6-sinf qadimgi dunyo tarixi 8-test. 39-44



Download 52,61 Kb.
Sana28.10.2022
Hajmi52,61 Kb.
#857639
Bog'liq
6-sinf 39-44-mavzu 120-savol


A chilov G‘olibbek Kamiljon o‘g‘li @Golib_0709



6-SINF QADIMGI DUNYO TARIXI
8-test. 39-44

  1. Qadimgi Rimda urush xudosi kim?

A) Venera B) Baxus C) Mars D) Furiya

  1. Puni urushlari davrida Karfagen armiyasiga kim boshchilik qilgan?

A) Mark Krass B) Ssipion C) Gannibal D) Yuliy Sezar

  1. Spartak nima uchun gladiatorlik maktabiga sotib yuborilgan?

A) Rim armiyasida xizmat qilishdan bosh torgani uchun
B) Rim hukmdoriga qarshi isyon ko‘targani uchun
C) Rim uchun josuslik qilishdan bosh tortgani uchun
D) To‘g‘ri javob yo‘q

  1. Qachon Rim imperiyasiga asos solingan?

A) Mil. avv. 30-yilda B) Mil. avv. 29-yilda
C) Mil. avv. 49-yilda D) Mil. 98-yilda

  1. Qachon xunnlar Italiyaga bostirib kirgan?

A) Mil. 452-yilda B) Mil. 455-yilda
C) Mil. 410-yilda D) Mil. 457-yilda

  1. Qadimgi Rimda badavlat xonadon farzandlari necha yoshdan boshlab maktabga qatnagan?

A) 5 B) 6 C) 7 D) 8

  1. Qadimgi Rimda xom suvoqqa chizilgan rasmlar qanday nomlangan?

A) Freska B) Villa C) Akveduk D) Mozaika

  1. Karfagenliklar Sitsiliya orolining qaysi qismini bosib olgan edi?

A) Shimol B) G‘arb C) Sharq D) Janub

  1. Spartak qayerlik bo‘lgan?

A) Afinalik B) Frakiyalik C) Kapuyalik D) Rimlik

  1. Qachon Rimda muntazam yollanma qo‘shinlarga ttttayanuvchi harbiy boshliqlar real kuchga aylangan?

A) Mil. I asrda B) Mil. avv. II asr
C) Mil. avv. I asrda D) Mil. II asrda

  1. Qachon Rim imperaiyasining kuch-qudrati zaiflasha boshlagan?

A) Mil. avv. III asrda B) Mil. IV asrda
C) Mil. avv. II asrdas D) Mil. III asrda

  1. «Rim tarixi» asarining muallifi kim?

A) Tit Liviy B) Plutarx
C) Kvint Kursiy Ruf D) Tatsit

  1. Qadimgi Rimda o‘g‘il bolalar necha yoshdan boshlab oq rangi toga kiygan?

A) 7 B) 10 C) 15 D) 14

  1. Puni urushlari boshlanishiga sabab bo‘lgan hudud qaysi?

A) Sardiniya B) Apennin C) Sitsiliya D) Karfagen

  1. Spartak qo‘zg‘olonida hal qiluvchi jang qachon yuz bergan?

A) Mil. avv. 71-yil bahorida
B) Mil. avv. 72-yil yozda
C) Mil. avv. 71-yil yozda
D) Mil. avv. 72-yil bahorda

  1. Oktavian va Mark Antoniy harbiy flotlari o‘rtasida qachon jang bo‘lgan?

A) Mil. avv. 30-yilda B) Mil. avv. 29-yilda
C) Mil. avv. 31-yilda D) Mil. aav. 28-yilda

  1. Rimga hujum qilgan qaysi qabila Rimni 2 hafta davomida talagan?

A) Xunnlar B) Varvarlar C) Vandallar D) Gotlar

  1. Rim qachon eng yirik va aholisi ko‘p shaharga aylangan?

A) Mil. I asrda B) Mil. avv. I asrda
C) Mil. II asrda D) Mil. avv. II asrda

  1. Quyidagi Rim xudolari va ularning xususiyatlarini moslashtiring.

1) Neptun; 2) Yustitsiya; 3) Fortuna; 4) Venera;
5) Baxus; 6) Vulqon; 7) Morfey; 8) Diana; 9) Yupiter
a) Chaqmoq va momaqaldiroq xudosi; b) Bahor va sevgi xudosi; c) Ovchilik xudosi; d) Olov va temirchilik xudosi;
e) Sudlov ilohasi; f) Uyqu xudosi; g) Taqdir ilohasi;
h) May xudosi; i) Dengiz xudosi
A) 1-i; 2-e; 3-b; 4-g; 5- h; 6-d; 7-f; 8-c; 9-a
B) 1-i; 2-e; 3-g; 4-b; 5-h; 6-d; 7-f; 8-c; 9-a
C) 1-i; 2-e; 3-b; 4-g; 5-f; 6-a; 7-h; 8-c; 9-d
D) 1-i; 2-e; 3-g; 4-b; 5-h; 6-f; 7-d; 8-c; 9-a

  1. Qachon Kann yaqinida Rim va Karfagen armiyasi o‘rtasida urush bo‘lgan?

A) Mil. avv. 202-yilda B) Mil. avv. 216-yilda
C) Mil. avv. 146-yilda D) Mil. avv. 226-yilda

  1. Rim hukmdorlarining ramzi to‘g‘ri berilgan javobni toping.

A) Ona bo‘ri B) Bog‘bon C) Burgut D) Cho‘pon

  1. Trayan ustining balandligi qancha?

A) 30 m C) 40 m C) 50 m D) 45 m

  1. Varvar qabilalari Rimning qaysi qismida yashagan?

A) Shimoli-g‘arb B) Janubiy-sharq
C) Shimoli-sharq D) Janubi-g‘arb

  1. Qachon imperator Konstantin xristianlikni boshqa dinlarga teng din degan farmon chiqargan?

A) Mil. 330-yilda B) Mil. 313-yilda
C) Mil. 320-yilda D) Mil. 315-yilda

  1. Qadimgi Rimda pol ochuvchi kohinlar qanday nomlangan?

A) Pontifiklar B) Vestalar
C) Vestalkalar D) Avgurlar

  1. Qadimgi Rimda bosib olingan hududlar nima deb atalgan?

A) Koloniya B) Satraplik C) Provinsiya D) Nom

  1. Spartak boshchiligidagi qo‘zg‘olonni bostirish uchun qaysi sarkarda boshchiligida ko‘p sonli qo‘shin yuborgan?

A) Mark Krass B) Ssipion C) Gannibal D) Yuliy Sezar

  1. Yuliy Sezar qachon o‘ldirilgan?

A) Mil. avv. 48-yilda B) Mil. avv. 44-yilda
C) Mil. avv. 49-yilda D) Mil. avv. 43-yilda

  1. Vizantiy shahrini Rim imperaiyasining poytaxtiga aylantirgan imperator kim?

A) Trayan B) Oktavian Avgust
C) Konstantin D) Feodosiy

  1. Quyidagi inshootlardan qaysi biri ustunlarsiz qurilgan?

A) Parfenon ibodatxonasi B) Panteon ibodatxonasi
C) Artemida ibodatxonasi D) Kolizey amfiteatri

  1. Qadimgi Rimning bosh xudosi qaysi?

A) Yustitsiya B) Neptun C) Yupiter D) Fortuna

  1. Qadimgi Rim qachon butun Italiyani zabt etgan?

A) Mil. avv. III asr boshlari
B) Mil. avv. III asr o‘rtalari
C) Mil. avv. III asr oxirlari
D) Mil. avv. III asr boshlari

  1. Rimdagi eng katta amfiteatr hisoblangan Kolizey amfiteatriga qancha kishi sig‘gan?

A) 70 ming B) 50 ming C) 60 ming D) 40 mng

  1. Oktavian qachon Senatdan Avgust laqabini olgan?

A) Mil. avv. 30-yilda B) Mil. avv. 29-yilda
C) Mil. avv. 49-yilda D) Mil. 98-yilda

  1. Rimga hujum qilgan got qabilalarining sardori kim?

A) Alarix B) Odoakr C) Attila D) Gannibal

  1. Yunon-rim sarkardalari hayoti haqida kitob yozib qoldirgan Rim tarixchisi kim?

A) Tit Liviy B) Plutarx
C) Kvint Kursiy Ruf D) Tatsit

  1. Qadimgi Rimda qurbonlik baxshida qiladigan joy nima deb atalgan?

A) Altar B) Forum C) Argo D) Agora

  1. Uchinchi Puni urushlarida karfagenliklar o‘z shahrini necha yil mudofaa qilgan?

A) 1 yil B) 3 yil C) 2 yil D) Yarim yil

  1. Spartak qo‘zg‘oloni yakunlanganidan keyin Rim-Kapuya oralig‘ida qancha asirlar xochga mixlab tashlangan?

A) 7 mingdan ziyod B) 6 mingga yaqin
C) 6 mingdan ziyod D) 7 mingga yaqin

  1. Rimning oltin asri nechanchi asr?

A) Mil. avv. II asr boshlari
B) Mil. avv. II asr o‘rtalari
C) Mil. avv. II asr oxirlari
D) Mil. avv. III asr boshlari

  1. Rim imperiyasi qachon G‘arbiy va Sharqiy Rim imperiyasi bo‘lib bo‘linib ketgan?

A) Mil. avv. 394-yilda B) Mil. 394-yilda
C) Mil. avv. 395-yilda D) Mil. 395-yilda

  1. Qadimgi Rimda siyosiy arbob bo‘lishni istagan har bir ikishi qaysi sohani o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan?

A) Grammatika B) Dialektika C) Ritorika D) Huquq

  1. Qadimgi Rimda shisha yoki tosh parchalaridan ishlangan suratlar nima deb atalgan?

A) Freska B) Villa C) Akveduk D) Mozaika

  1. Karfagen qachon butunlay vayronaga aylangan?

A) Mil. avv. 202-yilda B) Mil. avv. 147-yilda
C) Mil. avv. 146-yilda D) Mil. avv. 123-yilda

  1. Spartak qaysi shahardagi gladiatorlik maktabiga sotib yuborilgan?

A) Kapuya B) Frafiya C) Sparta D) Galliya

  1. Daklarga qarshi kurashgan Rim imperatori kim?

A) Oktavian B) Yuliy Sezar
C) Brut D) Trayan

  1. Qaysi voqeadan keyin Rimliklar yirik bosqinchilik urushlarini olib borolmagan?

A) Trayan davri boshlanganidan keyin
B) Trayan davri tugaganidan keyin
C) Rim poytaxti Vizantiy shahriga ko‘chirilganidan keyin
D) Feodosiyning o‘limidan keyin

  1. Qadimgi Rimda me’morchilik uslublari to‘g‘ri berilgan jaovbni toping.

A) Doriy va Korinf B) Ion va aralash
C) Doriy va ion D) Barcha javob to‘g‘ri

  1. Qadimgi Rimda marosim o‘tkazish ustidan nazorat qilgan kohinlar nima deb atalgan?

A) Pontifiklar B) Vestalar
C) Vestalkalar D) Avgurlar

  1. Qadimgi Rimda armiyaga necha to‘lgan erkaklar xizmat qilgan?

A) 18 B) 25 C) 17 D) 23

  1. Spartak qo‘zg‘olonini bostirish uchun yuborilgan askarlar soni qancha?

A) 2 ming B) 3 ming C) 30 ming D) 20 ming

  1. Quyidagi shaxslardan qaysi biri Sezarning jiyani hisoblanadi?

A) Mark Antoniy B) Oktavian C) Brut D) Kleopatra

  1. Got qabilalari qachon Rimga bostirib kirgan?

A) Mil. 452-yilda B) Mil. 455-yilda
C) Mil. 410-yilda D) Mil. 457-yilda

  1. Xristian dini qachon paydo bo‘lgan?

A) Mil. avv. I asrda B) Mil. I asrda
C) Mil. avv. II asrda D) Mil. II asrda

  1. Qadimgi Rimda muqaddas olovni saqlovchi ayol kohinalar nima deb atalgan?

A) Pontifiklar B) Vestalar
C) Vestalkalar D) Avgurlar

  1. Rim va Karfagen o‘rtasidagi qachon Zama shahri yaqinida jang bo‘lgan?

A) Mil. avv. 202-yilda B) Mil. avv. 216-yilda
C) Mil. avv. 146-yilda D) Mil. avv. 226-yilda

  1. Spartak qo‘zg‘oloni nechanchi yillarda bo‘lgan?

A) Mil. avv. 73-71-yillar B) Mil. avv. 74-71-yillar
C) Mil. avv. 73-72-yillar D) Mil. avv. 74-72-yillar

  1. Yuliy Sezar qachon Rubikon daryosidan kechib o‘tgan?

A) Mil. avv. 48-yilda B) Mil. avv. 44-yilda
C) Mil. avv. 49-yilda D) Mil. avv. 43-yilda

  1. Qachondan boshlab Rimda imperatorni xalq saylay boshlagan?

A) Mil. avv. III asrda B) Mil. IV asrda
C) Mil. avv. II asrdas D) Mil. III asrda

  1. Yevangaliya so‘zining ma’nosi qanday?

A) Yunoncha «Xushxabar»
B) Yunoncha «Dinnig ulug‘ yulduzi»
C) Lotincha «Xushxabar»
D) Yunoncha « Dinnig ulug‘ yulduzi»

  1. Qadimgi Rimda Merkuriy qanday xudo?

A) Dehqonchilik B) Yer ilohasi
C) Savdo-sotiq D) Bo‘ron

  1. Gannibal qo‘shinlari Ispaniyadan Italiyaga qarshi yurishlari tufayli nechanchi Puni urushlari boshlangan?

A) 3 B) 2 C) 1 D) Puni urushlari tugagan

  1. Qadimgi Rimda mayda yer ijarachilari qanday nomlangan?

A) Kolonlar B) Qullar C) Kulbalu qullar D) Ilotlar

  1. Klepatraga uylangan Rim hukmdori kim?

A) Mark Antoniy B) Oktavian C) Brut D) Trayan

  1. Qaysi hukmdorning o‘limidan keyin Rim imperiyasi 2 ga bo‘linib ketgan?

A) Romul B) Konstantin C) Sezar D) Feodosiy

  1. Iso payg‘ambar qaysi shaharda tug‘ilgan?

A) Vifleem B) Golgofa C) Vizantiy D) Quddus

  1. Qadimgi Rimda shohona uy-joylar qanday nomlangan?

A) Freska B) Villa C) Akveduk D) Mozaika

  1. Qadimgi Rimda harbiy xizmat muddati qancha vaqt bo‘lgan?

A) 17 yil B) 29 yil C) 25 yil D) Umrbod

  1. Spartak boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilar necha kishi bo‘lib qoravullarga hujum qilgan?

A) 200 dan ortiq B) 200 ga yaqin
C) 300 dan ortiq D) 300 ga yaqin

  1. Sezar Rimga kirib kelgan vaqtda Pompeyning qo‘shin qayerda bo‘lgan?

A) Sitsiliya B) Ispaniya C) Apennin D) Shimoliy Afrika

  1. G‘arbiy Rim imperiyasi tarkibiga qaysi hududlar kirgan?

1) Bolqon yarim oroli; 2) Misr; 3) Yevropa; 4) Shimoliy Afrika; 5) Kichik Osiyo; 6) Italiya
A) 3,4,6 B) 1,3,5 C) 2,4,6 D) 1,2,5

  1. Qadimgi Rimda o‘rta maktablar qanday nomlangan?

A) Grammatika B) Palestra C) Trivium D) Ritorika

  1. Osma suv quvurlari qanday nomlagan?

A) Freska B) Villa C) Akveduk D) Mozaika

  1. Puni urushlari davrida Rim armiyasiga kim boshchilik qilgan?

A) Mark Krass B) Ssipion C) Gannibal D) Yuliy Sezar

  1. Qadimgi Rimda uy-joyli qullar qanday nomlangan?

A) Qullarning uy-joyi bo‘lmagan B) Kolonlar
C) Kulbalu qullar D) Ilotlar

  1. Sezarga qarshi uyushtirilgan fitnaga kim boshchilik qilgan?

A) Yaqin do‘sti Brut B) Jiyani Oktavian
C) Yaqin do‘sti Oktavian D) O‘g‘li Brut

  1. Qachon vandal qabilalari Rimga hujum qilgan?

A) Mil. 452-yilda B) Mil. 455-yilda
C) Mil. 410-yilda D) Mil. 457-yilda

  1. Qadimgi Rimda o‘rta maktabda qaysi tilni o‘rganishga alohida e’tibor qaratilgan?

A) Italyan B) Lotin C) Arab D) Yunon

  1. Qadimgi RImda bolalar o‘g‘il bolalar necha yoshda voyaga yetgan hisoblangan?

A) 17 B) 18 C) 16 D) 14

  1. Kann yaqinidagi jangda kimning qo‘shini g‘alaba qozongan?

A) Mark Krass B) Ssipion C) Gannibal D) Pompey

  1. Spartak boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilar qaysi tog‘dagi qoyaga joylashgan edi?

A) Muqaddas tog‘ B) Golgofa tog‘i
C) Vezuviy tog‘i D) Vilfeem tog‘i

  1. Qadimgi Rimda qaysi hukmdorning xohish-irodasi Rim uchun qonun kuchiga ega bo‘lgan?

A) Yuliy Sezar B) Trayan
C) Oktavian Avgust D) Konstantin

  1. Vizantiy shahri qachon Rim imperiyasining poytaxtiga aylantirilgan?

A) Mil. 330-yilda B) Mil. 313-yilda
C) Mil. 320-yilda D) Mil. 315-yilda

  1. Kvint Kursiy Ruf muallifidagi asar qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?

A) «Aleksandrning harbiy yurishlari»
B) «Makedoniyalik Aleksandr tarixi»
C) «Rim tarixi»
D) «Yunon-rim sarkardalari hayoti»

  1. Qadimgi Rimda ibodatxonada qaysi xudoning ulkan haykali o‘rnatilgan?

A) Yupiter B) Yustitsiya C) Neptun D) Fortuna



  1. Birinchi Puni urushlaridan keyin Karfagen quldorlari qayerni bosib olgan?

A) Italiya B) Sitsiliya C) Ispaniya D) Finikiya

  1. Qadimgi Rimda zamindorlar yerlarinin ijaraga olgan kambag‘allar shu yerda qaysi kasb bilan shug‘ullangan?

A) Chovachilik B) Dehqonchilik
C) Dehqonchilik va chorvachilik D) Hunarmandchilik

  1. Misrni qachon Rim provinsiyasiga aylangan?

A) Mil. avv. 30-yilda B) Mil. avv. 29-yilda
C) Mil. avv. 49-yilda D) Mil.avv. 31-yilda

  1. Rimga hujum qilgan qaysi qabila o‘zlari bilan olib keta olmaydigan hamma narsani yo‘q qilgan?

A) Xunn B) Got C) Vandal D) Varvar

  1. Qadimgi Rimda qaysi tabaqa vakillari bir qavatli oddiy uylarda yashagan?

A) Diktatorlar B) Plebeylar
C) Kolonlar D) Patritsiylar

  1. Qadimgi Rim respublikasidagi har bir shahar markazidagi Forumda nima bo‘lmagan?

A) Bozor maydoni B) Ibodatxona
C) Xalq yig‘ilishlari uchun joy D) To‘g‘ri javob yo‘q

  1. Zama shahri Afrikaning qaysi qismida joylashgan?

A) Shimol B) G‘arb C) Sharq D) Janub

  1. Qadimgi Rimda gladitorning hayot-mamoti nimaga bog‘liq bo‘lgan?

A) Hukmdorning xohish-istagiga
B) Tomoshabinlar xohish-istagiga
C) Urushayotgan gladitor xohish-istagiga
D) Sarkardalar xohish-istagiga

  1. Spartak qo‘zg‘oloni bostirilganidan keyin Rimda kimlar o‘rtasida hokimiyat uchun ancha vaqt kurash bo‘lib o‘tgan?

A) Krass, Pompey va Sezar B) Sezar va Brut
C) Pompey va Krass D) Krass va Sezar

  1. Got qabilalari Rim shahrini qancha vaqt davomida talagan?

A) 2 hafta B) 1 hafta C) 2 kun D) 3 kun

  1. Qadimgi Rimda hammonlar qanday nomlagan?

A) Terma B) Freska C) Mozaika D) Mim

  1. Qadimgi Rin xudolarning ko‘pchiligi qaysi xalq xudolarini esga soladi?

A) Mesopotamiya B) Misr
C) Shumer D) Yunon

  1. Kann yaqinidagi jangda qancha rimlik legioner halok bo‘lgan?

A) 7000 B) 70000 C) 60000 D) 6000

  1. Kolizey nimadan qurilgan?

A) Beton B) Xom g‘isht C) Tosh D) Paxsa

  1. Kaligula va Neron kimning o‘g‘illari hisoblanadi?

A) Yuliy Sezar B) Trayan
C) Oktavian Avgust D) Feodosiy

  1. Sharqiy Rim imperiyasi tarkibiga qaysi hududlar kirgan?

1) Bolqon yarim oroli; 2) Misr; 3) Yevropa; 4) Shimoliy Afrika; 5) Kichik Osiyo; 6) Italiya
A) 3,4,6 B) 1,3,5 C) 2,4,6 D) 1,2,5

  1. Qadimgi Rimda fanning turli tarmoqlariga oid kitoblarning aksariyat qismi qaysi tilde yozilgan?

A) Italyan B) Lotin C) Arab D) Yunon

  1. Qadimgi Rimda xonadon o‘chog‘i ilohasi kim?

A) Buyuk pontifik B) Vesta
C) Vestalka D) Yupiter

  1. Qanday omil sabab Kann yaqinidagi jangdan keyin Rim aholisi Gannibalni qo‘llab-quvvatlamagan?

A) Rimliklar Karfagenliklarni asosiy dushmani deb bilgani uchun
B) Gannibal tomonidan Rimning tinch aholisi qatl etilgani uchun
C) Gannibal qo‘shinlari Rimni talon-taroj qilgani uchun
D) Gannibalga qarshi kurashish uchun Rimdan yordamchi kuch yetib kelgani uchun

  1. Spartak boshchiligadi qo‘zg‘olonchilar qaysi meva novdalaridan narvon to‘qib, tog‘ni qamal qilayotgan Rim qo‘shinini tor-mor keltirgan?

A) Uzum B) Tut C) Olma D) Nok

  1. Oktavian va Mark Antoniy harbiy flotlari o‘rtasida jang vaqtida Antoniy va Kleopatra qaysi shaharga qochib ketgan?

A) Aleksandriya B) Qohira
C) Vizantiy D) Rim

  1. Rimga hujum qilgan qaysi qabila Rim ibodatxonalari va kutubxona binolaridan tosh taxtalarni ko‘chirib ketgan?

A) Xunnlar B) Varvarlar C) Vandallar D) Gotlar

  1. Panteon so‘zi qaysi tildan olingan?

A) Lotin B) Italyan C) Yunon D) Nemis

  1. Isoning nechta shogirti bo‘lgan?

A) 15 B) 14 C) 9 D) 12

  1. Rim va Karfagen o‘rtasida bo‘lib o‘tgan urush tarixda nima uchun Puni urushlari deb nomlangan?

A) Rim Karfagenni Puni deb nomlagani uchun
B) Karfagen Rimni Puni deb nomlagani uchun
C) Rim Karfagenni Puna deb nomlagani uchun
D) Karfagen Rimni Puna deb nomlagani uchun

  1. Trayan davrida qaysi huhudlar Rim imperiyasi tarkibiga qo‘shib olingan?

A) Ispaniya va Yunoniston
B) Misr va Mesopotamiya
C) Suriya va Misr
D) Suriya va Mesopotamiya

  1. Brut qayerda qo‘shin to‘plab Rimga jiddiy xavf solgan?

A) Janubiy Yunonistonda B) Misrda
C) Shimoliy Yunonistonda D) Alesandriya shahrida

  1. G‘arbiy Rim imperiyasi qachon qulagan?

A) Mil. avv. 476-yilda B) Mil. 476-yilda
C) Mil. 455-yilda D) Mil. 395-yilda

  1. Qadimgi Rimda o‘rta maktabda o‘qitilgan fanlar qatoriga kirmaydigan fan berilgan javobni toping.

A) Tarix B) Astronimiya
C) Musiqa D) Matematika

  1. Panteon so‘zining ma’nosi qanday?

A) Barcha xudolar ibodatxonasi
B) Oliy xudolar ibodatxonasi
B) Hukmdorlar ibodatxonasi
D) Sarkardalar ibodatxonasi

  1. Birinchi Puni urushlari yakuniga ko‘ra Rim qayerni bosib olgan?

A) Karfagen B) Sitsiliya C) Ispaniya D) Finikiya

  1. Mark Antoniy Klopatraga to‘y sovg‘asi sifatida Rimning qaysi qismida joylashgan viloyatlarni bergan?

A) Shimol B) G‘arb C) Sharq D) Janub

  1. Sezar o‘ldirilganidan keyin Brut …?

A) Respublikani tiklashga urunib ko‘rmagan
B) Yakka hukmdorga aylanib olgan
C) Respublikani qayta tiklashga urinib ko‘rgan
D) O‘z tarafdorlari bilan Fitnachilar bilan birgalikda harakat qilib respublika hokimiyatini qayta tiklashga muvaffaq bo‘lgan

  1. G‘arbiy Rim imperiyasining so‘nggi imperatori kim?

A) Odoakr B) Romul C) Konstantin D) Rem

  1. Iso qachon tug‘ilgan?

A) Mil. I asr boshlarida B) Mil. I asr o‘rtalarida
C) Mil. I asr oxirlarida D) Mil. avv. I asrda

Sadullaev Kallibek Azizbekovich @Kallibek_Sadullaev



Download 52,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish