7-Maruza. Mavzu: Orqa miya fiziologiyasi Reja



Download 21,1 Kb.
bet4/6
Sana20.05.2023
Hajmi21,1 Kb.
#941434
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-mavzu

Muskullarning ishlashi. Odam tanasining harakatlari ma’lum muskullar guruxining ishlashi natijasida bajariladi. Muskullar maxsus nerv hujayralari va ularning tolalari bilan tutashgan. Muskullarni harakatga keltiruvchi nerv hujayralari, ya’ni motoneyronlarning xar biri o’z tolalari orqali o’nlab va yuzlab muskul tolalari tutashadi. Nerv tolasi muskul tolasi bilan tutashadigan joyda yupqa pardadan iborat maxsus plastinkalar bo’lib, ular sinaps deb ataladi. Motoneyron qo’zg’alganda uning tolasi uchidan kimyoviy moddalar (atsetilxolin, adrenalin) ajralib, sinaps bo’shlig’iga o’tadi, Ular muskul tolasiga ta’sir etib, uni qo’zg’atadi, natijada muskul qisqaradi. Qisqargan muskul harakatlanadi va ish bajaradi. Skelet muskullarining ishi ikki xil bo’ladi: statik va dinamik. Muskulning statik ishi natijasida odam tanasi va uning ayrim qismlari ma’lum vaqt davomida zarur bo’lgan vaziyatni saqlaydi. Masalan, tik turish, qo’lni oldinga yoki yuqoriga ko’tarib turish, start oldi xolati kabilar. Muskulning statik ishi tanani harakatga keltirmaydi, balki uning yuqori ko’rsatilgan zarur vaziyatlarda ma’lum va saqlanishini ta’minlaydi.
Muskulning dinamik ishi natijasida odam tanasi va uning ayrim qismlari xar xil harakatlarni bajaradi. Masalan, yurish, yugurish, sakrash, gapirish va xokazo. Muskulning ishi maxsus asbob (ergografik) yordamida lentaga yozib olinadi va xosil bo’lgan chiziqlar ergogramma deb ataladi. Muskul ish bajarganda, undan energaya ajraladi va energiyaning 25 - 30 %i ana shu bajarilayottan ish uchun sarflanadi. Kolgan 70 - 75 %i issiqlik energiyasi sifatida tana xaroratining doimiyligani ta’minlash uchun sarflanadi, ortiqcha qismi teri va nafas chiqarish yo’li orqali tashqariga ajratiladi. Bu energiya ovqat tarkibidagi oqsnl yog’ va uglerodlarning’ kislorod bilan oksidlanishi natijasida xosil bo’ladn. Bundan tashqari, muskullarda zahira xolda ATF, KF, glikogen kabi energaya beruvchi moddalari bo’lib, muskul ish bajarganda, ular parchalanib, energiya xosil qiladi. Jismoniy mexnat qiluvchilar, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanuvchilar muskullarida energiya manbai bo’lgan ATF, KF, glikogen kabi moddalarning zaxira miqdori ko’p bo’ladi. SHuning uchun bunday odamlar jismoniy mashq bajarganda tez charchamaydi, chunki yuqorida ko’rsatilgan moddalar parchalanib, muskul ishi uchun zarur bo’lgan energaya bilan ta’minlaydi, Muskullarnivg charchashi. Ma’lum vaqt davomida ish bajarish natijasida muskullar charchaydi. Muskullar charchashinpng sababi quyidagilardan iborat: birinchidan, uzoq vaqt davomida qo’zg’alish natijasida miyaning muskul ipgani boshqaradigan nerv hujayralari charchaydi, ularda qo’zg’alish jarayoni pasayadi, hujayralar tormozlanish xolatiga o’tadi; ikkinchidan, uzoq vaqt davom etadigan jismoniy ish yaatijasida muskul tolalaridagi ATF, KF, glikogen moddalarning zaxirasi tugab, muskulning ishi uchun zarur bo’lgan energiya tugaydi; uchinchidan, qisqa vaqt davomida, ammo katta tezlikda bajarilgan ish jarayonida organizmda kislorod etishmay qoladi.
CHarchash yuzaga kelganda, asta - sekin muskul tolalarining qisqarish kuchi kamaya boshlaydi va ular bora - bora bo’tashib, qisqara olmay qoladi. Buning natijasida harakat asta-sekin susayib, keyin to’xtaydi. Ba’zida charchagan muskul tolalari qisqarib, bo’shasha olmay qoladi, bu xolat muskullarning kontrakturasi deb ataladi. Ayniqsa, tez yugurgan vaqtda boldir muskullarida shunday holat yuzaga keladi. Jismoniy mexnat, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam ravishda shug’ullanuvchi odam organizmi yaxshi chinivdan bo’ladi. SHuning uchun ularning muskullari tez charchamaydi. CHiniqqan kishilarning muskullari yaxshi rivojlanganligi bilan birga ularning’ nerv - endokrin, yurak - qon tomir, nafas va boshqa xayotiy muhim ahamiyatga eg’a bo’lgan a`zolari hamda to’qimalarining ish faoliyati ham ortadi. SHu bilan birga charchashning tez yoki sekin yuzaga kelishi odamning kayfiyatiga ham bog’liq. Agar kayfiyat yaxshi bo’lsa, bajaridigan ishga qiziqsa, tez charchamaydi. O’ta charchash organizmning kasallik xolati xisoblanadi. Agar bir necha xafta va oy davomida ish surunkali ravishda davom etaversa, lekin dam olish o’z vaqtida ham etarli bo’lmasa, nerv tizimida va muskullarda charchash alomatlari asta - sekin to’planib, o’ta charchash holati yuzaga keladi. O’z vaqtida dam olmaslikdan tashqari, ovqatlanishning sifatli bo’lmasligi, sharoit noqulayligi, kayfiyat buzilishi kabilar o’ta charchash xolatining tezroq yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. O’ta charchash qo’yidagi belgilari bilan xarakterlanadi: qo’l va oyoq hamda tananing barcha muskullari bushashadi, harakat tezligi pasayadi, bosh og’riydi, kunduzi ish vaqtida uyqu bosadi, kechasi esa uyqu kelmaydi, ishtaxa pasayadi, hech narsaga qiziqmaydi, harakat qilganda ter bosadi, yurak tez uradi va xavo etishmaganday bo’ladi. O’ta charchashning oldini olish uchun xar bir odam kun tartibiga rioya qilishi, ya’ni o’z vaqtida ishlashi, dam olishi, ovqatlanishi, uxlashi kerak. O’ta charchash xolati yuzaga kelganda esa shifokorga murojaat qilinadi va uiing ko’rsatmasi bilan ma’lum muddatga kundalik itadan ozod etiladi. Toza xavoda sayr qilish, nafas oldiruvchi engal badan tarbiya mashqlarni bajarish, ko’proq uxlash, ovqat sifatini yaxshilash kabi gigienik tadbirlar tavsiya etiladi.
Muskul qisqarishining bioenergetikasi. Muskul faol holatga o’tganda tolalar mioplazmasida erkin kalьsiy ionlari ko’payadi, qisqarish ro’y beradi. ATF ning parchalanish tezlashadi, muskulda modda almashinuv 100-1000 barobar jadallashadi. ATF glikoliz va moddalarning oksidlanib, fosforlanishi natijasida qayta tiklanadi.

Download 21,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish