Rus dvoriyanlari muhitda jismoniy tarbiya.
Dvoryanlar muhitida jismoniy tarbiya taraqqiyoti, birinchi navbatda, armiya, flot va davlat muassasalari uchun mutaxassis kadrlar tayyorlash zarurati bilan belgilanar edi.
1717 yili Petr I ning toprishig‘i bilan dvoryanlar oilaviy hayoti va turmushi tartibini belgilab bergan «Domostroy» o‘rniga jamoatchilik orasida xulq-atvor qoidalari hamda dvoryanlar bolalari hayoti va turmushiga qo‘yiladigan talabalarni o‘z ichiga olgan «Yoshlikning haqiqiy ko‘zgusi» nomli yangi qo‘llanma nashr etildi. Mazkur kitobda shunday deyilgan edi. «Agar yosh dvoryan mashq qilishda (ta’lim olishda), xususan, til bilish, ot minish, raqs tushish, shamshir bilan olishish sohasida kamolotga yetgan bo‘lsa, shu bilan birga, chiroyli gapira oladigan va ko‘p kitob o‘qigan bo‘lsa, u o‘zining ana shu fazilatlari tufayli bevosita saroy amaldori bo‘la olishi mumkin». Bundan ko‘rinib turibdiki, saroy amaldori chet tillarni bilish, raqs tusha olish va nutq san’atini egallash bilangina cheklanib qolmasligi, balki otda yurish va shamshir bilan olishish san’atini ham mukammal egallagan bo‘lishi kerak edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |