6. O’zaro ekologik konsultastiyalash prinstipi bundan oldingi axborotlash prinstipining davomi. Konsultastiyalash yoki maslahatlashish prinstipi yuzaga kelgan ekologik inqiroz holati keng yoyilishining oldini olish, uni bartaraf qilishning xalqaro boshqaruvning strategik maqsadi va taktik vazifalarini aniqlab olish, unga qarshi kurashishning chora-tadbirlar ko’lami va yo’llarini aniqlashtirishga imkon yaratadi.
7. Ekologik inqirozli holatda davlatlarning o’zaro yordam ko’rsatish prinstipi davlatlarning o’zaro gumanitar yordam ko’rsatish va oqibatda o’z milliy xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan harakatlar toifasiga kiradi. Markaziy Osiyoda vujudga kelgan Orol muammosini hal qilishda 300 dan ziyod davlat yoki nodavlat tashkilotlarning ishtirok etishi va keyingi 10 yil mobaynida ularning yuz millionlab AQSh dollari miqdorida bizlarga moddiy yordam ko’rsatishlari bunday olijanob prinstipni amalda qo’llanilayotganiga dalil bo’la oladi.
8. Ekologik nizolarni tinch yo’llar bilan hal etish prinstipi xalqaro huquq sub’ektlari orasida ushbu nizolar orqali atrof tabiiy muhitga yanada ko’proq zarar etkazuvchi «sovuq urush»larning yoki harbiy to’qnashuvlarning oldini olishga qaratilgandir. Zamon talabi – har qanday salbiy jarayonlarni diplomatik vositalar orqali boshqarish va davlatlarning butun kuchini har qanday urushlarga emas, balki insonlarga xavf solayotgan ekologik inqirozlarga sarf qilishlarini da’vat qilishidir.
9. Ekologik muammolarni barqaror rivojlanish qoidalari orqali hal qilish prinstipi «Rio – 92» konferenstiyasining deklarastiyasida o’z aksini topgan bo’lib, u global va regional boshqaruvda ekologik muammolarni ijtimoiy va iqtisodiy muammolar bilan bir paytning o’zida kompleks ravishda echishni talab etadi.
Barcha global va regional miqyosidagi ekologik boshqaruv, albatta, huquqiy me’yorlar orqali hal etiladi. Unda davlat rahbarlari va siyosatchilarning xohish-irodasi emas, balki xalqaro hamjamiyatning ongli yondashuvi orqali amalga oshirilishi lozim. Xalqaro hujjatlarni fanda atrof-muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilish manbai deb ataladi.
Xalqaro boshqaruvda qo’llaniladigan huquqiy hujjatlarga shartnoma, kelishuv, konvenstiya, rezolyustiya, xartiya, deklarastiya, qaror (protokol)lar kiradi. Ayrim hollarda xalqaro-huquqiy hujjatlarga davlatlarning ichki qonunlarini ham kiritadilar, qachonki, milliy qonunlar xalqaro huquq me’yorlariga nisbatan atrof-muhit muhofazasini ko’proq ta’minlab bera oladigan bo’lsa. Nima bo’lganda ham, milliy qonunchilik, bizning fikrimizcha, to’lig’icha xalqaro-huquqiy manba bo’la olmaydi. Faqatgina ma’lum bir xalqaro huquq sub’ekti bo’lmish davlatlar hududida ekologik talablarga ko’proq javob beradigan normalar qo’llanishi mantiqan to’g’ri deb topilgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |