7- mavzu: Oila psixologiyasi Asosiy savollar: Oylaviy hayotga psixologik tayyorlik tushunchasi



Download 31,05 Kb.
bet1/2
Sana08.01.2022
Hajmi31,05 Kb.
#334244
  1   2

7- Mavzu: Oila psixologiyasi

Asosiy savollar:

1. Oylaviy hayotga psixologik tayyorlik tushunchasi.

2. Yoshlarni oylaviy hayotga psixologik tayorlashda psixologik bilimning ahamiyati.

3. Oylaviy hayotga psixologik tayorlikning me`zonlari va ko`rsatkchlari.

4. Yoshlarni oylaviy hayotga psixologik tayorlash sohasidagi amaliy ishning samaradorligini oshirish omillari.

5. Guruh rahbari va fan o`qituvchisining oylaviy hayotga psixologik tayorlashdagi faoliyati mazmuni.

1. Har bir oila ijtimoiy tizim sturuktura sifatida jamiyat oldida ma‘lum bir funksiyalarni bajaradi. Oilaning ijtimoiy-funksiyalari haqida gapirganda bir tomondan jamiyatning oilaga ta‘sirini, ikkinchi tomondan esa, umumiy-ijtimriy tizimda oilaning o‘rnini, oilaning hal qiladigan ijtimoiy-funksiyalarini hisobga olish lozim. Barcha oldingi jamiyatlarda oila quyidagi asosiy funksiyalarni bajargan: iqtisodiy, reproduktiv, tarbiyaviy, rekreativ, kommunikativ, regulyativ (boshqaruv).

Bu haqda sharq allomalari: Abu Nosir Farobiy, YUsuf Hos Hojib, Ibn Sino, Amir Temur, Alisher Navoiy, Ahmad Donish va boshqalar o‘z asarlarida yozib qoldirganlar. Albatta, bu sanab o‘tilganlar hozirgi zamon oilasini asosiy funksiyalarining yagona klassifikatsiyasini tashkil eta olmaydi. Chunki, ayrim manbaalarda: naslni davom ettirish, tarbiyaviy, ho‘jalik va o‘zaro yordam kabi funksiyalar hozirgi zamon oilasining muhim funksiyalari sifatida ko‘rsatib o‘tilgan, sotsiolog olimlar (U.M.Sverdlov, V.A.Ryasensov, V.P.Klyuchnikov) esa inson zotini davom ettirish, bolalarni tarbiyalash va xo‘jalik funksiyalarini farqlaydi; S.D.Laptenok xo‘jalik-maishiy, aholi sonini qayta tiklash, tarbiyaviy va oila a‘zolari dam olishi- hordiq chiqarishini tashkil etish; N.G.Yurkevich-ma‘naviy muloqot, seksual bolalarni dunyoga keltirish, tarbiya jarayonidagi hamkorlik, uy xo‘jaligini yuritish uchun zarur vositalarni ta‘minlash, dam olishni tashkil qilish, o‘zaro moddiy va ma‘naviy qo‘llab-quvvatlash; A.G.Xarchev-aholi sonini qayta tiklash, ijtimoiylashuv, xo‘jalikg iste‘mol va dam olishni tashkil qilish kabilarni farqlaydi. Mana, yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, qator oilashunos mutaxassislar tomonidan oilaning asosiy funksiyalari turlicha klassifikatsiya qilinmoqda. Bu o‘rinda oila funksiyalarini shunchaki sanab o‘tish emas, balki ularni, bir tomondan, odamlarning moddiy, xo‘jalik-maishiy va ikkinchi tomondan, emotsional va ijtimoiy-psixologik ehtiyojlarini qondiruvchi funksiyalarga farqlash muhim. Shuni ham aytib o‘tish joizki, hozirgi zamon oilasida emotsional va ijtimoiy-psixologik jarayonlarni qondirish funksiyasining ahamiyati ortib bormoqda. Hatto sof moddiy xarakterga ega bo‘lgan funksiyalarda ham hissiylik ko‘proq tus olib bormoqda.



2.Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida hozirgi zamon oilasining asosiy funksiyalari qatorida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin iqtisodiy, reproduktiv, tarbiyaviy, rekriativ, kommunikagiv, regulyativ, boshqaruv kabilar. Oilaning iqtisodiy funksiyasi uning asosiy funksiyalaridan biri hisoblanadi. Oila iqtisodi, byudjeti, daromadini rejali sarflash, kundalik xarajatga, zarur buyumlarga pul ajratish, bir necha yildan so‘ng olinadigan narsalarga mablag‘ yig‘ish, tejab bozor yuritish er-xotinning katta tajriba, malakasiga ega bo‘lishlariga bog‘liq. Shuningdek, oilada o‘sayotgan bola ham manna shu malaka va ko‘nikmalariga ega bo‘lib borishi zarurligini unutmagan holda bolaga iqtisodiy masalalarni hal etishni o‘rgata borish lozim. Oila o‘zining shu funksiyasi tufayli jamiyatga, davlatga katta iqtisodiy foyda keltiradi. Oilaning muhim bo‘lgan funksiyalaridan yana biri bu uning reproduktiv (jamiyatning biologik uzluksizligini ta‘minlash, bolalarni dunyoga keltirish) funksiyasidir. Bu funksiyaning asosiy mohiyati inson turini davom ettirishdan iboratdir. Oila vazifasi faqatgina Yangi avlodni dunyoga keltiribgina qolmasdan, ularni insoniyat paydo bo‘lgan davrdan boshlab yashab kelayotgan ilmiy va madaniy yutuqlari bilan tanishtirish, ularning salomatligini saqlab turishdan ham iboratdir. Tabitan berilgan avlod qoldirish instinkti odamda farzand ko‘rishga, ularni o‘stirishga. Bu ehtiyojlarni qondirmasdan turib, kishi odatda o‘zini baxtiyor his qila olmaydi. Oilaning muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yana bar funksiyasi tarbiyalash funksiyasidir. Bolalarning aqliy, jismoniy, ahloqIy, estetik tarbiyasiga oilada asos solinadi. Oila inson deb ataluvchi binoning faqat plydevorini qo‘yish bilan cheklanmasdan, balki uning so‘nggi g‘ishti qo‘yilguncha javobgardir. Ota-ona-san‘atkor, bola-san‘at asari, tarbiya jarayoni esa san‘atning o‘zidir. Oilaning
Download 31,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish