7-mavzu. Axloqiy qadriyatlar (Etika)
Reja:
1. “Etika” fanining predmeti, mohiyati, uning asosiy belgilari va tuzilmasi.
2. Gedonizm va evdemonizm tushunchalarining ahloqiy ahamiyati.
3. Axloqning paydo bo`lishi haqidagi diniy, empirik va genetik konsepsiyalar.
4. XXI asrda global etosfera (axloqiy muhit)ni yaratishning zaruriyati.
1. “Etika” fanining predmeti, mohiyati, uning asosiy belgilari va tuzilmasi.
Axloqshunoslik bir necha ming yillik tarixga ega bo`lgan qadimiy fan. U bizda
“Ilmi ravish”, “Ilmi axloq”, “Axloq ilmi”, “Odobnoma” singari nomlar bilan atab
kelingan. G`arbda esa “Axloqshunoslik” “Etika” nomi bilan mashhur. Biz ham
yaqin-yaqingacha ushbu atamadan foydalanib kelar edik. “Etika” atamasi
yunoncha “ethos” so`zidan olingan bo`lib “odat”, “fe`l”, “fikrlash tarzi” singari
ma`nolarni anglatadi.
Uni birinchi bo`lib yunon faylasufi
Arastu
ilmiy muomalaga kiritgan. Arastu
fanlarni tasniflar ekan ularni uch guruhga bo`ladi:
nazariy, amaliy va ijodiy.
Birinchi guruhga falsafa, matematika va fizikani, ikkinchi guruhga etika va
siyosatni, uchinchi guruhga esa san`at, hunarmandchilik va amaliy fanlarni kiritadi.
Shunday qilib, qadimgi yunonlar axloq haqidagi ta`limotni fan darajasiga
ko`targanlar va
“Etika”
deb ataganlar.
Axloqshunoslik
- bu axloq nazariyasi bo’lib, kishilarning axloqiy hayotini
o’rganadigan, axloqiy hodisalarning o’ziga xos xususiyatlari va rivojlanish
qonuniyatlarini ochib beradigan eng qadimgi insonshunoslik fanlaridan biridir. U
o’z predmetini ijtimoiy munosabatlar bilan chambarchas aloqadorlikda tadqiq etar
ekan, faqat axloqning paydo bo’lishi va tarixiy taraqqiyot qonuniyatlarini,
funksiyalarini aniqlash bilangina cheklanib qolmay, balki ayni paytda axloqning
ijtimoiy mohiyatini, kishilarning yurish turishini, axloqan tartibga solish
qonunlarini va u orqali ijtimoiy jarayonlarni o’rganish bilan shug`ullanadi.
Ammo shu o`rinda ta`kidlab o`tish joizki, bizda, bizning mintaqamizda dastlabki
axloqiy g`oyalarning vujudga kelishi va axloqiy qadriyatlarning shakllanishi
yunonlar yashagan davrdan ancha ilgari sodir bo`lgan. Ajdodlarimizning eng
ko`hna e`tiqodiy-axloqiy kitobi “Avesto” buning yorqin dalilidir. Garchi yunonlar
buni fan darjasiga ko`targan bo`lsalar-da keyinchalik bizning bobokalonlarimiz,
ulug` olim va fuzalolarimiz ushbu fan sohasida yangi-yangi nazariyalarni
yaratdilar, uni yangicha bosqichga olib chiqdilar va buni asrlar davomida saqlab
keldilar.
Axloqshunoslik mustaqil fan sifatid shakllangunga qadar, falsafaning tarkibiy
qismi, hattoki, uning yadrosi hisoblanar edi. Faylasuflar dunyoqarash muammolari
(insonni o’rab olgan olam, odamning shu olamdagi o’rni), dunyoni bilish yo’llariga
javob berish jarayonida ular jamiyatda odam qanday yashamog`i va faoliyati
qanday bo’lmog`i kerak, uning ijtimoiy burchi, vazifasi nimadan iborat bo’lishi
kerak, insonning turmush kechirish normalari va boshqa shu kabi savollarga ham
javob topishga uringanlar.
“Axloq” so`zi arabchadan olingan bo`lib, “xulq” so`zining ko`plik shaklidir.
Buyuk jadid mutafakkiri A. Avloniy axloqqa quyidagicha ta`rif beradi; “Insonlarni
yaxshilikka chaqirguvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir ilmdur. Yaxshi
xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila
bayon qiladurg`on kitobni axloq deyilur”
1
.
Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bo’lsak,
doiraning eng kichik qismini odob, undan kattaroq qismini xulq, keng qamrovli
qismini axloq egallaydi
Odob - inson haqida yoqimli taassurot uyg`otadigan, lekin jamoa, jamiyat va
insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo’lmaydigan, milliy urf-
odatlarga asoslangan chiroyli hatti-harakatlarni o’z ichiga oladi.
Xulq - oila, jamoa, mahalla-kuy miqyosida ahamiyatli bo’lgan, ammo jamiyat va
insoniyat hayotiga sezilarli ta’sir ko’rsatmaydigan yoqimli insoniy hatti-
harakatlarning majmui. Axloq esa - jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun namuna
bo’la oladigan ijobiy hatti-harakatlar yig`indisidir.
Bu fikrlarimizni misollar orqali tushuntirishga harakat qilamiz. Deylik, metroda
yoshgina yigit, talaba hamma qatori o’tiribdi. Navbatdagi bekatdan bir keksa kishi
chiqib, uning ro’parasida tik turib qoldi. Agar talaba darhol: «O’tiring, otaxon»,
deb joy bo’shatsa, u chiroyli a’mol qilgan bo’ladi: chetdan qarab turganlar unga
ich-ichidan minnatdorchilik bildirib: «Baraka topgur,
odobli
yigitcha ekan» deb
qo’yadi. Aksincha, talaba yo teskari qarab olsa, yoki o’zini mudraganga solib,
qariyaga joy bo’shatmasa, g`ashimiz keladi, ko’nglimizda: «Buncha beodob, surbet
degan tasavvurni uyg`otadi. Lekin, ayni paytda, talabaning qariyaga joy
bo’shatgani yoki bo’shatmagani oqibatida vagondagi yo’lovchilar hayotida biror-
bir ijobiymi, salbiymi muhim o’zgarish ro’y bermaydi.
Xulqqa
quyidagicha misol keltirish mumkin: mahallamizdagi oila boshliqlaridan
biri imkon boricha qo’ni-qo’shnilarning barcha ma’rakalarida xizmatda turadi,
hech kimdan qo’lidan kelgan yordamini ayamaydi, ochiq ko’ngil, ochiq qo’l,
doimo o’z bilimini oshirib borishga intiladi, tirishqoq, oila a’zolariga mehribon va
h.k. Unday odamni biz Xushxulq inson deymiz va unga mahallamizning namunasi
sifatida qaraymiz. Bordi-yu, aksincha bo’lsa, u qo’ni-qo’shnilar bilan qo’pol
muomala qilsa, tuy-ma’rakalarda janjal ko’tarsa, sal gapga o’dag`aylab, musht
o’qtalsa, ichib kelib, oilada xotin-bolalarini urib, haqoratlasa, uni badxulq deymiz.
Uning badxulqliligidan oilasi, ba’zi shaxslar jabr ko’radi, mahalladagilarning
tinchi buziladi, lekin hatti-harakatlari jamiyat ijtimoiy hayotiga yoki insoniyat
tarixiga biror bir ta’sir o’tkazmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |