7- mavzu. Global va regional ekologik boshqaruv


Xalqaro ekologik javobgarlikning o’ziga xos xususiyatlari



Download 298,58 Kb.
bet10/10
Sana22.04.2022
Hajmi298,58 Kb.
#572785
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
7-mavzu Global va regional

2.3. Xalqaro ekologik javobgarlikning o’ziga xos xususiyatlari
Ekologik boshqaruvning asosiy richaglaridan biri xalqaro huquqiy javobgarlikdir. Milliy ma’muriy davlatlarda qo’llaniladigan javob­garliklardan farqli ravishda xalqaro boshqaruvda o’ziga xos sankstiya normalari qo’llaniladi. Xalqaro ekologik javobgarlik esa global va regional ekotizimlardan foydalanish natijasida atrof-muhitga et­kazilgan zararni qoplash yuzasidan xalqaro huquq sub’ektlariga qo’llani­ladigan noqulay moddiy va siyosiy sharoitlarning majburiy kechinmasi hisoblanadi.
Agarda davlatlar, xalqaro tashkilotlar va transkontinental korpora­stiyalar faoliyatlari BMT hamda uning ixtisoslashgan tashkilotlari yoki regional ekologik tashkilotlar tomonidan belgilangan atrof-muhit hola­ti huquqiy me’yorlari doirasida bo’lsa, bu holat ushbu sub’ektlarning Er tabiati oldidagi iqtisodiy-ekologik javobgarligini yuzaga keltiradi. Bu ularning tabiat, qolaversa, kelajak avlodlar oldidagi moddiy va ma’­naviy javobgarligi deyish mumkin. Mazkur javobgarlik esa iqtisodiyekologik javobgarlik deyiladi. Xalqaro ekologik-iqtisodiy javobgar­lik atrof-muhitga etkazilgan zararni qoplash uchun ushbu munosabat sub’ektlarini ekologik jamg’armalarga tushiradigan badal to’lovlari.
Xalqaro ekologik-iqtisodiy javobgarligi atrof tabiiy muhit va uning unsurlariga etkazilgan zararni qoplash yuzasidan amalga oshiri­ladigan iqtisodiy tadbir bo’lib, u xalqaro munosabat ishtirokchilari­ning umumjahon, regional yoki subregional turdagi ekologik jamg’arma­larga muntazam ravishda to’lanadigan badal (moliyaviy) to’lovlari. Lekin hech bir hollarda va hech qanday sabab-oqibatlarda bunday ekologik badal to’lovlari umumiqtisodiy yoki umumijtimoiy ko’rinishdagi jamg’armalar orqali amalga oshirilmasligi kerak. Chunki umumiy «qozonga» tushgan osh «ekologik cho’michga» ilinmay qolishi ham mumkin.
O’zbekiston iqtisodiy-ekologik javobgarlik bo’yicha badal to’lovlari­ni BMT qoshidagi global, MDHning regional va Markaziy Osiyo davlatla­rining Orolni qutqarish jamg’armalariga ma’lum bir belgilangan foiz asosida o’tkazib va bu bilan u atrof tabiiy muhitga etkazilgan moddiy za­rarni iqtisodiy-ekologik javobgarlik nuqtai nazaridan qoplab turadi.
Kosmik fazoni o’zlashtirishga oid dasturlarni bajaruvchi ayrim davlatlar, birlashmalar va xalqaro tashkilotlar 1972 yilda qabul qi­lingan «Kosmik kemalar orqali kosmik fazoga zarar etkazish» konven­stiyasining 2-moddasiga binoan tabiatga etkazilgan zararni qoplashla­ri kerak bo’ladi.
Xalqaro ekologik-huquqiy javobgarlik esa xalqaro ekologik ob’ekt­lardan universal, regional va ikki davlat o’rtasida belgilangan xalqa­ro-huquqiy me’yorlardan oshirib foydalanish yoki ularni buzish orqali atrof-muhitga etkazilgan zararni qoplash orqali kelib chiqadigan va xalqaro huquq sub’ektlariga qo’llaniladigan noqulay moddiy va siyosiy sharoitlarning majburiy kechinmasi yoki ularning yuridik jazoga torti­lishi demakdir. Xalqaro ekologik-huquqiy javobgarlik – xalqaro eko­logiya huquqi ob’ektlaridan foydalanish natijasida atrof-muhitga etkazilgan zararni qoplash yuzasidan xalqaro huquq sub’ektlariga qo’lla­niladigan noqulay moddiy va siyosiy sharoitlarning majburiy kechinmasi.
Yuridik javobgarlikning noqulay moddiy kechinmasi yoki moddiy ja­vobgarligi deganda, biz ekologik ziyon ko’rgan davlatlarga yoki davlatlar yurisdikstiyasida bo’lmagan ekologik ob’ektlarga (xalqaro ekologik tashki­lotlar orqali) etkazilgan zararni moliyaviy (reparastiya), natural holda (restutistiya) yoki almashtirish (substitustiya) orqali qoplashni tushunamiz.
Xalqaro ekologik-huquqiy javobgarlikning moddiy qoplanishining «restorastiya» metodini, ya’ni muayyan tabiiy ob’ektni yoki moddiy ob’ekt­ni huquqbuzar sub’ekt tomonidan to’liq tiklab berish sankstiyasini qo’l­lash ham mumkin. Masalan, tuproq unumdorligini tiklash, suvni tozalab berish yoki eroziya oqibatida buzilgan binoning xalqaro huquq sub’ekti tomonidan tiklab berilishi.
Milliy ekologik javobgarlikdan xalqaro ekologik javobgarlikning asosiy farqi ularda qo’llaniladigan sankstiyalardadir. Xalqaro huquq sub’ektlarini ozodlikdan mahrum qilish, kam ish haqi to’lanadigan va­zifaga tushirib qo’yish, mol-mulkini musodara qilish, ma’muriy jazoga tortish imkoniyati bo’lmaganligi uchun ham jazo sankstiyalarining o’zgacha turlarini qo’llashni taqozo qiladi.
Xalqaro ekologik-huquqiy javobgarlikda aybdorlarga nisbatan noqulay siyosiy kechinmalarni qo’llash sankstiyasi ham mavjud. Jazo turi xalqaro tashkilotlar yoki ularning sudlov organlarining qarorlariga mu­vofiq amalga oshiriladi. Aybdor deb topilgan xalqaro sub’ekt xalqaro tashkilotlar safidan chiqariladi yoki ularga nisbatan turli ko’rinishda­gi yoki shakldagi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy, harbiy, ekolo­gik «boykot» e’lon qilinadi. Bunga yaqqol misol qilib BMTning Iroq respublikasiga nisbatan bir necha yil mobaynida qo’llanilgan iqtisodiy «boykot»ini olish mumkin. 2000 yil fevral oyida Rossiya Federastiyasiga qarashli «Volga – Don» mazut tashuvchi daryo kemasi Bosfor bo’g’ozida Iroq xomashyosini olib ketayotganda ushlandi va yoqilg’i konfiskastiya qilindi hamda kema qarashli kompaniyaga katta jarima solindi. Iroq Respublikasiurushni targ’ib qilish va yadro qurolini yaratish orqali tabiatga vainson hayotiga tajovuz qilayotgan harakatlari uchun xalqaro Gaaga sudi qarori bilan siyosiy sankstiyaga tortildi. Ammo yurisprudenstiyada qo’lla­niladigan asosiy prinstiplardan biri «Huquqbuzarliklar uchun jazoning muqarrarligi» xalqaro-ekologik javobgarlikda hanuzgacha to’lig’icha qo’l­lanilmayapti, desak to’g’ri bo’ladi.
Eng nufuzli xalqaro sudlov organi – BMT ning xalqaro Gaaga sudi 1945 yil BMT bilan bir vaqtda faoliyat yurgiza boshladi. Sudyalar Bosh Assambleya tomonidan 5 yil muddatga saylanadilar. BMT Nizomi­ning 99-moddasiga binoan Gaaga sudi Xavfsizlik Kengashiga, xalqaro ekologik masalalar, jumladan, ekologik xavfsizlikni saqlashga doir har qanday masalalarni ko’rib chiqish uchun takliflar kiritish huquqi­ga ega.
Xalqaro ekspertlarning ma’lumotlariga ko’ra, Er kurrasida davlatlar yoki transkontinental kompaniyalar tomonidan sodir etilayotgan ekologik huquqbuzarliklarning bor-yo’g’i 7–8 foizi xalqaro sudlov organlari to­monidan ko’rib chiqilmoqda. Vaholanki, ularning hammasi ham etarlicha javobgarlikka tortilmayaptilar, natijada atrof-muhitga etkazilayotgan zararni qoplash uzoq muddatga cho’zilib ketmoqda.
Gaaga sudidan tashqari bir qancha regional va subregional toifadagi xalqaro sudlar mavjud. Ular 230 dan ziyod ikki va ko’p tomonlama imzo­langan shartnoma va kelishuvlar bo’yicha xalqaro ekologik javobgarlik sankstiyalarini qo’llashlari mumkin. Bunda davlatlar o’zlarining milliy qonun me’yorlarini yoki xalqaro tashkilotlarning Nizomlarini «ro’kach» qilib ko’rsatishlari aslo inobatga olinmasligi kerak. Chunki xalqaro ekologiya huquqi prinstipiga binoan atrof-muhitni muhofaza qilishda xalqaro huquqiy-me’yoriy normalar milliy normalarga nisbatan ustu­vorlikka egadir. Undan tashqari, xalqaro shartnoma va kelishuvlarda eko­logik-huquqiy javobgarlik ko’pincha inobatga olinmaydi, agar olingan bo’lsa ham, davlatlarning u yoki bu tabiiy ob’ektlari muhofazasiga qara­tilgan, xolos. Shuning uchun ham xalqaro ekologik-huquqiy javobgarlik me’yorlari birlamchi me’yorlar toifasiga kiritilmaydi va huquqbuzarlar­ni yuridik javobgarlikka tortish uchun etarli asos bo’la olmaydi.
MDH va Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida tuzilgan bir qator xalqa­ro-huquqiy hujjatlarda yuridik javobgarlikni qo’llashning aniq bir me’yoriy turi maydon yoki makon bo’yicha ko’rsatib o’tilmagan. Hanuzgacha ekologik-huquqiy manba sifatida javobgarlik Konvenstiyalari imzolan­gan emas. Moddiy yoki siyosiy sankstiyalar turi, miqdori va ularning un­dirilishi yoki qo’llash mexanizmi yo’q. Regional va global miqyosda jazoni amalga oshiruvchi nazorat, inspekstiya va sudlov organlarini tuzish shu kun­ning kechiktirib bo’lmaydigan dolzarb vazifalaridan biridir.
Xulosa qilib aytganda, insonlarning yagona yashash makoni bo’lgan Er sayyorasining ekologik xavfsizligini ta’minlash biron-bir davlat, tash­kilot yoki uyushmalarning sa’y-harakatlaridan boshlanadigan va xalqaro hamjamiyatning izchil ekologik siyosatini ishlab chiqish, uning iqtisodiy va huquqiy mexanizmini yaratish orqali amalga oshiriladi. Barqaror rivojlanishga erishish zamonamizning eng dolzarb ekologik muammolari echimi­ni topishga xizmat qiladi deb o’ylaymiz.


Nazorat savollari:

  1. Global va regional ekologik muammolarni tavsiflang.

  2. Xalqaro miqyosda ekologik xavfsizlik­ni ta’minlash

  3. Xalqaro ekologik boshqaruv prinstiplarini yozing.

  4. Xalqaro munosabatlarda ekologik boshqaruvni ta’riflang.

  5. Universal va maxsus boshqaruv turdagi ekologik tashkilotlari qaysilar?

  6. Xalqaro regional ekologik boshqaruv tashkilotlarini sanang

  7. Xalqaro ekologik javobgarlik nima?

Download 298,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish