7-ma`ruza: Neolit davri umumiy tavsifi Reja: Neolit davri kishilarining yutuqlari



Download 21,37 Kb.
bet1/3
Sana02.06.2022
Hajmi21,37 Kb.
#630609
  1   2   3
Bog'liq
7-ma`ruza


7-ma`ruza: Neolit davri umumiy tavsifi
Reja:
1. Neolit davri kishilarining yutuqlari
2.Old Osiyoning ishlab chiqaruvchi xo‘jalik shakliga o‘tish sivilizatsiya shakllanishi omili sifati.
3.Kichik Osiyo neolit davri

Neolit zamonida tabiiy sharoit, iqlim hozirgi davrga yaqin bo’lgan va jamoalar yer yuzi bo’ylab keng muzofotlarga tarqala borib, har bir hududning ekologik sharoitiga moslasha borgan, shundan kelib chiqib xo’jalik yuritgan va shuning uchun ham o’z mintaqasi jo’g’rofik sharoitidan kelib chiqqan holda madaniyat yaratilgan. Ana shu sharoitga nisbatan qurol-aslahalari, uy-ro’zg’or buyumlari, turar joylar bilan bog’liq uy, kulbalari ham o’zgarib borib, xo’jalik ishlab chiqarish jihatlari ham turli shaklga ega bo’lgan. Xususan, janubiy mintaqalarda yashagan jamoalar xo’jalikning dehqonchilik va chorvachilik hamda hunarmandchilik sohalarini rivojlantira borganlar. Shimolroq hududlarda yashagan jamoalar esa mavjud tabiiy sharoitning ma’qul bo’lmasligi tufayli uzoq zamonlar xo’jalik-madaniy sohalarda janubga qaraganda orqada qolib kelgan.


O’rta Osiyo miqyosi neolit davri haqida fikr yuritganda, shuni aytish lozimki, bu muzofotda yashagan qabilalar aksariyat hollarda daryo sohillari va uning irmoqlari yoqasida, ko’l bo’ylarida yashab baliqchilik, ovchilik yoki qisman dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik bilan mashg’ul bo’lganlar. Neolit davri kishilari qayerda va qaysi sharoitda yashamasinlar, ular o’z mehnat vositalarini mezolit davriga nisbatan doimiy ravishda takomillashtira borganlar.
Neolit davri kishilarining eng katta yutuqlaridan yana biri kulolchilikning kashf qilinishi bo’lib, bu o’z davrining muhim ixtirolaridan edi. Bu davrda to’qimachilikning kashf qilinishi, suvda suzish vositalarining vujudga kelishi, ayniqsa, oddiy va sug’orma dehqonchilikning yuzaga kelishi, shu bilan mahsulot ishlab chiqarishga o’tilishi, o’zaro buyum almashuvni keltirib chiqardi. Kishilar o’zlariga ma’qul joylarda qo’nim yashashga o’tib, uy-joy qurilish ishlarini ham yo’lga qo’ydi. Neolit jamoalarida yuz bergan bu o’zgarishlar xo’jalikda sosial iqtisodiy va madaniy yutuqlar sivilizasiyaning ilk omillari edi. Shuning uchun ham progressiv ingliz arxeologi G.Chayld bu davrni «neolit revolyusiyasi» deb atashi bejiz emas.
O’rta Osiyoning janubiy mintaqalarida, xususan, Kopetdog’ etaklarida dastlabki sug’orma dehqonchilik va chorvachilik tashkil topgan bir vaqtda shimoliy mintaqalarda hamon ovchi, baliqchi, termachi qabilalar yashardi. O’rta Osiyoning baland tog’lik o’lkalarida esa o’z sharoitiga xos neolit xo’jalik madaniyati shakllandi.
Neolit tosh asrining so’nggi bosqichi bo’lib, insoniyat bu davrda ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotda muhim yutuqlarga erishadi. Shulardan eng muhimlaridan – qo’nim yashash bilan bog’liq dehqonchilik sivilizasiyasiga asos solinadi, ijtimoiy taraqqiyotda esa ona urug’chilik tizimi avvalgi davrlarga qaraganda bir muncha yuksalish darajasiga ko’tarildi.
O’rta Osiyoda yashagan neolit qabilalari o’z xo’jalik shakllariga qarab Joytun, Kaltaminor, Hisor madaniyatlariga bo’linadi. Bu madaniyatlarning qamrab olgan yuqori chegarasi miloddan avvalgi IV minginchi yillik, quyi chegarasi esa IV-III ming yilliklar bilan belgilangan.
Inson uy-joylari bilan bog’liq taraqqiyot va bu sohadagi evolyusion o’zgarishlar, xususan, u bilan bog’liq sivilizasiyaning eng qadimgi ildizlari neolit davrida namoyon bo’ladi. Bu jarayon dehqonchilikni kashf qilgan jamoalar turmush tarixida boshqa mintaqalarda yashagan qabilalarga qaraganda ancha avvalroq vujudga kelgan.
Eng qadimgi dehqonchilik madaniyat ildizlari Janubiy Turkmanistonning Kopetdog’ tizmasi shimoliy tog’ bag’irlaridagi tekislik hududlarda yaxshi taqdim qilingan. Bu mintaqa Markaziy Osiyoda dastlabki dehqonchilik tashkil topgan markazlardan biri ekanligi isbotlangan. Bu muzofotlarda yashagan jamoalar turmushida neolit davrining dastlabki bosqichlaridayoq dehqonchilik muhim o’rin tutgan. Bu sohani tadqiq qilishda avval B.A.Kuftin, A.A.Marushenko, keyinchalik esa 1955 yildan V.A.Masson, D.Durdiyev, O.K.Berdiyev kabi olimlar katta kashfiyotlar qildilar (Masson V.M., 1971, №180; O.K.Berdiyev, 1968, 12-15).
O’rta Osiyoda dastlabki o’troq dehqonchilik madaniyati tarixini o’rganish Joytun neolit davri qishlog’ini tadqiq qilishdan boshlandi. Bu yodgorlik Ashxoboddan 30 km shimoliy g’arb tomonda joylashgan bo’lib, olib borilgan ko’p yillik tadqiqotlar tufayli bu jamoalarning xo’jalik madaniyatini izohlab beruvchi boy manbalar qo’lga kiritildi.
So’nggi yillarda bu hududda arxeologik ishlar keng ko’lamda olib borildi va natijada Kopetdog’ tizmasi etaklaridan yana shunga o’xshash qadimgi bir necha dehqon qishloqlari qazib o’rganildi. Jumladan, Bami, To’g’oloqtepa, Chag’allitepa, Munchoqlitepa, Cho’pontepa kabilar shunday yodgorliklar tipidan bo’lib, ular qadimgi o’troq dehqonchilik madaniyatiga doir nihoyatda qiziqarli materiallar berdi. Shu jarayon oydinlashtirildiki, Turkmanistonnning boshqa hududlarida, xususan, cho’l, dasht mintaqlarida yashagan neolit qabilalari ovchilik, baliqchilik va terim-termachilik xo’jaligi asosida tirikchilik yuritgan bo’lib, mamlakatning janubiy sersuv va serhosil vohalarida esa o’troq dehqon va chorvador qabilalar yashaganligi ma’lum bo’ldi.
Bunday ishlab chiqaruvchi xo’jalikning tashkil topishida tabiiy sharoitning mavjudligi muhim omil bo’lgan. O’sha qadimgi zamonlarda Kopetdog’ tog’i jilg’a-soylardan hosil bo’lgan suvlar kichik daryolarni tashkil qilib, vohaga hayot bag’ishlagan. Ayniqsa, sel, toshqin suvlari natijasida tashkil topgan serhosil ibtidoiy jamoalarning oddiy dehqonchilik yuritishiga muayyan qulaylik tug’dirgan. Bunday vohalarda sun’iy sug’orish usulida dehqonchilik qilish yaxshi natija bergan. Bu vohalarda yashagan ibtidoiy jamoalar dehqonchilikni dastlab liman usulida olib borgan. Agar dastlabki vaqtlarda toshqin suv bosgan joylarda dehqonchilik qilingan bo’lsa, keyinchalik asta-sekin sun’iy sug’orish usuli qo’llanilgan. Mana shunday dastlabki ibtidoiy o’troq dehqon qishloqlaridan biri Joytun hisoblanadi. Yodgorlik bir necha yillar davomida qazib tekshirildi va qadimgi dehqon jamoalarining turmush faoliyati bilan bog’liq boy va qiziqarli ilmiy ma’lumotlar olindi.

Download 21,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish