dunyoviylik
, ayrim aqidaparast kimsalaming
da`volaridan farqli o‘laroq, aslo
dahriylik
emas. Biz bunday noto‘g‘ri va g‘arazli
talqinlarga mutlaqo qarshimiz»
9
.
4. XXI asrda global etosfera (axloqiy muhit)ni yaratishning zaruriyati
XX asr buyuk olmon faylasuf, Karl Yaspers, odamni boshqa jonzotdan keltirib
chiqarishning nojoizligi haqida gapirib, inson transtendental bog‘liqlikka ega,
uning imkoniyatlarini; erkini hech bir jonzotniki bilan qiyoslab bo‘lmaydi, inson
hatto imkoniyatlari naqadar cheksiz ekanini o‘zi ham bilmaydi, deb uni
'
Стоун И.
Происхождение. Роман-биография Чарлза Дарвина. М., «Политиздат», 1983. С. 273.
8
Qarang: A. A ’zamov.
Fan va din: odamzodning paydo bo‘lishi. «Tafakkur» jurnali, 1999, 4-son, 32-b.
9 A. Karimov.
Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman. «Fidokor» gazetasi, 2000, 8-iyun.
ulug`laganida, bizningcha, tamomila haq edi. Agar diqqat qilsak, mutafakkirning
fikri Qur’oni karim «Baqara» surasida marhamat qilingan quyidagi oyatlarga
hamohangdir: «30. Eslang (Ey Muhammad), Parvardigoringiz farishtalarga: «Men
Yerda (Odamni) xalifa (yordamchi) qilmoqchiman, deganida, ular aytdilar: «U
yerda buzg`unchilik qiladigan, qonlar- to‘kadigan kimsani (xalifa) qilasanmi?
Holbuki, biz hamdu sano aytish bilan Seni ulug'laymiz va Sening nomingni
mudom pok tutamiz (Alloh) aytdi: «Men sizlar bilmagan narsalarni bilaman». 31.
Va U odamga barcha narsalarning ismlarini o`rgatdi. So`ngra ularni farishtalarga
ro‘baro‘ qilib dedi: «Agar xalifalikka biz haqdormiz degan so‘zlaringiz
rost bo‘lsa,
mana bu narsalarning ismlarini Menga bildiring!». 32. Ular aytdilar: Ey pok
Parvardigor, biz faqat Sen bildirgan narsalarnigina bilamiz. Albatta Sen o'zing ilmu
hikmat sohibisan». 33. (Alloh): «Ey Odam bularga u narsalarning ismlarini bildir»,
dedi. (Odam) ularga barcha narsalarning ismlarini bildirganidan keyin (Alloh)
aytdi: «Sizlarga, Men Yer-u osmonlarning sirlarini va sizlar oshkor qilgan va
yashirgan narsalarni bilaman, demaganmidim?». 34. Eslang (Ey Muhammad), Biz
farishtalarga Odamga ta’zim qiling, deyishimiz bilan sajdaga egildilar. Faqat Iblis
kibr va or qilib — kofirlardan bo‘ldi».
Vaholanki, sajda bungacha faqat Tangrigagina bajo keltirilar edi. Demak, Xudo bu
bilan barcha mavjudotlardan oliy, daraja nuqtayi nazaridan o‘zidan keyin turadigan
buyuk zotni yaratganini e’lon etdi. Odam — Xudoning yerdagi xalifasi.
Shu o rinda «xalifa» so‘zining amaliy ma’nosi haqida to'xtalmoq o‘rinli. Uni oddiy
hayotiy misol bilan tushuntiradigan bo‘lsak, kosiblikka, hunarmandchilikka
murojaat qilish maqbul. Ma’lumki, qadimda kosib yoki hunarmand ustaning
odatda bir necha shogirdi bo‘lgan. Ular orasidagi eng aqlli, tadbirkori, ustaning
muhabbatini qozongani usta tomonidan xalifa etib tayinlangan. Xalifaga usta
o‘zining bir qancha vakolatlarini, jumladan, biror yoqqa safarga ketsa, shu muddat
mobaynida boshqa shogirdlarni boshqarib, rahbarlik qilib turishni topshiradi.
Shunday qilib, usta qaytib kelgunga qadar xalifa uning aytganlari yoki
ko‘rsatmalarini amalga oshirish bilan mashg‘ul bo`ladi. Odam ham Allohga
nisbatan ana shunday xalifadir: to u qiyomatga qadar, ya’ni Tangri dargohiga
borgungacha nabotot va hayvonot olami ustidan rahbarlik qilib turadi.
Rahbarlik qilish uchun, tabiiyki, muayyan darajada erkinlikka, erkin harakatni
ixtiyor etish huquqiga ega bo‘lish, falsafiy ibora bilan aytganda, ixtiyor erkinligi
zarur. Ana shu ixtiyor erkinligi faqat insonga berilgan. Farishtalar bunday
ma’naviy ne’matdan mahrum — ular faqat Allohning buyrug'ini bajaradilar. Lekin
insondagi ixtiyor qilish erkinligi ham cheklangan — u Alloh tomonidan Qur’oni
karimda umumiy tarzda belgilab berilgan doiradagina mavjud bo‘lishi kerak. Shu
bois mutlaq erkinlik insonga emas, faqat Yaratganga xos.
Shunday qilib, axloq — oliy mavjudotga ato etilgan oliy ne’mat. Ya’ni axloqning
kelib chiqishi ilohiy manbadandir. Ana shu ilohiy asosni asrab-avaylab, taraqqiy
toptirish har bir insonning asosiy vazifasi, burchi. Shu bois o‘z-o‘zini va, iloji
bo‘lsa, o‘zgalarni axloqiy tarbiyalash barcha muqaddas kitoblarda savob sanaladi.
Axloqning vujudga kelishi borasidagi empirik fikrlar.
Bu o‘rinda shuni alohida
ta’kidlash kerakki, inson aynan hozirgi paytdagi ko‘rinishida yaratilgan degan gap
haqiqatdan yiroq. U mohiyatan har tomonlama mukammallikka, komillikka qarab
boruvchi, taraqqiyotining mohiyati tadrijiylik bilan belgilanadigan jonzotdir, uning
jismoniy, aqliy va axloqiy taraqqiyoti o'zaro bog‘liqlikda rivojlanadi: vaqt
mobaynida insonning ham ko‘rinishi, ham tafakkuri, ham axloqiy xatti-harakati
o‘zgarib boradi. Shu jihatdan olib qaraganda, odamzodning xunuklikdan
chiroylilikka nodonlikdan oqillikka, qo‘pollikdan noziklikka yo‘nalganligi tabiiy
hol. Demak, uning axloqiy xatti-harakatlari tadrijiy tarzda noziklashib borgan.
Biroq, bunday noziklashuv shaklan qo‘polroq bo‘lgan soddalikdan chekinib,
botiniy qo‘pollikni zohiriy nazokat bilan yopishga, niqoblashga ham olib kelgan.
Natijada insoniyat tarixi qanchalik ko‘p davrni o‘z ichiga olsa, axloqning xilma-xil
ko'rinishlari shuncha ko‘payib borgan. Lekin ularning hammasi, zamonaviy axloq
nazariyasiga ko‘ra, ikki katta guruh ostida voqe` bo`ladi, ya’ni axloqiy xatti-
harakatlar asos-e’tibori bilan ikki turga bo`linadi. Ulardan biri - obro‘parvarlik
(avtoritar) axloqi, ikkinchisi insonparvarlik (gumanitar) axloqi. Endi qisqacha
ulaming mohiyati va sifatlari bilan tanishib chiqamiz.
«Obro‘parvarlik axloqiga ko‘ra, - deb yozadi Erix Fromm, - bir odam — obro‘
egasi inson uchun nima yaxshiligini belgilab beradi, o`zni tutish qonun-qoidalari
va me’yorlarini ham o‘ylab topadi, o‘rnatadi. Insonparvarlik axloqi esa bu qonun-
qoidalar va me`yorlarni o‘zi yaratishi, o`zi boshqarishi hamda ularga o‘zi amal
qilishi bilan farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |