7-ma’ruza: Qadimgi Rusda jismoniy madaniyat Reja: Rus dvoriyanlari muhitda jismoniy tarbiya


XIX asrning ikkinchi yarmida jismoniy tarbiyaning ilmiy-nazariy asoslarini taraqqiy etishi



Download 44,4 Kb.
bet7/9
Sana01.01.2022
Hajmi44,4 Kb.
#294053
1   2   3   4   5   6   7   8   9
XIX asrning ikkinchi yarmida jismoniy tarbiyaning ilmiy-nazariy asoslarini taraqqiy etishi. XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiyada jismoniy tarbiya nazariyasi anchagina taraqqiy etganligi bilan xarakterlanadi. O‘sha vaqtda rus milliy madaniyatining yuksalishi va ilg‘or ijtimoiy harakat bunga sabab bo‘lgan edi. Jismoniy tarbiya nazariyasining progressiv taraqqiy etishida rus revolyusion demokratlaridan N.G.Chernishevskiy (1828-1889 yillar) va N.A.Dobrolyubov (1836-1861 yillar) asarlari juda muhim rol o‘ynadi.

Chernishevskiy va Dobrolyubov o‘zlarining materialistik va revolyusion dunyoqarashlariga hamda tabiiy fanlar bilimlariga to‘la asoslangan holda odamning aqliy, ahloqiy va jismoniy kuchlarini mutanosib sur’atda taraqqiy ettirish zarurligini isbotlab berdilar. Ular to‘g‘ri tarbiya berish bilan samoderjaviyega qarshi hamda insoniyatning porloq kelajagi uchun faol, jasur va mardonavor kurashchilar tayyorlash mumkin ekanligini qattiq ishonar edilar. Ular, jismoniy tarbiyaning asosiy vazifasi revolyusioner-kurashchi, o‘zida yaxshigina jismoniy kamolot, aniq fikr, mustahkam iroda va xalqqa sadoqat fazilatlarini birgalikda mujassamlantiruvchi kishini tarbiyalashda, deb hisobladilar.

Chernishevskiy odam shaxsini ikki: ruhiy va jismoniy qismga ajratuvchi o‘sha vaqtdagi hukmron idealistik nazariyalarga qat’iylik bilan qarshi chiqdi.

U jismoniy tarbiya vorsitalarini tanlashda jismoniy mashqlarning tabiiy turlarini ilgari surdi va yugurish, sakrash, uloqtirish yoki irg‘itish, suzish, eshkak eshish, konki, chanada yurish kabi mashqlarni shular jumlasiga kiritdi. U to‘g‘ri kundalik tartib hamda sayr qilish, yugurish, sakrash, kurash va raqs shaklidagi mashqlarni sog‘liqni mustahkamlash uchun foydali vosita deb hisoblab, shaxsiy gigiyenaga ham alohida e’tibor berdi. Chernishevskiy jismoniy tarbiyaning uydirma vositalari va metodlari qarshi keskin kurashdi.

Dobrolyubov inson umumiy tarbiyasida jismoniy tarbiyaga katta ahamiyat berdi. U ham Chernishevskiy singari odam organizmining materialistik birligi va bir butunligi pozisiyasida turdi «Biror tomoni boshqa bir tomon hisobiga taraqqiy etayotgan organizmni mutlaqo sog‘lom organizm deb bo‘lmaydi», - deb yozgan edi. Dobrolyubov. U jismoniy mashqlarning tabiiy turlarini jismoniy tarbiya vositalari deb hisobladi. U gimnastikaning foydali mashg‘ulot ekanligini inkor etmay, nemis gimnastikasining sun’iy mashqlarga haddan tashqari berilib ketishiga keskin qarshi chiqdi.

Demokrat, ma’rifatchi, tanqidchi va publisist D.I.Pisarev (1840-1868 yillar) jismoniy tarbiya nazariyasi taraqqiyotiga talaygina hissa qo‘shdi. Pisarevning jismoniy tarbiya masalalariga doir fikrlari asosini tashkil etuvchi g‘oyalar bolalar sog‘lig‘ini ilk yoshlik chog‘idan boshlab asrash, ularni jismoniy jihatdan o‘stirish va chiniqtirishni o‘z ichiga olar edi. U maktablarda o‘yinlarni jismoniy tarbiyani taraqqiy ettirish imkonini beruvchi vositalar sifatida joriy etish tarafdori edi. Pisarevning bola tarbiyasining gigiyenik shartlari va jismoniy tarbiyani yoqlab chiqishi umuman o‘sha vaqtda katta ahamiyatga ega edi.

Buyuk rus pedagogi va olimi K.D.Ushinskiy (1824-1870 yillar) ham jismoniy tarbiyaning faol tarafdorlaridan edi. Uning «Odam tarbiya predmeti sifatida» nomli asari jismoniy tarbiyaning tabiiy-ilmiy asoslarini taraqqiy ettirishga anchagina ta’sir ko‘rsatdi. Ushinskiy jismoniy tarbiya anatomiya, fiziologiya va psixologiya sohasida olingan chuqur bilimlar asosiga qurilmog‘i darkor, deb hisobladi. Uning fikricha, jismoniy tarbiya odam faoliyatining hamma sohalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, Ushinskiyning fikriga qaraganda, jismoniy mashqlar bola xotirasini mustahkamlashda katta rol o‘ynaydi.

Ushinskiy maktabda jismoniy tarbiyaning zarurligi haqidagi masalani ilgari surish bilangina cheklanmadi, balki o‘yinlar va jismoniy mashqlar bolalarning bo‘sh vaqtini ko‘ngilli o‘tkazadi hamda ularda yaramas moyilliklarning taraqqiy etishiga yo‘l qo‘ymaydi, deb hisoblab, jismoniy tarbiyaning zo‘r tarbiyaviy ahamiyatini isbotlab berdi. Ushinskiyning jismoniy tarbiya sohasidagi xulosalari revolyusion-demokratlar N.G.Chernishevskiy va N.A.Dobrolyubovlarning jismoniy tarbiya masalalariga doir xulosalari darajasiga ko‘tarila olmadi. Chunki u jismoniy tarbiyani ijtimoiy-siyosiy muhit sharoitidan ajratib qo‘ydi.

N.I.Pirogov (1810-1881 yillar) va I.M.Sechenov (1829-1905 yillar) asarlari jismoniy tarbiya masalalarini ilmiy jihatdan asoslab berishda katta ahamiyat kasb etdi.

Buyuk rus xirurgi N.I.Pirogov anatomiyada yangi yo‘nalish – dinamik anatomiyaning asoschisi bo‘ldi. U odam tanasining anatomik tuzilishini o‘rganish asosida odam tanasi organlarining qurilishi ularning funksiyasiga bog‘liq ekanligini aniqlab berdi. Bu jismoniy tarbiyaning anatomik asoslarini ishlab chiqishda, jumladan, mashg‘ulotlarning odam tanasi rivojlanishiga va tana shaklining o‘zgarishiga ko‘rsatadigan ta’sirini aniqlashda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.

Ajoyib rus fiziolog-olimi I.M.Sechenov o‘tgan asrning 70-yillarida bir qancha kashfiyotlar qildi. Ular Sechenovga odam organizmi birligining materialistik nazariyasini asoslab, uni taraqqiy ettirish yo‘llarini ochish imkonini berdi. Ana shu nazariyaga ko‘ra, ruhiy va moddiy hodisalar organizm ishchanligi shaklidan iborat bo‘ladi. Ulardan moddiysi birlamchi, ruhiy hodisalar esa ikkilamchidir. Sechenovning malaka hosil qilish nazariyasi va boshqa ilmiy kashfiyotlari odam organizmini har tomonlama mutanosib sur’atda rivojlantirish zarurligini asoslab berdi. Sechenovning fikricha, jismoniy tarbiya har taraflama tarbiya berishning muhim qismidir, odam ongining moddiy asosini mustahkamlash, taraqqiy ettirish va takomillashtirishning muhim vositasidir.

Sechenov o‘zining inson harakatlari fiziologiyasiga doir tadqiqotlari bilan hozirgi zamon eng muhim fanlaridan biri – mehnat fiziologiyasiga asos qo‘ydi. Bu tadqiqotlar sport fiziologiyasi uchun ham muhim amaliy ahamiyatga ega bo‘ldi. Sechenovning «Sezgir nervlar qo‘zg‘alishining odam mushak ishlariga ko‘rsatadigan ta’siri haqidagi masalaga doir» asarida mehnat fiziologiyasi va sport mashqlari fiziologiyasining asosiy masalalaridan biri bo‘lgan charchash va dam olish masalasini chuqurroq o‘rganish ishlarini boshlab berdi.

Shifokorlardan Ye.A.Pokrovskiy (1834-1895 yillar) va Ye.M.Dementyev (1850-1918 yillar) jismoniy tarbiya nazariyasini rivojlantirish sohasida ko‘pgina ish qildilar.

Taniqli bolalar vrachi va «Vestnik vospitaniya» («Tarbiya xabarchisi») jurnalining redaktori Ye.A.Pokrovskiy oila va maktabda bolalar jismoniy tarbiyasi g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi otashin kurashchi edi. Pokrovskiy, o‘yinlar va jismoniy mashqlar bola sog‘lig‘ini mustahkamlaydi, uning jismoniy kuchi va bilimini taraqqiy ettirish imkonini beradi, deb ta’kidlar edi. U, oila va maktabda bolalarni ilk yoshdan boshlaboq har tomonlama kamol toptirishga alohida e’tibor berilmog‘i kerak, der edi. Pokrovskiy o‘yinni bolalar jismoniy tarbiyasining asosiy vositasi deb hisoblardi. Gimnastika bilan, - der edi u, - maktabning yuqori sinflaridagina shug‘ullanish mumkin. Uning fikricha, gimnastika mashqlari bolalarni jismoniy o‘stirishda harakatli o‘yinlardek foyda bermaydi. Harakatli o‘yinlar o‘sayotgan bola organizmini taraqqiy ettirish talabalariga javob beradi va bolalarga zo‘r quvonch baxsh etadi. O‘yinlar bola hayotiga quvnoqlik va xushchaqchaqlik olib kirish bilan birga bola organizmining mustahkamlanishiga yordam beradi. O‘yinlar bolalarni intizomli bo‘lishga, umumiy talablar yoki qoidalarga bo‘ysunishga, o‘z istaklarini hammaning istagi bilan muvofiqlashtirishga odatlantiradi. Pokrovskiy milliy o‘yinlarni jismoniy tarbiya tizimiga kiritishning muhimligini ham ko‘rsatib o‘tdi.

Pokrovskiy o‘zining «Turli halqlar, asosan, Rossiya xalqlari bolalari jismoniy tarbiyasi» (1884 yil) nomli asarida shunday deb ta’kidlaydi: «O‘yinlar va o‘yinchoqlar, garchi unchalik katta bo‘masa-da, xalq poeziyasi, afsonalari, ertaklar, maqollar, topshiriqlar va boshqalar singari xalq ruhida muvofiq ravishda muhim ta’limiy ahamiyat kasb etadi». Pokrovskiy tarbiyaning hukmron sistemasiga qarshi chiqib, liberal burjuaziya tomonida turdi.

Shifokor Ye.M.Dementyev B.A.Pokrovskiyning safdoshi edi. 1882-1884 yillarda u Moskva guberniyasi zavod va fabrikalarining sanitariya holatini birinchi bor tekshirish qatnashchisi bo‘ldi. Shu asosda «Odamning umumiy jismoniy kamoloti natijasida odam mushak kuchlarining taraqqiy etishi» mavzuida dissertasiya yoqladi. Unda ishchi yoshlarning og‘ir mehnati va jismoniy o‘sishi sharoitini yoritdi.

Dementyev «Gimnastika yoki o‘yinlar», «Hozirgi maktab tarbiyasi tizimi munosabati bilan yoshlar jismoniy tarbiyasi» kabi kitoblarini yozdi. Bunda o‘yin va tabiiy mashqlarni birinchi o‘ringa qo‘ydi.

U chor Rossiyasidagi mavjud tarbiyaning har qanday tizimiga ham salbiy munosabatda bo‘ldi va mehnatkashlar ommasining turmushi og‘irligi, uni yaxshilash haqida g‘amxo‘rlik qildi.

Chor hukumati va rasmiy rus pedagogikasi namoyandalari jismoniy tarbiya nazariyasi masalalariga e’tibor bermadilar. Shu sababdan bu sohadagi ilmiy-nazariy bilimlar turmushga deyarlik tatbiq etilmadi.


Download 44,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish