7-mavzu. Axloqiy qadriyatlar (Etika) Reja



Download 439,11 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/15
Sana13.07.2022
Hajmi439,11 Kb.
#784747
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
7-mavzu

or-nomus va qadr-qimmatdir
. Or-nomus va 
qadr-qimmat eng yuqori insoniy fazilatlardir. Ularsiz hayot ma’nosini yo’qotadi, 
deb hisoblaydilar. «o’z-o’zini o’ldirish or-nomus va qadr-qimmatsiz yashashdan 
ko’ra afzalrokdir». «Inson tug`ilsa yoki o’lsa, o’z pullaridan, uyidan mahrum 
bo’lsa, bu ayanchli emas, chunki bularning hammasi insonga xos emasdir.
Agar inson o’zining haqikiy mulkini, o’z insoniy qadr-qimmatini yo’qotsa, ana bu 
achinarli va ayanchlidir». Or-nomus kategoriyasi insonning jamiyatdagi o’z 
qimmatini anglashini hamda bu qimmatning jamiyat tomonidan tan olinishini 
ifodalaydi. qadr-qimmat insonning o’z-o’ziga munosabatini va unga jamiyat 
tomonidan bo’ladigan munosabatni ochib beradiki, ularda axloqiy baho va 
insonning o’z-o’ziga baho berish ifodalanadi.
Or-nomus tushunchasi bir tomondan, burch bilan bog`liq bo’lsa, ikkinchi jihatdan 
qadr-qimmat tushunchasiga aloqadordir. Zero, or-nomus mohiyatan shaxsning o’z 
qadr-qimmatini anglab etishi, shu qadr-qimmatning jamiyat tomonidan tan olinishi 
yoki olinmasligi munosabati bilan belgilanadi. Goho uni or tushunchasi bilan 
cheklashtirish hollari ham uchrab turadi. Lekin aslida, nomusga nisbatan or ancha 
tor qamrovdagi, nisbatan zalvarsiz tushuncha. Oriyatli odam deganda, o’z 
so’zining ustidan chiqadigan, sadaqa tarzida qilinadigan muruvvatlardan baland 
turadigan shaxs tushuniladi. Beor odam esa – o’z sha’niga aytilgan gaplarga parvo 
qilmay, ishini bajarib ketaveradigan surbetnamo kishi. Nomusning esa toshi og`ir – 
ijtimoiylik xususiyatiga ega, keng qamrovli. Nomus yo’lida inson hatto o’z 
hayotidan kechishi mumkin. Bularning hammasi o’zini hurmat qilish, o’ziga 
nisbatan atrofdagilarning hurmat izzatini yo’qotmaslik uchun o’z-o’zini nazorat 
qilish hissidan kelib chiqadi.
Eramizdan oldingi III asrda yashab o’tgan Stoiklar maktabining vakili Piroch 
ta’biri bilan aytganda baxt ehtiroslarga, har qanday shodlik va qayg`uga befarq 
bo’lish insonga baxt keltiradi.
Aslida baxt bu insonning o’z ijodiy kuchlarining to’lib-toshib yotganligidan, 
ularning ijtimoiy va shaxsiy maqsadda qo’llanilishidan yuksak darajada ma’naviy 
qoniqishi va bu tuyg`uning anglab olinishidir.


Har bir yosh bu haqda o’ylab ko’rishi kerak. «qush parvoz uchun, inson baxt uchun 
yaratilgan», degan iborada chuqur mazmun yotadi. Zero, odam bolasi yorug` 
olamda yashar ekan, o’z baxti haqidagi tasavvurlari turlichadir. Hayotga razm solib 
qarasangiz, turli-tuman voqea hodisalarni ko’rasiz: birov o’zgalarning yukini engil 
qilib, bu ishidan o’zi xursand bo’lsa, boshqa birovlar yomonlik qilib, hasad o’tida 
alangalangan yuragini sovutganidan tirjayadi.
Insonparvar olim o’z kashfiyotlarini odamlar uchun qanchalik foyda keltirganligini 
his qilib, baxtiyorligidan mamnun bo’lsa, yalpi qirg`in qurolini ishlab chiqkan va 
uni sinab ko’rayotgan odam qiyofasidagi maxluq esa yuz minglab kishilarning 
yostig`ini quritish mumkinligini o’ylab yarim yovvoyilarcha «huzur» qiladi. 
Ko’rayapsizki, odamlar o’zlaricha baxtiyorlar, ammo ularning baxt haqidagi 
tasavvurlari har xil, hatto bir-biriga zid.
Baxt
- tushunchasi ko’p ma’noli, har bir insonning o’ziga xosligi bilan bog`liq. 
Baxt haqidagi va baxtga olib boradigan vositalar to’g`risidagi aldamchi tasavvurlar 
natijasida insonning xohlagani – baxt deb o’ylagani aslida uni baxtsizlikka 
etaklashi mumkin. Lekin, har kimning baxti o’ziga xos bo’lishiga qaramay 
barchasi intilish va ehtiyoj nuqtai nazaridan umumiylikka ega. Faylasuf, insonni 
jinoyatdan axloq borasidagi «aqlli» gaplar emas, balki baxt asrab qoladi, deydi. 
Lekin u zodagonlarga xos dabdabali baxtni emas, oddiy odamlarning, 
ko’pchilikning baxtini bajarilgan ishdan keyin keladigan, zarur bo’lgan 
farovonlikdan lazzatlanish baxtini nazarda tutadi.

Download 439,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish