7-Maruza. Mavzu: Orqa miya fiziologiyasi
Reja:
1. Orqa miya tuzilishi va funksiyasi.
2. Orqa miyaning reflektor funksiyasi.
3. Orqa miyaning o’tkazuvchi funksiyasi.
4. Orqa miyaning fiziologiyasi
Tayanch so’zlar: orqa miya, afferant, ildiz, refleks, impulьs, reseptor, assosiativ, komissural, proeksiya, somatik vegetativ, yadro, reflektor, yo’l retikulyar, spinal, kortikal, uyqu, qo’zg’alish, atoniya, asteniya, astaziya, ataksiya, talamus, oqimtir modda, gipotalamus, gormon, gipofiz, buyrak usti bezi, miya stvoli.
1. Orqa miyaning tuzilishi va ahamiyati. Orqa miya filogenetik jihatdan MNT ning qadimgi bo’lagi hisoblanadi. U organizmning barcha murakkab harakatlarini boshqarishda ishtirok etadi. Bundan tashqari, tana qo’l-oyoq terisidagi ekstroreseptorlardan, proprioreseptorlardan va deyarli barcha visseroreseptorlardan kiradigan impulьslarni qabul qiladi. Orqa miya bosh muskullaridan tashqari hamma sklet muskullarini nerv bilan ta’minlaydi. Organizmdagi behisob harakat reaksiyalari orqa miyaning reflektor orqa miyasi 8 – bo’yin, 12-ko’krak 5-bel, 5-dumg’aza va 1-3 dum segmentlardan iborat. Uning 31 juft oldingi va 31 juft orqa ildizi bor. Oldingi ildizlardan markazdan qochuvchi efferent tolalar, orqa ildizlardan esa markazga intiluvchi afferent tolalar o’tgan. Orqa miya ildizlarida afferent va efferent tolalarning bunday taqsimlanishini CH.Bell va F.Majandi kashf etgan. Orqa ildizlardagi tolalar soni oldingi ildizlardan deyarli ikki marta ko’p.
Tayanch so’zlar: muskul, qo’zg’aluvchanlik o’tkazuvchanlik qisqaruvchanlik izotonik izometrik ekssentrik aktin, miozin, ATF, tetanius, tishli, silliq.
Har bir mushak biriktiruvchi to’qimali parda endomiziy (endomysium) bilan o’ralgan ko’ndalang targ’il mushak tolalaridan tuzilgan a’zodir. Har xil kattalikdagi mushak tolalari bir-biridan biriktiruvchi to’qimali qatlamlar perimiziy (perimysium) vositasida ajrab turadi. Bu perimiziy ichida qon tomirlar va nervlar joylashgan. Agar biriktiruvchi to’qimali parda butun mushakni o’rasa uni epimiziy (epimysium) deb ataladi. Bu parda mushak payiga davom etib peritendiniy (peritendinum) degan nomni oladi. Mushaklarda juda kuchli modda almashinuvi ketganligi sababli ularda qon tomirlari juda ko’p. Har bir mushakda faol qisqaruvchi qismi-tanasi yoki qorinchasi (venter) bo’lib, u mushak tolalaridan iborat bo’ladi. Nofaol suyaklarga birikuvchi yoki pay qismi (tendo) zich biriktiruvchi to’qimadan iborat, yaltiroq kumushrang bo’lib, mushak tanasidan aniq ajrab turadi. Paylarda modda almashinuvi kam bo’lgani uchun ularda qon tomirlar kam. Paylarning bittasi yuqori qismida bo’lib, uni boshchasi(caput) deyiladi. Uning yordamida mushak suyakdan boshlanadi. Pastki uchi dum (cauda) deyilib, uning yordamida mushak suyakka birikadi. Paylar kollagen tolalardan iborat bo’lib, juda pishiq bo’ladi.
1. Muskullarning tiplari va organizmdagi ahamiyati.
Muskullar – odam va yuqori darajada tuzilgan hayvonlarda hayotiy muhim ijrochi yoki ishchi organ hisoblanadi. Ular shuningdek kimyoviy energiyani bevosita mexanik energiyaga va issiqlikka aylantiruvchi a’zo hamdir. Umurtqali hayvonlarda skletning ko’ngdalang – targil muskuli, yurakning ko’ngdalang-targ’il muskuli va ichki a’zolarning qon tomirlarining hamda terining silliq muskullari tafovut qilinadi.
Ko’ngdalang – targ’il muskullar birinchi galda tana va uning qismlarining fazodagi harakatlarini, ko’z harakatlarini, chaynash va boshqa faoliyatlarni bajaradi. Bu muskullar kishi idrokiga bo’ysunadi, ixtiyoriy harakatlar qilinadi, markaziy nerv sistemasi tomonidan to’liq boshqarilib turiladi.
Silliq muskullar asosan ichki organlar harakatlarini ta’minlaydi. Ular avtomatiyaga ega. Intramural va metasimpatik nervlar chigali tomonidan boshqariladi. Silliq muskullar faoliyatini ixtiyoriy ravishda o’zgartirib bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |