi barcha modda almashinuvlarida ishtirok etadi.
3. Nerv sistemasining qo'zg'aluvchanligiga ta ’sir etib, uning faoliyatini oshiradi.
4. Gormonlar hujayralarda sodir bo‘ladigan jarayonlar va uning tizimiga ta’sir etadi.
5. Gormonlar ishlab chiqarilishi organizmning ichki holatiga va tashqi muhitdagi o'zgarishlarga bog'liq bo'ladi.
Gormon ishlab chiqarilishi nerv oxirlari, bo'rtiq osti yadrolar ta’siri ostida murakkab nerv-gumoral yo‘l bilan boshqariladi. Ularning ta’siri ostida gipofiz qo'zg'aladi va undan ishlab chiqariladigan gormonlar qolgan bezlarning ish faoliyatini doimiy ravishda nazorat qilib turadi. Demak, bezlarda gormonlar ishlab chiqarilishi o'z holicha boshqarilmasdan, nerv tizimi bilan uzviy bog'liq holda, ya’ni nerv-gumoral yo'l bilan boshqarilar ekan.
Ichki sekretsiya bezlarining tasnifi (klassifikatsiya)

Ektodemial — nevrogen

Mezodermal — interrenal

Entodermal—braxiogen

Entodermal — ichak epiteliyasidan rivojlangan

Epifiz
Gipofiz
Buyrak usti bezining mag'iz qismi
Xromafm
Xromafinsiz Paragangliyalar

Buyrak usti bezining po‘stloq qismi
Moyak va tuxumdonning oraliq qismlari

Qalqonsimon bez Qalqonsimon orqa bezi
Ayrisimon bez

Me’da osti bezining endokrin qismi
Jigar, taloq, oshqozon va ichak shilliq qavatidagi endokrin bezlar



Qalqonsimon bez — glandula thyroidea
Qalqonsimon bez ikkita o'ng va chap bo'laklar — lobus dexter et sinister dan iborat bo'lib, ular o'zaro istmus glandulae thyroidea vositasida birlashib turadi. Ko'pchilik holatlarda bo'yin qismidan yuqoriga qarab yana bir piramidasimon bo'lak o'sib chiqqan bo'lib lobus piramidalis deyiladi. Qalqonsimon bezda oldingi va orqa yuzalari — facies anterior et posterior va yon bo'laklarining yuqori va pastki qutblari — polus superior et inferior lar tafovut qilinadi. Bezning vazni katta yoshli odamlarda 30-50 gr uzunligi 6-8 sm va eniga 2-2,5 sm bo'ladi. Qalqonsimon bez yupqa, mustahkam biriktiruvchi to'qimali xususiy fibroz parda — capsula fibrosa bilan o'ralgan bo'lib, bu parda bez to'qimasi ichiga kirib borib to'siqlar hosil qiladi va uni mayda bo'lakchalar — lobuli gl. thyroideae ga bo'ladi.
Qalqonsimon bez traxeya va qalqonsimon tog‘ay sohasida joylashgan bo'lib, bez bo'laklarining pastki uchlari traxeyaning V yoki VI tog'ay halqalarigacha davom etadi. Yuqori uchlari esa qalqonsimon tog'ayning o'rta qismigacha davom etadi. Bo'yin qismi — isthmus esa III-IV traxeya halqalari sohasida joylashgan. Piramida bo'lagi ayrim hollarda til osti suyagigacha etib borishi mumkin. Qalqonsimon bez o'zining xususiy pardasi bilan o'ralgan va shu parda to'qimalar orqali atrofdagi a’zolar bilan birlashib turadi. Ishlab chiqarilgan gormonlar (tiroksin, triyodtiroksin) to'qimalarning kislorodga bo'lgan talabchanligini oshiradi. Gormonlar oqsillar sintezini tezlashtirib, organizmning o'sish jarayonini kuchaytiradi. Tirioid gormonlar homila taraqqiyotini nazorat qiladi, uning to'qima va hujayralarini shakllanishiga yordam beradi. Shujumladan suyaklar sistemasini ham. Terioid gormonlar nerv tizimining funksional holatiga ta’sir qilish bilan bir qatorda teri, yurak, qon tomirlar tizimi buyrak, jigar, oshqozon va ichak traktida sodir bo'ladigan modda almashinuvi jarayonlariga ham o'z ta’sirini ko'rsatadi. Qalqonsimon bezning ish faoliyatini buzilishi natijasida har xil kasalliklar kelib chiqadi. Kasalliklarning paydo bo'lishi gormonlarning ko'p (gipertirioz, tireotoksikoz) yoki kam (gipoterioz) ishlab chiqarilishiga bog'liq. Teriotoksikoz kasalligida: ozib ketish, tomir urishining tezlashishi, tana haroratining ko'tarilishi, asabning taranglashishi, terlash, ekzooftalm (ko'z soqqasining ko'z kosasidan oldinga chiqishi) kuzatiladi. Qalqonsimon bez homila taraqqiyotining 3-4 haftasida birlamchi ichakning bosh qismining ventral devorida, jag' va til osti jabra ravoqlari orasida, toq til kurtagining orqasida halqum epiteliyasidan taraqqiy qiladi. Rivojlanishning boshlang'ich davrida bezning har ikkala bo'lagi ichida bo'shliq bo'lib, bu bo'shliqning yo'li qalqonsimon-til — ductus thyreoglossus nayi bilan halqum bo'shlig'iga ochilgan bo'ladi. Rivojlanishning keyingi davrlarida bez epiteliyasining shoxlanib ketishi natijasida, bez ichidagi bo'shliq mayda pufakchalarga bo'linib ketadi va o'zida pufakchalar saqlagan bez bo'lakchalari shakllanadi. Shu bilan bir qatorda embrion rivojlanishining 4- haftasidayoq ductus thyreoglossus bekilib ketadi. Qalqonsimon bezning tildan uzoqlashib kaudal tomonga o'sishi natijasida va shu asosda uning yo'lining bekilib ketishidan tilning tanasi va ildizi sohasida qolgan qoldiq tilning ko'r teshigi — foramen cecum ni hosil bo'lishiga olib keladi.

Download 97,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish