6-sinf Tarix 6-“G”


Hamma narsa vaqtdan qo‘rqadi, vaqt esa piramidalardan!



Download 0,93 Mb.
bet30/112
Sana23.06.2021
Hajmi0,93 Mb.
#99381
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   112
Bog'liq
6 sinf tarix konspekt

Hamma narsa vaqtdan qo‘rqadi, vaqt esa piramidalardan! Qadimgi va O‘rta podsholiklar davrida misrliklar barpo etgan ulkan piramidalar, (fi r’avnlar dafn etiladigan joy) – maqbaralar bo‘lgan. O‘tgan ming yilliklar davomida ko‘pdan ko‘p shaharlar va davlatlar yo‘q bo‘lib ketdi, ibodatxonalar va saroylar xarobaga aylandi. Faqat piramidalar vaqtdan qo‘rqmaydi. Faqat piramidalargina to‘rt ming yildan oshiq vaqt davomida o‘zgarmasdan turibdi.

Eng mashhur piramidalar Memfi s shahri yaqinida uch fi r’avn – Xufu, Xafra va Menkaura uchun bunyod etilgan. Bu piramidalar jahonning yetti mo‘jizasidan biri bo‘lib, ular hozirga qadar saqlanib qolgan birdanbir inshootlardir. Eng katta piramida Xufu uchun (yunonlar uni Xeops deb atashgan) mil. avv. 2600-yil atrofi da qurilgan. Uning balandligi 147 metr bo‘lgan. Piramidalar qurilishi uchun toshlar Nil daryosining o‘ng sohilidagi yassi tog‘lardan olib kelingan.

Piramida har biri ikki tonnadan og‘irroq bo‘lgan 2,5 million dona tosh bo‘laklaridan

tashkil topgan. Piramida ichida dahliz bilan tutashtirilgan bir qancha xonalardan iborat bo‘lgan. Ulardan birida fi r’avnning mumiyolangan jasadi solingan toshtobut – sarkofag joylashgan. Piramidalar -- firavnlar dafn etiladigan joy. Eng mashhur piramidalar Memfis shahri yaqinida uch firavn- Xufu , Xafra va Menkaura uchun bunyod etilgan.

Eng katta piramida Xufu uchun bo’lib 2600- yilda qurilgan, uning balandligi 147 metr. Toshtobut-- sarkofag (firavnning mo’miyolangan jasadi solinadi). Piramidalarni sfinkslar --tanasi arslon boshi odam haykallar qo’riqlaydi. Eng mashhur maqbara firavn Tutanxamonga tegishli.

Daxmalar ichi devorlari esa munojotlar va qarg‘ishlardan iborat bitiklar bilan qoplangan. Ular fi r’avnni himoya qilishi va o‘zga hayotga o‘tayotganida unga yordam berishi nazarda tutilgan. Piramidalarni sfi nks – tanasi sherniki va boshi odamniki bo‘lgan ulkan haykal qo‘riqlaydi. «Sahro shohi» – sfi nks haykali toshdan ishlangan bo‘lib, uning balandligi 20 metrga teng. Yangi podsholik davriga kelib ehrom qurmay qo‘yishdi. Fir’avnlarni tog‘larga o‘yilgan tosh maqbaralarga dafn etadigan bo‘lishdi.

Eng mashhur maqbara fi r’avn Tutanxamonga tegishli bo‘lgan. Maqbara ichidagi tasavvurga sig‘maydigan boyliklar bizga qadar yetib kelgan.

Mumiyolash. Qadimgi misrliklar inson vafot etganidan keyin marhumlar saltanatiga ketadi, o‘sha yerda umrini davom ettiradi, deb hisoblashgan. Ammo marhumlar saltanatidagi hayot, misrliklar fikricha, Osiris sudining natijalariga bog‘liq bo‘ladi. Tarozining bir pallasiga marhumning yuragi, boshqasiga esa qush patlari qo‘yiladi.

Mabodo tarozi pallalari tenglashsa, demak inson bu dunyodagi hayotida faqat ezgu ishlar qilgan bo‘ladi, u vafot etganidan keyin ajoyib bir sharoitda umrini davom ettiradi. Yurak og‘irroq kelsa, inson bir talay yomon ishlarni qilgan bo‘lib chiqadi va badbashara maxluqlarga yemish bo‘ladi. Osiris qarshisida go‘zal qiyofada qad rost-

lash uchun misrliklar inson jasadini mumiyolashgan. Mumiyolash bilan tibbiy bilimlarga ega kohinlar shug‘ullanishgan. Odatda mumiyolash qariyb 70 kun davom

etgan. Jasadga maxsus ishlov berilganidan keyin ko‘pdan-ko‘p matolar bilan o‘rab

chirmashgan, qimmatbaho taqinchoqlar bilan bezashgan. Matolar qati orasiga omad keltiruvchi tumorlar qo‘yilgan. Mumiyolash faqat marhumning izida qolgan boy-badavlat qarindoshlarga nasib etgan.
Mustahkamlash.

1.Qadimgi Misr hukmdorlari piramidalarni qanday maqsadda qurgan?

2.Misrdagi eng mashhur piramida qaysi?

3.Nega firavnlar dafn etilayotganda buyumlari bilan ko’milgan?

4.Marhumlar qaysi maqsadda mo’miyolangan?




Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish