7, Detal bu mashinaning bir jinsli materiallardan birikmasiz tayyorlangan bo‘lagidir. Detallar oddiy, murakkab, umumiy ishlarga mo‘ljallangan va maxsus turlarga bo‘linadi
1,Energiyani bir turdan ikkinchi turga aylantirib beradigan, biror ishni bajarish uchun mo‘ljallangan mexanizm va detallar majmuidan iborat murakkab qurilmaga mashina deyiladi
7, Detal – bu mashinaning bir jinsli materiallardan birikmasiz tayyorlangan bo‘lagidir. Detallar oddiy, murakkab, umumiy ishlarga mo‘ljallangan va maxsus turlarga bo‘linadi. Oddiy detallarga parchin mix, shpilka, shponka va h.k. Murakkab detallarga tirsakli val, ekskavator cho‘michi, reduktor korpusi va boshqalar kiradi. Umumiy ishlarga mo‘ljallangan detallarga boltlar, gaykalar, vallar, prujinalar va hokazolar kiradi. Maxsus detallarga kran ilmoqlari, nasos porshenlarining korpusi va boshqalarni misol qilish mumkin.
11,13, Detallarni chizma loyihasidagi o‘lchamlari bir xil bo‘lgan holda ham ularni mutlaq aynan bir xil o‘lchamli qilib tayyorlab bo‘lmaydi. Detallarni o‘zaro almashtirish va yig‘ish paytida qo‘shimcha turli xildagi to‘g‘rilash ishlarini bajarmaslik uchun ularni nominal o‘lchamlariga nisbatan ma’lum miqdorda chetga chiqqan holda tayyorlanishi mumkinligi oldindan belgilab qo‘yiladi. Detallarning eng katta va eng kichik o‘lchamlari o‘rtasidagi ayirma joiz o‘lcham (dopusk) deyiladi. Joiz o‘lchamlarning turli qiymatlari belgilangan bo‘lib, 10 ta aniqlik sinfi belgilangan. Detallarning ishlash darajasiga qarab, ular bir-biriga turli darajada qo‘zg‘aluvchanlik bilan birikishi kerak. Detallar oraliq (orasi ochiq) hosil qilib biriktirilsa, teshik va val o‘rtasidagi ayirma ularning o‘zaro harakatlanishiga imkon beradi. Detallar sirib o‘tkaziladigan bo‘lsa, val diametri teshik diametridan katta bo‘ladi va val teshikka kuch bilan o‘tkaziladi. Detallarning birikish xarakteri o‘tkazish turi bilan aniqlanadi. O‘tkazishlar presslab o‘tkaziladigan, o‘tuvchan va qo‘zg‘aluvchan turlarga bo‘linadi. Presslab o‘tkazish bu detallarni sirib o‘tkazish demakdir. Qo‘zg‘aluvchan o‘tkazishlarda esa detallar o‘rtasida tor tirqish bo‘lishi kerak. Standartlash-majburiy me’yorlar-standartlar kiritish yo‘li bilan bir xildagi mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash tizimidir. Standartlash natijasida uzel va mashinalarni loyihalash osonlashadi, chunki standart detallarni konstruksiyasini ishlab chiqarishga hojat qolmaydi
21, Birikmalar ajraladigan va ajralmaydigan bo‘ladi. Agar, uzellarni yoki mashinalarni biri-biridan ajratish, mashinani qismlarga ajratish uchun birikkan elementlarini sindirish shart bo‘lsa, bunday birikma ajralmaydigan, aks holda esa ajraladigan birikma deyiladi. Ajralmaydigan birikmalarga parchin mixli va payvand birikmalar kiradi. Ajraladigan birikmalarga ponali, shponkali, shlisli, boltli va vintli birikmalar kiradi. Rezba vositasida biriktirish ajraladigan birikmalarning eng ko‘p tarqalgan va muhim turidir. Bolt, vint, shpilka yordamida ajraladigan birikmalar hosil qilish rezbali birikmalarning xususiy xoli bo‘lib, mashinalarning ular vositasida yig‘ilgan uzellari kerak bo‘lgan vaqtda ayrim detallarga ajratilish va zarur vaqtda yana yig‘ilishi mumkin. Rezbali birikmalar katta yuk ta’sirida yetarli darajada ishonchli ishlaydi. Ularni yig‘ish va ajratish qiyinchilik tug‘dirmaydi, nisbatan arzon turadi, shuningdek, hamma o‘lchamlari standartlashtirilgan bo‘ladi. Detal yuzasida rezba hosil kilish uchun ularning tanasida vintsimon ariqchalar ochiladi. Qurilish mashinalarida eng ko‘p tarqalgan rezbalar quyidagilardan hisoblanadi: - metrik rezbalar; - dyuymli rezbalar; - quvurli rezbalar; - trapesiali rezbalar; - asimmetrik trapetsiyasimon profilli tirak rezbalar; - dumaloq profilli, konussimon rezbalar
35, Uzatmalarni asosiy parametrlari: foydali ish koeffitsienti FIK va uzatish soni i hisoblanadi. 15 F.I.K. quyidagicha aniqlanadi: 2 1 N N bu yerda: N1-yetaklanuvchi valdagi quvvat, kVt; N2- yetaklovchi valdagi quvvat, kVt. Uzatishlar soni i quyidagi ifodadan aniqlanadi: 2 1 2 1 n n i , bu yerda: n1,n2 va -uzatma vallarini aylanishlar soni, ay/min.
51. Podshipniklar aylanadigan vallar va o‘qlarning tayanchi hisoblanadi. Ishqalanish turiga qarab, ular dumalab ishqalanish va sirpanib ishqalanish podshipniklariga bo‘linadi (1.23, 1.24 va 1.25 - rasmlar). Dumalash podshipniklari ichki va tashqi tayanch xalkalardan iborat bo‘lib, halqalarda turli shakldagi zoldirlar yoki roliklar dumalaydigan yo‘lchalar bo‘ladi. Podshipniklarning normal ishlashini ta’minlash uchun zoldirlar va roliklar separatorlar yordamida yo‘lchalar bo‘ylab bir tekis taqsimlanadi va yo‘naltiriladi. Ba’zi podshipniklarda separatorlar bo‘lmaydi. Dumalash podshipniklarida ishqalanish kuchlarining momenti juda kam bo‘ladi, kamrok qiziydi, moy kam sarf bo‘ladi, ixcham, xizmat ko‘rsatish qulay va sodda. Podshipnik halqalari tuzilishi jnhatidan berk (1.23- rasm, б) va ochiq turlarga bo‘linadi. Rolnkli podshipniklar qisqa silindrik rolikli (1.23-rasm, д,ж,з), uzun rolikli, bochkasimon rolikli (1.23-rasm, ж), konussimon rolikli (1.23-rasm, e) va ignasimon rolikli (uzun kichik diametrli) qilib tayyorlanadi. Dumalash yo‘lchalarn soniga qarab bir va ikki qatorli (1.23-rasm, г,ж) va ko‘p qatorli (1.23- rasm, з) bo‘ladi. Kup qatorli podshipniklarda zoldirlar yoki roliklar shaxmat tartibida joylashtiriladi. 34 Podshipniklar o‘zi qabul qiladigan kuchniig yo‘nalishi bo‘yicha radial, radial-tirak (1.23-rasm, б,e) va tirak (1.23-rasm, в) podshipniklarga bo‘linadi. Bir qatorli (1.23-rasm, a, л) va o‘z-o‘zidan o‘rnashuvchi ko‘p qatorli (1.23-rasm, г, ж, з) zoldirli hamda rolikli podshipniklar eng ko‘p tarqalgan, ular radial va uncha katta bo‘lmagan o‘qliy kuchlarni qabul qiladi. O‘z-o‘zidan o‘rnashadigan tirak podshipniklar (1.23-rasm, в) faqat o‘qi kuchlarni kabul qiladi. Radial-tirak va o‘zo‘zidan o‘rnashadigan (1.23-rasm, б, e) bir qatorli zoldirli va rolikli podshipniklar radial va bir tomonga yo‘nalgan o‘qi kuchlarni qabul qiladi. 1.23-rasm. Dumalab ishqalanish podshipniklari. Zoldirli podshipniklar kichik va o‘rtacha kuch bilan ishlaydigan uzatmalarda, rolikli podshipniklar esa katta kuch bilan ishlaydigan uzatmalarda qo‘llaniladi, chunki ularning kuch qabul qilish qobiliyati zoldirli podshipniklarnikiga qaraganda ikki baravar ko‘p. Biroq, rolikli podshipniklar katta aylanishlar soniga ega bo‘lgan joylarda yomon ishlaydi. Ular uchun joiz aylanishlar soni zoldirli podshipniklarnikiga qaraganda ikki baravar kam.
53. Muftalar - o‘q, val, sterjenlar, quvurlar va kanatlarni, o‘zaro birlashtiruvchi qurilma sifatida xizmat qiladi. Eng ko‘p qurilish mashinalarida ishlatiladigan muftalar vallarni bir-biri bilan o‘zaro birlashtiruvchi muftalar hisoblanadi. Ular birbiridan tuzilishi, vazifasi, ishlash prinsipi va boshqarilishiga qarab turlarga bo‘linadi. Vazifasiga kura bir geometrik o‘qda yoki bir-biriga nisbatan burchak hosil qilib yotgan vallarni birlashtiruvchi; valni tishli g‘ildirak, tasmali uzatmaning shkivi va boshqa detallar bilan birlashtiruvchi; tayyorlanishi uncha aniq bo‘lmaganligi yoki noaniq montaj qilinganligi natijasida vallarning o‘qdoshmasligini kompensatsiyalovchi muftalar; bir val doimiy aylanib turganida ikkinchisini ulab-uzib turadigan muftalar; uzel yoki mashinani o‘ta nagruzkadan himoya qiluvchi, dinamik yukni kamaytiruvchi, vallardan birining o‘q buylab siljishini ta’minlovchi va hokazo muftalar bo‘ladi. Ishlash prinsipi bo‘yicha mexanik (qurilish mashinalaridagi asosiy muftalar), elektrik va gidravlik turlarga bo‘linadi. Boshqarilish turi bo‘yicha boshqarilmaydigan (doimiy biriktirilgan boshqariladigan ilashmali), avtomatik va maxsus muftalarga bo‘linadi. Boshqarilmaydigan muftalar bikir, kompensatsion o‘z-o‘zidan o‘rnashadigan va egiluvchan muftalarga bo‘linadi
\80. Mashinaning ish tartibi yuklamalarning o‘zgarish amplitudasi va takroriyligiga, vaqt birligi ichida ulanishlar soniga, reversivligiga va uzluksiz ishlash davomiyligiga bog‘liq. Mashinaning to‘rt ish tartibi farq qilinadi: 1. Yengil ish tartibi; eng katta yuklamaning o‘rtacha yuklamaga nisbati 1,1:1,3: ish harakatlari tezligi doimiy, ish harakatlari reversivlanmaydi, 1 soat ichidagi ulanishlar soni 20-30, kamdan-kam 50 bo‘ladi. Beton qorgich, qorishma aralashtirgichlar shu tartibda ishlaydi. 2. O‘rtacha ish tartibi. Eng katta yuklamaning o‘rtacha yuklamaga nisbati 1,5:2,5; ish harakatlari o‘zgarib turadi; harakatlar kamdan-kam reversivlanadi; 1 soat ichidagi ulanishlar soni 200 ga yetadi. Skreperlar, greyder-elevatorlar, maydalagichlar, kranlar va yuklagichlar shu tartibda ishlaydi. 3. Og‘ir ish tartibi eng katta yuklamaning, o‘rtacha yuklamaga nisbati 2:3; 1 soat ichidagi ulanishlar soni 1000 va undan ortiq bo‘lishi mumkin, tez-tez 55 reversivlanadi. Bir cho‘michli elevatorlar, buldozerlar va boshqalar shu tartibda ishlaydi. 4. Juda og‘ir ish tartibi zarbiy yoki titratuvchi xarakterda bo‘ladi. Tosh maydalagichlar xarsang tosh qaziydigan ekskavatorlar shu tartibda ishlaydi
87. Qurilish mashinalarining yurish qismi, mashina og‘irligining va ishlash paytida ularga ta’sir qiladigan tashqi kuchlarni tayanch yuzalarga uzatish, mashinalarni bir joydan ikkinchi joyga qo‘zg‘atish, ishlayotgan paytda qimirlatmay ushlab turish uchun xizmat qiladi. 60 Qurilish mashinalarida g‘ildirakli (2.6-rasm.), gusenitsali (2.7-rasm), rels g‘ildirakli (2.8-rasm), katta massali mashinalarda esa juft zanjirli va odimlovchi harakatlantirgichlar qo‘llaniladiHozirgi zamon qurilish mashinalarida gidravlik dvigatel quvvatini ish jihozlari, ijrochi mexanizmlar va boshqarish sistemasiga uzatish uchun ko‘p ishlashmoqda. Gidravlik yuritmalar amalda siqilmaydigan mineral moy oqimning energiyasidan foydalanish hisobiga ishlatiladi. Gidravlik yuritmalar boshqa turdagi yuritmalarga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega: FIK yuqori, boshqarish va reversivlash qulay yuqori uzatishlar soni bilan ta’minlay oladi. Aylanma harakatni ilgarilama harakatga aylantirish oson, tuzilishi ixcham va ishonchli ishlaydi. Gidravlik yuritma nasoslar, ish suyuqligi solingan idish, ilgarilanma (gidravlik silindrlar) va aylanma (gidromotorlar) harakatli gidravlik dvigatellar, nasosdan keladigan ish suyuqligi oqimini gidravlik silindr va gidravlik motorlarga taqsimlovchi gidravlik taqsimlagichlar, suzgichlar, gidravlik trubalar sistemasi va gidravlik bosimni sozlovchi qurilmalardan iborat. Gidravlik nasoslarda ish suyuqligi hosil qilgan bosim ish jihozlari bilan bog‘langan porshen hamda shtok yordamida ilgarilama harakatga, rotor yordamida esa aylanma harakatga o‘zgartirib beriladi. 58 Nasos mashinasining asosiy dvigatelidan harakat oladi. Nasoslar yuritmaning mexanik energiyasini ish suyuqligining oqim energiyasiga o‘zgartirib beradi, ular hosil qilgan bosim va ish unumdorligi bilan xarakterlanadi. Gidromotorlar esa ish suyuqligi oqimining energiyasini mexanik energiyaga o‘zgartirib, mexanizmlarning vallarini aylantiradi va hosil qiladigan burovchi moment hamda valning aylanish takrorligi bilan xarakterlanadi (2.5-rasm). 2.5-rasm. Hajmiy gidravlik yuritmaning prinsipial sxemasi. 2.8. Elektr yuritmalar Elektr yuritma ko‘pincha qurilish mashinalari statsionar (turg‘un) bo‘lgan holda ishlatiladi. Elektrik energiya mavjud bo‘lganda elektr uzatish liniyalaridan, kabellar orqali ulanadi. Ba’zan qurilish mashinalarining dizel dvigateli qo‘llanilib, generatorga ulanadi, generator energiya hosil qilib boshqa qismlarga uzatadi. Elektr yuritmaning asosiy afzalliklari: - tejamliligi; - avtomatlashtirishni imkoni borligi; - birdaniga yurgazib yuborish oson, qizdirish talab etilmaydi; - boshqarish qulayligi; 59 - qurilish mashinalarini avtomatik ravishda boshqarish mumkinligi. Elektrik yuritmani kamchiligi elektr energiya tashqi manbadan olinadi. Quvvati 10 kVt gacha bo‘lgan mashinalarga 220/380 V kuchlanishda ishlaydigan qisqa tutashtirilgan 3 fazali asinxron dvigatellar ishlatiladi
90. Qurilish mashinalarining ish unumdorligi uning vaqt birligi ichida (min, soat, smena) ishlab chiqargan mahsulot miqdori bilan aniqlanadi. Masalan, yer qazish mashinalarining mahsuloti m3 bilan ifodalanadi maydalagich mashinalariniki esa t bilan ifodalanadi. Mashinalarning bir soatlik ish unumdorligi ish yuritmalarining quvvatidan maksimal darajada samarali foydalanishga erishiladigan xol uchun aniqlanadi. Topilgan ish unumdorligi nazariy yoki konstruktiv ish unumdorligi deyiladi. Mashinalarning ish unumdorligi nazariy (konstruktiv hisobiy), texnikaviy va ekspluatatsion turlarga bo‘linadi. Nazariy ish unumdorlik mashinaning hisobiy tezliklari kuchlaridan to‘la foydalanilgan konkret ish sharoitlarini hisobga olmagan holda uning 1 soat xaqiqiy ish vaqtida bajargan ishi bilan xarakterlanadi. Sikllik yoki davriy ( ) yoki 65 yoki –mashinaning bir ishchi siklda ishlab chiqargan mahsuloti, yoki mahsulot birligi; – mashinaning bir minutda bajaradigan konstruktiv-hisobiy sikllar soni, ( –bir siklning nazariy davomiyligi, ); – material zichligi, . Uzluksiz ishlovchi mashinalar uchun sochiluvchan materiallarni uzluksiz oqim bilan ko‘chirganda yoki − ko‘chiriladigan material oqimining yoki kesiladigan qatlam ko‘ndalang kesimining yuzasini hisobiy ko‘ndalang kesimi, ; –materialni ko‘chirish yoki ishlov berish hisobiy tezligi, Donador yuklarni yoki materiallarni alohida porsiyalar bilan ko‘chirganda – bir porsiyadagi material hajmi, yoki yuk massasi, ; − material porsiyalari yoki donador yuklar orasidagi o‘rtacha masofa, Texnik unumdorlik – mashinaning aniq ishlash sharoitini e’tiborga olgandagi eng yuqori mehnat unumdorligi. Masalan, ekskavator uchun bunday sharoitga qaziladigan gruntning xususiyatlari, qazilma chuqurligi, transport vositasini ekskavatorga nisbatan holati kiradi. Barcha mashinalar uchun texnik unumdorlik − aniq ishlash sharoitini e’tiborga oladigan koeffitsient. Ekspluatatsion unumdorlik aniq ishlash sharoiti uchun aniqlanadi va unda mashinani to‘xtash vaqti va texnik, texnologik va tashkiliy sabablarga ko‘ra tanaffuslar (yoqilg‘i-moy quyish, mexanizmlarni moylash, ishchi organlarni tozalash, yangi ish joyiga ko‘chirish, ish fronti bo‘lmasligi va h.k.) e’tiborga olinadi. Tanaffuslardan tashqari ekspluatatsion unumdorlikga boshqarish tizimining sifati va mashinist malakasining darajasi ta’sir ko‘rsatadi: 66 bu yerda: –mashinadan umumiy foydalanish koeffitsienti, soat; − boshqarish tizimi sifatini va mashinist malakasi darajasini e’tiborga oluvchi koeffitsient (0,85...0,95); – mashinadan vaqt bo‘yicha foydalanish koeffitsienti. Hisoblash uchun formula qo‘yidagi ko‘rinishga ega: [ ( )] , bu yerda: − smena ichidagi foydali ish vaqti, soat; –smena davomiyligi, soat; − tashkiliy va texnik sabablarga ko‘ra to‘xtashlar davomiyligi, soat; –texnik xizmat ko‘rsatish va ishlamay qolish sababli to‘xtashlar davomiyligi, soat. Siklik harakatlanuvchi mashinalar uchun odatda , uzluksiz ishlovchi mashinalar uchun . Ish vaqtidagi tanaffuslar mavjudligi uchun ekspluatatsion unumdorlik smena uchun aniqlanadi: . Shuningdek mashinaning ishi yillik mahsulot ishlab chiqarganligi bilan baholanishi mumkin, ( ): , –yildagi smenalar soni; – dam olish kunlari va bayram kunlari ishlash vaqtini kamayishini e’tiborga oluvchi koeffitsient.
2. Elektr randalar yog‘och konstruksiya elementlarini tayyorlaganda yog‘ochni tolalari bo‘ylab randalashga mo‘ljallangan. Randa (8.5-rasm) elektrdvigatel 3, korpus 2, shkiv 4 va 10 dan iborat tasmali uzatma, freza 9 yassi pichoqlar bilan, oldindagi qo‘zg‘aladigan 11 va orqadagi quzg‘almas 7 chang‘ilar, o‘chirgichli asosiy dasta, yordamchi qo‘l 1 va tok o‘tkazuvchi kabel 6 shtepsel bilandan iborat. Elektr randalarning asosiy tavsiflari: frezaning aylanish chastotasi 158 s-1 gacha; dvigatelning nominal quvvati 0,60...1,15 kVt. Massasi 6...8 kg. Barabanli ishchi organga ega mashina (9.28-rasm) korpus 13, silliqlovchi baraban 1, elektrodvigatel 7, tasmali uzatma , ish joyini changdan tozalovchi ventilatorli 15 chang yutkich, chang yig‘uvchi xalta bilan birgalikdagi changni chiqaruvchi quvur, boshqarish mexanizmi, yurish g‘ildiraklari, elektr uskunalar to‘plamidan iborat.
5. Dvigatel bilan ta’minlangan, ular yordamida ishlov beriladigan muhitga kuch yordamida ta’sir etuvchi asboblar qo‘l mashinasi yoki mexanizatsiyalashgan asbob deyiladi. Mashinani boshqarish operator tomonidan bajarilib, uning qo‘li to‘liq yoki qisman uning massasini qabul qiladi. Kommunal xujaligi ob’yektlari qurilishida metall va temirbeton konstruksiyalari, saniatar-texnik jihozlar, quvur utkazmalari montajida, grunt va betonni zichlashda, duradgorlik-qolip ishlarida qo‘l mashinalari qo‘llaniladi. Qurilish va montaj ishlarida qo‘llaniladigan mexanizatsiyalashgan asboblar ta’minlashi kerak: yuqori mehnat unumdorligi va bajariladigan texnologik operatsiyalarni yuqori sifatini; foydalanishda qo‘lay bo‘lishini; minimal massa va gabarit o‘lchovlarga ega bo‘lishni; ishda yuqori ishonchlilik va chidamlilikka ega bo‘lishi, hamda xavfsizlik texnikasi no‘qtai nazaridan yuqori talablarga javob berish. Xususan qo‘l mashinalarining tashqi ko‘rinishi shunday bo‘lishi kerakkim, mexanik jarohatlar olinmasligi istisno qilinishi kerak. Operatorni elektr toki o‘rmasligi uchun saqlagich qurilmalar ehtiyot choralari nazarda tutilgan bo‘lishi kerak; ular tovush va vibratsiya bo‘yicha o‘rnatilgan ishlab chiqarish sanitariya talablari me’erlariga mos kelishi kerak. Shahar xujaligi va qurilishida elektrik va pnevmatik qo‘l mashinalari qo‘llanilishi keng tarqalgan. Elektr mashinalarni kichik hajmdagi ishlarni, pnevmatik mashinalarni ob’yektlardagi o‘rta va katta hajmdagi ishlarni bajarishda kompressor yoki markazlashgan siqilgan havo bilan ta’minlangan holatlarda qo‘llaniladi.
6. Tog‘ jinslarini nurashi (yemirilishi) natijasida hosil bo‘lgan yerning ustki qatlamlariga grunt deyiladi. Yer qazish mashinalarining ish jihozlariga gruntning fizik-mexanik xususiyatlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Gruntlarning asosiy fizik-mexanik xususiyatlariga qo‘yidagilar kiradi: 1. Granulometrik tarkibi − turli o‘lchamlarga ega bo‘lgan massa zarrachalarining og‘irlik bo‘yicha foiz miqdori. 2. Zichlik (hajmiy massa − hajm birligining massasi), tabiiy holatdagi 1 m 3 grunt massasi, γ = 1,5... 2 m 3 - atrofida bo‘ladi. 3. G‘ovaklik − havo va suv bilan to‘lib qolgan g‘ovaklar hajmining gruntni umumiy hajmiga nisbatan foiz miqdori. 4. Namlik − gruntdagi suvning miqdori, % hisobida. 5. Bog‘langanlik − gruntning alohida zarrachalarga bo‘linib ketishiga qarshilik ko‘rsata olish qobiliyati. 6. Plastiklik − gruntning tashqi kuch ta’sirida deformatsiyalanishi va kuchni olgandan keyin hosil bo‘lgan shaklini saqlab qolish qobiliyati. 7. Siqiluvchanlik. 8. Mustahkamlik − gruntning tashqi kuch ta’sirida buzilib, yumshashga qarshilnk ko‘rsata olish qobiliyati. 9. Yumshalish qobiliyati. 10. Siljishga qarshilik − grunt zarrachalarining o‘zaro ishlashi bilan xarakterlanadi. 11. Yopishqoqlik −gruntlarning ish jihozlariga yopishib qolish xususiyati. 12. Ishqalanish − po‘latni gruntga ( ) va gruntni gruntga μi , ishqalanish koeffitsienti. Tabiiy hollarda μ = 0,3...0,7 va ( ) = 0,3...0,9 bo‘ladi. 13. Tabiiy qiyalik burchagi φ − gruntni ma’lum balandlikdan to‘kkanda hosil bo‘lgan konusning asosidagi burchak. Sochiluvchanlik gruntlar uchun tabiiy qiyalik burchagi ichki ishqalanish burchagiga teng. φ − grunt kategoriyasi va uning holatiga qarab 15-40° gacha bo‘ladi. 69 Gruntlarning asosiy turlari uchun ularni qazish qiyinchiligi bo‘yicha tasnifi ishlab chiqilgan: I-mayda grunt (qum); II − III o‘rtacha grunt (qumoq tuproq); IV− og‘ir grunt (loy). A.N.Zelenin tomonidan taklif qilingan zichlik o‘lchagichning urishlari soni (S) ga qarab sakkizta kategoriyaga bo‘lingan gruntlar tasnifidan foydalaniladi. Grunt kategoriyasi yuzasi 1sm 2 bo‘lgan silindrik sterjenni 0,4 m balandlikdan 25 N og‘irlik bilan tushadigan yuk ta’sirida gruntga 10 sm chuqurlikka botirish uchun zarur bo‘lgan urishlar soniga qarab aniqlanadi.
9.Gruntlarni qirqish va kovlashda, ish jihozlari gruntni massivdan ajratadi va siljitadi. Gruntni faqat massivdan ajratish jarayoni (gruntni yemirish) qirqish jarayoni deyiladi. Gruntni massivdan ajratish va jihozlari (ekskavator, yuklagich, skreperlarning chumichlari) ni grunt bilan to‘ldirish yoki ish jihozlari (buldozer, greyder ag‘dargichlari) bilan surish jarayoni kovlash jarayoni deyiladi.
10. Ko‘chma bo‘yoqchilik stansiyalari hozirgi zamonda sanoat, fuqaro va qishloq qurilishida katta hajmdagi bo‘yoq tarkiblarini qayta ishlash, tashish va bo‘yashda eng asosiy yuqori mehnat unumdorligiga ega va samarali vositalardandir. Ular bo‘yoq tarkiblari yarimfabrikatlarini qabul qilish, tayyorlash va ish joyiga suvli, suv-yelimli va moyli bo‘yoqlarni, gruntovkalarni, yelimli va moyli shpaklevkalarni uzatish va surish uchun mo‘ljallangan. Bo‘yoqchilik stansiyalari elektr, yo‘lkalar bilan ta’minlangan qurilish ob’yektlarida va bevosita bo‘yash ishlari olib borilayotgan binoga yaqin joyda (5...10 m) o‘rnatiladi. Ko‘chma bo‘yoqchilik stansiyalarining jihozlari ikki o‘qli avtomobil tirkama-shassiga o‘rnatilgan isitiladigan kuzov-furgonda joylashtiriladi. Bo‘yoqchilik stansiyalari va rang berish qurilmalari, bur ezish mashinalari, zamazkalar tayyorlash uchun aralashtirgichlar, rang ezish mashinalari, bo‘yoq aralashtirgichlar, elektr yelim qaynatgichlar va x..k. bilan jihozlanadi. Bur ezish mashinasi rang, shpaklevka va zamazka tayyorlashda burni maydalash uchun xizmat qiladi. Unda quruk burdan tashkari nam burni ham ezish mumkin. Stansiyaning (7.24-rasm) kuzovi 1 da uchta texnologik liniya o‘rnatilgan: suvli, suvli-yelimli bo‘yoqlar va gruntovkalar,yelimli bo‘yoqlar; yelimli va moyli shpaklevkalar; moyli va emalli bo‘yoqlar. Moyli bo‘yoqlar liniyasi tarkibiga kiradi: suyuq va pastasimon bo‘yoq materiallarini ezib ishqalash tegirmonli bo‘yoq ishqagichda (ezg‘ich) 8, bo‘yoq tarkiblarni bo‘yoq haydagich baklar 9 va 10 ga haydashdan oldin suzgichdan o‘tkazish uchun vibroelak 7. Qolgan ikki liniyalar ham bir turli bo‘lib, o‘zaro almashtiriladigan va vintli nasos 3 asosida bo‘yoqchilik agregati bilan aralashtirish, suzdirish, tashish va bo‘yoq tarkiblarini surtish uchun, yelim tayyorlash uchun elektr yelim pishiruvchi 5 va ikkita dozator bilan to‘ldirilgan (butlangan). 260 7.24-rasm. Ko‘chma bo‘yoqchilik stansiyasi sxemasi. Stansiya jihozlari jamlamasi to‘plamiga havo shlanglari va yuzalarga bo‘yoq tarkiblarini purkovchi shlanglar kiradi. Stansiyaning siqilgan havoga bo‘lgan ehtiyojini ikkita kompressor ta’minlaydi. Shuningdek kuzovda asbobuskunalarni saqlovchi asboblar shkafi 2, elektrodvigatel 4, tarozi 6, laborotoriya stoli 11, va elektroshkaf 12 o‘rnatilgan. Moyli bo‘yoqlar bilan ishlaganda bo‘yoq haydagich bak va kompressor stansiyadan olib bevosita ob’yektning o‘zida o‘rnatiladi. Stansiya kuzovni isitish va ventilyatsiya tizimlari, suv ta’minoti tizimi (issiq va sovuq suv) bilan jihozlangan bo‘lib yil davomida foydalanishga mo‘ljallangan. Stansiyaning elektr jihozlari elektrshkaf va ishga tushirish-tartibga solish apparaturalaridan iborat. Stansiyada uch kishi ishlaydi. Stansiyaning bo‘yash agregati yarimfabrikatlardan tayyorlash, suzish, ish joyiga yelimli, moyli va sintetik shpaklevkalarni, gruntli tarkiblarni, suv-yelimli, moyli va sintetik bo‘yoqlarni uzatish va yuzaga surishga tayyorlash mexanizmlari bilan jamlangan
15. Asosiy pardoz ishlari ularning o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda qurilish maydoni sharoitida qisqa muddatlarda va qurilishni to‘gallovchi davrida bajariladi. Pardoz ishlari tarkibiga suvoq, koshinlash, bo‘yoq, gulqog‘oz yopishtirish, oyna solish ishlari, shuningdek, polqurish va uni pardozlash ishlari kiradi. Pardoz ishlarini bajarish turli xil vazifasi bo‘yicha va tuzilishi bo‘yicha qurilish-pardoz mashinalari qo‘llaniladi.
14.18Tayyorlov mashinalariga buta keskichlar, kundakov-yig‘ishtirgichlar, yumshatgichlar, sizot suvlarini pasaytirish va yig‘ilgan suvlarni tortib olish uskunalari kiradi. Buta keskich (kustorez) − qurilish maydonida o‘sib yotgan butazor, changalzor, mayda daraxt hamda shunga o‘xshashlardan tozalash uchun xizmat qiladi. Buta keskich 100 kN klassiga mansub zanjirli traktorlarga osilgan ish jihozlari bo‘lib, gidravlik boshqariladi. Buta keskichlarning asosiy ish jihozi pastki tomonida arrasimon yoki tishsiz pichoqlar 6 bilan ta’minlangan ponasimon ag‘dargich 2 dan iborat. 70 Uchburchakka o‘xshagan ag‘dargichning old tomoniga to‘g‘ri kelgan daraxtlarni so‘rib tashlashi uchun tumshuqsimon list 1 o‘rnatilgan (3.1a-rasm). Mashina ishlaganda pichoqli ag‘dargich yer sirtida sirpanadi hamda kesuvchi qirrasi bilan buta va daraxtlarni kesadi. Natijada, u o‘tgan yerda ag‘- dargichning qamrash kengligi (3...6 m gacha) teng bo‘lgan ochiq tozalangan joy qoladi. Ag‘dargich pichog‘ini vaqti-vaqti bilan charxlab turishi uchun traktor transmissiyasidan harakat oluvchi egiluvchan valga ega bo‘lgan jilvirlovchi moslama qo‘llaniladi. Po‘lat karkas ko‘rinishidagn ihota 3 (yo‘l qurilishida qirqilgan daraxtlar) qirqilgan daraxtlar traktorning ustiga (tushmasligi) tushganda uni shikastlanishdan saqlaydi. Baza mashinasining quvvatiga qarab, buta keskichlar diametri 20-40 sm li daraxtlarni ag‘darishga mo‘ljallab ishlanadi. O‘rtacha harakat tezligi 3-4 km/soat. Ish unumdorligi soatiga 1100-1400 m 2 ni tashkil etadi. Daraxt ag‘dargichlar daraxtlarni ag‘darish uchun xizmat qiladi. Traktorga montaj qilingan va bir cho‘michli ekskavator yoki traktor bazasidagi disk arrali daraxt ag‘dargichlar bor.
22. Kundakov-yig‘ishtirgichlar qurilish maydonida uchraydigan massasi 3 t gacha bo‘lgan toshlarni chiqarib olish, diametri 0,45 m gacha bo‘lgan to‘nkalarni sug‘urib olish, butazor va mayda daraxtzorlarni yoppasiga kunda kovlash va surish yo‘li bilan, tosh va to‘nka, buta va yiqitilgan daraxtlarni uzoq bo‘lmagan masofaga tashish hamda tosh va to‘nkalarni transport vositasiga yuklab berish uchun xizmat qiladi. 3.1-б, rasmda zanjirli traktor bazasidagi osma ish jihozlari oldiga va orqasiga joylashgan kundakov yig‘ishtirgich ko‘rsatilgan. Oldiga joylashgan kundakov ishqalanishga bardosh beradigan, almashinadigan tishlar 10 ga ega bo‘lib, rama 11 ga mahkamlangan (3.1 б-rasm). Katta tosh va to‘nkalarni kovlash uchun kundakov tishlarini ularning tagiga kiritish va bir vaqtning o‘zida mashinaga oldinga qarab ilgarilama harakat berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Orqaga joylashgan kundakov 7, to‘sin 8 ga mahkamlangan va u vertikal tekislikdagi holatini rama 9 bilan birga gidrosilindrlar yordamida o‘zgartira oladi. 71 Soatlik ish unumdorligi: to‘nkalarni sug‘urishda 45...55 donagacha, toshlarni yig‘ishda 15...20 m 3 , yiqitilgan daraxt, sug‘irilgan to‘nka va butalarni yig‘ishtirishda 2500-4000 m 2 ni tashkil etadi. Hozirgi paytda ikki g‘ildirakli tyagachlarga ham kundakov jihozlari o‘rnatilishi mumkin
17. Betonnaya aralashmasi aralashtirish, tashish va taqsimlab joylashtirish jarayonida havo bilan to‘yinadi. Aralashmadan havoni chiqarib yuborish uchun zichlashning turli xil mexanik usullari qo‘llaniladi (vibratsiyalash, vakuumlash va b.). Aralashmaga mexanik ta’sir davomiyligi uning qattiq-yumshoq holatiga bog‘liq bo‘lib odatda bir necha minutdan ortmaydi. Haddan tashqari o‘zoq ta’sir etganda aralashmani qatlamlarga ajralishi yuz beradi – yirik to‘ldiruvchi forma tubiga tushadi, armatura karkasi siljiydi va h.k. Bino va inshootlar qurilishida beton aralashmasini zichlashning vibratsion usullari keng qo‘llaniladi. Beton aralashmasini zichlashda qo‘llaniladigan vibratorlar yuritkich turiga qarab elektrik va pnevmatiklarga bo‘linadi. Elektrik vibratorlar o‘z navbatida elektromexexanik va elektromagnitlilarga bo‘linadi. Beton aralashmasiga tebranishlarni uzatish usuliga ko‘ra yuzaki (6.22- rasm, a) tashqi (6.22-rasm, б) va chuqurlik (ichki) vibratorlarga (6.22-rasm, в) bo‘linadi. 6.22-rasm. Vibratorlar sxemasi: a – yuzaki; b – tashqi;v – chuqurlik (ichki). 233 Yuzaki vibrozichlagichlari beton aralashmasining yotqiziladigan 0,25 m gacha bo‘lgan qatlamini tekislash va zichlashda ishlatiladi. Yuzaki vibrozichlagichlar (6.22-rasm) elektrodvigatel 2 (uning rotoriga debalanslar 4 mahkamlangan), zichlovchi plita 5 va elektrkabel 3 iborat. 6.22-rasm. Yuzaki vibrozichlagich. Elektrdvigatel xavfsiz kuchlanishi 36 V bo‘lgan o‘zgaruvchan tokdan ta’minlanadi.Valning aylanish chastotasi 2800 min-1 . Vibrozichlagichni yangi ish joyiga ko‘chirish tutqich 1 dan foydalaniladi. Uzunchoq keng betonli bo‘laklarni betonlashda vibroreykalar ishlatiladi. Ular yuzaki vibrozichlagichlardan farqli ravishda brus-reyka shaklidagi ishchi organga ega bo‘lib bir yoki undan ortiq vibratorlar bikir mahkamlangan (6.23- rasm). Tashqi vibratorlar maxsus mahkamlovchi qurilmalar yordamida qoliplarning tashqi tomonidan mahkamlanib, zichlanadigan aralashmaga tebranishni qoliplar orqali beradi (6.24-rasm). 234 6.23-rasm. Vibroreyka. Bunday titratgichlar ingichka yoki siyrak armaturali, baland monolit beton inshootlari, turli xil yig‘ma temir-beton konstruksiyalarning elementlari — kolonna, to‘sin va shunga o‘xshashlarni tayyorlashda qo‘llanadi
23. Bino va inshootlar qurilishida beton aralashmasini zichlashning vibratsion usullari keng qo‘llaniladi. Beton aralashmasini zichlashda qo‘llaniladigan vibratorlar yuritkich turiga qarab elektrik va pnevmatiklarga bo‘linadVibrator – beton qorishmasini zichlash mashinasi17da davomi
25. Avtobeton nasos (6.16-rasm) beton aralashmasini gorizontal va vertikal yo‘nalishda yotqizish joyiga beton uzatuvchisi (betonovod) bo‘lgan taqsimlovchi strela-manipulyator 2 bilan uzatadi.. Qo‘lochi 18 m gacha bo‘lgan strelamanipulyator sharnirli birlashtirilgan qutisimon kesimga ega uchta bo‘limdan iborat bo‘lib, ularning vertikal bo‘ylab harakatlanishi ikki tomonlama harakatlanuvchi gidrosilindrlar yordamida amalga oshiriladi. Strela-manipulyator burilish kolonnasi 1 ga mahkamlangan, u shassi ramasiga tayanch-burilish qurilmasi orqali tayanib turadi, planda gidravlik burish mexanizmi gidromotor yordamida 360° ga burila oladi. 6.16-rasm. Avtobetonnasos. Strelaga butun seksiyalari bo‘ylab mahkamlangan beton uzatuvchi 7 yo‘lining oxirida uzunligi 5 m egiluvchan rezina-to‘qimali shlang bilan tugaydi. Ish holatida avtobetonnasos chiqarma tayanchlar 5 va 8 ga tayanadi. Yordamchi mexanizmlar – kompressor va beton uzatuvchini yuvishga mo‘ljallangan suvli nasos gidravlik yuritmaga ega bo‘lib, ularning har biri 0,7 MPa bosimgacha bosim bera oladi. 229 Suvli nasosga suv sig‘imi 400 l bo‘lgan bak 3 dan keladi. Chayqaltiruvchi uzel 4 va strela-manipulyator 2 ni boshqarish chiqariladigan pult, yordamchi mexanizmlar va chiqariladigan tayanchlar statsionar pultdan boshqariladi. Ushbu avtobetonnasos konstruksiyasi tashqi havo darajasi −5...+40°S oralig‘ida to‘xtovsiz ishlashini ta’minlaydi. Uning maksimal uzatish balandligi 22 m, unumdorligi esa – 65 m3 /soat. Zamonaviy avtobetonnasoslar (6.17-rasm) unumdorligi 150 m3 /soat ni tashkil etadi.
26. Yumshatgichlar zanjirli yoki g‘ildirakli traktor tyagachlarga osilgan, gidravlik boshqariladigan, ikki, uch, beshta o‘zaro almashinadigan tishlarga ega osma ish jihozidan iborat. Yumshatgichlar qurilish maydonlarini tayyorlashda toshli, kattiq, qoya tosh gruntlarini qatlamlab yumshatish, yo‘l qoplamalarini buzish ishlarida qo‘llaniladi. Muzlagan gruntlarni yumshatishda keng qo‘llaniladi (5.1 в-rasm) . Yumshatish ishlari mashinaning ilgarilama harakat bilan bir vaqtning o‘zida tishli ish jihozlarining belgilangan chuqurlikgacha majburan bosib kiritish yo‘li bilan bajariladi. Yumshatgichlarning traktorlarga tirkaladigan va osiladigan xillari bo‘ladi. Osma xili keng tarqalgan. Yumshatgichlardan boshqa yer kazish mashinalari kompleksi bilan birga foydalaniladi. Bazaviy traktoriga osilgan rama 19, balka 16 va tortki 15 dan tashkil topgan zvenoli yumshatgich ko‘rsatilgan. Balka 19 almashinadigang tish 17 ni va uning uchligi 18 ni olib yuradi. Ish jihozlarini tushirib ko‘tarish 14 chi gidrosilindrlar yordamida bajariladi. Buldozer jihozi esa surish ishlarida ishlatiladi
27.29. Energiya manbai bilan mashinaning ish bajaruvchi qismi oralig‘ida joylashib, ularni o‘zaro bog‘lovchi hamda harakatni talab qilinganidek boshqarishga imkon beruvchi mexanizmlar uzatmalar deb ataladi. Mashinasozlikda mexanik, elektrik, pnevmatik va gidravlik uzatmalardan foydalaniladi. Mexanik uzatmalar ikki turga bo‘linadi: 1) ishqalanish hisobiga ishlaydigan uzatmalar (friksion va tasmali uzatmalar); 2) ilashish hisobiga ishlaydigan uzatmalar (tishli, chervyakli va zanjirli uzatmalar). Ishqalanish hisobiga ishlovchi uzatmalarning asosiy detallari (g‘ildirak, shkiv va shu kabilar) silliq sirtga, ilashish hisobiga ishlaydigan uzatmalarning asosiy detallari (tishli g‘ildirak, chervyak va shu kabilar) esa katta burovchi momentning uzatilishini ta’minlaydigan tishlarga ega. Energiyani bevosita energiya manbaidan qabul qilib oluvchi val yetaklovchi val deb ataladi. Bu valdan energiyani qabul qilib, ish bajaruvchi qismlarga uzatuvchi val yetaklanuvchi val deyiladi. Uzatmalarni asosiy parametrlari: foydali ish koeffitsienti FIK va uzatish soni i hisoblanadi. 15 F.I.K. quyidagicha aniqlanadi: 2 1 N N bu yerda: N1-yetaklanuvchi valdagi quvvat, kVt; N2- yetaklovchi valdagi quvvat, kVt. Uzatishlar soni i quyidagi ifodadan aniqlanadi: 2 1 2 1 n n i , bu yerda: n1,n2 va -uzatma vallarini aylanishlar soni, ay/min. Friksion uzatmalar Agar, yetaklovchi valning harakati yetaklanuvchi valga ishqalanish kuchi vositasida uzatilsa, bunday uzatmalar friksion uzatmalar deyiladi. Bu uzatmalarning eng oddiysi bir-biriga ma’lum kuch bilan siqib qo‘yilgan tekis sirtli ikki g‘ildirak— katoklardan tuzilgan bo‘ladi (1.6-rasm). 16 1.6 - rasm. Friksion uzatmalar. Uzatish sonlarn o‘zgaruvchan friksion uzatmalar variatorlar deb ataladi. Variatorlar tuzilishi bo‘yicha yassi sirtli, sharsimon sirtli, kosasimon sirtli, ko‘p diskli va ponasimon tasmali bo‘ladi (1.7-rasm). 17 1.7 – rasm. Friksion variatorlar. Tasmali uzatmalar Bunday uzatmalar 10-15 m, ba’zan 25-40 m.gacha bo‘lgan masofaga aylanma harakat uzatish uchun xizmat qiladi. O‘zaro bir yoki bir necha tasmalar bilan qamrab olingan yetaklovchi va yetaklanuvchi shkivlardan iborat bo‘ladi (1.8- rasm). 18 1.8-rasm. Tasmali uzatmalar. Etaklovchi shkivdagi kuch, yetaklanuvchi shkivga tasmani taranglanishi natijasida shkiv bilan tasma orasida hosil bo‘ladigan ishqalanish kuchi hisobiga uzatiladi. Tasmaning ko‘ndalang kesim shakliga ko‘ra yassi tasmali (1.9-rasm, б), ponasimon tasmali (1.9-rasm, в), yarim ponasimon tasmali (1.9-rasm, г) va doiraviy tasmali uzatmalarga bo‘linadi (1.9-rasm, д). 19 1.9 –rasm. Tasmali uzatmalar shakllari. Qurilish mashinalarida eng ko‘p tarqalgan tasmali uzatmalardan ponasimon tasmali uzatmalar ishlatiladi. Qurilish mashinalarida ishlatiladigan ponasimon tasmalar yetti xil (O,A,B,V,G,D,E) turda chiqariladi va bularni har biri ma’lum quvvatni uzata olish uchun mo‘ljallangan. Masalan: «A» turdagi tasma 1,6...2,6 kVt quvvatni «D» tasma esa 20...32 kVt quvvatni uzata oladi. Tasmali uzatmalarning afzalliklari - tuzilishi va ishlatilishi sodda, arzon shovqinsiz ishlaydi, tasmani sirpanishi hisobiga ortiqcha zo‘riqish bo‘lmaydi. Tishli uzatmalar Tishli uzatma aylanma harakatni yaqin masofaga uzatish sonini o‘zgartirmay uzatishga imkon beradi. U bir-biri bilan ilashib ishlaydigan ikkita yetakchi va yetaklanuvchi tishli g‘ildiraklardan iborat bo‘ladi. Yetaklovchi g‘ildirak, odatda kichik bo‘lib, shesternya deb yuritiladi, yetaklanuvchisi esa katta bo‘lib, g‘ildirak deyiladi (1.10 va 1.11-rasmlar). Tishli g‘ildiraklarning o‘zaro joylashuviga ko‘ra tishli uzatmalar tashqi va ichki ilashishli (1.10-rasm, a, b), reykali ilashmali (1.10-rasm, v) bo‘ladi. Reykali uzatmada shesternyaning aylanma harakati ilgarilama-qaytma harakatga va aksincha o‘zgartiriladi. Val o‘qlarining geometrik joylashuviga ko‘ra parallel o‘qli uzatmalar − tashqi va ichki ilashishli silindrik tishli uzatmalar (1.10-rasm, a . . . д), o‘zaro kesishuvchi o‘qli − konussimon tishli uzatmalar (1.10-rasm, ж), ayqash 20 o‘qli − silindrik vintli (1.10- rasm, и), konussimon gipoidli (1.10-rasm, з) va chervyakli (1.10-rasmga qarang) uzatmalarga bo‘linadi. Tishlarning g‘ildiraklarda joylashuviga ko‘ra uzatmalar to‘g‘ri (1.10-rasm, a, б, в, e) va qiya tishli (1.10- rasm, г, д) bo‘ladi. 1.10 – rasm. Tishli uzatmalar. 1.11-rasm. Tishli uzatmalar ko‘rinishlari. Umuman tishli uzatmalar tasmali uzatmalarga nisbatan katta quvvatlarni uzata oladi, uzatish sonlarnning o‘zgarmas, aniq va katta bo‘lishini ta’minlaydi, gabariti kichik, FIK katta bo‘ladi, uzoqqa chidaydi va ishonchli ishlaydi. 21 Chervyakli uzatmalar Chervyakli uzatmalar o‘zaro yaqin ayqash joylashgan (ko‘pincha 90°S) burchak hosil qilib, vallar o‘rtasidagi harakatni uzatish uchun xizmat qiladi. Chervyakli uzatmada harakat uzatish vintli juftlar prinsipiga asoslangan bo‘ladi. Vint vazifasini chervyak 1 bajaradi, chervyak g‘ildiragi 2 gayka vazifasini o‘tab, chervyakli birikma hosil qiladi (1.12 -rasm). 1.12-rasm.Chervyakli uzatma. Chervyak legirlangan yoki uglerodli po‘latdan, chervyak g‘ildiragi bronza yoki cho‘yandan tayyorlanadi. Bu uzatmani afzalliklari: shovqinsiz ishlaydi, juda ixcham, yuqori uzatishlar soniga ega, 15 m/s aylanma tezlik bilan 750 kVt quvvatni uzata oladi. Asosiy afzallik, u o‘zini-o‘zi tormozlash xususiyatiga ega, aylanma harakat faqat chervyakdan g‘ildirakka o‘tadi, aksi bo‘lishi mumkin emas. Strelali kranlarda yuk ko‘tarish, burish va yurish mexanizmlarida ko‘p qo‘llaniladi. Uzatmaning kamchiliklari: foydali ish koeffitsienti past (0,7.. 0,9), tiqilib qolishi mumkin va qimmatbaho antifriksion material ishlatishni talab qiladi. 22 Zanjirli uzatmalar Zanjirli uzatma yetaklovchi 1 va yetaklanuvchi yulduzlardan 3 va ularni qamrab oluvchi zanjirlardan 2 tashkil topgan bo‘ladi. Bu uzatma, uzatish soni qiymati o‘zgarmagan holda ancha uzoq 8 m.gacha bo‘lgan o‘zaro parallel vallarga aylanma harakat uzatish uchun xizmat qiladi (1.13 va 1.14-rasmlar). 1.13-rasm.Zanjirli uzatma. 23 1.14 -rasm. Zanjirli uzatmalar. Tuzilishi jihatdan rolikli (1.13-rasm, б), vtulkali va tishli zanjirlar (1.13- rasm, в ) qo‘llaniladi. Zanjirli uzatmalar afzalliklari: o‘lchamlari aytarli katta emas, massasi kam, almashtirish oson, o‘qlararo masofaning chegaralanmaganligi, FIK yuqori. Kamchiligi: to‘satdan uzilib ketishi mumkin, yeyilish hisobiga uzayadi va qo‘shimcha taranglashni talab etadi, tezligi notekis (ayniqsa yulduzchalarning tishi kam bulsa), qimmat turadi va shovqin chiqarib ishlayd.
30. Yer qazish-tashish mashinalari (buldozerlar, skreperlar, greyderlar, avtogreyderlar va universal yuk ortgichlar) yengil va o‘rtacha zichlikdagi gruntlarni qatlam-qatlam ishlash va surish uchun xizmat qiladi. 73 3.2 -rasm. Yer qazish-tashish mashinalari: a –buldozer; b− skreper; v – avtogreyder; g –greyder elevator. 3.3-rasm. Zamonaviy yer qazish va qazish-tashish mashinalari. 74 Bu mashinalar yer ishlarini mustaqil ravishda butun majmuasini bajara oladi ya’ni, qirqishi, ma’lum masofaga tashishi va qisman zichlashi mumkin. Bulardan buldozerlar shahar fuqaro va sanoat hamda gidroinshootlar qurilishda keng qo‘llaniladi (
31. 33.Avtobeton aralashtirgichlar – shassisiga aralashtiruvchi ikki konusli baraban o‘rnatilgan yuk avtomobili. Ular dozalangan quruq komponentlardan yo‘l davomida beton aralashmasini tayyorlash, beton aralashmasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurilish ob’yektida tayyorlab berish hamda tayyor beton aralashmasining sifatini o‘zgartirmay qurilish ob’yektlariga yetkazib berish uchun xizmat qiladi. Tashish masofasi beton aralashmasini qotish vaqtiga bog‘liq bo‘lib 25 km gacha bo‘lishi mumkin. Avtobeton aralashtirgichlardan foydalanish temperatura chegarasi -30°S dan 40°S gacha. Avtobeton aralashtirgichlarning asosiy parametri ularning tayyor aralashma bo‘yicha hajmi (m 3 ) hisoblanadi (6.10-rasm). 6.10-rasm. Avtobeton aralashtirgich. Uning ish jihozi yuk avtomobili 1 shassisiga mahkamlanadi va u aralashtiruvchi baraban 3, barabanni tayanch ramasi 6, suv bilan ta’minlash tizimi baki 2 bilan, ortish-bo‘shatish qurilmasi 4, 5 va yuritish va boshqarish jihozlarini o‘z ichiga oladi. Baraban gorizontga 15° qiyalatib quyilgan. Barabanning ichki yuzasiga ikkita spiralsimon parrak mahkamlangan, ularning qiyalik burchaklari shunday olinganki, bir tomonga aylanganda aralashma komponentlari pastga 223 yo‘nalib gravitatsion qo‘zg‘atish yuz beradi, ikkinchi tomonga aylanganda esa parraklar tayyor aralashmani buriluvchi bushatish tarnovi bilan bog‘langan qabul noviga uzatadi. Baraban dizel yoki gidromotor bilan reversiv tishli reduktor va zanjirli uzatma orqali aylantiriladi, zanjirli uzatmani yetaklanuvchi yulduzchasi baraban tubiga bikir qilib mahkamlangan. Hozirgi davrda avtobetonaralashtirgichlar geometrik sig‘imi 8, 10 va 12 m 3 hajmli qilib ishlab chiqariladi. Aylanish chastotasi 0...20 min-1 . Avtobetonaralashtirgichlarning kamchiligi har bir aralashmadan so‘ng aralashtiruvchi baraban yopishib qolgan betondan xolos uchun yuvilishi kerak, bu esa o‘z navbatida ortiqcha suv va vaqt xarajatini talab etadi.
34.
38. Ekskavator - davriy ishlaydigan o‘zi yurar yer qazish mashinasi. U barcha turdagi gruntni qazish, surish, transport vositalariga ortish uchun xizmat qiladi. Ular davriy ishlaydigan bir cho‘michli ekskavatorlarga va kup cho‘michli uzluksiz ishlaydigan ekskavatorlarga bo‘linadi. Shahar, fuqaro, sanoat va gidroinshootlar qurilishida ko‘proq bir cho‘michli universal qurilish va transheyali ekskavatorlar qo‘llaniladi.
45. Qurilish mashinalarining aylanib ishlaydigan detallari o‘q yoki vallarga o‘rnatiladi. Vallar o‘rnatilgan detallar bilan birga aylanib burovchi moment uzatadi, o‘qlar esa o‘rnatilgan detallar bilan aylanishidan yoki aylanmasligidan qat’iy nazar, burovchi moment uzatmaydi. Ular faqat detallarni ushlab turish uchun xizmat qiladi (1.22-rasm, a). Shuning uchun ham o‘qlar faqat eguvchi kuchlar bilan, vallar esa qo‘shimcha ravishda yana burovchi momentlar bilan yuklangan bo‘ladi. Vallar pog‘onali (1.22-rasm, б), tirsakli (1.22-rasm, в) va egiluvchan (1.22-rasm, г) bo‘lishi mumkin. Vallar ichida eng ko‘p ishlatiladigani pog‘onali vallardir. Ular ko‘pincha chervyak va tishli shesternyalar bilan birgalikda bir xil materialdan tayyorlanadi. 32 1.22-rasm.O‘q va vallar. Tirsakli vallar asosan ilgarilanma harakatni aylanma harakatga aylantirib berish uchun xizmat qiladi yoki aksincha (ichki yonuv dvigatellari, qorishma nasoslari va hokazolar). O‘q va vallar asosan yaxlit yoki halqasimon kesimli qilib doiraviy shaklda tayyorlanadi. To‘g‘ri vallar va o‘qlar uzunlngi bo‘yicha o‘zgarmas kesimli yoki ayrim joylari turli diametrda pog‘onali qilib tayyorlanadi. Pog‘onali val va o‘qlar har qaysisi o‘z o‘rnida erkin harakatlanishi kerak bo‘lgan turli detallarni o‘rnatish uchun qulaydir. Detallar bilan biriktirish uchun uqlar va vallarda shponka ariqchalari, shlislar, rezbalar o‘yiladi, ba’zan esa ularni profilli qilib tayyorlanadi. 33 O‘q va vallarni mustahkamlikka hisoblashda ularni ikki tayanchga o‘rnatilgan va ustiga yuk quyilgan to‘sin sifatida qaraladi. O‘qlar faqat egilishga hisoblanadi: √ d- o‘qning diametri; Meg - maksimal egiluvchi moment; - egilishdagi joiz kuchlanish. 1.5.4. Podshipnikla
37. Kanatlar yuklarni ko‘tarishda, tushirishda va tashishda kuch uzatish uchun mo‘ljallangan bukiluvchan yuk ko‘tarish yoki tortish jihozlardir. Po‘lat sim va kanopdan tayyorlangan kanat (arqon)lar bo‘ladi. Qurilish mashinalaridan mustahkamligi yuqori, ishonchliligi yuqori bo‘lgan po‘lat arqonlar keng qo‘llaniladi. 25 Vazifasi bo‘yicha po‘lat arqonlar yuk-odam ko‘tarish (GL-грузолбдскиe) va yuk ko‘tarish (G-грузовыe) kanatlariga bo‘linadi. Kanatlar bir o‘rimli (1.16- rasm, a), ikki o‘rimli (1.27-rasm, б) va uch o‘rimli bo‘ladi. Bir o‘rimli kanatlar spiral bo‘ylab o‘rilgan alohida simlardan tayyorlanadi. Qo‘shaloq o‘rimli kanatlar organik yoki metall o‘zakka o‘rish yo‘li bilan hosil qilinadi. Uch o‘rimli kanatlarda o‘rimlar sifatida kichik diametrli ikki o‘rimli kanatlardan foydalaniladi. 1.16-rasm. Po‘lat arqonlar (troslar). Qurilish mashinalarida po‘lat arqonlarning shartli belgilari ularni pasportlariga yozib qo‘yiladi. Masalan: minorali kranni yuk kanati quyidagicha 24.0-G-1-L-0-N-180(GOST-2689-89) belgilangan. Bu degani: kanat diametri 24, G-yuk uchun mo‘ljallangan; O-bir tomonlama o‘rimli; N-chuvalmaydi; 18 Mpa - uzilishga bo‘lgan vaqtincha qarshiligi (2.1- rasm). Metallmas kanatlar kanop, paxta, asbest, sintetik (polipropilen, kapron) materiallardan tayyorlanadi. Ular asosan stroplar tayyorlash hamda yuklarni ko‘tarishda ularni qamrash va yuk ko‘tarish mashinalarini yig‘ishda ishlatiladi. Kanop kanatlar asosan o‘zaro qarama-qarshi o‘rilgan uchta toladan iborat bo‘lib, smola shimdirilgan bo‘ladi. а) б) в) г) 26 Kanat po‘lat arqonni turi va diametri (mm) uzuvchi kuch, uzilishga bo‘lgan zo‘riqish orqali GOST jadvallaridan tanlab olinadi. Smola shimdirilmagan kanatlar uchun [a]uz 100 kg/sm 2 yoki smola shimdirilgan kanatlar uchun [a]uz = 90 kg/sm 2 [9MPa]. Po‘lat arqonlar, mashina uzellari va ko‘tariladigan yuklarni ko‘tarish paytda turli usullarda bog‘lanadi. Kanatlarning yuk qamrovchi moslamalari bilan bog‘lanishnning asosiy turi kanatlarning uchlarida hosil qilinadigan sirtmoqlardir. Sirtmoqlarning o‘lchami kanatning yoki stropning vaznfasiga borliq. Po‘lat arqonlarning keskin bukilishidan va yoyilishidan saqlash uchun sirtmoq ichiga metall saqlagich koushlar 1 (1.17- rasm, a) o‘rnatiladi, ularning o‘lchamlari standartlashtirilgan. Sirtmoqlar mahkamlanish turi bo‘yicha ajraladigan (1.17- rasm, a, б) va ajralmaydigan bo‘ladi. Ajralmaydigan sirtmoqlar turli konstruksiyadagi qisqichlar 2 (1.17-rasm, д) bilan mahkamlanadi. Ajralmaydigan sirtmoqlar siquvchi gilza 3 yordamida (1.17-rasm, в), kanatning o‘rilgan uchiga oson eriydigan metallni gilza 4 ichiga quyib (1.17- rasm, г) tayyorlanadi. Donali yuklarni yoki maxsus yuk qamrash moslamalarini kanatlarga ilish uchun bir shoxli (1.18-rasm, a, в) va ikki shoxli (1.18-rasm, б) ilmoqlar va yuk sirtmoqlari (1.18-rasm, г) xizmat qiladi. Bular yumshoq po‘latdan bolg‘alab yoki shtamplab tayyorlanadi. 27 1.17- rasm. Po‘lat kanatlarning uchlarini mahkamlash sxemasi. 1.18-rasm. Ilgak va sirtmoqlar. Yuklarni ilmoqlar va sirtmoqlarga ilish uchun kanat stroplari qo‘llaniladi. Stroplar quyidagilarga bo‘linadi: universal xalqasimon strop ( 1.19- rasm, a); ikki tomonda xalqasi bo‘lgan universal strop yoki bir tomonda halqa ikkinchi tomonda ilmog‘i bo‘lgan strop (1.19-rasm, б, в); hamda 2...8 gacha yakka stroplardan tashkil topgan ko‘p tarmoqli stroplar (1.19- rasm, г), to‘g‘ri yengillashtprlgan stroplarga bo‘linadi
39.415557. Aralashtirish mashinalari beton aralashmalari va qorishmalar tayyorlashda qo‘llaniladi. Vazifasiga qarab ular beton aralashtiruvchi va qorishma aralashtiruvchilarga bo‘linadi. Aralashtirish mashinalari tasniflanadi: 1) materiallarni aralashtirish usuliga qarab – gravitatsion (baraban aylanganda materiallarni erkin tushish prinsipi asosida ishlovchi) va majburiy aralashtirish (jarayon aylanuvchi parraklar ta’sirida amalga oshadi); 2) texnologik jarayon kechish tavsifiga qarab siklik (davriy) va uzluksiz harakat; 3) bajarilishiga qarab statsionar va ko‘chiriluvchi. Majburiy aralashtiruvchi uzluksiz ishlovchi hamda davriy ishlovchi aralashtirgichlar na faqat beton aralashmasini tayyorlash uchun, shuningdek qorishma tayyorlashda ishlatilishi mumkin. 213 Siklik ishlovchi aralashtirgichlarning aosiy parametri – tayyor aralashma hajmi, litr. Bu yerda shuni e’tiborga olish kerakkim tayyor aralashmaning hajmi, aralashtirgichga tushiriladigan materiallar hajmi yig‘indisidan kamroq. Uzluksiz ishlovchi aralashtirgichning asosiy parametri tayyor ishlab chiqarilgan mahsulot bo‘yicha unumdorligi, m 3 /soat. Beton va qorishma aralashmalari hamda quruq qorishma tayyorlash, shahar qurilish shirkatlarida markazlashtirilgan beton va qorishma korxonalarida yoki uzellarida tayyorlanadi. Qurilish maydoniga bu qorishmalar maxsus transportlarda tashib beriladi. Ish hajmi kam va korxona uzoq bo‘lganda beton va qorishmalar ob’yektni o‘zida tayyorlanadi. Keyingi paytlarda ko‘pincha ob’yekt qoshida beton tayyorlovchi mobil qurilmalardan foydalanilmoqda. Beton aralashtirgichlar. Beton aralashmalari beton aralashtirgichlarda aralashtiriladi. Beton aralashtirgichlar: ishlash tarziga ko‘ra - davriy va uzluksiz ishlaydigan; aralashtirish usuliga ko‘ra - tashkil etuvchilar erkin tushgan holda aralashtiriladigan va majburan aralashtiriladigan turlarga bo‘linadi. Aralashtirgichlar davriy ishlaganda material bilan yuklash, aralashmani qorish va uni bo‘shatish porsiyalar bilan, uzluksiz ishlaganda esa yuklash, qorish va aralashmani bo‘shatish uzluksiz ravishda amalga oshiriladi. Davriy ishlaydigan beton aralashtirgichlarning tuzilishi sodda, xohlagan marka va bikirlikdagi beton chiqarishga tez moslashtirish mumkin. Uzluksiz ishlaydigan beton aralashtirgichlar ixcham, metall sarfi kam bo‘lib, ular ko‘proq avtomatlashgan texnologik liniyalarda ishlashga moslashgan bo‘ladi. Aralashmani tayyorlash ketma-ket bajariladigan texnologik jarayonlardan iborat: aralashtirgichni tashkil etuvchilar bilan yuklash, (bog‘lovchi, to‘ldiruvchi, suv); ularni aralashtirish; tayyor aralashmani transport vositasiga ag‘darib berish. Korxonalarning asosiy jihozlari: beton aralashtirgich, dozalash qurilmalari tashkil etuvchilar bunkeri va tashish vositalaridan iborat bo‘ladi. Davriy ishlaydigan beton korgichlarning tuzilishi sodda, xohlagan markada beton tayyorlashga tezda moslashtirish mumkin. 214 Uzluksiz ishlaydigan beton aralashtirgichlar ixcham, ular ko‘prok, avtomatlashgan, texnologik liniyalarda ishlashga moslashgan bo‘ladi
43. Yuklarni ilmoqlar va sirtmoqlarga ilish uchun kanat stroplari qo‘llaniladi. Stroplar quyidagilarga bo‘linadi: universal xalqasimon strop ( 1.19- rasm, a); ikki tomonda xalqasi bo‘lgan universal strop yoki bir tomonda halqa ikkinchi tomonda ilmog‘i bo‘lgan strop (1.19-rasm, б, в); hamda 2...8 gacha yakka stroplardan tashkil topgan ko‘p tarmoqli stroplar (1.19- rasm, г), to‘g‘ri yengillashtprlgan stroplarga bo‘linadi. 28 1.19-rasm.Strop va traversalar. Stroplarni uzunliklari turlicha bo‘lishi mumkin. Halqali tortqich 10 m gacha, to‘g‘ri yengillashtirilgan strop 2,5 dan 5 m gacha va ko‘p shoxobchaligi 2,6 dan 8 m gacha bo‘lishi mumkin. Katta o‘lchamga va uzunlikka ega bo‘lgan elementlarni ko‘tarish va ularni siljltish uchun turli traversalar ishlatiladi, ular qurilish konstruksiyalarini ko‘p shoxobchali stroplarda ko‘tarilganda hosil bo‘ladigan siquvchi kuchlar ta’siridan saqlash uchun xizmat qiladi. Ular ilmoqlari yoki stroplari naysimon yoki qutisimon tuzilishdagi metall to‘singa mahkamlangan oddiy traversalarga (1.19-rasm, ж) va 29 kanat to‘sin bilan sharnirli qilib birlashtirilgan blok bo‘yicha siljiy oladigan balansirli va universal (1.19- rasm, д, e) traversalarga bo‘linadi. Ilmoklar, karabinlar, yarim avtomatik qulflar va turlicha tuzilishdagi qamragichlar stroplarning yuk qamrash organlaridir. Dumaloq kesimli po‘latdan tayyorlangan doiraviy, uchburchak va oval halqalar, shuningdek skoba va yuk xalqalari stroplarning maxsus o‘tish elementlaridir. Yuklarni ko‘tarishda ularni bog‘lash va kanatlarga biriktirish uchun turli-tuman kanat tugunlari ishlab chiqilgan. Maxsus qamragichlarga qisqichli, ekssentrik va vakuumli qamragichlar, elektromagnitlar, bir va ikki kanatli greyferlar va boshqalar kiradi
54. Turli xil bino va inshootlarning ustun qoziqli poydevorlarini qurishda ikki xil ustun qoziq qo‘llaniladi – zavod sharoitida tayyorlangan qoqib kirgiziladigan (tayyor holatdagi) temir-beton va metall ustun qoziqlar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish bajariladigan joylarda tik va o‘ta qiya quduqlarga qo‘yib to‘ldirilib tayyorlanadigan burg‘ilab to‘ldiriluvchi to‘ldirma ustunqoziqlar qo‘llaniladi. Turli chuqurlar, quduq, transheyalarni suvdan saqlaydigan himoya to‘siqlari qurishda, suv xavzalarini himoya qilishda metall va temirbeton shpuntlardan foydalanadi. Tayyor ustunqoziq va shpuntlarni botirishda qoziq botiruvchi agregatlar, qoqib, titratib (vibratsion), titratib qoquvchi, bosib va titratib bosuvchi hamda qoziqlarni burab kirgizuvchi kopyorlar va kopyorli jihozlar, qo‘llaniladi. Tayyor ustun qoziqlarni botirish texnologik sikli ustunqoziqni ildirish va loyiha holatiga o‘rnatish, qoziqlarni qoziq botiruvchi yordamida gruntga loyiha belgisigacha botirish, qoziq qoquvchi qurilmani navbatdagi qoziqni botirish joyiga ko‘chirish operatsiyalaridan iborat. Qoziq botiruvchilar konstruksiyasi, iste’mol qiladigan energiya turi va ish prinsipiga qarab turli xildir. Qoziq botiruvchi mashinalarning tasnifi 3.48-rasmda keltirilgan. Shahar qurilishida qoqib kirgizuvchi qoziq bolg‘alar keng tarqalgan. 3.48-rasm. Qoziq botiruvchi mashinalarning tasnifi. 116 Ustunqozik qoqish jihozi sifatida bug‘-havo bilan ishlaydigan bolg‘a (3.49- rasm), dizel-bolg‘a (3.50 va 3.51-rasmlar), quvurchali dizel-bolg‘a va titratib botirgichlar qo‘llaniladi.
59. Bloklar ishlash sharoiti o‘rnatilishiga qarab qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan bo‘ladi (1.30-rasm). Ishlayotganda o‘qi qo‘zg‘almaydigan bloklar, qo‘zg‘almas bloklar deb ataladi (1.30-rasm, a). O‘qi yuk bilan birga tushadigan yoki ko‘tariladigan bloklar qo‘zg‘aluvchan bloklar deb ataladi. Bu bloklar qo‘zg‘almas bloklarga qaraganda kam qo‘llaniladi (1.30-rasm, б). 42 Qo‘zg‘almas blokda G massali yukni ko‘tarish uchun qanatning o‘qi uchiga miqdori jihatidan, Q yukning massasidan katta bo‘lgan R kuch qo‘yish zarur: Chunki, kanatdan o‘tish paytida deformatsiyalanish va tayanchlardagi ishqalanish hisobiga qo‘shimcha ish bajariladi. Q p ɳ - blokdagi qarshilikni belgilaydi. Blokni F.I.K. (η) podshipniklarni turi kanatning qamrash kengligi, uning diametri va egiluvchanligiga bog‘liq. 1.30-rasm. Blok polispastpastlarning turlari. Zoldirli va rolikli podshipniklar bilan ishlaganda η = 0,95…0,98. Sirpanish podshipniklari bilan ishlaganda η = 0,95...0.98; 43 Bloklar kanatning polispast (baraban) tekisligiga nisbatan 3...5 gradusgacha chetlanishga imkon beradi. Kuchdan yutish mumkin bo‘lgan blokda ((1.30-rasm, б).) R kuchning S masofasidan ikki barobar katta ya’ni, S = 2h. R kuchning tezlign v yukning tezligi v1 dan ikki barobar ko‘p ya’ni, v= 2v1. R kuchning S masofani o‘tishda bajargan ishi Q yukning h masofani o‘tish davomida sarflagan ishiga teng bo‘lgani uchun R = Q/2 η , N. Tezlikdan yutish zarur bo‘lganda, bloklarda kuchning o‘tgan masofasi va tezligi yukning masofasi va tezligidan ikki barobar kichik ya’ni, R = 2Q/η , N. Polispastlar qo‘zg‘aluvchan (fazoda harakatlanadigan) va qo‘zg‘almas bir va ko‘p rolikdan tashknl topgan blok oboymalarining majmuidan iborat bo‘lib, ma’lum sistemada ularni bitta umumiy kanat qamrab olgan bo‘ladi. Qo‘zg‘aluvchan oboymada yukni ilib olish uchun ilmoq yoki sirtmoq bo‘ladi, qo‘zg‘almas oboyma esa biror joyga mahkamlab qo‘yiladi. Polispastlardan kuchdan yutish uchun (reduktor polispastlari) yoki tezlikdan yutish uchun (multiplikator polistlari) foydalaniladi. Qurilish mashinalarida kanatning taranglanishini, yuk momentini va yuritma mexanizmining uzatishlar sonini kamaytiradigan va yukni ko‘tarish tezligidan tegishlicha yutishga imkon beradigan reduktor polispastlari keng ishlatiladi (1.30-rasm, a, б). Kanatning erkin uchi chig‘ir barabani 1 ga, ikkinchi uchi esa, blok oboymasining qo‘zg‘aluvchan 3 yoki qo‘zg‘almas 2 bloklar sistemasiga mahkamlanadi. Bu turdagi polispastlardan o‘rnatish ishlarida mustaqil yuk ko‘tarish qo‘rilmasi sifatida foydalaniladi, biroq ular asosan kranlarning, ko‘targichlar, ekskavatorlar va hokazolarning yuk va strela ko‘tarish mexanizmlarida ishlatiladi. Multiplikator polispastlar (1.30-rasm, e) kamdan-kam ishlatiladi, ular asosan gidravlik va pnevmatik ko‘targichlarda, kranlar va ekskavatorlarning teleskopik strelalarini harakatlantirish mexanizmlarida qo‘llaniladi. 44 Qo‘shaloq polispastlar ikkita bir xil yakka polispastdan iborat bo‘ladi, yukni ko‘tarishda, tushirishda uning qat’iy tik holatda bo‘lishini ta’minlaydi hamda baraban va tayanchlarga yuk bir tekis tushishini ta’minlaydi. Polispastlarning asosiy ko‘rsatkichlari uning karraligini «ap» hisoblanadi, uni yuk osilgan kanat o‘ramalari sonining barabanidagi o‘ramalar soniga bo‘lgan nisbati tarzda topiladi. Barabanga o‘raladigan kanatning eng taranglashishi (zo‘riqishi) F Gюк Gk dan kc / max bu yerda: Gyuk - ko‘tarilayotgan yukning og‘irligi; Gk -qo‘zg‘aluvchan blok oboymasining yuk qamrovchi organning (ilmoq), stroplar va hokazolarning og‘irligi; d - polispastning tipi; kc - kanat sistemasining f.i.k. polispast karraligi: n kc n бл n - polispastning f.i.k.; n áë - og‘diruvchi bloklarning f.i.k.; kc - bloklar soni. Qo‘shaloq polispastlardan foydalanish kanatning diametrini, binobarin, bloklar va barabanlarning diametrlarini kamaytirishga, reduktorning uzatishlar soni, mashina gabariti va massasini kamaytirishga imkon beradi. Biroq bunda kanatning uzunligi ortadi, barabanga ko‘proq kanat o‘raladi va ishqalanishga quvvat isrofi ko‘payadi
61. Qurilish mashinalarining mexanizmlari tormozlar va to‘xtatgichlar bilan jihozlanadi. To‘xtatgichlar chig‘irlar, tallar, domkratlarda qo‘llanilib, ular ko‘tarilgan yoki tushirilgan yuklarni ma’lum vaziyatda ushlab, vallarni teskari aylanib ketmasliklarini ta’minlash uchun ishlatiladi. Tuzilishi bo‘yicha xrapovikli — tashqi ilashishli (1.31-rasm, a) va ichki ilashishli (1.31-rasm, б) hamda friksionrolikli va ponali turlarga bo‘linadi. Vazifasi bo‘yicha to‘xtatkichlar tushiruvchi va to‘xtatuvchi, ishlash usuli bo‘yicha — normal yopiq va normal ochiq, boshqarilish turi bo‘yicha — avtomatik va boshqariladigan xillarga bo‘linadi. 1.31-rasm. To‘xtatgichlar va tormozlar. Har qanday xrapovikli to‘xtatgich valga yoki barabanga bikir qilib mahkamlangan, maxsus shakldagi tishi bor, tashli g‘ildirak 1 dan va qo‘zg‘almas 46 o‘kda erkin o‘tiradigan tishlagich 2 dan iborat. Yuk ko‘tarilganda tishlagich g‘ildirak tishlarida erkin sirpanib uni aylanishga to‘sqinlik qilmaydi. Yuk tushayotgan g‘ildirakni aylanishga to‘sqinlik qiladi. Tormozlar barabandagi yoki mexanizm validagi burovchi momentni; tormozning bir-biriga tegib turuvchi qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas elementlari orasida ishqalanish kuchlari tufayli hosil bo‘ladigan burovchi momentni qisman yoki butunlay muvozanatlaydi. Tormozning qo‘zg‘aluvchan elementi (shkiv, disk) tormozlanadigan val bilan qimirlamaydigan qilib biriktirilgan bo‘ladi, qo‘zg‘almas elementi esa (lenta, kolodka, disk) mashina korpusi bilan birlashtirilgan. Tormozlar vazifasi bo‘yicha dvigateldan uzib qo‘yilgan mexanizmlarni to‘xtatish uchun mo‘ljallangan to‘xtovchi (stopor) tormozlarga va tushirilayotgan yukning tezligini rostlash uchun mo‘ljallangan, yukni tutib turish va tushirish tormozlariga bo‘linadi. Tormozlar ularning bir-biriga tegib turuvchi ish elementlarining konstruktiv bajarilish nuqtai nazaridan kolodkali, lentali, diskli va konusli tormozlarga bo‘linadi. Lentali va kolodkali tormozlar qurilish mashinalarini mexanizmlarini to‘xtatish va ishga tushirishda keng qo‘llaniladi
63. Kabelli kranlar. Bu kranlar (5.52-rasm) to‘g‘on, ko‘priklar sanoat binolari qurilishida hamda yirik omborlarda qo‘llaniladi. Kran minora turidagi ikki tayanchdan iborat. Tayanchlar o‘rtasiga kanat tortiladi, kanat bo‘ylab esa aravacha polispasti va ilgak osmasi bilan birga harakatlanadi. Kanat qo‘zg‘almas qilib mahkamlab qo‘yilishi yoki kontryuk og‘irligi bilan taranglab turilishi mumkin. Kanatni tayanchlardan birini qiyalatish hisobiga ham taranglash mumkin. Tayanchlar qo‘zg‘almas bo‘ladi, unda ular poydevorga mahkamlanib, tortqilar yordamida kashaklab qo‘yiladi. Bunday tuzilishda kran faqat tor zonaga xizmat qiladi, xolos. Qo‘zg‘aluvchan kranlarning tayanchlari rels yo‘llar buylab harakatlanadi, bunda har ikkala tayanch parallel holda harakatlanadi. 210 5.52-rasm. Kabelli kran: 1 − tayanchlar; 2 − tortkilar; 3,4,5 − kanatlar; 6 ilgakli aravacha; 7 – polistpast. Kabelli kranlarning yuk ko‘taruvchanligi va oraliq uzunligi ularning vazifasiga ko‘ra har xil bo‘ladi. Omborxonalarda yuklash-tushirish ishlari uchun mo‘ljallangan kranlarning yuk ko‘taruvchanligi 1,5. ..2,5 t va prolyoti 250 m gacha bo‘lgan kranlar qo‘llanadi. Gidrotexnika inshootlari qurilishida kranlar prolyoti 1600 m, yuk ko‘taruvchanligi esa 150 t gacha yetadi
65. Chorpoyali kranlar. Chorpoyali kranlardan shahar, fuqaro va sanoat qurilishida og‘ir vaznli uskunalarni o‘rnatish, monolit inshootlarni barpo etishda, qurilish materiallari, konstruksiyalarini va detallarini tayyorlaydigan korxonaning omborlarida, hovlisida yuklash-tushirish va tashish ishlarini bajarishda, o‘tkazgich yo‘llar, ko‘priklar, metro (ochiq usul bilan qurganda), estakadalar qurishda asosiy o‘rnatish ishlarini bajarish va ular uchun oldindan konstruksiya yig‘ish hamda binolarni (shu jumladan hajmiy elementlardan ham), sanoat binolari va inshootlarining texnologik uskunalarini o‘rnatish ishlarida foydalaniladi. bajarishda foydalaniladi. Chorpoyali kranlar (5.50- rasm, a) ikkita tayanchga o‘rnatilgan ko‘prik 3 dan iborat, ulardan bittasi 2 kran ko‘prigi bilan bikir biriktirilgan, ikkinchisi 5 esa unga sharnirli biriktirilgan. Kranning tayanchlari aravachalar yordamida yurish g‘ildiraklari 1 bilan birlashtirilgan. Kran ko‘prigi bo‘ylab aravachasi 6 (5.50-rasm, б). yoki elektrtal harakatlanadi (5.50-rasm, a). Tayanchlardan birining yuqori qismiga yoki ko‘prikning fermasiga boshqarish kabinasi mahkamlanadi. Chorpoyali kranlar kran osti yo‘llari bilan chegaralangan maydon tashqarisidagi yuklarni qo‘zg‘atish maqsadida konsolsiz va bir yoki ikki konsolli kilib tayyorlanadi. Bu kranlarning asosiy parametrlariga, yuk ko‘taruvchanligi Q, kranning qo‘lochi L yoki koleyasi, yuk aravachasining yo‘l uzunligi L1 ilgakning ko‘tarilish balandligi N va kranning bazasi V (bitta relsda o‘rnatilgan yuritish aravachalarining sharnirlari o‘rtasidagi masofa) kiradi. 207 5.50-rasm. Chorpoyali kran. Chorpoyali kran ko‘prigi bir yoki ikki panjarasimon fermalardan bo‘lib uch yoki to‘rt burchakli kesimdan iborat bo‘lib doimiy yoki o‘zgaruvchan kesimga ega bo‘lishi mumkin konsol qismida. Keyingi yillarda chorpoyali kranlar maxsus profillar qo‘llanib yaxlit devorli metall konstruksiyalardan tayyorlanmoqda (5.51- rasm). 208 5.51-rasm. Ko‘prik konstruksiyasi panjarasimon va yaxlit devorli chorpoyali kranlar. Bu kranlarning afzalligi konstruksiyasining turg‘unligidir. Yukni ko‘tarish balandligi va ishlash zonasi cheklanganligi uning kamchiligidir
66. Koper – ustun qoziqlarni loyihaviy joyga o‘rnatish va qoqish jarayonida ushlab turish jihozlari
70 75. Yuk tashish avtomobillari – bu umumiy ishlarga mo‘ljallangan maqsadli avtomobillar, avtomobil-samosval va maxsus avtomobillardan iborat. Yuk ko‘taruvchanligi bo‘yicha avtomobillar bo‘ladi: kichik yuk ko‘taruvchi −0,75...2,00 t; o‘rta – 2,5...5,0 t; katta – 5...10 t; juda katta – 10 t dan yuqori. Dvigatel turiga qarab avtomobillar benzinli, dizelli va gazturbinli bo‘ladi. Asosan dizelli dvigatellar keng tarqalgan. Gazoturbinli dvigatellar juda katta yuk ko‘taruvchi avtomobillarda o‘rnatiladi. Umumiy ishlarga mo‘ljalangan maqsadli avtomobillar ochiq platformali va bortli kuzovdan iborat (4.1 –rasm, a), o‘tuvchanligi oshirilgan avtomobillar bir necha yetakchi g‘ildiraklarga ega (4.1 –rasm, б) va pritsepli, yarim pritsepli ulashga mo‘ljallangan shatakchi – avtomobil bo‘ladi. Avtomobil yoki shatakchi (tyagach) pritsep yoki yarim pritsep bilan birgalikda avtopoezd deyiladi. 4.2 − rasm. Shatakchi avtomobil va avtopoezd. Egar turidagi shatakchi avtomobillar avtomobilni yuk ko‘taruvchanligi oshirish va dvigatel quvvatidan unumli foydalanish uchun bir va ikki o‘qli yarim tirkama bilan ulanib ishlaydi. Egar turidagi shatakchi avtomobillar standart shassi asosida tayyorlanib kuzovga ega emas va ularning bazasi qisqartirilgan. Shatakchining ramasida tayanch-ulanadigan qurilma (“egar”) o‘rnatilib unga yarim pritsepning oldki qismi tayanadi (4.1–rasm, v va 4.2–rasm). Egarli avtoshatakchilar yuk ko‘taruvchanligi 4...25 t bo‘lgan yarim pritseplar bilan ishlashga qodir. 131 Avtomobil-samosval ko‘p hollarda to‘liq metall kuzovga ega bo‘lib, uning oldingi qismi kabinani shikastlanishdan himoya qiladigan soyabonga ega (4.1- rasm, г; 4.3-rasm). Kuzovni yukdan bo‘shatish ko‘p holda kuzovni orqaga 60° qiyalatish bilan amalga oshiriladi. Shuningdek ikki yon tomonga va uch tomonga (orqaga va ikki yon tomonga) yuk tushiruvchi samosvallarni konstruksiyalari mavjud. 4.3 -rasm . Avtomobil-samosvallar. Odatda kuzovni ag‘darish oddiy yoki teleskopik gidravlik silindrlar yordamida amalga oshiriladi. Transport holatiga kuzov o‘zining massasi og‘irligi ta’sirida tushiriladi. Qurilish avtomobillari saroyining o‘rtacha yuk ko‘tarish qobiliyati taxminan 4...6 tonnani tashkil etadi. Avtomobillar nisbatan yuqori tezlikka ega, harakatchan (80 km/soat), balandlik va pastliklardan o‘ta oladi, yuklash-tushirish mexanizmlari bilan jihozlanishi mumkin. Barcha avtomobillar bir xil tuzilish sxemasiga ega va asosan uchta qism: dvigatel 1 yuk kuzovi 2 va shassi 3 dan iborat. 132 Bortli avtomobillarning kuzovlari yoki metalldan tayyorlangan platformalardan iborat va ko‘pincha donali qurilish ashyolari tashish uchun mo‘ljallangan. Yuk avtomobillarida karbyuratorli va ko‘proq, dizelli ichki yonuv dvigatellari qo‘llaniladi. Yuk avtomobillari g‘ildirak formulasi A×B bilan belgilanadi, bu yerda A − g‘ildiraklarning umumiy soni, B − yetaklovchi g‘ildiraklarning soni, keyingi ko‘prikdagi juft g‘ildiraklar bitta g‘ildirak hisoblanadi. Gusenitsali va g‘ildirakli traktorlar - grunt tashigichlar, traylerlar va turli xil tirkamalar bilan qo‘shib ishlatiladi, undan tashqari traktorlar shatakchi sifatida foydalaniladi. G‘ildirakli traktorlar (4.5 − rasm) soatiga 40 km gacha tezlik bilan yurishi mumkin. Ular qattiq qoplamali yo‘llarda samarali ishlaydi. Yaxshi tayyorlanmagan yo‘llarda gusenitsali (zanjirli) traktorlardan foydalanish maqsadga muvofiq (4.4 −rasm). Traktorlarning bosh parametri ularning nominal tortish kuchi hisoblanadi. Gusenitsali traktorlar - 30, 40, 60, 250, 350 kN, g‘ildirakli traktorlar esa - 9, 14, 35, 100 kN. 4.4 −rasm. Gusenitsali traktorlar. 133 4.5 −rasm. Pnevmog‘ildirakli traktorlar. Barcha zanjirli va g‘ildirakli traktorlar bajaradigan vazifalariga ko‘ra va ularning tuzilish xususiyatlarini hisobga olgan holda kabinalari orqada, oldinda va o‘rtada joylashgan bo‘lishi mumkin. Pnevmog‘ildirakli shatakchilar almashtiriladigan turli xil osma va tirkama qurilish jihozlari bilan ishlashga mo‘ljallangan. Zanjirli traktorlarga nisbatan ular tuzilishi jihatidan sodda, massasi kam, uzoqqa chidaydi, tayyorlanishi arzon va ulardan foydalanish qulay. Tezligining yuqoriligi (soatiga 50 kilometrgacha) manevrchanligining yaxshiligi, ularda tirkab yoki osib ishlatiladigan qurilish mashinalarining ish unumdorligini oshirish imkonini beradi. Bir va ikki o‘qli shatakchilar bo‘lib (4.6 − rasm), ularda dizel dvigateli va ikki xil transmissiya ya’ni, mexanik va gidromexanik transmissiyalar qo‘llanadi. 134 4.6-rasm. Bir o‘qli va ikki o‘qli shatakchilarning turli xil almashtiriladigan jihozlari: 1−skreper; 2−grunt tashuvchi telejka; 3−kran; 4−sement yoki suyuqliklar uchun sisterna; 5−trayler; 6−quvur yotqizgich kran; 7−transheya qazuvchi; 8 – ko‘ndakov
73. Quvur yotqizuvchi kranlar maxsus o‘zi yurar gusenitsali va g‘ildirakli mashina bo‘lib uning strelasi yon tomonida joylashgan bo‘lib quvuro‘tkazgichlar qurilishida asosiy yuk ko‘taruvchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Quvur yotqizuvchi kranlar (5.47-rasm) traktor kranlarning modifikatsiyasi hisoblanib, ular gusenitsali traktorlarga o‘rnatiladi, strelasi yon tomonga joylashgan bo‘ladi. Ularning konstruksiyasi turlicha bo‘lib, yuk ko‘taruvchanligi 3...90 t gacha yetadi. 202 5.46-rasm. Traktor kranlari: a − umumiy kurinishi; b − kinematik sxemasi: 1 − yuk chig‘irining chervyakli reduktori: 2 —uch pog‘onali silindrik reduktor; 3 − reversiv taqsimlovchn quti; 4 −mufta; 5 − burish mexanizmi; 6 −taqsimlash qutisi; 7 – strela chig‘irining chervyakli reduktori. Bu turdagi quvur yotqizgichlar transheyalarga quvuro‘tkazgichlar yotqizish, tozalovchi va izolyatsiyalovchi mashinalarni kuzatib borish, quvuro‘tkazgichlarni payvandlash paytida tutib turish quvurlarni yuklab tushirish ishlari uchun xizmat qiladi. Quvur yotqizgichlarni asosiy ish harakatlari − yuklarni ko‘tarish va tushirish, yuk bilan birga kranning yurishi, yuk ko‘targan strela 203 qulochini o‘zgartirishlardan iborat. Bu qurilma soatiga diapazoni 0,1...0,6 km gacha bo‘lgan “sudraluvchi”, harakat tezligi olish imkoniii beradi. Kranquvuryotqizgichlar ish bajaruvchi mexanizmlarining yuritmasi bir motorli (mexanik) va ko‘p motorli (gidravlik) bo‘lishi mumkin. Mexanik yuritmali kranlarda yuk strelasining osmasi egiluvchan, gidravlik yuritmalarda esa egiluvchan va qattiq bo‘ladi. 5.47-rasm. Quvur yotqizuvchi kranlar. Quvur yotqizuvchi kranlarning yuk kutarish jihozi maxsus rama 6 ga qotiriladi va u planda A simon qo‘zg‘almas yuk strelasi 4, strela qulochini o‘zgartirish va yuk ko‘tarish mexanizmlari, kontryuk 8 va uning holatini o‘zgartiradigan qurilma 7, transmissiya 1 hamda boshqarish uzellaridan iborat. Kranning strelasi gusenitsali aravachaning ikkita kronshteyniga sharnirli qilib yoki mashinaning yunalishi bo‘ylab chap tomonidan ramaga qotiriladi. Quvur yotqizuvchi kranlar asosiy yuk ko‘taruvchi jihozlardan tashqari buldozer ag‘dargichi, parmalash uskunasi, yumshatgich uskunasi va boshqa uskunalar bilan jihozlangan bo‘lishi mumkin. Bunday kranlar quvur yotqizish va qurilish-remont ishlarida ham qo‘llaniladi (