imkoniyatiga ega bo‘lish uchun.
8.1-jadval. CORBA xizmatlari.
Xizmatlar to‘plami
{collection service)
ro‘yxatdagi, navbatdagi, to‘plamdagi va
boshqa ob’ektlarni guruxlash imkonini beradi. Gurux turli xil kirish mexanizmlariga
ega bo‘ladi. Masalan, ro‘yxat iterator deb ataladigan mexanizm yordamida har bir
elementni ko‘rib chiqadi. SHuningdek kalit so‘z asosida ob’ektni izlash imkoniyatiga
ham ega. Xizmatlar to‘plami tamoyili ob’ektga-yo‘naltirilgan dasturlash tillarining
kutibxona sinfiga juda ham yaqin.
Xizmatlar so‘rovi
{query service),
ob’ekt to‘plamlarini yaratish uchun
ma’lumotlarni taqdim etadi, ya’ni so‘rov jo‘natishda ishlatiladigan
rasmiy tildan
foydalanib murojat qilinadi. So‘rov ob’ektga yoki ob’ektlar to‘plamiga yo‘naltirilishi
mumkin. So‘rov xizmati so‘rovlarni to‘liq yaratish imkoniyatini taqdim etadigan
xizmatlar to‘plamiga qo‘shiladi. U xizmatlar to‘plamidan turli xil to‘plamlarni yaratish
imkoniyatini oxirgi bo‘lib taklif qilyapganligi bilan ajralib turadi.
Parallel kirish xizmati
{concurrency service)
mijoz umumiy ob’ektga kirishda
qo‘llashi mumkin bo‘lgan blokirovkalash mexanizmlarini taqdim etadi. Ushbu xizmat
aloxida xizmat sifatida ajratiladigan tranzaksiyani amalga oshirishda foydalanish
mumkin. Tanzaksiya xizmati
{transaction service)
mijozga
yagona tranzaksiya
ko‘rinishida bir nechta ob’ektlarga murojat qilish usullari zanjirini aniqlash
imkolniyatini beradi. Bu xizmat oddiy va o‘zgartirilgan tranzaksiyalarni qo‘llab
quvvatlaydi. Odatda mijoz usullarga murojat qiladi, shundan so‘ng ushbu murojatga
javob kelishni kutadi. CORBA bilan assinxron ishlash imkoniyatini qo‘llab quvvatlash
uchun hodislar xizmatidan
{event service)
foydalaniladi. Bu xizmatning yordami bilan
mijoz va ob’ekt hodisalarni aniqlash boshlanishi bilan ishlashni to‘xtatishi mumkin.
Asinxron ishlash uchun qo‘shimcha vosita sifatida bildirish xizmatidan
{notification
seivice)
foydalaniladi.
Tashqi aloqa xizmati
{externalization service)
ob’ektlarni paketlashbilan
shug‘ulanadi. Ushbu xizmatni diskda saqlash yoki tarmoq bo‘ylab uzatish mumkin.
Uni baytlar ketma ketligi ko‘rinishida ma’lumotlar oqimi ob’ektiga yozish
imkoniyatini beradigan Java vositasi bilan taqqoslash mumkin.
Yashash davri xizmati
{life cycle service)
ob’ektni yaratish, yo‘q qilish, nusxa
olish va joyini o‘zgartirish imkoniyatlarini taqdim etadi. Bu erda kalit konsepsiya
fabrika-ob’ekti
{factory object)
boshqa ob’ektlarni yaratishdafoydalaniladigan
maxsus ob’ektni o‘zida taqdim etadi. Amaliyot uni ko‘rsatadiki alohida xizmat faqat
ob’ektlarni yaratishni talab qiladi. Ob’ektlarni yo‘q qilish,
nusxa olish va joyini
o‘zgartirish ob’ektlarning o‘zini ichida aniqlash maqqul hisoblanadi. Sababi – ushbu
operatsiya ob’ekt holatini ko‘rsatadi, u holda ular ob’ektga bog‘liq tarzda amalga
oshiriladi.
Litsenziyalash xizmati
{licensing service)
dastur ishlab chiquvchiga o‘zining
ob’ektlariga bog‘lanish va litsenziyaning ma’lum bir qoidalariga rioya qilish
imkoniyatini beradi. Litsenziya mijozning ob’ektdan foydalanish qoidalarini aniqlab
beradi. Masalan, litsenziya ob’ektga bog‘lanishda ma’lum
bir vaqtda faqat bitta
mijozga ob’ektdan foydalanishga ruxsat beradi. Boshqa litsenziya ma’lum bir vaqt
tugashi bilan ob’ektni avtomitik qayta foallashtirishni ta’minlashi mumkin.
Nomlarni tushadigan ob’ektlar uchun CORBA alohida nomlash xizmatini
{naming service)
taqdim etadi.ushbu xizmat ob’ekt identifikatori nomni ifodalash
bilan shug‘ulanadi. Ob’ektlarni tavsiflashning asosiy vositasi hususiyatlar xizmatida
{property service)
alohida to‘planadi. Bu xizmat mijozga ikkita ob’ektni bir biri bilan
bog‘lash imkoniyatini taqdim etadi. Qayt etib o‘tish kerakki bu atributlar ob’ekt
holatining bir qismi bo‘lmaydi, balki uning tavsifi uchun ishlatiladi. Bu ikkala xizmat
ma’lumotlarni almashish xizmati
{trading service)
bilan bog‘liq,
ya’ni ob’ektga u
nimalar
qila olishini reklama qilish, mijozga esa maxsus tillardan foydalani kerakli
xizmatlarni samarali izlash imkoniyatini taqdim etadi.
Saqlash xizmati
{persistence service)
- saqlash ob’ekti ko‘rinishida diskda
axborotlarni saqlash vositalarini o‘z ichiga oladi. Bu erda muximroq narsa saqlashda
ochiqlilikni taklif qilinishi – mijozga disk va tezkor xotira o‘rtasida ma’lumotlarni
uzatish zarur bo‘lmaydi.
Xizmatlarni joyini almashtirish ikki yoki undan ko‘proq jarayonlar o‘rtasida
munosabatlarni aniqlash uchun vosita taqdim etmaydi. Bunday vositani munosabat
xizmati
{relationship service)
taqdim qiladi. U ma’lumotlar omboridagi ob’ektlar
o‘rtasida munosabatlar sxemasiga o‘xshash konseptual
sxema bilan mos keladigan
ob’ektlarni tashkil qilishni qo‘llab quvvatlaydi.
Himoyalashni himoyalash xizmati
{security service)
ta’minlaydi. Ushbu xizmatni
joriy qilish SESAME va Kerberos tizimni himoyalashga o‘xshaydi. CORBA da
himoyalash tizimi autentifikatsiya, avtorizatsiya, audit, himoyalangan aloqa va
administrasiya vositalarini qo‘llab quvvatlaydi.
CORBA da shuningdek vaqt xizmati
{time service)
ham mavjud . ushbu xizmat
xatoliklar paydo bo‘lgan zahoti ayrim xatoliklarga o‘sha vaqtning o‘zida murojat qiladi.
CORBA xizmatlari tayanch sifatida CORBA ob’ekt
modelidan foydalanib
ishlab chiqiladi. Bu barcha xizmatlar CORBA uchun IDL tilidan tavsiflanishini
bildiradi va interfeyslarning tavsifi va qo‘llanilishi o‘rtasida farqlar mavjud. Qurish
bo‘yicha muhim boshqa bir tamoyillarda xizmat sodda va minimal xajmga ega
bo‘lishi kerak.
Bog‘lanish
Dastlabki CORBA sodda bog‘lanish modeliga ega: ob’ektga mijoz murojat
qiladi va javobni kutadi. Bu model sodda ishlab chiqilgan, biroq qo‘shimcha ravishda
birgalikda ishlashning metodlarini unga qo‘shishni amalga oshirish zarur. Bu
bog‘lanishlarni biz CORBA vositasiga murojat qilishda alohida ko‘rib chiqamiz,
shuningdek ob’ektga murojat qilishning alternativlarini ham ko‘rib chiqamiz .
Ob’ektga murojat qilishning kengaytirilgan tayanch modelida
asinxron birgalikda
ishlashni qo‘llab quvvatlash zaruratini chaqiradi. Bu zarurat boshqa bir mavjud
ma’lumotlarni uzatish faktlarini chaqiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: