Tashkiliy qism: Salomlashish. Davomat. Dunyo yangiliklari.
O’tilganni so’rash: Savol-javob.
Qaysi voqealar Qadimgi dunyo tarixini vujudga keltiradi?
“Piramidalar matnlari” va “Marhumlar kitobi” qaysi xalqqa tegishli ?
Qadimda Mohenjodaro shahri qayer joylashgan edi?
Qadimgi bitiklarni o’rganish bilan qaysi fan shug’ullanadi?
Tangalarni tadqiq etish bilan esa qaysi fan shug’ullanadi?
Yangi mavzu: kichik ma’ruza.
So’nggi paleolit davrida (mil.avv 40-l2 ming уil avval) ko’pdan ko’p voqealar ro’y berdi. Bu davrda toshga ishlov berish texnikasi va mehnat qurollari yasash usullari o’zgardi. Odamning o’zi ham, tashqi qiyofasi ham o’zgarib bordi. Mazkur davrda hozirgi qiуofadagi odam - kromanyon odami yashagan edi.So’nggi paleolit davri odami manzilgohlari Samarqand shahri hududidan, Toshkent viloyati Ohangaron daryosi vodiysidagi Ko’lbuloq manzilgohining yuqori madaniy qatlamlaridan, shuningdek, Farg’ona vodiysidan topilgan. Taxminan 25-30 ming уil muqaddam odamlar ancha takomillashgan kesuvchi, arralovchi va parmalovchi mehnat qurollari yasaydigan bo’lishgan. Inson endilikda taqinchoqlar - munchoqlar, tumorlar va uzuklar ham yasay boshladi. Shunday qilib, so’nggi paleolitda insoniyat o’z rivojida tag’in bir pog’onaga yuksaldi. Odamlar qarindoshlardan tarkib topgan ixcham guruhlarga - urug’ jamoalariga ajralib chiqishdi. Urug’ga oqsoqol sardorlik qilgan, urug’ a’zolari bitta manzilgohda yashagan. Bir joyda yashab turgan bir qancha urug’lar qabilani tashkil etgan. Turar joylar qurilishi so’nggi paleolit davri odamlarining muhim ixtirosi bo’ldi. Kiyim.kechak tayyorlashda hayvonlar terisi ishlatilardi. Inson bu davrda sun’iy tarzda olov (yog’ochni bir biriga ishqalash, chaqmoqtoshni bir biriga urish) hosil qilishni ham o’rganib oldi.Mezolit davri (o’rta tosh asri) taxminan miloddan avvalgi XII-VII mingyilliklarda davom etgan. Mezolit davri boshlanishi bilan Muzlik davri poyoniga yetdi, bu narsa iqlim ancha ilishiga va odamlar turmushida o’zgarishlar bo’lishiga olib keldi. Mezolit davrida inson o’q-yoy yasashni o’rganib oldi.
Antropologlar- qadimgi odamlarni suyak va boshchanoqlarini o’rganadi,
Arheologlar- qadimgi manzilgohlarni.
Etnograflar- xalqlarni kelib chiqiqshini.
Lingvistlar - tillarni kelib chiqishini o’rganadi.
Zardushtiylikni muqaddas kitobi “”Avesto “,
Geradot -V asrda yashagan yunon tarixchisi,
Strabon “Geografiya asari muallifi.
Do'stlaringiz bilan baham: |