7-ma`ruza: Neolit davri umumiy tavsifi Reja: Neolit davri kishilarining yutuqlari


Old Osiyoning ishlab chiqaruvchi xo‘jalik shakliga o‘tish sivilizatsiya shakllanishi omili sifati



Download 21,37 Kb.
bet2/3
Sana02.06.2022
Hajmi21,37 Kb.
#630609
1   2   3
Bog'liq
7-ma`ruza

2.Old Osiyoning ishlab chiqaruvchi xo‘jalik shakliga o‘tish sivilizatsiya shakllanishi omili sifati
Ma’lumki, mezolit davrida muzlik chekinib, ob-havo sharoiti isishi kishilar hayot kechirishlari uchun qulay sharoit tug‘diradi. Boy fauna-hayvonot va flora-o‘simlik ixtisoslashgan o‘zlashtiruvchi xo‘jalik shakllarining rivojlanishi uchun qulay imkoniyat edi. Mezolit davrida tabiiy zahiralarning aholi tamonidan muntazam o‘zlashtirilishi kishilarni yangi xo‘jalik shakllari chorvachilik va dehqonchilikka o‘tishga sabab bo‘ladi. Bu erda mezolit davrining oxirlariga kelib, hayvonlarni qo‘lga o‘rgata va o‘simliklarni madaniylashtira boshlaydilar. Bu jarayon ilk bor tabiiy sharoiti qulay bo‘lgan YAqin SHarq, Kichik Osiyo va Zagros tog‘lari hududlarida sodir bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida Qadimgi SHarqning keyingi taraqqiyoti va dastlabki sivilizatsiyalarining paydo bo‘lishida muhim o‘rin tutadi.
Bu borada Falastinda joylashgan Natufiy madaniyati muhim o‘rin tutadi. Kremendan ishlangan tosh qurollar ushbu madaniyatning asosiy alomati hisoblanadi. Ular o‘yiq qilib ishlangan kamon o‘qi uchlari va pichoqlarning tig‘i sifatida yog‘ochlarga qotirilgan mikrolitlarning ko‘pchiligi sigmentlardan iborat. Topib o‘rganilgan mexnat qurollari orasida dastali pichoqlarning umumiy soni ayrim yodgorliklarda 8% gachani tashkil etadi. Natufiy madaniyati soxiblari yovvoyi o‘simliklarni muntazam termachilab kun kechirishgan. SHuningdek ularning xo‘jaligida baliqchilik xam yuksak darajada rivojlangan. Baliq suyaklari Natufiy madaniyatiga oid ko‘pgina yodgorliklaridan topib o‘rganilgan. Natufiy madaniyati soxiblari g‘or makonlardan tashqari past-tekkisliklarda sun’iy uy-joylar qurib yashashgan. Xuli daryosi soxilida joylashgan Eynan manzilgoxidan 50 ta oval shaklida uy-joylar aniqlangan. Uylarning pastki qismi er satxidan pastga qazib tushilib devorlari mayda tosh va qum aralash loysuvoq qilingan. Uylarning satxiga ayrim xollarda tosh to‘shalgan. Bu uy-joy qurish an’anasinig boshlanishidir. Bu madaniyat yuqori paleolit davri Kebera madaniyati asosida rivojlanib radiokarbon usulidagi taxlilga ko‘ra miloddan avvalgi X-IX ming yilliklar bilan sanaladi. Topib o‘rganilgan moddiy manbalarning guvoxlik berishicha boshoqli o‘simliklar termachiligi va baliqchilik bilan kun kechirishib o‘troqlashish jarayoni kuchaygan va xududi kengayib borgan. Frot daryosi sohilida joylashgan Muraybit manzilgoxi buning yaqqol misolidir. Bu erda xam uylar Eynanniki kabi oval shaklida bo‘lib faqat ular er ustiga qurilgan. Ularning devorlari toshdan terilib sirti loysuvoq qilingan.
Bu madaniyatning so‘ngida aholi asta-sekin ishlab chiqaruvchi xo‘jalik shakliga o‘tish jarayoni kechadi.
Old Osiyoning boshqa bir hududida Iroqning shimolida Zagros tog‘larida ham mana shunga o‘xshash jarayonlar kechgan. Bu erdagi paleolit davriga oid SHanidar g‘or-makoning yuqori qatlamidan mil.av. X-IX ming yilliklarga oid kichik jamoa a’zolari qish faslida yashagan manzilning o‘rni aniqlangan. Vodiyning pastrog‘ida Zevi-CHemi-SHanidar makoni joylashgan. Bu makon zagrosliklarning yoz mavsumida istiqomat qiladigan manzili hisoblangan. Makondan yirik tuyoqli yavvoyi hayvonlar suyaklari va boshoqli o‘simliklarning don qoldiqlari aniqlangan. To‘plangan kremen (chaqmoqtosh) qurollarning ko‘pchiligi geometrik shakllar (sigment, trapetsiya) hamda to‘liq va qisman silliqlangan tosh boltalar tashkil etadi. Jamoa a’zolari ko‘rinishdan bo‘yra va savatlardan foydalanganligini ularning loylarda qolgan izlari tashkil etadi. Zagrosdagi mezolit davriga oid boshqa yodgorliklardan Karimshaxir va Tellmelefaatlarda yashovchi aholi oval shakldagi erto‘la uylarda istiqomat qilganliklarini ko‘rsatadi
Suriya-Falastin neolit davriga oid ilk o‘troq dexqonchilik qishlog‘ining o‘rni O‘lik dengizdan SHimolda Iordan daryosi vodiysida joylashgan Tell-as Sulton yodgorligida o‘z aksini topgan. Bu yodgorlik Bibliyada keltirib o‘tilgan qadimgi Ierixon shaxrining o‘rni xisoblangan. Arxeologik qazish ishlari natijasida mil.av. 8-7 ming yilga oid xayot uzliksiz ikki kompleks Ierixon A, B komplekslari aniqlangan. Manzilgoh 4 kismdan iborat bo‘lib, toshdan terilgan aylana devor bilan o‘rab olingan. Devorlar (eni 1,6 m) atrofida toshdan aylana minoralar (diametri 7-8 m) qurilgan. Ularning tepasiga aylana zinalar orqali ko‘tarilgan. Ular mudofaa devorlari minorasi vaziqasini emas, kuzatuv minorasi bo‘lgan. Ichkarida devor bo‘ylab, ma’lum shaklga keltirilmagan g‘ishtlardan qurilgan uylar joylashgan. Uylar aylana yoki aval shaklda . ayrim xollarda yarim erto‘la shaklida. G‘ishtlarga somon qo‘shilgan. Murdalar uylarning bir tomoniga qurilgan. Bu davrda toshga qurollarga ishlov berishda mezolit davri an’analari davom etadi. Tosh qurollari mikrolitlardan iborat bo‘lib, kamon o‘qlarini tashkil etadi.
Qurol motiga va o‘roqlarning dastalari dexqonchilikning paydo bo‘lganligidan dalolat beradi. SHuningdek Ierixon A dan bir qatorli arpa va bug‘doylarning izlari qurilish materiallarida saqlangan.
Neolit B bosqichida (mil.av. 7 ming yil) SHimoldan kelgan qabilalarning kelib joylashishi kuzatiladi. Uy qurilishida ma’lum yutuqlarga erishiladi. Uylar aniq ulchamdagi (5,5x 4 yoki 7x3m) qurila boshlanadi. Uylarning satxi oxak suvoq qilinadi. Uylarning devorlari 1 metr balandlikgacha qizil bo‘yoqlarda bo‘yalgan. Qolgan qismi krem (qora) rangda bo‘yalgan. Uylarning ichida mayitlar ko‘milgan. Toshdan kamon, o‘qlarining uchlari, keli, don yanchgich, turli idishlar, silliqlangan kichik tosh boltalari tayorlashda foydalangan. Suyaklardan kesuvchi qurol sifatida foydalanilgan. Loydan faqat odamlar va xayvonlarning shakllari yasalgan. Loydan kattaroq xaykallar xam yasalgan qamish karkazga yasalib, ular qizil rangda bo‘yalgan. Ovchilik o‘z axamiyatini yo‘qotmagan. YOvvoyi xayvonlardan gazel suyaklari ko‘pchilikni tashkil etadi. SHuningdek qo‘y, echki, cho‘chqa va eshak suyaklari xam topib o‘rganilgan. Ulardan faqat echki xonakilashtirilgan. It esa mezolit davridagi Ierixonliklarning ovdagi yo‘ldoshi bo‘lgan. Ko‘rinishidan xonakilashtirilgan xayvonlardan mushuk xonakilashtirilib, u don maxsulotlari zaxirasining to‘planishi bilan bog‘liq. Ierixondan Janubda joylashgan Beyda yodgorligi xam neolit davri yodgorligi xisoblanadi. Uylari to‘g‘ri to‘rt burchak shaklda. O‘rtada poldan baland joylashgan o‘choq bo‘lgan. Uy devorlari oxak suvoq qilingan. Devor bo‘ylab o‘tirish uchun toshdan terib qo‘yilgan. Suyakdan yasalgan uy-ro‘zg‘or qurollari, tosh va dengiz jonivorlaridan munchoqlar. Beydada loydan xaykalchalar bilan birgalikda sopol idishlar yasash malakasi mavjud bo‘lganligining ularning siniq parchalari orqali ko‘rish mumkin. Sopollar pishirilmagan.

Download 21,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish